Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.12.2018 30.03.2001 yildagi 160-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 30.03.2001 yildagi 160-son
Date of entry into force
30.03.2001
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.12.2018
Hujjat 30.03.2001 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ VA SUV XOʻJALIGI VAZIRLIGI,OʻRMON XOʻJALIGI BOSh BOShQARMASI, SUV XOʻJALIGI DEPARTAMENTI, OʻZBEKISTON QIShLOQ XOʻJALIGI ILMIY-IShLAB ChIQARISh MARKAZI, ShARTNOMA MAJBURIYATLARI BAJARILIShINI NAZORAT QILISh BOSh DAVLAT INSPEKSIYASI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMLARNI TASDIQLASh HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq va suv xoʻjaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 17-apreldagi PF-5418-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3671-son qarori, “Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3672-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 17-yanvardagi 32-son va 2001-yil 1-fevraldagi 63-son qarorlarini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi toʻgʻrisidagi Nizom 3-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Suv xoʻjaligi departamenti toʻgʻrisidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnoma majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish bosh davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi Nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi ikki oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarning xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish va ularni bajarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Mahsulot tayyorlash va uning sifati boʻyicha bosh davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1995-yil 16-avgustdagi 322-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1995y., 8-son, 28-modda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1996-yil 26-noyabrdagi 419-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996y., 11-son, 33-modda) 2-bandining ikkinchi xatboshi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi faoliyatini tashkil etish masalalari” toʻgʻrisida 1997-yil 12-martdagi 136-son qaroriga 3-ilova;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish va ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 1999-yil 30-apreldagi 202-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999y., 4-son, 22-modda)ga 1-ilovaning 14-bandi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 2000-yil 20-martdagi 98-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 3-son, 13-modda)ga 2-ilova;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2001-yil 17-yanvardagi 32-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-yil, 1-son, 2-modda)ga 2-ilova 2-boʻlimining 8-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-avgustdagi 438-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994y., 8-son, 41-modda) bilan tasdiqlangan “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari kontraktatsiya shartnomalarini tuzish va bajarish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bandning birinchi xatboshidagi “va Oʻzbekiston Respublikasida korxonalar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bandning toʻrtinchi, beshinchi, sakkizinchi, toʻqqizinchi xatboshilaridagi, 19-bandning uchinchi xatboshidagi, 27-bandning birinchi xatboshidagi, 28-banddagi, 31-bandning birinchi xatboshidagi va 33-banddagi Mahsulot tayyorlash va uning sifati boʻyicha davlat bosh inspeksiyasiga, Mahsulot tayyorlash va uning sifati boʻyicha davlat inspeksiyasi, Mahsulot tayyorlash va uning sifati boʻyicha davlat inspeksiyasiga koʻrsatmalar Shartnoma majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish bosh davlat inspeksiyasiga koʻrsatmalar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari T. Xoltoyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi Oʻ. SULTONOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2001-yil 30-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
160-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 30-martdagi 160-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga va Oʻzbekiston Respublikasining vazirlik faoliyatiga tegishli boshqa qonun hujjatlariga, xalqaro shartnomalarga (bitimlarga) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining asosiy vazifalari, funksiyalari va vakolatlarini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi hamda oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari va farmoyishlariga hamda boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarni bevosita, shuningdek oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan tasdiqlangan ular toʻgʻrisidagi Nizomlar asosida amalga oshiruvchi oʻziga boʻysunuvchi hududiy organlar orqali hal etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligida raqobatni rivojlantirish, er, suv va oʻrmon resurslaridan samarali va oqilona foydalanish asosida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining eng muhim turlarini barqaror yetishtirishni, qishloq infratuzilmasini yanada rivojlantirishni, ish bilan taʼminlashni oshirishni va aholi farovonligini yaxshilashni taʼminlovchi dehqonchilik, suvdan foydalanish va agrotexnologiyalarning ilgʻor tizimlarini chuqur oʻrganish va joriy etishga asoslangan yagona texnika siyosatini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish ishlarini muvofiqlashtirish va ularning amalga oshirilishi, qishloqda mulkchilikning va xoʻjalik yuritishning turli shakllarini, ijara va pudrat ichki xoʻjalik munosabatlarini rivojlantirilishi ustidan monitoring olib borish. Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini tarkibiy qayta qurish hamda qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchisining iqtisodiy mustaqilligini rivojlantirish. Shirkat va fermer xoʻjaliklarining tayyorlov va xizmat koʻrsatuvchi korxonalar bilan oʻzaro munosabatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va ularga amaliy yordam koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
samarali investitsiya siyosatini amalga oshirish va tarmoqni rivojlantirish uchun davlat markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalari bilan korxonalarning oʻz mablagʻlari maqbul uygʻunlashtirilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dehqonchilikning yangi tizimlari, yuqori samarali agrotexnologiyalar, dehqonchilik va chorvachilik uchun qishloq xoʻjaligi texnikasining yangi turlari joriy etilishini taʼminlash. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining eng muhim turlari hajmlari yanada oshishini, mahsulot eksport qilishdan foyda olish koʻpayishini taʼminlovchi qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi monitoringi tizimini barpo etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jahon va ichki bozorlar konyunkturasini hisobga olgan holda ekin maydonlari tarkibini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish, seleksiya, urugʻchilik va qishloq xoʻjaligi ekinlarini navlar boʻyicha joylashtirish ishlarini tashkil etish, ularga rioya etilishi ustidan doimiy monitoring olib borish va nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
naslchilik ishlarini tashkil etish, veterinariya tizimini va chorvachilikda boshqa servis xizmatlarini rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv resurslari muhofaza qilinishini va ulardan oqilona foydalanilishini taʼminlash, davlat suv kadastrini yuritish, suv xoʻjaligi obyektlaridan foydalanishni tashkil etish, sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrmon fondi kengaytirilishini va undan oqilona foydalanilishini taʼminlash, oʻrmon toʻgʻrisidagi qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribasini oʻrganish asosida seleksiya, urugʻchilik, naslchilik ishi va ilgʻor agrotexnologiyalar sohasida ilmiy-tadqiqot va eksperimental ishlarni muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi uchun mutaxassislar oʻqitilishi, tayyorlanishi va qayta tayyorlanishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari bilan Vazirlikka yuklangan boshqa vazifalar bajarilishini taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv haqidagi, shirkat, dehqon va fermer xoʻjaliklari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoring olib boradi, ushbu qonunlar buzilishi hollarini koʻrib chiqadi va ular boʻyicha belgilangan tartibda qarorlar qabul qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari, davlat qoʻmitalari, joylardagi davlat hokimiyati organlari va davlat boshqaruvi organlari bilan birgalikda qishloq va suv xoʻjaligini rivojlantirishning tarmoq va mintaqaviy dasturlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa vazirliklar, idoralar va davlat qoʻmitalari bilan birgalikda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining koʻp ukladliligini rivojlantirishga va qishloq tovar ishlab chiqaruvchilarining huquqlarini himoya qilishga qaratilgan tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi bilan birgalikda mintaqalarda narxlar sunʼiy ravishda oshirilishi, bozorda monopol mavqe suiisteʼmol qilinishi va nohalol raqobat hollarini aniqlash maqsadida kelishilgan dasturlar boʻyicha qishloq xoʻjaligi bozori konyunkturasini tadqiq etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi, suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishining oldini oladi (ularga barham beradi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz tasarrufidagi korxonalar va tashkilotlarning budjet mablagʻlaridan maqsadli foydalanishi monitoringini amalga oshiradi, ular faoliyatini moliyaviy va iqtisodiy jihatdan tahlil etadi, shirkat xoʻjaliklarining taftish komissiyalariga metodik yordam koʻrsatadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa idoralar bilan birgalikda qishloqning ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tasarrufidagi qurilish, sanoat, loyihalash korxonalari, tashkilotlari, muassasalari va ularning birlashmalarini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishni muvofiqlashtirishda qatnashadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloqda iqtisodiy islohotlar sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisodiyotni erkinlashtirishni hisobga olgan holda qishloq xoʻjaligi iqtisodiy islohotlarini chuqurlashtirishning strategik yoʻnalishlarini ishlab chiqadi, agrar sohada qonun hujjatlari va normativ hujjatlarning amalga oshirilishining monitoringini olib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi tarmoqlari faoliyatiga tegishli barcha masalalar boʻyicha qonun hujjatlari, Hukumat qarorlari va boshqa normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning oʻrtacha va uzoq muddatli loyihalariga takliflarni ishlab chiqadi, ular monitoringini amalga oshiradi. Xorijiy mamlakatlar bilan oʻzaro foydali hamkorlikni yanada rivojlantirish va uzoq muddatli aloqalar oʻrnatish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish choralarini koʻradi, mutaxassislarning jahonning rivojlangan mamlakatlarida iqtisodiy oʻqishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shirkat va fermer xoʻjaliklarining tayyorlov tashkilotlari va xizmat koʻrsatuvchi korxonalar bilan oʻzaro munosabatlarini takomillashtirish mexanizmini ishlab chiqadi, ularga amaliy yordam koʻrsatadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buxgalteriya hisobi va hisoboti metodologiyasi va ular tashkil etilishini ishlab chiqadi, oʻz tasarrufidagi tashkilotlar, korxonalar va muassasalarda “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablari bajarilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bozor iqtisodiyoti sharoitlarida mehnatni tashkil etish va ichki xoʻjalik mexanizmini takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi navbatda agrar sohada er, huquqiy, mulkiy munosabatlarni takomillashtirishga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va qonunlari asosida chiqarilgan hujjatlar talablariga muvofiq shirkat, fermer va dehqon xoʻjaliklari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan iqtisodiy islohotlar dasturlari monitoringini olib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki xoʻjalik munosabatlari shartnomalari va qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari mehnatini ragʻbatlantirishga qaratilgan ichki xoʻjalik munosabatlarini takomillashtirish boʻyicha monitoring ishlarini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi korxonalarining moliyaviy ahvoli monitoringini olib boradi, ular faoliyati samaradorligini oshirishga doir takliflarni ishlab chiqadi va Hukumatga kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va oziq-ovqat mahsulotlari bozori konyunkturasini oʻrganadi, strategiyani belgilab beruvchi tegishli takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, sanoat ishlab chiqarishini xususiylashtirish, aksiyalashtirish, samarali rivojlantirish, aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish ishlarini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bozor iqtisodiyotiga oʻtish sharoitlarida aholini ish bilan taʼminlashni kuchaytirish uchun yangi qoʻshimcha ish oʻrinlari barpo etish yuzasidan kichik yordamchi sanoat korxonalari va hunarmandchilikni rivojlantiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi sohasida xalqaro tashkilotlar bilan qoʻshma loyihalarni koʻrib chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida paxtachilik, gʻallachilik, meva-sabzavotchilikni va boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlarini, oʻrmonchilik va chorvachilikni rivojlantirish strategiyasini belgilab beradi va yagona siyosatni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bozor konyunkturasini hisobga olgan holda qishloq xoʻjaligi ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligi sohasidagi strategiyani belgilab beradi va ishlarni takomillashtirishga koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi ekinlari oʻstirishning yangi zamonaviy texnologiyalarini ishlab chiqadi hamda ularning qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishiga joriy qilinishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi ekinlari oʻstirishda texnologiyaga va barcha agrotexnika tadbirlariga rioya qilinishi, ayniqsa mineral va organik oʻgʻitlardan samarali foydalanilishi, urugʻlik materialdan ilmiy asoslangan normalar boʻyicha foydalanilishi va suv resurslari tejab sarflanishi ustidan monitoring olib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dehqonchilikda davlat karantin qoidalari bajarilishini, epidemiologiyaga qarshi tadbirlar oʻtkazilishini va chorvachilikda mollarni kasalliklardan himoya qilish taʼminlanishini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
