19.09.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2825
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi bosh direktorining buyrugʻi, 19.09.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2825
Date of entry into force
26.09.2016
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston “OʻZKOMMUNXIZMAT” agentligi bosh direktorining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chiqindilarni qayta yuklash stansiyalaridan texnik foydalanish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 19-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2825]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 6-noyabrdagi 300-son “Respublikaning issiqlik va suv taʼminoti tashkilotlarini moliyaviy sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Chiqindilarni qayta yuklash stansiyalaridan texnik foydalanish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh direktor I. MAXKAMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-yil 18-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
99-son

Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi bosh direktorining 2016-yil 18-avgustdagi 99-son buyrugʻiga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chiqindilarni qayta yuklash stansiyalaridan texnik foydalanish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QOIDALARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.

Mazkur Qoidalar chiqindilarni qayta yuklash stansiyalaridan texnik foydalanish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 27-fevraldagi 1/2-7-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3793, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3793/0256-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chiqindilar — ishlab chiqarish yoki isteʼmol qilish jarayonida xom ashyo, materiallar, xomaki mahsulotlar, boshqa buyumlar yoki mahsulotlarning hosil boʻlgan qoldiqlari, shuningdek oʻzining isteʼmol xususiyatlarini yoʻqotgan tovarlar (mahsulotlar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qattiq maishiy chiqindilar — jismoniy shaxslarning hayoti va faoliyati, shuningdek yuridik shaxslarning faoliyati (oziq-ovqat, shishalar, rezinalar, qogʻozlar, toʻqimachilik mahsulotlari, oʻrash-joylash materiallari, oʻzining foydalanish xususiyatlarini yoʻqotgan uy-roʻzgʻor asboblari, supurindi chiqindilarining, qattiq yoqilgʻida ishlovchi maishiy pechkalar va isitish bugʻ qozonlaridan foydalanish) natijasida hosil boʻluvchi chiqindilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chiqindilarni qayta yuklash stansiyasi — aholi punktlarida qattiq maishiy chiqindilarni yigʻish mashinalaridan chiqindilarni qabul qilib, ularni koʻmib tashlash, qayta ishlash, utilizatsiya va realizatsiya qilish joylariga joʻnatish maqsadida tashish mashinalariga qayta yuklash uchun moʻljallangan muhandislik inshooti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chiqindilarni yigʻish mashinasi — tuzilgan shartnomalar asosida aholi punktlaridan maxsus tasdiqlangan yoʻnalish jadvali boʻyicha qattiq maishiy chiqindilarni yigʻib olib, qayta yuklash stansiyalariga keltiradigan maxsus avtotransport vositasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chiqindilarni tashish mashinasi — qattiq maishiy chiqindilarni koʻmib tashlash, qayta ishlash, utilizatsiya va realizatsiya qilish joylariga tashish uchun moʻljallangan, yuk koʻtarish hajmi 30 — 40 m3 va undan ortiq boʻlgan, shatak kuzovli maxsus avtotransport vositasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Chiqindilarni qayta yuklash stansiyalarining asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qattiq maishiy chiqindilarni koʻmib tashlash, qayta ishlash, utilizatsiya va realizatsiya qilish joylariga tashish xarajatlarini kamaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chiqindilarni yigʻish mashinalarining samaradorligini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chiqindilarni joylashtirish obyektlariga qatnaydigan mashinalar sonini kamaytirish va ularning ushbu obyektlar hududida toʻplanib qolishining oldini olish.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur Qoidalar chiqindilarni qayta yuklash stansiyalaridan texnik foydalanishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablari bajarilishi shartligini istisno etmaydi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 27-fevraldagi 1/2-7-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3793, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3793/0256-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Chiqindilarni qayta yuklash stansiyalarining tavsifi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Chiqindilarni qayta yuklash stansiyalari ularda texnologik jarayon tashkil qilinganligiga koʻra quyidagi turlarga boʻlinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomatlashtirilmagan chiqindilarni qayta yuklash stansiyalari, bunda qattiq maishiy chiqindilar voronkali koʻchmas pressga yuklanadi, katta hajmda yuk koʻtarishga moʻljallangan maxsus chiqindi tashish konteynerlari (bundan buyon matnda konteyner deb yuritiladi) press operatori tomonidan pressga ketma-ket ulanib, konteyner toʻlganidan soʻng pressdan ajratib olinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yarim avtomatlashtirilgan chiqindilarni qayta yuklash stansiyalari, bunda konteynerlar koʻchmas pressga multilift mashinasi yordamida avtomatik ravishda ulanadi va ajratib olinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomatlashtirilgan chiqindilarni qayta yuklash stansiyalari, bunda konteynerlar avtomatik ravishda pressga rels izidan yoʻnaltiriladi, soʻngra gidravlik tutqichlar avtomatik ravishda konteynerni mahkamlab, pressga tortib keladi va qattiq maishiy chiqindilar yuqori bosim bilan konteynerga zichlanadi, konteyner toʻlganidan soʻng rels izidan ajratib olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Chiqindilarni yuklash jarayonini tashkil qilish usuliga koʻra chiqindilarni qayta yuklash stansiyalari quyidagi turlarga boʻlinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chiqindilar zichlab yuklanadigan stansiyalar — aholining umumiy soni 300 minggacha boʻlgan aholi punktlariga xizmat koʻrsatish uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chiqindilar zichlanmasdan yuklanadigan stansiyalar — aholining umumiy soni 300 mingdan ziyod boʻlgan aholi punktlariga xizmat koʻrsatish uchun.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Chiqindilarni qayta yuklash stansiyalarining asosiy parametrlari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy sigʻimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitta rezervuarning sigʻimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rezervuarlardan foydalanish va toʻldirilish koeffitsiyenti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻchmas yoki koʻchuvchanligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Chiqindilarni qayta yuklash stansiyalari bir sutkada chiqindilarni qabul qilish quvvati boʻyicha quyidagi turlarga boʻlinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kichik quvvatli — bir sutkada 50 tonnagacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrta quvvatli — bir sutkada 50 dan 150 tonnagacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yirik quvvatli — bir sutkada 150 tonnadan ortiq.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Chiqindilarni qayta yuklash stansiyalarining umumiy sigʻimi rezervuarlar hajmlarining yigʻindisidan aniqlanadi. Rezervuarlarning hajmi ularning nominal hajmi boʻyicha qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Chiqindilarni qayta yuklash stansiyasida quyidagi asosiy uskunalar, qurilmalar va xonalar boʻlishi tavsiya etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomatik ravishda ochilib yopiluvchi darvoza;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnologik uskunalar uchun ishlab chiqarish xonalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chiqindilarni qabul qilish uchun voronkali bunker, toʻplagich va greyfer krani;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gaz generatorli dizel uskunasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomobil tarozi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarozi operatori uchun maxsus xona;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
presslash liniyasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻchuvchi va (yoki) koʻchmas presslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
press operatori uchun maxsus xona;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chiqindilarni konteynerlarga yuklash maydonchasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konteynerlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chiqindilarni tashish mashinalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konteynerlar va chiqindilarni tashish mashinalari uchun maydoncha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kombinatsiyalashgan saralash liniyasi (chiqindilarni saralash uchastkasi mavjud boʻlganda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konteynerni koʻtarish-agʻdarish uskunasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yalpi zichlagich;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chiqindilarni maydalash uskunasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanitariya-maishiy xonalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Chiqindilarni qayta yuklash stansiyalarini loyihalashga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Chiqindilarni qayta yuklash stansiyalarini loyihalashda quyidagi omillarga eʼtibor berilishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
stansiyani joylashtirish, chiqindilarni vaqtincha saqlash, presslash, yordamchi qurilmalarni oʻrnatish uchun yaroqli yer uchastkasini tanlashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chiqindilarni tashish xarajatlarini qisqartirish maqsadida stansiyadan chiqindilar hosil boʻladigan xududlargacha boʻlgan masofaga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chiqindilarni joylashtirish obyektigacha boʻlgan masofaga.