Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.01.2019 12.12.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2090-11
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrugʻi, 12.12.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2090-11
Date of entry into force
19.12.2016
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.01.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 12-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2090-11]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 2-mh-sonli “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3113, 04.01.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 30-martdagi 64-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090, 2010-yil 30-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 13-son, 99-modda) bilan tasdiqlangan Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Notariat, advokatura va FHDY organlari boshqarmasi (D. Yakubova) hamda Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (Sh. Saidov) ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari N. Joʻrayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazir M. IKRAMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-yil 12-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
284-mh-son

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 12-dekabrdagi 284-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 58 va 581-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“58. Toshkent shahrida joylashgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi boʻyicha oldi-sotdi, ayirboshlash, renta, umrbod taʼminlash sharti bilan oʻzgaga berish va hadya shartnomalarini, shuningdek Toshkent shahridagi turar joy yoxud turar joy boʻlmagan bino shaklidagi koʻchmas mulkni garovga (ipotekaga) qoʻyish, koʻchmas mulkdan (koʻchmas mulkning bir qismidan) voz kechish va koʻchmas mulkni oʻzgaga berishning boshqa usullarini notarial tasdiqlash, agar sotib oluvchi tomon Toshkent shahrida doimiy propiskaga ega boʻlgan jismoniy shaxs hisoblansa (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs boʻlsa) amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, notarius notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan shaxsning pasportiga qoʻyilgan doimiy propiska shtampini tekshiradi. Agar pasportda “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim boʻlgan shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyxati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan Roʻyxatning (keyingi oʻrinlarda Roʻyxat deb yuritiladi) 2, 5, 9 — 11-bandlari asosida yoki Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-fevraldagi 41-son qarori bilan tasdiqlangan Chet el fuqarolari hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy va vaqtincha propiska qilish toʻgʻrisidagi nizomning ilovasidagi Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinish huquqiga ega boʻlgan shaxslar — chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar toifalari roʻyxatining (keyingi oʻrinlarda chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar toifalari roʻyxati deb yuritiladi) 2, 3 va 6-bandlari asosida qoʻyilgan doimiy propiska shtampi mavjud boʻlsa, notarius ichki ishlar organining doimiy propiska borligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasini talab qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bu holatda mazkur shaxsning pasportiga doimiy propiska shtampi qoʻyilgan sanadan boshlab u Toshkent shahri hududida uch yil doimiy yashagan boʻlishi lozim.

581. Toshkent viloyatida joylashgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi boʻyicha oldi-sotdi, ayirboshlash, renta, umrbod taʼminlash sharti bilan oʻzgaga berish va hadya shartnomalarini, shuningdek Toshkent viloyatidagi turar joy yoxud turar joy boʻlmagan bino shaklidagi koʻchmas mulkni garovga (ipotekaga) qoʻyish, koʻchmas mulkdan (koʻchmas mulkning bir qismidan) voz kechish va koʻchmas mulkni oʻzgaga berishning boshqa usullarini notarial tasdiqlash, agar sotib oluvchi tomon Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega boʻlgan jismoniy shaxs hisoblansa (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs boʻlsa) amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, notarius notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan shaxsning pasportiga qoʻyilgan doimiy propiska shtampini tekshiradi. Agar pasportda Roʻyxatning 2, 5, 9 — 11-bandlari asosida yoki chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar toifalari roʻyxatining 2, 3 va 6-bandlari asosida qoʻyilgan doimiy propiska shtampi mavjud boʻlsa, notarius ichki ishlar organining doimiy propiska borligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasini talab qiladi.

Bu holatda mazkur shaxsning pasportiga doimiy propiska shtampi qoʻyilgan sanadan boshlab u Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati hududida uch yil doimiy yashagan boʻlishi lozim.”.