naslchilik xoʻjaliklarida seleksiya-naslchilik ishlari toʻgʻri tashkil etilishi va yuritilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, ilmiy muassasalar bilan birgalikda qishloq xoʻjaligi mollarini oʻstirish va boqish usullarini ishlab chiqadi va takomillashtiradi, oziqlantirish normalari va ratsionlarini takomillashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini kompleks mexanizatsiyalash uchun texnika ishlab chiqish va ishlab chiqarish, respublikaning koʻp ukladli qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi sharoitlarida agrosanoat kompleksini mashinalar va asbob-uskunalar bilan jihozlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasi, “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding”, “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyalari, “Oʻzagromashservis” uyushmasi, boshqa vazirliklar va idoralar, tashkilotlar va korxonalar bilan birgalikdagi qoʻshma faoliyatni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
almashlab ekishning maqbul ilmiy asoslangan sxemalarini joriy etish, ekin maydonlari tuzilmasini, qishloq xoʻjaligi ekinlari navlari almashtirilishi va joylashtirilishini tartibga solish, tuproqni muhofaza qiluvchi va nam saqlovchi intensiv texnologiyalarni oʻzlashtirish, shu asosda qishloq xoʻjaligida yer unumdorligini tiklashga erishishga doir tavsiyalarni ishlab chiqadi va ularning amalga oshirilishini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi ekinlari kasalliklari va zararkunandalari tarqalishi prognozlarini ishlab chiqadi, oʻsimliklarni muhofaza qilish, zararkunandalarga qarshi kurashning biologik va uygʻunlashtirilgan usullarini joriy etish chora-tadbirlarini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har tomonlama mexanizatsiyalash, zamonaviy texnika va texnologiyalarni, mashina va mexanizmlarning yangi turlarini joriy etish asosida qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini jadallashtirishga doir tavsiyalar ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi mollarining qimmatli genofondini saqlab qolish tadbirlarini ishlab chiqadi va monitoringini amalga oshiradi, seleksiya-naslchilik ishlarini yaxshilash, qishloq xoʻjaligi mollarini sunʼiy qochirishni yaxshilash usullarini ishlab chiqarishga joriy etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
naslchilik ishlari, mollarni oziqlantirish va ozuqa ishlab chiqarish boʻyicha ilgʻor texnologiyalarni, ilgʻor usullar va ilmiy ishlanmalarni joriy etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi ekinlarining yangi istiqbolli navlarini yaratish va koʻpaytirish boʻyicha ixtisoslashtirilgan elita va urugʻchilik xoʻjaliklari ishini muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mollarning zotlar boʻyicha tarkibi va poda tarkibi yaxshilanishiga koʻmaklashadi, chorvachilik mahsulotlari yetishtirishga zamonaviy texnologiyalarni joriy etadi, shirkatlar, dehqon, fermer xoʻjaliklarida, shuningdek qishloq aholi punktlarida zooveterinariya punktlari, servis xizmati koʻrsatish stansiyalari (sunʼiy qochirish, naslchilik ishlarini yuritish, mollarni hisobga olish, har xil kasalliklarning oldini olish va davolash va boshqalar) tashkil etilishiga koʻmaklashadi, aholi, dehqon va fermer xoʻjaliklarini zotdor mollar bilan taʼminlashga koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida, shuningdek yangi texnika, mashinalar va mexanizmlarni ishlab chiqish va joriy etishda texnika siyosatini belgilab beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi texnikadan foydalanishga doir normativ hujjatlar tayyorlanishini tashkil etadi, ularni qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishiga joriy etish hamda yangi texnikadan foydalanilishi ustidan nazorat ishlarini amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suv xoʻjaligi kompleksini rivojlantirish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv xoʻjaligini rivojlantirish va yerlar melioratsiyasi strategiyasini ishlab chiqadi hamda suv xoʻjaligi obyektlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, Oʻzbekiston Respublikasi mintaqalari xalq xoʻjaligini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni hisobga olgan holda suv resurslarini muhofaza qilinishini va ulardan oqilona foydalanilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
magistral va xoʻjaliklararo kanallar, kollektorlar, suv omborlari, gidrotexnika inshootlari, nasos stansiyalari, quduqlar, elektr energiya uzatish liniyalari, aloqa, transformator kichik stansiyalari, avtomatika, telemexanika vositalari va Vazirlik balansida boʻlgan boshqa obyektlar va inshootlardan foydalanilishini taʼminlaydi, ulardan foydalanish koeffitsiyentini oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat suv kadastrini va sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holati davlat hisobini yuritadi, gidromeliorativ tarmoqlar va inshootlarni pasportlashtiradi, suvdan maxsus foydalanishga ruxsatnomalarni kelishadi, irrigatsiya tizimlaridan suv olishga, ularda suv olish va suv tashlab yuborish inshootlari qurilishiga, suv oqimlarining muhandislik kommunikatsiyalari bilan kesishishiga texnik shartlarni beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
erlarning meliorativ holati monitoringini amalga oshiradi hamda prognozlashtiradi, ularni yaxshilashga doir tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv resurslarini boshqaradi va respublika hududida suv oqimlarini tartibga soladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv resurslaridan kompleks foydalanish qoidalarini ishlab chiqadi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gidromeliorativ tizimlar, nasos stansiyalari, energetika va aloqa obyektlarini rekonstruksiya qilish va texnika bilan qayta jihozlash, texnik jihatdan mukammal gidromeliorativ tizimlarni joriy etish asosida eskidan haydab kelinayotgan yerlar sifatini yaxshilash va yangi yerlarni oʻzlashtirish ishlarini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini kuzatish (tuproqning tuz rejimi, yer osti suvlari rejimi va ularning minerallashuvini kuzatish, drenaj suvlar va tuzlarni melioratsiya qilingan hududdan tashqariga chiqarish) ishlarini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv xoʻjaligi obyektlarini qurish, texnika bilan qayta jihozlash, rekonstruksiya qilish va foydalanish bilan bogʻliq loyihalash-qidiruv va ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻorishga ishlatiladigan va drenaj suvlarining sifati ustidan nazorat ishlarini amalga oshiradi hamda xoʻjaliklarga sugʻorish muddatlari va normalari toʻgʻrisida tavsiyalar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, “Amudaryo va “Sirdaryo” suv havzasi suv xoʻjaligi birlashmalari bilan birgalikda suv xoʻjaligi balanslarini va respublika suv resurslaridan kompleks foydalanishning istiqbolli sxemalarini ishlab chiqadi, shu jumladan alohida daryolar suv havzalari, sanoat rayonlari uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli davlat organlari bilan birgalikda suvlarning holatini yaxshilash va ularning zararli taʼsirining oldini olish tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi, daryolar va suv omborlarining suv rejimini yaxshilash ishlarini tashkil etadi, shuningdek ularning bajarilishini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi organlari bilan birgalikda suvni muhofaza etish zonalarini, suv omborlari, daryolar, kanallar va kollektorlarning qirgʻoq polosalarini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻorish tizimlarida va gidrotexnika inshootlarida yangi texnikani joriy etish boʻyicha istiqbolli va joriy rejalarni, tadbirlarni tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻoriladigan yerlarning holatini oʻrganadi va ularda idoraviy nazoratni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuproq shoʻrlanishi kartogrammlarini beradi va shoʻrlangan yerlarni yuvishda xoʻjaliklarga texnik yordam koʻrsatadi, ularning samaradorligini baholaydi, sugʻorishning vaqtinchalik rejimlariga va kuz-qish davrida suvdan foydalanish rejalariga tuzatishlar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holati, kollektor-drenaj tarmoqlari va vertikal drenaj quduqlari ishi samaradorligi toʻgʻrisida hisobotlar tayyorlaydi hamda ularning texnik holatini yaxshilash yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv resurslaridan foydalanish sohasida korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fermer va dehqon xoʻjaliklari hamda fuqarolarning huquqlarini muhofaza qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suvdan foydalanishni bozor munosabatlariga oʻtkazishga doir takliflar ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suvdan foydalanish rejalarini, xalq xoʻjaligi tarmoqlari, suv manbalari, viloyatlar boʻyicha suv resurslarini limitlashtirish va taqsimlash rejalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi hamda limitlarni barcha suv isteʼmolchilariga yetkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorishda suvdan foydalanish monitoringini olib boradi va suv xoʻjaligini markazlashtirilgan holda boshqarishni takomillashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vatanimizning va chet el olimlarining ilmiy-tadqiqot ishlanmalarini joriy etadi, tegishli institutlar ishtirokida seminarlar, konferensiyalar, simpoziumlar oʻtkazadi, joylarda suvni tejovchi texnologiyalardan foydalanish monitoringini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv xoʻjaligi qurilishini kompleks mexanizatsiyalashni rivojlantirishda yagona texnika siyosatini oʻtkazish tadbirlarini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv xoʻjaligini yanada rivojlantirishga qaratilgan loyiha-smeta hujjatlari, texnik-iqtisodiy hujjatlar, texnik-iqtisodiy asoslash, texnik-iqtisodiy ishlanmalar, sxemalar tayyorlash ishlarini tashkil etadi, Vazirlikning Ilmiy-texnik kengashi majlislarini oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish tashkilotlarining ishlab chiqarish faoliyatini muvofiqlashtiradi, yagona texnika siyosatini yuritish tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi, suv xoʻjaligi qurilishini kompleks mexanizatsiyalashni rivojlantirish, bozor iqtisodiyoti sharoitlarida sugʻorish va drenaj tizimlaridan foydalanish ishlarini bajarish, yer qazish, qurilish va melioratsiya mashinalaridan, kichik mexanizatsiya vositalaridan foydalanish tizimini takomillashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kapital qurilish boʻyicha investitsiya dasturlarini ishlab chiqishda qatnashadi, kapital qoʻyilmalar limitlarini, pudrat ishlari va sanoat ishlab chiqarishi hajmlarini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish, sanoat, transport, foydalanish korxonalari va tarmoqdagi boshqa suv xoʻjaligi korxonalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish boʻyicha takliflar tayyorlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻrmon xoʻjaligi sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrmon toʻgʻrisidagi qonunlarga rioya etilishini, barcha oʻrmondan foydalanuvchilar uchun majburiy boʻlgan oʻrmon va ovchilik xoʻjaligini yuritishga doir normativ-texnik hujjatlar ijrosini idoraviy nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrmonlardan foydalanish, ularni qayta tiklash, muhofaza qilish va qoʻriqlash sohasida davlat boshqaruvini amalga oshiradi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga qarashli hududda qoʻriqxona ishlarini va milliy bogʻlarni yuritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrmon fondini har tomonlama kengaytirishga va undan oqilona foydalanishga qaratilgan oʻrmon xoʻjaligida yagona texnika siyosatini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga qarashli hududda oʻrmon fondi, fauna va floraning davlat hisobini yuritadi va ularni oʻrganadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga qarashli hududda oʻrmon, oʻrmon-ovchilik xoʻjaligi, davlat qoʻriqxonalari, milliy bogʻlar, alohida qoʻriqlanadigan qoʻriqxonalarni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilab beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrmon xoʻjaligi ishlarini prognozlashtirishni belgilangan tartibda amalga oshiradi, Oʻzbekiston Respublikasining manfaatdor vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari ishtirokida respublika oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirishning bosh rejalari (sxemalari)ni ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrmon xoʻjaligi toʻgʻri yuritilishini, oʻrmon resurslaridan oqilona foydalanish ishlari amalga oshirilishini, oʻrmonlar tiklanishi, parvarish qilinishi va unumdorligi oshirilishini, ihota va erroziyaga qarshi daraxtzorlar barpo etilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro aloqalar va chet el investitsiyalarini jalb etish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet el investitsiyalarini jalb etish boʻyicha xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalarni kengaytirish ishlarini olib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq va suv xoʻjaligi sohasida xalqaro bitimlar bajarilishining monitoringini olib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutaxassislarni rivojlangan mamlakatlarda oʻqitishni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq, suv va oʻrmon xoʻjaligi, shuningdek ilmiy-tadqiqot ishlari xalqaro dasturlarini ishlab chiqadi va ularning joriy etilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy etish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy-tadqiqot institutlari va qishloq xoʻjaligi korxonalarining fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini ishlab chiqish va ishlab chiqarishga joriy etish boʻyicha ishlari muvofiqlashtirilishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet el va mamlakatimiz tajribasini oʻrganish asosida zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqadi va ularning qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishiga joriy etilishini tashkil etadi (plyonka ostiga chigit ekish va boshqalar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy muassasalar bilan birgalikda qishloq xoʻjaligi ekinlarining yangi navlari ishlab chiqarishga joriy etilishini, mineral oʻgʻitlar va pestitsidlar, yangi texnika va suvni tejovchi texnologiyalar, oʻsimliklarni himoya qilishning uygʻunlashtirilgan tizimi samarali qoʻllanilishini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy muassasalar bilan birgalikda tuproq unumdorligini ayniqsa oʻrtacha va kuchli shoʻrlangan yerlarda, tiklashni va oshirishni hisobga olgan holda almashlab ekish sxemalarini ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fermerlar va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarni zamonaviy