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Chiqindilarni qayta yuklash stansiyalari aholi punktining bosh rejasiga muvofiq ajratilgan yerda joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Chiqindilarni qayta yuklash stansiyalarini loyihalashda aholi istiqomat qiluvchi uy-joylar va ijtimoiy-maishiy binolar hududiga yaqin boʻlgan joylardan yer uchastkasini ajratish mumkin emas, zarurat tugʻilganda aholi istiqomat qiluvchi uy-joylar va ijtimoiy-maishiy binolar hududidan kamida 300 m uzoqda joylashtirish mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Chiqindilarni qayta yuklash stansiyalarini qurish, kengaytirish, rekonstruksiya qilish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiya qilish va tugatishni amalga oshirish uchun loyiha hujjatlari sanoat xavfsizligi va ekologik ekspertizalardan oʻtkazilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Chiqindilarni qayta yuklash stansiyalaridan texnik foydalanishni tashkil qilishga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Chiqindilarni qayta yuklash stansiyasining ish tartibi u tasarrufida boʻlgan tashkilot tomonidan stansiyadagi ish hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Chiqindilarni qayta yuklash stansiyalarida nosoz hamda ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan parametrlarga mos boʻlmagan binolar, uskunalar va qurilmalardan foydalanish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Chiqindilarni qayta yuklash stansiyalari avariyalarni oldini olish va bartaraf qilishning tasdiqlangan rejasiga muvofiq, sodir boʻlishi mumkin boʻlgan avariyalarni bartaraf etish uchun zarur vositalar bilan taʼminlangan boʻlishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Chiqindilarni qayta yuklash stansiyalari hududi begona shaxslarning nazoratsiz kirishlarining oldini olish maqsadida devor bilan oʻralgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Yoʻllar chiqindilarni tashish mashinalarining harakatlanishiga xalaqit beradigan har qanday jihozlar, uskunalar va boshqa vositalar bilan toʻsib qoʻyilmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Chiqindilarni tushirish maydonchasidagi press operatori va tarozi operatori oʻzaro axborot almashish uchun zarur boʻlgan aloqa vositasi bilan taʼminlangan boʻlishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Chiqindilar tarkibida chiqindilarni qayta yuklash stansiyasiga qabul qilinmaydigan moddalar aniqlanganda, press operatori ularning chiqindilarni qabul qilish bunkeriga tushirilishini toʻxtatib, toʻplagichdan shu taqiqlangan chiqindilarni greyfer yoki qoʻl kuchi yordamida olib tashlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Press operatori chiqindilarning maydonchaga bir tekis va tartibli joylashtirilishini taʼminlashi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Press operatori pressni boshqarish maxsus xonasini tark etganda pressni oʻchirishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Yirik chiqindilarni olib tashlash uchun chiqindi qabul qilish bunkeriga greyfer kiritilganda press oʻchirib qoʻyilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Chiqindilarni presslash sikllari soni konteynerning yuk koʻtarish qobiliyatiga koʻra belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Konteynerni yuk koʻtarish qobiliyatini inobatga olgan holda oʻrnatish uchun press operatori masʼul boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Chiqindilarni qayta yuklash stansiyasida faqat texnologik jarayon bilan bogʻliq boʻlgan konteynerlar va maxsus mashinalardan foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Chiqindilarni konteynerlarda tashish faqat konteyner tashish uchun maxsus moʻljallangan mashinalarda amalga oshiriladi. Konteynerlarni maxsus mashinalardan boshqa mashinalarda tashishga ruxsat etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Konteynerni yuklash maydonchasiga oʻrnatish va olish press operatorining nazorati ostida amalga oshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Konteynerni olib ketishdan oldin chiqindilarni tashish mashinasining haydovchisi konteynerning puxta mahkamlanganligi, klapani va qopqogʻi zich yopilgani, chiqib qolgan chiqindi qismlari yoʻqligi va suyuqlik oqmayotganligini tekshirishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Uskuna va qurilmalarga xizmat koʻrsatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Chiqindilarni qayta yuklash stansiyalarining barcha uskuna va qurilmalariga ularning foydalanish yoʻriqnomalarida belgilangan kundalik va davriy xizmat koʻrsatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Uskuna va qurilmaga hamda uning ishchi yuzalaridagi loy, chiqindilar, qor yoki muz qoldiqlari har smena yakunida tozalab turilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Moyining sathi tekshirilishi lozim boʻlgan uskunalar har smena yakunida koʻrikdan oʻtkazilishi va zarur boʻlganda ularga qoʻshimcha moy quyilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Gidrouskunalarning barcha ish yuzalari, chiqindi bunkerining (voronkaning) payvandlangan birikish joylarining mexanik shikastlanmaganligi (darz ketmaganligi, qiyshaymaganligi), korroziyaga uchramaganligi har kuni tekshiriladi. Barcha vintli birikmalarning puxta qotirilganligi tekshirilib, lozim boʻlsa, birikmalar burab qotiriladi. Gidroyuritmalardagi shlanglarning zichligi va mexanik shikastlanmaganligi va ulardan suyuqlik oqmayotganligi ham tekshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Uskuna va qurilmalarga texnik xizmat koʻrsatish va ularni soz holatda saqlash ishlari bajarilganligi haqida har kuni chiqindilarni qayta yuklash stansiyasining bino, uskuna va qurilmalariga xizmat koʻrsatish va taʼmirlashni qayd qilish kitobiga qayd etilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Atrof-muhit muhofazasi, sanitariya xavfsizligi, mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi va yongʻin xavfsizligiga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Atrof-muhit muhofazasiga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Chiqindilarni qayta yuklash stansiyasida ekologik nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 8-oktabrdagi 286-son “Ekologik