Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.08.2017 04.04.2000 yildagi 128-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 04.04.2000 yildagi 128-son
Date of entry into force
04.04.2000
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.08.2017
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TOShQINGA QARShI FAVQULODDA KOMISSIYA FAOLIYATI MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-avgustdagi 644-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimi samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 1-iyundagi PF-5066-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshqin va seldan koʻrilishi mumkin boʻlgan zararning oldini olish, aholi punktlari, gidrotexnika inshootlari, kanallar, temir yoʻllar va shosse yoʻllar, koʻpriklar va qishloq xoʻjaligi ekinlari saqlanishini taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Toshqinga qarshi favqulodda komissiya tarkibi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Joylarda toshqinlardan koʻrilishi mumkin boʻlgan zararning oldini olish va bartaraf etish ishlarini tashkil etish uchun shaxsiy javobgarlik Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar, shaharlar, tumanlar hokimlari, vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarning rahbarlari zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Boshgidromet” boshqarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi toshqin suvlari, sel oqimlari oʻtadigan va koʻchki hodisalari yuz beradigan zonalarda xavfli uchastkalarni aniqlasinlar hamda ushbu zonalarda obyektlarni himoya qilish boʻyicha vazirliklar, idoralar va tashkilotlarga tegishli koʻrsatmalar bersinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi bir oy muddatda toshqin boʻlishi mumkin boʻlgan zonalarda joylashgan suv omborlarining texnik holatini oʻrganib chiqsinlar va ularni toshqin suvlari toʻplanishini hisobga olgan holda toʻldirish yuzasidan tavsiyalar bersinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Boshgidromet” boshqarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari toshqin va sel boʻlishi mumkinligi toʻgʻrisida aholi oʻz vaqtida xabardor qilinishini taʼminlasinlar, zaruriyat boʻlsa aholi va mollarni xavfsiz zonalarga vaqtincha evakuatsiya qilish chora-tadbirlarini koʻrsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 28-apreldagi 209-son qarorining komissiya tarkibiga oid qismi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.R. Yunusov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2000-yil 4-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
128-son