agrotexnologiyalarga oʻqitishni tashkil etadi va oʻqitadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kadrlar siyosati sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq qishloq va suv xoʻjaligi sohasida kadrlar siyosatini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz amaliy faoliyatida Vazirlik markaziy apparati boʻlinmalari, tasarrufidagi respublika tashkilotlari hamda qishloq va suv xoʻjaligi viloyat boshqarmalari bilan birgalikda boshqaruv tizimida yuz berayotgan oʻzgarishlarni va bozor islohotlari sharoitlaridagi yangi talablarni hisobga olgan holda kadrlar bilan ishlash, ularni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkil etilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik apparatida va tasarrufidagi tashkilotlarda rahbar kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish yuzasidan takliflar tayyorlash va kiritish ishlarini amalga oshiradi, mutaxassislarning kasb darajasini oshirishning samarali tizimini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tasarrufidagi respublika tashkilotlarida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligida hamda qishloq va suv xoʻjaligi viloyat boshqarmalarida kadrlar xizmatlari bilan ishlash usullarini takomillashtirishga amaliy yordam koʻrsatadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi nomenklaturasiga kiruvchi rahbar kadrlar zaxirasini shakllantiradi, ularning kasb va ishchanlik darajasini oʻstirish ishlarini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari asosida vazirlik tasarrufidagi qishloq xoʻjaligi oʻquv yurtlarida taʼlim sohasida yagona siyosatni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq va suv xoʻjaligi ishlab chiqarishining mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojini oʻrganadi va shu asosda Vazirlik oʻquv yurtlariga oʻqishga qabul qilishning har yilgi buyurtmalari portfelini shakllantiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq va suv xoʻjaligi rahbarlari va mutaxassislarining iqtisodiy, huquqiy va kasb bilimlarini chuqurlashtirish hamda yangi tafakkurni shakllantirish maqsadida ularning oʻqishini va malakasini oshirishni tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish maqsadida quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
joylardagi davlat hokimiyati organlariga va davlat boshqaruvi organlariga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarga qishloq xoʻjaligi toʻgʻrisidagi qonunlar buzilishiga barham berish toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kelishish uchun oʻziga taqdim etiladigan yer va suv resurslaridan foydalanish toʻgʻrisidagi qarorlar loyihalari yuzasidan xulosalar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
standartlar va texnik normalarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlari buzilganligi uchun aybdor shaxslarni tegishli javobgarlikka tortish toʻgʻrisida tavsiyalar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan respublika hududiga jahonning epizootik jihatdan nosogʻlom mintaqalaridan chorva mollari va chorvachilik mahsulotlari keltirilishini taqiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi xalq xoʻjaligi barcha tarmoqlarining korxonalari va tashkilotlari suv taʼminoti shartlarini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
irrigatsiya tizimlaridan suv olish, ularda suv olish va suv tashlab yuborish inshootlari qurilishi, suv oqimlarining muhandislik kommunikatsiyalari bilan kesishishi yuzasidan texnik shartlar berish, shuningdek ularni loyihalashtirish va qurishda nazoratni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv resurslaridan foydalanuvchi yangi korxonalar qurish va eskilarini rekonstruksiya qilishda majburiy kuchga ega boʻlgan suv resurslari mavjudligi toʻgʻrisida xulosalar hamda rozilik berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish haqida oʻz vakolatlariga muvofiq qarorlar qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishiga doir ishlar boʻyicha xoʻjalik sudiga murojaat qilish va ularni koʻrib chiqishda qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyektlar respublikaning suv va oʻrmon resurslaridan foydalanuvchilar reyestrini shakllantirish tartibini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik vakolatlariga tegishli boʻlgan masalalar boʻyicha normativ hujjatlar loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining koʻrib chiqishi uchun belgilangan tartibda kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligini yuritish, shuningdek suv resurslaridan foydalanish masalalari boʻyicha normativ va metodik hujjatlarni oʻz vakolatlari doirasida, belgilangan tartibda tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi vakolatiga tegishli boʻlgan masalalar boʻyicha xorijiy mamlakatlarning davlat organlari va hukumatga qarashli boʻlmagan tashkilotlari bilan belgilangan tartibda hamkorlik qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarni amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga yuklangan inspeksiya vazifalari va funksiyalarini bajarish maqsadida vazirlikning tegishli mansabdor shaxslari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xoʻjalik yurituvchi subyekt hududiga kirish, shuningdek zarur hujjatlar va axborotdan foydalanish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining tegishli mansabdor shaxslari xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyati toʻgʻrisida joylardagi davlat hokimiyat organlaridagi va davlat boshqaruvi organlaridagi axborot bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻsqinliksiz tanishish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari va koʻrsatmalari vazirliklar, idoralar, davlat qoʻmitalari, joylardagi davlat hokimiyati organlari va davlat boshqaruvi organlari, mulkchilik shakllaridan, yer va suvdan foydalanish turlaridan, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini tashkil etish shakllaridan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, shuningdek mansabdor shaxslar hamda fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadigan Vazir boshchilik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan uch nafar oʻrinbosari, shu jumladan ikki nafar birinchi oʻrinbosari boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Vazirning suv xoʻjaligi masalalari bilan shugʻullanuvchi birinchi oʻrinbosari ayni vaqtda Suv xoʻjaligi departamenti boshligʻi, Respublika suv xoʻjaligi kengashi (Irrigatsiya va drenaj boʻyicha milliy qoʻmita) raisi va Davlatlararo suv xoʻjaligi komissiyasi aʼzosi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazining bosh direktori lavozimiga koʻra vazir oʻrinbosari hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimiga koʻra vazir oʻrinbosari hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suv xoʻjaligi departamenti boshligʻining oʻrinbosari ijtimoiy va maishiy xizmat koʻrsatish darajasi boʻyicha vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatiga yakkaboshchilik asosida rahbarlik qiladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga yuklangan vazifalar va majburiyatlar bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazir oʻrinbosarlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazir oʻrinbosarlari lavozimiga tayinlash uchun nomzodlarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirlik markaziy apparatining shtat jadvalini belgilangan tartibda tasdiqlaydi va zarurat boʻlganda tasdiqlangan tuzilmaga xodimlarning shtatda belgilangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqiga ega boʻladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi markaziy apparati xodimlarini, uning hududiy organlari rahbarlarini, shuningdek tasarrufidagi birlashmalar, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning birinchi rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining va vazirlik apparati xodimlarining javobgarligi darajasini belgilaydi, belgilangan tartibda ragʻbatlantirish va tanbeh berish choralarini qoʻllaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni, uning hududiy organlari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi, shuningdek budjetdan mablagʻ bilan taʼminlanadigan tasarrufidagi korxonalar va tashkilotlarning nizomlari (ustavlari)ni kelishadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining va uning hududiy organlarining xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar, farmoyishlar va yoʻriqnomalar chiqaradi, koʻrsatmalar beradi, ularning ijrosi ustidan nazoratni tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy organlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari buzilgan holda qabul qilingan qarorlarni (koʻrsatmalarni) bekor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan hollarda Vazir yoxud uning oʻrinbosarlari joylardagi davlat hokimiyati organlariga va davlat boshqaruvi organlariga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarga va ularning mansabdor shaxslariga bajarish uchun koʻrsatmalar beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligida vazir (hayʼat raisi), lavozimiga koʻra uning tarkibiga kiruvchi vazir oʻrinbosarlaridan, shuningdek markaziy apparatning boshqa yuqori malakali rahbar xodimlaridan iborat tarkibda hayʼat tuziladi. Hayʼat 15 kishidan iborat boʻladi. Hayʼatning shaxsiy tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Hayʼatning qarorlari Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining buyruqlari bilan hayotga joriy etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazir bilan hayʼat aʼzolari oʻrtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda hayʼat raisi paydo boʻlgan kelishmovchiliklar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda oʻz qarorini hayotga joriy etadi, hayʼat aʼzolari esa, oʻz navbatida, oʻz fikrlarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga maʼlum qilishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Fan va texnikaning eng soʻnggi yutuqlarini, qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi jahon tajribasi va “nou-xau”ni ishlab chiqarishga joriy etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligida Ilmiy-texnik kengash tashkil etiladi. Kengashning tarkibi va uning toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi va uning hududiy organlari boshqa ekspert yoki maslahat organlari tashkil etish huquqiga egadirlar, ular toʻgʻrisidagi nizomlar tegishli ravishda vazir yoki hududiy organ boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri zarurat boʻlganda davlat boshqaruvining boshqa organlari bilan birgalikda qarorlar qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining hududiy organlari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
viloyatlar va tumanlarda hududiy qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yirik irrigatsiya va drenaj tizimlari boʻyicha tegishli tarkibiy boʻlinmalar tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hududiy organlar (boshqarmalar) oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga boʻysunadilar va hisob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Qishloq va suv xoʻjaligi viloyat boshqarmalari boshliqlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar hokimlari bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Viloyat boshqarmalari boshliqlari oʻrinbosarlari va bosh buxgalterlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar hokimlari bilan kelishgan holda Vazir tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Qishloq va suv xoʻjaligi tuman boshqarmalari boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari, shuningdek tumanlararo suv xoʻjaligi boʻlinmalari rahbarlari Vazirlik bilan kelishgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri hamda viloyat qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmalari boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Budjetdan ajratiladigan mablagʻlar va korxonalarning xoʻjalik hisobidagi faoliyatidan olingan daromadlar Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligini va uning boʻlinmalarini mablagʻ bilan taʼminlash manbalari hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligida belgilangan tartibda ijtimoiy rivojlantirish va ragʻbatlantirish jamgʻarmasi tashkil etiladi, Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 17-yanvardagi 32-son qaroriga 2-ilovada koʻrsatilgan hamda Vazirlik tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarning xoʻjalik hisobidagi faoliyatidan ajratmalari (ixtiyoriy tartibda), shuningdek tuzilgan shartnomalar asosida shirkatlar (qishloq xoʻjaligi kooperativlari)ning ajratmalari jamgʻarmaning mablagʻlari hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarmaning mablagʻlari ilmiy-qidiruv, maʼrifiy, matbaa va noshirlik ishlariga yoʻnaltiriladi. Xorijiy delegatsiyalarni qabul qilish bilan bogʻliq vakillik xarajatlari, Vazirlikning markaziy apparati va hududiy boʻlinmalari taʼminotiga sarf-xarajatlar ham jamgʻarma hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijtimoiy rivojlantirish va ragʻbatlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom vazir tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga, bank muassasalarida hisob raqamlariga ega boʻladi. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining faoliyati qonunda belgilangan tartibda toʻxtatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 30-martdagi 160-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nizom

1. Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tarkibiga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Markaz qishloq xoʻjaligi yoʻnalishidagi ilmiy-tadqiqot institutlari, konstruktorlik byurolari, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari hamda boshqa ilmiy va ilmiy-yordamchi tashkilotlarning birlashmasi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Markaz ularning idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, respublika ilmiy muassasalari va oliy oʻquv yurtlari tomonidan agrosanoat kompleksi sohasida oʻtkaziladigan ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtirib boruvchi organ vazifasini bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Markaz oʻz ishlarini Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi, Fan va texnika davlat qoʻmitasi hamda boshqa vazirliklar va idoralar, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va oliy oʻquv yurtlari bilan birgalikda olib boradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Markaz oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining buyruqlari va qarorlariga, ushbu Nizomga hamda boshqa normativ hujjatlarga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Markaz yuridik shaxs hisoblanadi, oʻz nomi yozilgan muhrga va shtampga, xos blankalarga, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi banklarida hisob raqamlariga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Markazning asosiy vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vatanimiz va jahon ilm-fani va amaliyotining eng yaxshi yutuqlaridan toʻlaroq foydalanishni hisobga olgan holda respublika agrosanoat kompleksining eng muhim muammolari boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish. Ularning natijalarini qishloq xoʻjaligi samaradorligini yanada oshirish maqsadida qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishiga joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻoriladigan, lalmi yerlarning va oʻrmon yerlarining, togʻli, choʻl hududlari va yaylovlarning unumdorligini hamda ulardan foydalanish samaradorligini oshirish ilmiy-uslubiy asoslarini ishlab chiqish. Qishloq xoʻjaligi ekinlarini oʻstirish, hosilini saqlash va qayta ishlashning, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanishning samarali texnologiyalarini asoslash va joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gʻoʻza, gʻalla va boshqa ekinlar seleksiyasi va urugʻchiligi sohasidagi tadqiqotlarni kengaytirish, seleksiya yutuqlarini sinab koʻrish va muhofaza qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chorvachilik va naslchilik ishlarining ilmiy muammolarini, veterinariya, veterinariya sanitariyasi va akarologiyaning nazariy asoslarini ishlab chiqish, davolash-profilaktika tadbirlarining ilmiy asoslangan tizimlarini yaratish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻsimliklarni himoya qilishning biologik va uygʻunlashtirilgan usullari sohasidagi tadqiqotlarni tashkil etish, kam zaharli gerbitsidlarni, pestitsidlarni, oʻstirish koʻmakchilarini hamda atrof muhit va ekologik jihatdan toza mahsulot olish uchun xavfsiz boʻlgan boshqa yuqori samarali birikmalarni qidirib topish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy tadqiqotlar sohasida shartnoma munosabatlarini tashkil etish, tugallangan ishlanmalarni qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishiga joriy qilish uchun ilmiy xodimlar va mutaxassislarning manfaatdorligini ragʻbatlantiruvchi hamda masʼuliyatini oshiruvchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Markazning funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq va suv xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish muammolarini ishlab chiqish, yuqori samarali, ijtimoiy yoʻnaltirilgan koʻp ukladli iqtisodiyotni shakllantirish, tovar ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy mustaqilligini kengaytirish, xoʻjalik ichidagi munosabatlar mexanizmini takomillashtirish, qishloqda xususiy tadbirkorlikni va kichik biznesni tashkil qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilgʻor agrotexnologiyalarni, yuqori unum bilan ishlaydigan va mustahkam qishloq xoʻjaligi mashinalari va mexanizmlarining yangi turlarini yaratish va joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuproqning, ayniqsa oʻrtacha va kuchli shoʻrlangan yerlarda tuproqning unumdorligini tiklash va oshirishni hisobga olgan holda almashlab ekish sxemalarini ishlab chiqishda qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eskidan sugʻorib kelinayotgan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va rekonstruksiya qilishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish va joriy etish, yangi yerlarni oʻzlashtirish, sugʻorishning ilgʻor usullarini va suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligini tashkil etish va yuritishning jahon ilgʻor tajribasini oʻrganish va ijodiy qoʻllash, xalqaro va xorijdagi yetakchi ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni rivojlantirish, tasarrufidagi tashkilotlar ilmiy xodimlarining chet el ilmiy muassasalarida malaka oshirishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqori malakali ilmiy kadrlar (fan doktorlari va nomzodlari) tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikada hamda xorijda qishloq va suv xoʻjaligi rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etishda qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
institutlar va olimlarning ilmiy asarlarini nashr etish, ilmiy bilimlarni ommalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikada qishloq, suv va oʻrmon xoʻjaligi boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni va innovatsiya loyihalarini muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz muassasalari kuchi bilan agrosanoat kompleksini rivojlantirishning muhim yoʻnalishlariga doir fundamental hamda amaliy tadqiqotlar loyihalari va dasturlarini ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy-tadqiqot muassasalarini, ularning filiallarini va tasarrufidagi boshqa tashkilotlarni belgilangan tartibda tashkil qiladi, qayta tashkil etadi va tugatadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agrosanoat kompleksining muhim dolzarb yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy, ilmiy-amaliy konferensiyalar, yigʻilishlar, simpoziumlar uyushtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fundamental va amaliy tadqiqotlarning muhim yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy kengashlar, jamiyatlar va boshqa birlashmalar tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika agrosanoat kompleksini rivojlantirishning ilmiy-texnika potensialini rivojlantirish, ilm-fanning moddiy bazasini mustahkamlash boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining topshiriqlariga, vazirliklar va idoralar soʻrovlariga binoan agrosanoat kompleksini rivojlantirishning yirik ilmiy, ilmiy-texnik, ijtimoiy-iqtisodiy loyihalari va dasturlarini ekspertizadan oʻtkazadi, oʻz vakolatlari doirasida manfaatdor tashkilotlar va muassasalar bilan birgalikda ularni muhokama qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy axborotlarning amaliy bankini tashkil qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz xar yili oʻz faoliyati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga hisobot topshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Fan va texnika yutuqlarini joriy etish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa idoralari bilan birgalikda dehqonchilik va chorvachilikning, tuproq unumdorligini, qishloq xoʻjaligi ekinlari hosildorligini va chorva mollari mahsuldorligini oshirish, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi samaradorligini oshirish, qishloq xoʻjaligi ekinlarining yangi serhosil navlarini mintaqalashtirish boʻyicha resurslarni va energiyani tejovchi zamonaviy texnologiyalarning ilmiy asoslangan tizimi dasturini tuzadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz tashkilotlari tomonidan bajarilgan ilmiy va texnik ishlanmalarning dehqonchilik, chorvachilik, irrigatsiya, melioratsiya va oʻrmon xoʻjaligiga joriy etilishi ustidan mualliflik nazoratini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligining fan yutuqlariga nisbatan taʼsirchanligini oshirish, joriy etish xizmatini yaxshilash, ilmiy muassasalar, qishloq xoʻjaligi hamda suv xoʻjaligi korxona va tashkilotlari oʻrtasidagi xoʻjalik hisobi munosabatlarini rivojlantirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikaning urugʻchilik xoʻjaliklarini boshoqli don ekinlarining, gʻoʻza, sholi, sabzavot, yem-xashak va boshqa ekinlarning eng sara va sara urugʻlari bilan taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mollarning yangi zotlarini yaratish boʻyicha naslchilik ishlarini yaxshilashga doir tadbirlarni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihalash va konstruktorlik tashkilotlarining qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, yer tuzish, melioratsiya va suv xoʻjaligi sohasidagi hamkorligini mustahkamlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fan va texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish uchun xoʻjalik hisobidagi boʻlinmalarni belgilangan tartibda tashkil qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Markaz faoliyatiga rahbarlik qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Markaz oʻziga qarashli boʻlinmalarning mustaqilligini har tomonlama taʼminlab oʻz ishini kollegiallik, yakkaboshchilik va markazlashtirilgan rahbarlikni uygʻunlashtirish asosida tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Markazga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan bosh direktor boshchilik qiladi. Markazning bosh direktori ayni vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining qishloq xoʻjaligida ilmiy-texnika va texnologiya siyosati masalalariga mutasaddi boʻlgan oʻrinbosari hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Markazda bosh direktorning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri tomonidan tayinlanadigan birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosari lavozimlari joriy etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Markazda ilmiy-texnik kengash va hayʼat tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Markaz hayʼatining qarorlari bosh direktorning buyruqlari bilan hayotga joriy etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Markazning bosh ilmiy kotibi maqomiga koʻra bosh direktorning oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Markaz oʻz oldida turgan vazifalar doirasida vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va oliy oʻquv yurtlaridan Markazning faoliyati uchun zarur axborotni belgilangan tartibda soʻrash va olish huquqiga egadir. Zarurat boʻlganda Markaz boshqa vazirliklar, idoralar va muassasalar bilan birgalikda qarorlar, buyruqlar va yoʻriqnomalar qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Markazning bosh direktori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, joriy masalalarni hal etadi, Markazdagi ishlarning ahvoli yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi oldida shaxsan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari, ilmiy muassasalar va xorijiy tashkilotlarda Markaz nomidan vakillik qiladi, uning manfaatlarini himoya qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy-texnik kengash, Markaz hayʼati va uning apparati ishlarini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadqiqotlar dasturlarini tasdiqlaydi, eng muhim ilmiy-tadqiqot ishlari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy asarlar nashr etilishi rejalarini tasdiqlaydi va ularning bajarilishini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlariga rahbarlik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dolzarb ilmiy va ilmiy-texnik muammolarni hal etish, shuningdek tashkiliy masalalarni hal qilish uchun olimlar va mutaxassislarning doimiy va vaqtinchalik ilmiy va maslahat jamoalarini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz moliyaviy resurslarining bosh tasarrufchisi hisoblanadi hamda ulardan toʻgʻri foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlarning belgilangan soni doirasida Markaz markaziy apparati, budjetdan mablagʻ bilan taʼminlanadigan oʻziga qarashli korxonalar va tashkilotlarning shtat jadvalini, oʻziga qarashli muassasalar va tashkilotlar toʻgʻrisidagi nizomlar (ustavlar)ni tasdiqlaydi, zarurat boʻlganda shtatdagi xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida markaziy apparat tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklarining taqdimnomasiga koʻra Markazning Qoraqalpogʻiston respublika va viloyat boʻlinmalari rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va egallab turgan lavozimidan ozod qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz apparati xodimlarini, oʻziga qarashli institutlar, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning rahbar xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz barcha tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining va apparati xodimlarining javobgarligi darajasini belgilaydi, belgilangan tartibda ragʻbatlantirish va jazo choralarini qoʻllaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻp yillik mehnati, oʻz vazifalariga vijdonan munosabatda boʻlganligi, alohida muhim vazifalarni bajarganligi uchun markaziy apparat xodimlarining ayrim toifalari, oʻziga qarashli institutlar va tashkilotlarning rahbarlari lavozim maoshlariga ustamalar belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
markaziy apparat, hududiy boʻlinmalar va oʻziga qarashli institutlar, korxonalarning alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini davlat mukofotlari bilan mukofotlashga va faxriy unvonlar berishga belgilangan tartibda taqdim etadi, xodimlarni Markazning faxriy yorliqlari, qimmatli sovgʻalar yoki pul mukofotlari bilan taqdirlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Markazning tarkibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Markaz tarkibiga Qoraqalpogʻiston respublika va viloyat boʻlimlari, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari, ilmiy-tadqiqot institutlari, konstruktorlik byurolari, eksperimental zavodlar, xoʻjaliklar, kutubxonalar va boshqa ilmiy hamda ilmiy-yordamchi boʻlinmalar kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Markaz, uning Qoraqalpogʻiston respublika va viloyatlar boʻlimlari, mustaqil ilmiy-tadqiqot institutlari, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari va ularga tenglashtirilgan tashkilotlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab yuridik shaxs hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Qoraqalpogʻiston respublika va viloyatlar boʻlimlari toʻgʻrisidagi nizomlar Markaz hayʼati tomonidan tasdiqlanadi. Qoraqalpogʻiston respublika va viloyatlar boʻlimlari ixtiyoriga berilgan ilmiy-tadqiqot muassasalarining filiallari va tajriba xoʻjaliklari oʻz ishlab chiqarish va moliyaviy mustaqilliklarini saqlab qoladilar, boʻlimlar oldida ilmiy-metodik jihatdan hisob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Markazning ilmiy-texnik kengashi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Markazda Ilmiy-texnik kengash tashkil etiladi, Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri uning raisi, Markaz bosh direktori rais oʻrinbosari hisoblanadi. Kengash tarkibiga lavozimiga koʻra bosh direktor oʻrinbosarlari va Markaz bosh ilmiy kotibi, Fan va texnika davlat qoʻmitasi raisi, Fanlar akademiyasi prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Agrosanoat kompleksi rahbari kotibiyatining mudiri, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri, Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi boshligʻi, shuningdek yetakchi olimlar va mutaxassislar kiradi. Ilmiy-texnik kengash aʼzolarining shaxsiy tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi (uning tarkibiga lavozimiga koʻra kiruvchi shaxslar bundan mustasno).