nazorat sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Chiqindilarni qayta yuklash stansiyalari hududida qattiq maishiy chiqindilarni yoqish qatʼiyan man qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Chiqindilarni qayta yuklash stansiyalari atrof-muhitni ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan oʻtkazish natijalari asosida Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 21-yanvardagi 14-son qarori bilan tasdiqlangan Ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish tartibi toʻgʻrisida nizomga muvofiq, atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishning ekologik normativlarini (tashlamalar, oqovalar, chiqindilar paydo boʻlishi va ularni joylashtirish normativlari) ishlab chiqishlari hamda ekologik ekspertizadan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi organlariga taqdim etishlari lozim.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 13-martdagi 9-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3788, 16.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 10/26/3788/0242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Suv havzalari ifloslanishining oldini olish maqsadida chiqindilarni qayta yuklash stansiyalarida hosil boʻlgan ishlab chiqarish va yogʻingarchilik suvlari mexanik usulda tozalanganidan soʻng oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmogʻiga oqizilishi mumkin.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 27-fevraldagi 1/2-7-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3793, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3793/0256-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Sanitariya xavfsizligiga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomda (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) nazarda tutilgan ishlardagi xodimlar tegishli ravishda mehnat shartnomasi tuzish vaqtida dastlabki tarzda va vaqti-vaqti bilan tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Tibbiy koʻrikdan oʻtishdan yoki tibbiy komissiyalarning tekshiruvlar natijasida bergan tavsiyalarini bajarishdan boʻyin tovlagan xodimlarni ish beruvchi ishga qoʻymaslikka haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Xodimlarni sogʻliqlari tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarga jalb qilish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Chiqindilarni qayta yuklash stansiyasi xodimlari Uy-joy-kommunal xoʻjaligi xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va yakka tartibda himoyalanishning boshqa vositalarini bepul berishning namunaviy normalariga (roʻyxat raqami 2275, 2011-yil 6-oktabrda) muvofiq maxsus kiyim, maxsus poyabzal va yakka tartibda himoyalanishning boshqa vositalari bilan taʼminlanishlari lozim. Chiqindilarni qayta yuklash stansiyasi ishchilari ishlarni maxsus ish kiyimida bajarishlari kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Chiqindilarni qayta yuklash stansiyasining hududi toza va tartibli saqlanishi hamda unda davriy dezinfeksiya tadbirlari oʻtkazilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Chiqindilarni qayta yuklash stansiyasining xodimlari shaxsiy gigiyena va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishlari kerak. Zarur hollarda maxsus kiyim sanitar usulda tozalashga topshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Chiqindilarni qayta yuklash stansiyasi birinchi tibbiy yordam koʻrsatish uchun zarur dori-darmonlar va tibbiy jihozlar toʻplami, ularni saqlash uchun maxsus shkaf yoki quticha bilan taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Chiqindilarni qayta yuklash stansiyasi xodimlari baxtsiz hodisa sodir boʻlganda birinchi tibbiy yordam koʻrsatish usullariga oʻrgatiladi va ularga zarur yoʻl-yoʻriqlar beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Mehnat muhofazasiga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Chiqindilarni qayta yuklash stansiyalarida mehnatni muhofaza qilishga doir normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga vakolatli davlat nazorati organlari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari hamda kasaba uyushmalari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish vakillari tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Chiqindilarni qayta yuklash stansiyalarida mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
(48-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 27-fevraldagi 1/2-7-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3793, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3793/0256-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Chiqindilarni qayta yuklash stansiyalarida mehnatni muhofaza qilishga doir quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sogʻlomlashtirish qoidalarini oʻz ichiga olgan jamoa shartnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentabrdagi 263-son qarori bilan tasdiqlangan Ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq yuritiladigan ish joyining mehnat sharoitlari xaritasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlar va muhandis-texnik xodimlarni oʻqitish, yoʻl-yoʻriq berish va bilimlarini sinovdan oʻtkazish dasturlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnatni muhofaza qilish boʻyicha uch bosqichli nazorat yuritish jurnali;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlarga yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriq berish va yongʻin-texnikaviy minimum mashgʻulotlarini