2. 80-bandning sakkizinchi xatboshisi “boshqarmalaridan” degan soʻzdan keyin “(Toshkent shahrida — “Toshkent shahrida uy-joyga davlat orderlari va maʼlumotlar berish markazi” davlat unitar korxonasidan)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 801 va 802-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“801. Toshkent shahrida joylashgan xususiylashtirilgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi boʻyicha oldi-sotdi, ayirboshlash, renta, umrbod taʼminlash sharti bilan oʻzgaga berish va hadya shartnomalarini notarial tasdiqlash, agar sotib oluvchi tomon Toshkent shahrida doimiy propiskaga ega boʻlgan jismoniy shaxs hisoblansa (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs boʻlsa) amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, notarius notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan shaxsning pasportiga qoʻyilgan doimiy propiska shtampini tekshiradi. Agar pasportda Roʻyxatning 2, 5, 9 — 11-bandlari asosida yoki chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar toifalari roʻyxatining 2, 3 va 6-bandlari asosida qoʻyilgan doimiy propiska shtampi mavjud boʻlsa, notarius ichki ishlar organining doimiy propiska borligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasini talab qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bu holatda mazkur shaxsning pasportiga doimiy propiska shtampi qoʻyilgan sanadan boshlab u Toshkent shahri hududida uch yil doimiy yashagan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
802. Toshkent viloyatida joylashgan xususiylashtirilgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi boʻyicha oldi-sotdi, ayirboshlash, renta, umrbod taʼminlash sharti bilan oʻzgaga berish va hadya shartnomalarini notarial tasdiqlash, agar sotib oluvchi tomon Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega boʻlgan jismoniy shaxs hisoblansa (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs boʻlsa) amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, notarius notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan shaxsning pasportiga qoʻyilgan doimiy propiska shtampini tekshiradi. Agar pasportda Roʻyxatning 2, 5, 9 — 11-bandlari asosida yoki chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar toifalari roʻyxatining 2, 3 va 6-bandlari asosida qoʻyilgan doimiy propiska shtampi mavjud boʻlsa, notarius ichki ishlar organining doimiy propiska borligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasini talab qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bu holatda mazkur shaxsning pasportiga doimiy propiska shtampi qoʻyilgan sanadan boshlab u Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati hududida uch yil doimiy yashagan boʻlishi lozim.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi xatboshidagi “dalolatnomasi” degan soʻz “orderi” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Bunda, korxonaga boʻlgan mulk huquqini tasdiqlovchi order mazkur xususiylashtirilgan korxonaning quyidagi koʻchmas mulklari uchun (qonunga muvofiq xususiylashtirilmaydigan obyektlar bundan mustasno) ham mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat boʻlib hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiylashtirilgan korxonalardagi davlat mulkini xususiylashtirishda aniqlanmagan koʻchmas mulk;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiylashtirishda tasarruf etish huquqisiz foydalanishga berilgan, korxona hududida joylashgan koʻchmas mulk.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Quyidagi mazmundagi 1321-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“1321. Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi turar joy yoxud turar joy boʻlmagan bino shaklidagi koʻchmas mulkni garovga (ipotekaga) qoʻyishda, ushbu Yoʻriqnomaning 57, 58, 581 va 582-bandlari qoidalariga rioya qilinadi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. 136-bandning yettinchi xatboshisi “boshqarmalari” degan soʻzdan keyin “(Toshkent shahrida — “Toshkent shahrida uy-joyga davlat orderlari va maʼlumotlar berish markazi” davlat unitar korxonasi)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. 215-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Hujjatsiz shakldagi qimmatli qogʻozlar hisobga olish registrlaridagi yozuvlar tarzida tegishli investitsiya vositachisi yoki Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysida saqlanadi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. 258-banddagi “depozitariylardan” degan soʻzlar “investitsiya vositachisi yoki Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. 260-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“260. Bankda (boshqa kredit tashkilotida) saqlanayotgan omonat, meros beruvchining nomidagi qimmatli qogʻozlar mavjudligini tasdiqlashda, notarius merosxoʻrlardan omonat daftarchasini (bank omonati shartnomasini yoki omonat mavjudligini isbotlovchi boshqa tegishli hujjatni), qimmatli qogʻozlarga nisbatan esa tegishli investitsiya vositachisi yoki Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysining maʼlumotnomasini talab qiladi. Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, ushbu maʼlumotnoma tegishli investitsiya vositachisi yoki Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysidan idoralararo soʻrov orqali olinadi. Omonat daftarchalari nusxalari va maʼlumotnomalar meros ishiga biriktirilgan boʻlishi kerak.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. 325-bandning oltinchi xatboshisidagi “depozitariy” degan soʻz “tegishli investitsiya vositachisi yoki Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 50-son, 569-modda)