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Ilmiy-texnik kengash:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekistonda agrar ilm-fan rivojlanishining muhim masalalarini koʻrib chiqadi va uni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi. Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining agrosanoat kompleksini rivojlantirish muammolariga oid ilmiy-tematik rejalari Markazning ilmiy-texnik kengashi bilan kelishiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika agrosanoat kompleksidagi innovatsiyalar toʻgʻrisidagi axborotni eshitadi hamda fan va texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etishni faollashtirishga doir tavsiyalarni ishlab chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Markazning hayʼati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Markazda 11 aʼzodan iborat tarkibda hayʼat tashkil etiladi. Markazning bosh direktori, uning oʻrinbosarlari va bosh ilmiy kotib lavozimlariga koʻra hayʼat aʼzolari hisoblanadilar. Hayʼat aʼzolarining shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan kelishiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Markaz hayʼati:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy tadqiqotlar rejalarini hamda fan va texnika yutuqlarini joriy etish rejalarini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazning tegishli boʻlimlari orqali ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilm-fanning dolzarb yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy maʼruzalarni va axborotlarni eshitadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fundamental va amaliy tadqiqotlarni muvofiqlashtiradi va ularning ilmiy darajasini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agrar ilm-fanning eng muhim muammolari boʻyicha ilmiy kengashlar, qoʻmitalar, komissiyalar tarkibini tasdiqlaydi va ular faoliyatiga rahbarlik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazga yuklangan vazifalarni bajarish uchun belgilangan tartibda ilmiy-tadqiqot, ilmiy-yordamchi muassasalar va korxonalar tashkil etadi, ushbu muassasalar, korxonalar toʻgʻrisidagi nizomlarni va ularning ustavlarini tasdiqlaydi, shuningdek tashkil etiladigan ilmiy-tadqiqot muassasalarining ish yoʻnalishini va ixtisoslashuvini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy konferensiyalar va kengashlar chaqiradi, munozaralar oʻtkazadi, tadqiqot ekspeditsiyalari tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazning fan va texnikani rivojlantirish yoʻnalishlari boʻyicha faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlarni tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz tizimida malakali kadrlar tayyorlash boʻyicha rejalarni muhokama qiladi va ushbu ishlarga rahbarlik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz boʻlimlari va ilmiy muassasalarning ilm-fanga ajratilgan mablagʻlardan samarali foydalanish toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy muassasalar va korxonalarning xalqaro aloqalar toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
institutlarning taqdimnomasi va Markaz boʻlimlarining tavsiyasi boʻyicha ilmiy muassasalar ilmiy kengashlari tarkibini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dissertatsiyalarni himoya qilish boʻyicha ixtisoslashtirilgan kengashlar tarkibini Oliy attestatsiya komissiyasi tasdiqlashi uchun taqdim etadi hamda ixtisoslashtirilgan kengashlar raislarining oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy tadqiqotlar va tajriba-konstruktorlik ishlari natijalaridan amaliyotda foydalanilishiga koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazning barcha muassasalari va mansabdor shaxslari tomonidan mazkur Nizomga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bosh direktorning respublika tashkilotlari va hududiy boʻlimlar rahbarlarini tayinlash toʻgʻrisidagi buyruqlarini tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Markaz hayʼati uning majlisida oʻz aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda qaror qabul qilish huquqiga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Hayʼat qarorlari ochiq ovoz bergan holda koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Hayʼat qarorlari Markaz bosh direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VIII. Markazning ilmiy-tadqiqot muassasalari (institutlar, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari, konstruktorlik byurolari)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Markazning ilmiy-tadqiqot va ilmiy-ishlab chiqarish faoliyati uning ilmiy-tadqiqot muassasalarida (institutlar, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari, konstruktorlik byurolari va boshqa muassasalarda) olib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Institutlar, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari oʻz faoliyatini Markaz ijro etuvchi apparati boʻlimlarining uslubiy rahbarligida amalga oshiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari, ilmiy-tadqiqot institutlari direktorlari, direktorlarning oʻrinbosarlari Markazning bosh direktori tomonidan yirik olimlar, odatda, fan doktorlari orasidan kontrakt asosida 5 yilgacha muddatga tayinlanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Institutlar, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari direktorlari oʻzlari rahbarlik qilayotgan ilmiy muassasalar, ishlab chiqarish korxonalari faoliyati hamda fan yutuqlari ishlab chiqarishga joriy etilishi uchun shaxsan javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Institutning ilmiy kotibi, ilmiy-tadqiqot boʻlinmalari (institut, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi boʻlimi, shuʼbasi, laboratoriyasi) mudirlari direktor tomonidan kontrakt asosida, odatda, tanlovdan oʻtgan fan doktorlari yoki fan nomzodlari orasidan tayinlanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Ilmiy-tadqiqot institutlari, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari huzurida belgilangan tartibda sanoat korxonalari, konstruktorlik, texnologiya va loyihalash byurolari, hisoblash markazlari, eksperimental xoʻjaliklar, shuningdek kooperativlar, kichik va qoʻshma korxonalar tashkil etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Ilmiy-tadqiqot muassasalari (institutlar, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari, konstruktorlik byurolari) va Markazning barcha ishlab chiqarish tuzilmalari mazkur Nizom va Markaz hayʼati tomonidan tasdiqlanadigan namunaviy ustavlar asosida faoliyat koʻrsatadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IX. Markazning mol-mulki va faoliyatining iqtisodiy asoslari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Markazning tasarrufidagi asosiy fondlar va boshqa mol-mulk davlat mulki hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Markaz faoliyatining iqtisodiy asosini ishlab chiqarish fondlari hamda tezkor boshqarish uchun unga davlat tomonidan berilgan boshqa mol-mulk, institutlar, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari va boshqa ilmiy muassasalarning, shuningdek Markaz tizimiga qoʻshib olingan ishlab chiqarish korxonalarining ishlab chiqarish fondlari va mol-mulki tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Markaz va uning muassasalari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tashqi iqtisodiy faoliyatda qatnashishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjeti mablagʻlari hamda tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotishdan olingan daromadlar Markazni va uning ilmiy muassasalarini mablagʻ bilan taʼminlash manbalari hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Markazning xoʻjalik hisobidagi muassasalari, birlashmalari va tashkilotlari oʻz xoʻjalik, tadbirkorlik, ilmiy va innovatsiya faoliyatini ushbu faoliyatdan olinadigan mablagʻlar va daromadlar hisobiga amalga oshiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Markazning ilmiy-tadqiqot tashkilotlari joriy va boshqa ishlarni bajarish uchun asosiy fondlardan va uning ixtiyoridagi aylanma mablagʻlardan foydalanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Markaz oʻz mablagʻlari (budjet mablagʻlaridan tashqari) va oʻz muassasalarining xoʻjalik va tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlarning bir qismi, shuningdek boshqa jalb qilingan mablagʻlar hisobiga maxsus moliyaviy va innovatsiya jamgʻarmalari (budjet tashkilotlarini rivojlantirish, olimlarni ijtimoiy himoya qilish, innovatsiya va boshqa jamgʻarmalar) tashkil etishi mumkin. Mablagʻlarni shakllantirish va sarflash tartibi Markaz tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda ishlab chiqilgan maxsus nizomga muvofiq belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Markaz oʻziga ajratilgan budjet mablagʻlarini markaziy apparat, oʻziga qarashli ilmiy muassasalar va tashkilotlar oʻrtasida belgilangan tartibda taqsimlaydi, ularning xarajatlar smetasini, shtat jadvallarini, mehnatga haq toʻlash fondi va miqdorlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Markaz faoliyati qonunda belgilangan tartibda toʻxtatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 30-martdagi 160-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi respublika oʻrmon xoʻjaligini davlat tomonidan boshqarish organi funksiyalarini amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi oʻrmon xoʻjaligining ahvoli va uni yanada rivojlantirish, tarmoqda fan-texnika taraqqiyoti, oʻrmonlardan oqilona foydalanish, ularni koʻpaytirish, muhofaza va himoya qilish, oʻrmon fondi hududida ovchilik xoʻjaligi va qoʻriqxona ishlarini yuritishni tashkil etish, oʻrmonlarning ekologik va boshqa foydali funksiyalarini kuchaytirish hamda xalq bogʻlarini boshqarish uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oliy Majlis qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining buyruqlari hamda yoʻriqnomalariga, boshqa qonun hujjatlariga va mazkur Nizomga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi oʻrmon xoʻjaligiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar oʻrmon xoʻjaligi boshqarmalari orqali rahbarlik qiladi hamda oʻziga bevosita boʻysunuvchi korxonalarni, tashkilotlarni boshqaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasining asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Quyidagilar Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasining asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrmon qonunchiligiga va oʻrmon hamda ovchilik xoʻjaligini yuritish boʻyicha meʼyoriy-texnik hujjatlarga rioya etilishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrmonlardan foydalanish, ularni koʻpaytirish, muhofaza va himoya qilish, oʻrmon fondi hududida qoʻriqxona ishlarini yuritish va milliy tabiiy hamda xalq bogʻlarini boshqarish sohasida davlat boshqaruvini amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrmon xoʻjaligida oʻrmon fondini har tomonlama kengaytirish va undan oqilona foydalanishga qaratilgan yagona texnika siyosatini olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrmon fondini, hayvonot va oʻsimlik dunyosini davlat tomonidan hisobga olib borish hamda oʻrganish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrmon xoʻjaligiga fan yutuqlari va ilgʻor tajribani joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikada oʻrmonlarni qayta tiklash va ihota daraxtzorlarini koʻpaytirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, togʻ yonbagʻirlarida, jarliklarda va tashlandiq yerlarda eroziyaga qarshi daraxtzorlar barpo etish ishlarining bajarilishini tashkil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi yerlari choʻlga aylanishining oldini olishga doir tadbirlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrmonlarni yongʻindan, oʻzboshimchalik bilan kesishdan va boshqa oʻrmon qoidalarini buzishdan himoya qilishni taʼminlash, oʻrmonlarni zararkunandalar va kasalliklardan asrash, oʻrmonlarni aviatsiya yordamida va erdan qoʻriqlash tizimini takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tasarrufidagi hududlarda qoʻriqxona ishlarini va ovchilik xoʻjaligini yuritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ovchilik xoʻjaliklarini idoraviy boshqarish va nazorat qilish, oʻrmon fondi hududida ovchilik qoidalari, normalari va muddatlariga rioya qilinishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shifobaxsh va ovqatbop oʻsimliklar, yordamchi qishloq xoʻjaligi, bogʻdorchilik mahsulotlarini tayyorlash va yetishtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish, ushbu maqsadlar uchun ixtisoslashtirilgan boʻlinmalar tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyektlar (oʻrmon xoʻjaliklari, shifobaxsh oʻtlar yetishtirishga ixtisoslashtirilgan oʻrmon xoʻjaliklari)ning erkinligini va iqtisodiy mustaqilligini oshirish, ularning moliyaviy ahvolini yaxshilash maqsadida ularni xoʻjalik yuritishning bozor shakllariga oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy investitsiyalarni jalb etish, oʻrmon xoʻjaligi sohasida qoʻshma korxonalar tashkil qilish, xususiy tadbirkorlikni, kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrmon xoʻjaligi korxonalari va tashkilotlari uchun malakali kadrlar tayyorlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi oʻrmon fondi hududida oʻziga berilgan huquqlar doirasida oʻrmon, ovchilik xoʻjaligi va qoʻriqxona, xalq bogʻlari ishlarini olib borish bilan bogʻliq barcha masalalarni hal qiladi, oʻz vakolatlarini bevosita va oʻzining hududiy boshqarmalari, shuningdek oʻziga qarashli korxonalar hamda tashkilotlar orqali amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi orqali oʻrmon xoʻjaligi tarmogʻida qonun hujjatlarining qoʻllanish amaliyotini umumlashtiradi, uni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi va koʻrib chiqish uchun ularni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasining funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi tasarrufidagi oʻrmon, oʻrmon-ovchilik xoʻjaligi, davlat qoʻriqxonalari, xalq bogʻlari, daxlsiz oʻrmon xoʻjaliklari (zakazniklar)ni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda oʻrmon xoʻjaligi ishlarini prognozlashtiradi, Oʻzbekiston Respublikasining manfaatdor vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari ishtirokida respublika oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirishning bosh reja (sxema)larini ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrmon xoʻjaligini toʻgʻri yuritishni, oʻrmon resurslaridan oqilona foydalanish, oʻrmonlarni qayta tiklash, parvarish qilish va ularning samaradorligini oshirish, ihota hamda eroziyaga qarshi daraxtzorlar barpo etishni taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrmonning suvlarni asrash, ihotalash, sanitariya-gigiyena, sogʻlomlashtirish va boshqa foydali funksiyalarini kuchaytirish tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi korxonalari va boshqa yerdan foydalanuvchilar hududida shartnoma shartlari asosida iqota daraxtzorlari barpo etish va togʻ yonbagʻirlarini pogʻona-pogʻona qilib ishlash, jarliklarda, qiyaliklarda, yaroqsiz qazilmalar boʻlgan joylarda, tashlandiq yerlarda daraxtzorlar barpo etish ishlarini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrmonlarni yongʻindan, daraxtlarni oʻzboshimchalik bilan kesishdan hamda oʻrmonga zarar yetkazadigan boshqa xatti-harakatlardan muhofaza qilishni tashkil etadi, respublika oʻrmon fondi yerlarida oʻrmonlarni qoʻriqlashga rahbarlik qiladi, oʻrmon patologiyasini nazorat qilishni va oʻrmon zararkunandalari hamda kasalliklarini hisobga olish va ularga qarshi kurashishni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suvni asrovchi oʻrmonlarni, qimmatbaho daraxtzor yerlarni, aholi yashash joylari atrofidagi koʻkalamzor hududlarni hamda iqlimni tartibga solish, sanitariya-gigiyena, sogʻlomlashtirish va boshqa himoya funksiyalarini bajaruvchi boshqa daraxtzorlarni saqlash va ularning holatini yaxshilash chora-tadbirlarini koʻradi, oʻrmon fondi yerlarida joylashgan davlat tabiat yodgorliklarini muhofaza qilishni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