oʻtkazish dasturi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir kasb va ish turlari uchun mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻriqnomalar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Oʻzbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq boʻlgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini taʼminlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud boʻlgan tashkilotda yoʻl harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xodimlarining soni ellik nafardan kam boʻlgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis lavozimini joriy etish toʻgʻrisidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining oʻziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(50-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 27-fevraldagi 1/2-7-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3793, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3793/0256-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tashkilotning mustaqil tarkibiy boʻlinmalari boʻlib, ular bevosita tashkilot rahbariga boʻysunadi.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 27-fevraldagi 1/2-7-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3793, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3793/0256-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yoʻriqnomasiga binoan ularning majburiyatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Chiqindilarni qayta yuklash stansiyalarida mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(53-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 27-fevraldagi 1/2-7-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3793, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3793/0256-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Baxtsiz hodisa haqida jabrlanuvchi yoki guvoh darhol boʻlinma rahbariga xabar berishi kerak, u esa:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jabrlanuvchiga zudlik bilan birinchi tibbiy yordam koʻrsatishi va uni tibbiy-sanitariya qismiga yoki davolash-profilaktika muassasasiga yetkazishni tashkil etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekshirish komissiyasi ish boshlashiga qadar ish joyidagi vaziyatni va jihozlar holatini hodisa yuz bergan paytda qanday boʻlsa, shundayligicha (agar bu atrofdagi xodimlar hayoti, salomatligiga tahlika solmayotgan boʻlsa va halokatga olib kelmasa) saqlab qolishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hodisa toʻgʻrisida darhol ish beruvchiga va kasaba uyushmasiga xabar qilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-§. Maishiy bino va xonalarga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Chiqindilarni qayta yuklash stansiyalarining maishiy bino va xonalari SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(55-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 27-fevraldagi 1/2-7-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3793, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3793/0256-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Kiyim almashtirish xonalari, dushxonalarning oʻlchamlari, dushlarning soni, oyoq vannalari, bet-qoʻl yuvgichlar, ichimlik suvi taʼminoti qurilmalari, hojatxonalar va boshqa maishiy xona va jihozlarning soni bir smenadagi eng koʻp xodimlar sonidan kelib chiqib belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Dushxonalar va hojatxonalar muntazam ravishda tozalanishi, yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58. Barcha maishiy imoratlar ozoda saqlanishi, muntazam dezinfeksiya qilinishi va sutkaning qorongʻi paytlarida yoritilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-§. Uskuna va qurilmalardan texnik foydalanishga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59. Chiqindilarni qayta yuklash stansiyalarining uskuna va qurilmalaridan samarali foydalanish muddati ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60. Barcha uskuna va qurilmalar moʻljallangan vazifasi boʻyicha ishlatilishi kerak, ulardan boshqa maqsadlarda foydalanish qatʼiyan man etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61. Uskuna va qurilmalarining xavfli joylari maxsus belgilanib, toʻsib qoʻyilishi va ogohlantirish belgilari oʻrnatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
62. Uskunalarni ishga tushirishdan avval tegishli operatorlar xavfli zonalarda odamlar yoʻqligiga ishonch hosil qilishlari kerak. Uskunalar ishlayotgan vaqtda ularning atrofidagi xavfli zonalarda odamlar boʻlmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
63. Chiqindi tushirish bunkeridan taqiqlangan elementlarni chiqarish, uskunalar toʻla toʻxtatilgandan soʻng, ularning qismlarga zarar yetkazmasdan va ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-§. Taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish ishlarini amalga oshirishga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
64. Ish jarayonida boshqacha shovqin paydo boʻlgan yoki uskuna va qurilmalar odatdagidan boshqacha ishlay boshlaganda tegishli operatorlar darhol uskunani oʻchirib, texnik xizmat koʻrsatish xodimlariga murojaat qilishlari kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
65. Chiqindilarni qayta yuklash stansiyalarining uskuna va qurilmalariga xizmat koʻrsatish va taʼmirlash ishlarini shu turdagi uskunalarga xizmat koʻrsatish huquqiga ega boʻlgan mutaxassislar amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