choʻl, togʻ va togʻ oldi yaylovlarining holatini yaxshilash, boyitish, mahsuldorligini oshirish, bu yerlarni daraxtzorlarga aylantirish, koʻchma qumlarni mustahkamlash va ularga daraxtlar ekish tadbirlarini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrmon fondining davlat hisobini va davlat oʻrmon kadastrini yuritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrmon xomashyosi va boshqa resurslarni oʻrganadi, ulardan samarali foydalanish choralarini koʻradi, belgilangan tartibda oʻrmon barpo etish tadbirlarini amalga oshiradi va uni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrmonlarni ihota toifalariga kiritish, shuningdek oʻrmonlarni bir toifadan boshqasiga oʻtkazish haqidagi takliflarni belgilangan tartibda kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrmon xoʻjaligini yuritish masalalari, daraxt kesish qoidalari boʻyicha asosiy qoidalarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika oʻrmon xoʻjaligi korxonalari va tashkilotlari hamda oʻrmon fondiga ega boʻlgan boshqa korxonalar va tashkilotlar tomonidan oʻrmon xoʻjaligining toʻgʻri yuritilishini, oʻrmon resurslaridan foydalanilishini, oʻrmonni zararkunandalar va kasalliklardan himoya qilinishini tekshiradi, oʻrmon fondiga ega boʻlgan korxonalar va tashkilotlarga oʻrmon xoʻjaligini yuritishda uslubiy yordam koʻrsatadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi oʻrmonlarida oʻrmondan foydalanish (qancha yogʻoch kesilishi) hajmlarini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrmon fondi hududida ov qilish qoidalari va muddatlariga rioya etilishini, hayvonot dunyosidan foydalanilishini idoraviy nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻriqxonalar, milliy, tabiiy, xalq bogʻlari tomonidan ularda oʻrnatilgan rejimga rioya etilishini idoraviy nazorat qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrmon urugʻchiligi va oʻrmon koʻchatzorlarini tashkil etadi va rivojlantiradi, daraxtlar va butasimon navlar urugʻlari tayyorlashni, oʻz ehtiyojlari va boshqa isteʼmolchilarning talablarini qondirish uchun koʻchatlar oʻstirishni taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yogʻoch-taxta tayyorlashni, shuningdek yogʻochdan, yogʻoch chiqindilaridan xalq isteʼmol tovarlari va ishlab chiqarish maqsadlaridagi tovarlar ishlab chiqarishni, oʻrmonlarda qoʻshimcha ravishda foydalaniladigan mahsulotlar tayyorlashni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrmon fondi hududida shifobaxsh, texnik va ovqatbop oʻsimliklarni yigʻish va tayyorlash borasidagi barcha ishlarni muvofiqlashtiradi, ilmiy-tadqiqot institutlari bilan birgalikda yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning tarqalish hududini va mavjud resurslarini oʻrganadi, ularni yigʻish va tayyorlashning maqbul miqdorini tavsiya etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mollarni oʻtlatish normasi, ularni yaylovlarda joylashtirish va oʻrmon fondi yerlaridan foydalanishning boshqa turlari, toʻlanadigan haq miqdori haqida belgilangan tartibda takliflar ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrmon xoʻjaligi sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksport-import operatsiyalarini amalga oshiradi va oʻrmon xoʻjaligi korxonalari tomonidan ularning oʻtkazilishiga koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bogʻlar, tokzorlar, qishloq xoʻjaligi ekinlari, yongʻoq mevali oʻsimliklarning hosildorligi oshirilishini taʼminlaydi, mevalarni topshirish boʻyicha shartnomalarning oʻz vaqtida tuzilishi va bajarilishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kadrlar zaxirasini yaratadi, oʻrmon xoʻjaligi sohasida rahbar xodimlar va mutaxassislarni tayyorlaydi hamda ularning malakasini oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishini kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, yuqori samarali texnologiyalarni joriy etish tadbirlari oʻtkazilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga qarashli davlat qoʻriqxonalari, xalq bogʻlari toʻgʻrisidagi nizomlarni belgilangan tartibda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga tasdiqlash uchun kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga qarashli korxonalar va tashkilotlarga belgilangan tartibda mablagʻ ajratadi, moliyaviy ahvolni yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning buxgalteriya hisobotlarini va balanslarini koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi, yigʻma balanslar tuzadi va ularni tegishli organlarga taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga qarashli korxonalarda hisob va hisobot yuritilishini hamda mol-mulk saqlanishini tashkil etadi, yetkazilgan moddiy zararni undirish choralarini koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh boshqarmaning ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyati haqidagi hisobotlarni belgilangan muddatlarda, hisobga olish va hisobotning amaldagi shakllari boʻyicha tegishli organlarga taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning xatlari (arizalari, shikoyatlari) koʻrib chiqilishini tashkil etadi va xatlarda maʼlum qilingan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasining huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasiga quyidagi huquqlar beriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikaning tegishli vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari bilan kelishgan holda oliy oʻquv yurtlarini, ilmiy-tadqiqot, loyihalash va loyiha-konstruktorlik tashkilotlarini, shuningdek ilmiy xodimlarni va mutaxassislarni oʻrmon xoʻjaligi, oʻrmon-ovchilik va qoʻriqxona ishlari, milliy tabiiy, xalq bogʻlari, daxlsiz oʻrmon xoʻjaliklari bilan bogʻliq boʻlgan alohida masalalarni ishlab chiqishga va ekspertizalar oʻtkazishga shartnoma asosida jalb etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mansabdor shaxslarga oʻrmon xoʻjaligini yuritishga doir qonun hujjatlari buzilishini, oʻrmonlarni muhofaza qilish va himoya qilishdagi, oʻrmon resurslaridan foydalanishdagi nuqsonlarni bartaraf etish toʻgʻrisida yozma koʻrsatmalar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan oʻrmon xoʻjaligini yuritish, oʻrmonlarni muhofaza va himoya qilish hamda oʻrmon resurslaridan toʻgʻri foydalanish masalalari boʻyicha maʼlumotlarni belgilangan tartibda soʻrab olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mol oʻtlatishdan, oʻrmon qonunchiligi talablari buzilganligi uchun zararni undirishdan tushadigan mablagʻlarni oʻz hisob raqamlariga belgilangan tartibda oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tizim ichida tarmoq oʻrmon xoʻjaliklari boʻyicha xarajatlarning yillik budjet smetalarini va shtat jadvallarini belgilangan tartibda tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolatlari doirasida xalqaro tashkilotlar, muassasalar, organlar, korxonalar, xorijiy mansabdor va xususiy shaxslar bilan aloqalarni amalga oshirish, oʻrmon xoʻjaligi yuritish boʻyicha qoʻshma korxonalar tashkil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻrmon nazorati xodimlari belgilangan namunadagi kiyim-bosh kiyib yuradilar va tabel quroliga ega boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻrmon nazorati xodimlari taqdirlashni, maʼnaviy ragʻbatlantirish va ijtimoiy muhofaza qilish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan lavozimga tayinlanadigan boshliq Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari boshchilik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshliqning Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining buyrugʻi bilan tayinlanadigan ikki nafar oʻrinbosari boʻladi. Boshliq oʻrinbosarlari oʻrtasida vazifalarni Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi boshligʻi taqsimlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar oʻrmon xoʻjaligi boshqarmalari boshliqlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan tayinlanadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi boshligʻi boshqarmaga yuklangan vazifalar va majburiyatlarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi, oʻz oʻrinbosarlarining, boʻlimlar boshliqlarining Bosh boshqarma faoliyatining ayrim sohalariga rahbarlik qilishi, shuningdek oʻrmon xoʻjaligi korxonalari va tashkilotlari ishi uchun javobgarligi darajasini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi boshligʻi oʻz vakolatlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari asosida va ularni bajarish yuzasidan Bosh boshqarma tizimi korxonalari, tashkilotlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar va yoʻriqnomalar chiqaradi, koʻrsatmalar beradi, ularning ijrosini tekshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga, banklarda hisob raqamlariga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasining faoliyati qonunda belgilangan tartibda toʻxtatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 30-martdagi 160-son qaroriga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suv xoʻjaligi departamenti toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Suv xoʻjaligi departamenti Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2001-yil 17-yanvardagi 32-son qarori bilan tashkil etilgan, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi. Departamentga yuza suvlarni muhofaza qilish, ulardan foydalanishni tartibga solish hamda respublika qishloq xoʻjaligi tarmoqlarini va aholisini suv bilan taʼminlashga doir zarur tadbirlarni amalga oshirish yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Suv xoʻjaligi departamenti oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oliy Majlis qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hayʼati qarorlariga va buyruqlariga, ushbu Nizomga hamda boshqa normativ hujjatlarga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suv xoʻjaligi departamenti amaldagi qonun hujjatlarining suv xoʻjaligi tizimidagi korxonalar, birlashmalar, muassasalar va tashkilotlarda bajarilishini taʼminlaydi, ularni takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqadi va koʻrib chiqish uchun ularni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Suv xoʻjaligi departamenti budjetdan ajratmalar, tasarrufidagi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning ajratmalari hamda boshqa manbalar hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar Suv xoʻjaligi departamentining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika xalq xoʻjaligi tarmoqlarini va aholisini suv bilan taʼminlash uchun zarur ishlarni ishlab chiqish va bajarish, suv xoʻjaligida yagona texnika siyosatini amalga oshirish, yerlarni melioratsiyalashni rivojlantirish va suv xoʻjaligi obyektlari kompleksini qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni barqaror koʻpaytirish maqsadida ishga shay holatda tutish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv resurslarini muhofaza qilish, hisobga olish va boshqarish, xalq xoʻjaligi tarmoqlari va suv isteʼmolchilari boʻyicha suvdan foydalanish limitlarini belgilash, fan-texnika taraqqiyotini joriy etish asosida suvdan oqilona foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Suvdan foydalanish”boʻlimi boʻyicha davlat suv kadastrini ishlab chiqish va yuritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, mulkchilik va xoʻjalik yuritishning turli shakllarini rivojlantirishga doir ishlarni muvofiqlashtirish va ularni amalga oshirish monitoringini olib borish, davlat korxonalarini aksiyadorlik jamiyatlariga va boshqa bozor tuzilmalariga aylantirish boʻyicha ishlarni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikani melioratsiya va suv xoʻjaligi sohasida ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnik rivojlantirishni jadallashtirish, sugʻoriladigan yerlardan foydalanish samaradorligini oshirish, tarmoqni balansli va mutanosib rivojlantirish, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va kooperatsiyalash darajasini yanada oshirish, tashqi iqtisodiy faoliyatni faollashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy-texnika va investitsiya siyosatini amalga oshirish, yangi texnika, texnologiyalar va materiallarni ishlab chiqish va qoʻllashni tashkil etish, mahsulotlar va ishlar sifatining jahon andozalari talablari darajasida boʻlishini taʼminlash, fan bilan ishlab chiqarishning aloqasini mustahkamlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor vazirliklar va idoralar, shuningdek respublika hamda boshqa hududiy boshqaruv organlari bilan oʻzaro mustahkam hamkorlik asosida tarmoqlararo vazifalarni samarali hal qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Suv xoʻjaligi departamenti Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi hamda vazirlik rahbariyati bilan kelishilgan holda, mablagʻ bilan taʼminlash manbalaridan qatʼi nazar, irrigatsiya, melioratsiya va suv xoʻjaligi ehtiyojlariga ajratiladigan kapital qoʻyilmalarni taqsimlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Suv xoʻjaligi departamenti oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) suv resurslarini boshqarish, muhofaza qilish va ulardan kompleks foydalanish sohasida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishni, respublika hududidagi barcha suv resurslarini boshqarishni, “Suvdan foydalanish” boʻlimi boʻyicha davlat suv kadastrini yuritishni taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuza manbalardan suv olish limitlarini va barcha isteʼmolchilar tomonidan suvdan foydalanish limitlarini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda suv omborlari va boshqa suv havzalari, daryolar, magistral kanallar va kollektorlar, shuningdek ichimlik va maishiy, davolash hamda madaniy-sogʻlomlashtirish suvlari manbalarining suvni muhofaza qilish zonalarini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha suv isteʼmolchilari tomonidan suvdan limit boʻyicha foydalanishga rioya etilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu maqsadda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
limit boʻyicha suv olinishini, qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorishda suvdan oqilona foydalanishni nazorat qiladi, aybdorlarni qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortish uchun suv haqidagi qonunlar buzilishi hollari toʻgʻrisidagi materiallarni tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv (er)dan foydalanuvchilarga qishloq xoʻjaligi korxonalariga va boshqa korxona va tashkilotlarga suvdan foydalanish boʻyicha tasdiqlangan limitlar va rejalarga muvofiq oʻz vaqtida va uzluksiz suv berilishini, shuningdek suvni tejaydigan texnologiyalarni va sugʻorish texnikasini joriy etish asosida suvdan oqilona foydalanishni taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjaliklararo tarmoqlarda suvni hisobga olishga, meliorativ tarmoqlar va inshootlarni suvni oʻlchash va hisobga olish vositalari bilan jihozlashga rahbarlik qiladi, suvni hisobga olish vositalarini metrologiya jihatidan taʼminlash ishlarini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bilan birgalikda suv xoʻjaligi balanslarini hamda ayrim daryolar havzalari, sanoat tumanlari va umuman respublika uchun suv resurslaridan kompleks foydalanishning istiqbolli sxemalarini ishlab chiqishni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv resurslarining mavjudligi toʻgʻrisida xulosalar hamda suv resurslaridan foydalanish va drenaj-oqova suvlarini oqizib yuborish bilan bogʻliq yangi korxonalar qurish va ishlayotgan korxonalarni rekonstruksiya qilish loyihalari boʻyicha majburiy kuchga ega boʻlgan roziliklar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suvdan foydalanishga ruxsatnomalar berishni va suv chiqarish inshootlarini roʻyxatga olishni hamda, idoraviy mansubligidan va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, barcha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan barcha suv manbalaridagi suv resurslaridan foydalanishni hisobga olishni taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv olish inshootlari qurish uchun maydonlarni loyihalash va tanlashni nazorat qiladi hamda suv obyektlaridan olinadigan va ularga qaytariladigan suvni hisobga olish chora-tadbirlarini nazarda tutadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli organlar bilan birgalikda suv obyektlarining texnik holatini yaxshilash va qurib qolishini bartaraf etish, suvlarning zararli taʼsiri oldini olish tadbirlarini amalga oshiradi, kichik daryolar va suv omborlarining suv rejimini yaxshilash ishlarini tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv xoʻjaligidan boshqa maqsadlardagi korxonalar, inshootlar va boshqa obyektlarni joylashtirish, loyihalash, qurishda tegishli organlar bilan birgalikda baliqlarni, boshqa suv hayvonlari va oʻsimliklarini muhofaza qilish boʻyicha zarur tadbirlarning bajarilishini talab qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv xoʻjaligi tashkilotlari va korxonalarida tabiatni muhofaza qilish tadbirlarining ahvoli va bajarilishini nazorat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) foydalanish faoliyati sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv xoʻjaligi obyektlari suv omborlari, irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlari va inshootlari, nasos stansiyalari, quduqlar, elektr energiya uzatish, aloqa liniyalari va yordamchi transformator stansiyalaridan, suv xoʻjaligi korxonalari va tashkilotlari balansidagi boshqa obyektlardan foydalanishni, yangi avtomatika va telemexanika vositalarini takomillashtirish va joriy etishni, oʻrnatilgan jihozlardan samarali foydalanish tadbirlarini, shuningdek sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash chora-tadbirlarini amalga oshirishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv xoʻjaligi obyektlarini taʼminlashga va ulardan foydalanishga ajratiladigan davlat budjeti mablagʻlaridan maqsadli, oqilona va samarali foydalanishni taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv xoʻjaligi obyektlari kompleksini, xoʻjaliklararo irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlari va gidrotexnika inshootlarini, ulardan foydalanish samaradorligini oshirish, suv resurslarining tashkiliy va texnologiya jihatidan isrof boʻlishini qisqartirish maqsadida, taʼmirlash va ishlaydigan holatda saqlashni, shuningdek xoʻjaliklar ichidagi melioratsiya tarmoqlari va inshootlariga qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari hamda boshqa suvdan foydalanuvchilar bilan shartnomalar boʻyicha texnik xizmat koʻrsatishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoqilgʻi-energetika resurslarini tejash, ularni sarflash normalariga rioya etish ishlarini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini har yili hisobga olishni va monitoringini olib borishni, yangi yerlarni oʻzlashtirish va ilgaridan sugʻorib kelingan yerlarni rekonstruksiya qilish, kollektor-drenaj tarmoqlarini qurish va qayta barpo etish samaradorligini muntazam ravishda baholab berishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
melioratsiya tizimlarini pasportlashtirish, davlat suv kadastrini muntazam ravishda yuritish va shu asosda melioratsiya tizimlarining texnik darajasini oshirishga doir takliflarni ishlab chiqish ishlarini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlari va inshootlaridan foydalanishni takomillashtirish boʻyicha zarur tadbirlarni ishlab chiqish, qishloq xoʻjaligi yerlarining shoʻrlanishi va botqoqlanishining oldini olish tadbirlarini bajarishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gidrotexnika inshootlari, nasos stansiyalari va vertikal drenaj quduqlaridagi ishlayotgan avtomatlashtirish va telemexanizatsiya vositalarini zamonaviylashtirish hamda ularning yangilarini joriy etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va amalga oshirishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼminlash-foydalanish bazasini yanada rivojlantirishni, uni zamonaviy mexanizmlar, asbob-uskunalar va vositalar bilan jihozlashni tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) kapital qurilish va loyihalash sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
samarali investitsiya siyosatini oʻtkazadi hamda tarmoqni ishlab chiqarish jihatidan va ijtimoiy rivojlantirish uchun davlat markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalarini hamda korxonalarning oʻz mablagʻlarini maqbul ravishda uygʻunlashtirishni taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gidromeliorativ tizimlarni rekonstruksiya qilish va texnika bilan qayta jihozlash, Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida ilgaridan haydab kelingan yerlar sifatini yaxshilash hamda yangi yerlarni ichki kontur boʻyicha oʻzlashtirish, texnik jihatdan mukammal meliorativ tizimlarni va inshootlarni, ilgʻor qurilish texnologiyalarini, yangi qurilish materiallarini, asbob-anjomlarni, mexanizatsiyani joriy etish, atrof muhitni muhofaza qilish talablariga rioya etish ishlarini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv xoʻjaligi, sanoat-xoʻjalik maqsadidagi obyektlar qurilishi, ularni texnika bilan qayta jihozlash, rekonstruksiya qilish va ulardan foydalanish bilan bogʻliq loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshiradi, bunda jahon standartlari darajasiga erishishni nazarda tutadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika hududidagi, mablagʻ bilan taʼminlash manbalaridan qatʼi nazar, barcha suv xoʻjaligi obyektlarining loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomalar asosida boshqa vazirliklar va idoralarga, korxonalar va tashkilotlarga loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departament tizimiga kiruvchi pudrat, loyiha-qidiruv, sanoat, transport korxonalari hamda boshqa korxonalar va tashkilotlarga rahbarlik qiladi va ular faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obyektlar qurilishi normativ muddatlarda rejalashtirilishini va ularning tashkil etilishini, kapital qoʻyilmalardan oqilona foydalanilishini va ular samaradorligi oshirilishini, qurilish qiymati pasaytirilishini, ishlab chiqarish quvvatlari va asosiy fondlar oʻz vaqtida ishga tushirilishi va oʻzlashtirilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shuning negizida sanoat mahsulotlari va qurilishning yuksak sifatini taʼminlash uchun tarmoq qurilish bazasi rivojlantirilishi, mustahkamlanishi va zamonaviylashtirilishini hamda ilgʻor qurilish industriyasi barpo etilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) prognozlashtirish, iqtisodiyot, moliya va boshqaruv tuzilmasi sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarmoqni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari loyihalarini, istiqbolli va yillik prognozlarni, melioratsiya va suv xoʻjaligini rivojlantirish sxemasini ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamlash va ixtisoslashtirish, ichki va tarmoqlararo kooperatsiyalash asosida zamonaviy ishlab chiqarish tuzilmasini rivojlantirishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydalanish tadbirlarini mablagʻ bilan taʼminlash uchun ajratiladigan kapital qoʻyilmalar va budjet mablagʻlaridan maqsadli va oqilona foydalanilishi ustidan tasarrufidagi korxonalarning iqtisodiy ahvolini tahlil etishni, pul mablagʻlari va moddiy boyliklar saqlanishini, tejamkorlik rejimiga rioya qilinishini, tizimda hisob va hisobot toʻgʻri yuritilishi va ishonchliligini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tasarrufidagi birlashmalar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning rentabelligini oshirish va foydasini eng koʻp darajada koʻpaytirish, asosiy fondlardan, aylanma mablagʻlardan va bank kreditlaridan samarali foydalanilishi, qoʻshimcha quvvatlar va rezervlar aniqlanishi va ulardan foydalanilishi, ilmiy-texnika taraqqiyoti asosida mehnat unumdorligini oshirish tadbirlari bajarilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar tashkil etish, qayta tashkil etish va ularni tugatish toʻgʻrisidagi takliflarni belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun Vazirlikka kiritadi, bevosita oʻziga boʻysunuvchi birlashmalar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ustavlari va nizomlarini tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro aloqalar samaradorligini oshirishga, qoʻshma korxonalar tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi, olis va yaqin xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirishda qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
melioratsiya va suv xoʻjaligini rivojlantirishga, melioratsiya, qurilish, yer qazish texnikasi va boshqa texnika, asbob-uskunalar, materiallar, buyumlar va xalq isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish boʻyicha qoʻshma korxonalar tashkil etishga chet el investitsiyalari jalb etilishini tashkil etadi, Vazirlik mutaxassislarining chet elda ishlashini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikada suv xoʻjaligi tarmogʻini rivojlantirishni jadallashtirish maqsadida xorijiy mamlakatlar bilan texnik-iqtisodiy, ishlab chiqarish va ilmiy-texnik aloqalarni takomillashtirish va yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi, xorijiy hamkorlar orasida milliy meliorativ va suv xoʻjaligi fan va texnikasi yutuqlarini targʻib etish ishlarini olib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikada suv xoʻjaligi va melioratsiya sohasida, xalqaro bitimlar, xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik dasturlari doirasida Oʻzbekiston tomonining majburiyatlari bajarilishi bilan bogʻliq xalqaro tadbirlar (simpoziumlar, konferensiyalar, koʻrgazmalar, mutaxassislarning tanishuv safarlari) oʻtkazilishini tashkil etadi, tegishli qarorlar qabul qilish huquqi bilan suv xoʻjaligi muammolari boʻyicha xorijiy hamkorlar bilan olib boriladigan barcha muzokaralarda qatnashadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vatanimiz va chet el fani va texnikasi yutuqlari, ilmiy-texnik va ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish, yangi texnika va texnologiyalarni barpo etish va oʻzlashtirish muddatlarini qisqartirish, ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik ishlanmalari dasturlarini bajarish asosida tarmoqni rivojlantirishning yuqori ilmiy-texnik darajasini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy-tadqiqot, loyiha-konstruktorlik va texnologiya tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departament korxonalari, birlashmalari, muassasalari va tashkilotlarida standartlashtirish va metrologiya, ixtirochilik va ratsionalizatsiyani, patent-litsenziya ishlarini rivojlantirishni tashkil etadi, yuqori samarali texnologiyalar joriy etilishini tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ham chet elda, ham respublika hududida litsenziyalar, materiallar, muhandislik xizmatlarini amalga oshirish va sotib olish boʻyicha Departament birlashmalari, korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga metodologik va maslahat yordami koʻrsatadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda ilmiy va ilmiy-texnik axborot nashr etadi hamda Departament birlashmalari, korxonalari, muassasalari va tashkilotlarini, shuningdek vazirlikning tegishli boshqa boʻlinmalari va korxonalarini ular bilan taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) pudrat faoliyati, sanoat, transport va moddiy-texnika taʼminoti sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonalar va tashkilotlar moddiy-texnika taʼminoti va ishlab chiqarish faoliyati mutanosibligini, hududiy organlarning vositachiligini, yarmarkalar va kimoshdi savdolari oʻtkazilishini taʼminlaydi, ortiqcha va foydalanilmayotgan resurslarni sotish chora-tadbirlarini koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika hududida, shuningdek uning tashqarisida suv xoʻjaligi, sanoat-xoʻjalik obyektlari va boshqa obyektlar, shoxobchalar va inshootlarni tuzatish va qurish ishlarini bajaradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv xoʻjaligi tashkilotlari va korxonalari ehtiyojlari uchun, shuningdek boshqa vazirliklar va idoralarga sotish uchun qurilish industriyasi, metallni qayta ishlash, qurilish materiallari, buyumlar, xalq isteʼmol tovarlari ishlab chiqarilishini va aholiga xizmatlar koʻrsatilishini, nasos-kuch, elektr texnikasi asbob-uskunalari va buyumlari, qurilish, yer qazish texnikasi hamda boshqa texnika va mexanizmlar tuzatilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika hududida yuklarni avtomobil, temir yoʻl transportida va transportning boshqa turlarida tashishni, litsenziya mavjud boʻlgan taqdirda esa belgilangan tartibda avtomobil transportida xalqaro yuk tashishlarni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik korxonalari va tashkilotlariga mahsulotlar, tovarlar yetkazib berish hamda xizmatlar koʻrsatish yuzasidan shartnomalar tuzish ishlarini tashkil etishda, shuningdek ularni moddiy-texnika resurslari bilan taʼminlashga koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik rahbariyati bilan kelishgan holda Vazirlikning oʻz resurslaridan chet eldagi obyektlarni oʻz vaqtida butlash maqsadida texnika va “vaqtincha keltirish” tartibidagi boshqa mol-mulklarni yetkazib beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yonilgʻi-moylash materiallari, yoqilgʻini tejash, ishlab chiqarishda foydalanish uchun ikkilamchi resurslarni jalb etish ishlarini tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Suv xoʻjaligi departamenti:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlikning tarkibiy boʻlinmalari va mahalliy hokimiyat organlari bilan birgalikda tasarrufidagi korxonalar va tashkilotlarni yuqori malakali kadrlar bilan mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kadrlar malakasini oshirish, ularni tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi qoidalariga, ishlab chiqarish sanitariyasiga va yoʻl harakati xavfsizligiga rioya qilinishi, tasarrufidagi korxonalarda mehnat sharoitlarini yaxshilash ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Suv xoʻjaligi departamenti nomidan ish koʻruvchi uning boshligʻi Markaziy Osiyo davlatlari Suv xoʻjaligi davlatlararo muvofiqlashtirish komissiyasining aʼzosi hisoblanadi hamda Irrigatsiya va drenaj boʻyicha xalqaro komissiyada va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha boshqa xalqaro tashkilotlarda respublika manfaatlarini ifodalaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Suv xoʻjaligi departamenti Vazirlik rahbariyati bilan kelishgan holda respublikada xorijiy investitsiyalar hisobiga amalga oshiriladigan barcha suv xoʻjaligi loyihalarini muvofiqlashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Fan va texnikani rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish, melioratsiya va suv xoʻjaligini rivojlantirishda ilmiy asoslangan yagona texnika siyosatini belgilash, qurilish va rekonstruksiyaning eng murakkab va muhim obyektlari boʻyicha loyihalarni tasdiqlash uchun Departament rahbarlari va mutaxassislari ishtirokida Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Ilmiy-texnik kengashi tashkil etiladi. Ilmiy-texnik kengash tarkibi va uning toʻgʻrisidagi Nizom vazir tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Suv xoʻjaligi departamenti chet elda suv xoʻjaligi faoliyatini amalga oshirish uchun tegishli boʻlinmalar tashkil etish boʻyicha Vazirlikka takliflar kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Suv xoʻjaligi departamentiga Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari hisoblanadigan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan boshliq rahbarlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departament boshligʻi ayni vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi kengashining raisi hamda Irrigatsiya va drenaj boʻyicha milliy qoʻmita raisi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departament boshligʻining oʻrinbosari ijtimoiy va maishiy xizmat koʻrsatish darajasi boʻyicha vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining buyrugʻi bilan tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Suv xoʻjaligi tizimlaridan foydalanish, yerlar melioratsiyasi, irrigatsiya-melioratsiya qurilishi masalalari, Departament faoliyatining boshqa muhim yoʻnalishlari Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hayʼatida muntazam ravishda koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Departament faoliyati qonunda belgilangan tartibda toʻxtatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 30-martdagi 160-son qaroriga