66. Uzoq vaqt ishlatilmagan, taʼmirdan chiqqan uskuna va qurilmalar ishga tushirilishidan oldin uskunadan foydalanish yoʻriqnomasiga muvofiq texnik xizmat koʻrsatuvchi xodim tomonidan koʻzdan kechirilishi va aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
67. Taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatishdan oldin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uskuna va qurilmalar elektr toki manbaidan oʻchirilgan boʻlishi hamda ehtiyotsizlik tufayli ishga tushirilishining oldi olinishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqarish tizimiga “Ulanmasin, odamlar ishlamoqda!” degan ogohlantiruvchi belgi osib qoʻyilishi va zarur boʻlganda toʻsiqlar qoʻyilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlarni boshlashdan oldin elektr toki oʻtuvchi qismlarda kuchlanishning yoʻqligini oʻlchov asboblari yordamida tekshirib koʻrish kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
68. Ogʻir yuklarni joyidan koʻchirish ishlari xavfli ishlarni bajarish uchun masʼul xodim ruxsati bilan amalga oshirilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
69. Nosoz yuk koʻtaruvchi mexanizm va moslamalarda, shuningdek yaroqlilik muddati tugagan mexanizmlarda ishlash taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
70. Taʼmirlash paytida ish joylarini, yoʻllarni, yoʻlaklarni va zinapoyalarni turli narsalar bilan toʻsib qoʻyish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
71. Taʼmirlash ishlari balandlikda bajarilayotganda havoza va taxta toʻshamalarning oʻrnatilishi xavfsizlik talablariga javob berishi hamda xodimlar xavfsizlik kamarlari va arqonlardan foydalanishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
72. Uskuna va qurilmalarni davriy koʻrikdan oʻtkazish ishlari taʼmirlash xizmati tomonidan muhandis-texnik xodimning rahbarligi ostida oʻtkazilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
73. Koʻrikdan oʻtkazish paytida uskuna va qurilmalarning ishlashida nuqsonlar topilsa, ularning sabablarini aniqlash va bartaraf qilish uchun mazkur uskuna va qurilmalar darhol toʻxtatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-§. Yongʻin xavfsizligiga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
74. Ishlab chiqarish jarayonlarini rejalashtirishda, tashkillashtirishda va olib borishda yongʻin va portlash xavfsizligi GOST 12.1.004-91 “Yongʻin xavfsizligi. Umumiy talablar” va GOST 12.1.010-76 “Mehnat xavfsizligi standartlari tizimi. Portlash xavfsizligi. Umumiy talablar”ga muvofiq taʼminlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
75. Shamollatish va tutun tortish tizimlari yongʻinga qarshi avtomatika tizimlari bilan bogʻlangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
76. Ishlab chiqarish binolari va xonalari birlamchi oʻt oʻchirish vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
77. Suv manbai yoʻlaklari hamda yongʻinni oʻchirish vositalariga boradigan yoʻlaklar doimo boʻsh boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
78. Yongʻin va portlash xavfi mavjud boʻlgan uskunalar va ish joylarida ochiq olovdan foydalanishni taqiqlovchi hamda alangalanuvchi va portlovchi moddalar bilan ishlashda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarurligi toʻgʻrisida ogohlantiruvchi belgilar boʻlishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
79. Ishlab chiqarish jarayoni bajariladigan joylarda tamaki mahsulotlarini chekish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
80. Xodimlar bilan yongʻin xavfsizligi boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazilishi va ularga yongʻinning oldini olish boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar berilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Qoidalarni buzganlik uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
81. Mazkur Qoidalarga rioya qilinishi uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
82. Mansabdor shaxslar va xodimlar mazkur Qoidalarga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
(82-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bob. Yakuniy qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
83. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnat vaziri A. ABDUXAKIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-yil 5-avgust
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-yil 8-avgust
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar vaziri A. AXMEDBAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-yil 12-avgust
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. ZAKIROV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-yil 16-avgust
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B. ABDUSAMATOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-yil 29-iyul
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori A. QURBANOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-yil 19-iyul
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi B. GULYAMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-yil 22-iyul
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-yil 25-iyul
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Savdo-sanoat palatasi A. SHAYXOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-yil 28-iyul
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 38-son, 452-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son; 16.03.2026-y., 10/26/3788/0242-son; 19.03.2026-y., 10/26/3793/0256-son)