5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnoma majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish bosh davlat inspeksiyasi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Shartnoma majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish bosh davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda “Boshdavinspeksiya” deb yuritiladi) kontraktatsiya shartnomalari va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga xizmat koʻrsatish boʻyicha shartnoma majburiyatlarining bajarilishini nazorat qiluvchi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sifatini baholash boʻyicha tomonlar oʻrtasidagi nizoli masalalarni hal qilish boʻyicha idoralararo organ hisoblanadi (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzdavdoninspeksiya”ga yuklangan nazorat funksiyalari va vazifalar bundan mustasno). Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari uchun davlat standartlari, texnik shartlarni ishlab chiqadi va ularga rioya etilishini nazorat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Boshdavinspeksiya” oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, qarorlariga va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga va boshqa normativ hujjatlarga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Boshdavinspeksiya” oʻz faoliyatini ham bevosita, ham viloyatlar, tumanlar (hududiy) davlat inspeksiyalari orqali amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar “Boshdavinspeksiya”ning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomalar tuzishning toʻgʻriligi hamda kontraktatsiya shartnomalari va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga xizmat koʻrsatish boʻyicha shartnomalar boʻyicha tomonlarning shartnoma majburiyatlarini bajarishlari ustidan davlat nazoratini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kontraktatsiya shartnomalari va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga xizmat koʻrsatish boʻyicha shartnomalar bajarilishini nazorat qilish, idoraviy boʻysunishi va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, tomonlar oʻrtasida shartnoma majburiyatlarini bajarish chogʻida xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sifatini va miqdorini baholashda, ularga oʻz vaqtida va toʻgʻri haq toʻlanishi yuzasidan paydo boʻladigan nizoli masalalarni sudgacha hal etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kontraktatsiya shartnomalarini va qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga xizmat koʻrsatish boʻyicha shartnomalarni belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish, ularning bajarilishini tahlil va nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari uchun standartlar va texnik shartlarni ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tabiiy ofatlar va boshqa xil noqulay sharoitlar oqibatida yoxud tegishli asoslashlar mavjud boʻlganda tayyorlovchining aybi bilan shartnomalar boʻyicha majburiyatlar bajarilmaganligi uchun xoʻjaliklarni javobgarlikdan ozod qilish maqsadida xulosalar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari bilan birgalikda shartnoma munosabatlarini yaxshilash va takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqishda qatnashish va ularni belgilangan tartibda kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sifatini oshirish masalalari boʻyicha davlat siyosatini shakllantirish uchun takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sifati yomonlashishi va ularning nobud boʻlishi sabablarini aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Boshdavinspeksiya” vakolatiga kiritilgan masalalar boʻyicha yuridik va jismoniy shaxslarning takliflari, shikoyatlari va arizalarini koʻrib chiqish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelishmovchiliklar va nizoli masalalar paydo boʻlgan hollarda korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan, ularning mulkchilik shakllari va idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari standartlari, texnik shartlari, sifatiga, joʻnatilayotgan mahsulotlarga oʻz vaqtida haq toʻlanishiga va shartnoma majburiyatlarini bajarishda boshqa normativ hujjatlar talablariga rioya qilinishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Boshdavinspeksiya” quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar, idoralar, uyushmalar va korporatsiyalardan, mulkchilik shakllari va idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, korxonalar va tashkilotlardan, kontraktatsiya shartnomalari va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga xizmat koʻrsatish boʻyicha shartnomalarning bajarilishini taʼminlash, nazorat qiluvchi organlar tomonidan qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek xomashyo turlarini kengaytirish, sifatini yaxshilash yuzasidan koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida belgilangan tartibda maʼlumot olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari boʻyicha standartlar talablari va normativ hujjatlarning bajarilishini taʼminlamayotgan ishlab chiqarishlar va sexlarning ishini toʻxtatib qoʻyish, shuningdek standartlar talablari, texnik shartlarga javob bermaydigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishni taqiqlab qoʻyish, ularni qayta ishlash yoki ulardan boshqa maqsadlarda foydalanish mumkinligini aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnoma majburiyatlarida nazarda tutilgan standartlar talablaridan, texnik shartlardan chekingan holda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqargan va sotgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga nisbatan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan iqtisodiy jazolarni qoʻllash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnoma majburiyatlari shartlari, texnik shartlar talablaridan chekingan holda ishlab chiqarilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ular sotilgan davrda natura va qiymat ifodasida prognozlar yoki buyurtma-naryadlar bajarilishi hisobotlaridan chiqarib tashlash toʻgʻrisida yozma koʻrsatma berish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxonalar va tashkilotlar, mulkchilik shakllari va idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, yozma koʻrsatmaga muvofiq shartnoma majburiyatlari shartlari talablaridan chekingan holda tayyorlangan mahsulotni sotishdan amalda olingan foydaning 80 foizini respublika budjeti daromadiga, qolgan 20 foizini “Boshdavinspeksiya”ning ijtimoiy rivojlantirish va ragʻbatlantirish jamgʻarmasi hisobiga toʻlashga majburdirlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
past sifatli qishloq xoʻjaligi mahsulotlari tayyorlash, transportda tashish, yetkazib berish va sotish ishida standart talablarini, shartnoma majburiyatlariga muvofiq oʻzaro hisob-kitob qilish qoidalarini buzishda aybdor boʻlganlarni ogohlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga muvofiq maʼmuriy jazolar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xoʻjalik jamiyatlari yoki shirkatlari, korxonalar, tashkilotlar va muassasalar rahbarlari oldiga kontraktatsiya shartnomalarini tashkil etish, mahsulot tayyorlash va shartnomalarni bajarishda davlat intizomi buzilishida aybdor boʻlgan rahbarlar va boshqa mansabdor shaxslarni amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortish masalalarini qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Nizom bilan berilgan vakolatlar doirasida boshqa masalalarni hal etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “Boshdavinspeksiya”ga yuklangan majburiyatlarni bajarish uchun uning mutaxassislari (davlat inspektorlari):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kontraktatsiya shartnomalari tuzilishi va bajarilishini, avanslar oʻz vaqtida berilishi va hisob-kitoblar oʻz vaqtida amalga oshirilishini, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari qabul qilinishi, transportda tashilishi, joylashtirilishi, sotilishini tekshirish uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga, ularning idoraviy boʻysunishi va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekshirilayotgan korxonalar va tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislaridan tekshirish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha zarur hujjatlar va tushuntirishlar olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarurat boʻlganda qishloq xoʻjaligi korxonalarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilardan tushayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini nazorat tartibida qayta oʻlchash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonalar, muassasalar, ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining mutaxassislarini birgalikda tekshirish oʻtkazish va mahsulotlar sifatini tekshirish uchun shartnoma asosida jalb qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur tekshirishlar oʻtkazish uchun namunalar (probalar) olish, belgilangan tartibda tegishli xulosalar berish huquqiga egadirlar. Laboratoriya tekshirishlari va takroriy tekshirishlar oʻtkazish xarajatlari mahsulot tayyorlovchi korxonalar hisobidan amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolatlari doirasida shartnoma majburiyatlari tomonlari oʻrtasidagi nizoli masalalarni hal etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sifatini baholash boʻyicha tashkil etiladigan komissiyalar ishida qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi korxonalari va muassasalariga, tayyorlov tashkilotlariga va boshqa tashkilotlarga qishloq xoʻjaligi mahsulotlari standartlari, texnik shartlar, tayyorlash, sotish shartlari, transportda tashish, saqlash qoidalarining aniqlangan buzilishlarini muayyan muddatda bartaraf etish toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan yozma koʻrsatmalar berish huquqiga egadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Davlat inspektorining oʻz vakolatlari doirasida beriladigan koʻrsatmalari, mulkchilik shakllari va idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, barcha korxonalar, muassasalar va tashkilotlar uchun majburiy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. “Boshdavinspeksiya” boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining buyrugʻi bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi hamda hayʼat tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Hududiy davlat inspeksiyalari boshliqlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan kelishilgan holda “Boshdavinspeksiya” boshligʻining buyrugʻi bilan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. “Boshdavinspeksiya” boshligʻi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Boshdavinspeksiya” ishiga yakkaboshchilik prinsipi asosida rahbarlik qiladi, Oʻzbekiston Respublikasining mehnat toʻgʻrisidagi qonunlariga muvofiq davlat inspeksiyalari xodimlarini ishga qabul qiladi va ishdan boʻshatadi, “Boshdavinspeksiya”ga yuklangan funksiyalar bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlarning belgilangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi, shuningdek, ularga sarflanadigan xarajatlar smetasi doirasida hududiy davlat inspeksiyalarining shtat jadvalini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Boshdavinspeksiya” vakolatiga tegishli boʻlgan masalalar boʻyicha barcha muassasalar va tashkilotlarda ishonchnomasiz ishtirok etadi va “Boshdavinspeksiya” ixtiyoriga ajratilgan mablagʻlarni belgilangan tartibda tasarruf etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy davlat inspeksiyalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshliq oʻrinbosarining, “Boshdavinspeksiya” boshqarmalari va boshqa tarkibiy boʻlinmalari boshliqlarining, hududiy davlat inspeksiyalarining vazifalarini belgilaydi, xodimlarning lavozim yoʻriqnomalarini tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. “Boshdavinspeksiya” boshligʻi va uning oʻrinbosari “Boshdavinspeksiya” vakolatiga tegishli boʻlgan masalalar boʻyicha vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan hayʼatlar majlislarida, kengashlarda belgilangan tartibda qatnashadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. “Boshdavinspeksiya”ning mansabdor shaxslari oʻz zimmalariga yuklangan majburiyatlar bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi, shuningdek, tekshirilayotgan korxonalar va tashkilotlarning davlat va tijorat siri oshkor etilganligi uchun amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq shaxsan javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. “Boshdavinspeksiya” apparati va uning hududiy davlat inspeksiyalari taʼminoti respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. “Boshdavinspeksiya” yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan, oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. “Boshdavinspeksiya” oʻz bank hisob raqamiga egadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. “Boshdavinspeksiya” faoliyati qonunda belgilangan tartibda toʻxtatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 6-son, 35-modda;2003-y., 12-son, 98-modda;14-son, 116-modda; 17-18-son, 143-modda, 156-modda; 2004-y., 3-son, 31-modda; 2005-y., 14-son, 103-modda; 15-16-son, 114-modda; 32-33-son, 247-modda; 2006-y., 40-son, 396-modda; 2017-y., 30-son, 734-modda, 32-son, 814-modda, 34-son, 889-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son)