07.07.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2807
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi bosh direktori buyrugʻi, 07.07.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2807
Date of entry into force
11.07.2016
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi bosh direktori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan axborot-kutubxona va arxiv muassasalariga taqdim etilgan hujjatlar bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 7-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2807]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 6-noyabrdagi 320-son “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qoidalarini amalga oshirishga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlar koʻrish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan axborot-kutubxona va arxiv muassasalariga taqdim etilgan hujjatlar bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh direktor oʻrinbosari D. KUCHAROVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-yil 20-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi bosh direktorining 2016-yil 20-iyundagi 45-son buyrugʻiga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan axborot-kutubxona va arxiv muassasalariga taqdim etilgan hujjatlar bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
YOʻRIQNOMA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 6-noyabrdagi 320-son “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qoidalarini amalga oshirishga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlar koʻrish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan axborot-kutubxona va arxiv muassasalariga taqdim etilgan hujjatlar bilan ishlash tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Axborot-kutubxona va arxiv muassasalari davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni doimiy ravishda jamlab, toʻldirib va saqlab boriladigan elektron nusxalari majmuini — elektron bazasini (bundan buyon matnda elektron baza deb yuritiladi) yuritishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Yoʻriqnoma talablari davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan axborot-kutubxona va arxiv muassasalariga taqdim etilgan hujjatlarga nisbatan tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan axborot-kutubxona va arxiv muassasalariga taqdim etilgan hujjatlar bilan ishlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlar axborot-kutubxona va arxiv muassasalarida mazkur Yoʻriqnomaning ilovasiga muvofiq elektron shaklda yuritiladigan jurnalda topshirish-qabul qilish dalolatnomasiga asosan hisobga olib borilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Axborot-kutubxona va arxiv muassasalarida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni hisobga olish va jurnalni yuritish uchun muassasa rahbarining buyrugʻi bilan masʼul xodim tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlar hisobga olingandan soʻng, ular axborot-kutubxona va arxiv muassasalari masʼul xodimlari tomonidan 3 ish kuni ichida elektron bazaga kiritiladi. Bunda hujjatlar har kalendar yil hamda har bir davlat hokimiyati va boshqaruvi organi boʻyicha alohida-alohida turkumlashtirilgan holda joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlari tegishli hudud boʻyicha jamlagan elektron bazalarni umumlashtirish uchun Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasiga 1-martdan kechiktirmay taqdim etishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda viloyatlar quyi davlat arxivi muassasalari tomonidan jamlangan elektron bazalar umumlashtirish uchun 20-fevralga qadar tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi yoki viloyatlar davlat arxivlariga taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi markaziy davlat arxivi, Toshkent shahar markaziy davlat arxivi va viloyat davlat arxivlari tomonidan tegishli hudud boʻyicha umumlashtirilgan (jamlangan) elektron bazalar 25-fevralga qadar Oʻzbekiston Milliy arxiviga taqdim etiladi.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi direktorining 2021-yil 21-maydagi 186-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2807-1, 05.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2021-y., 10/21/2807-1/0530-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi hamda Oʻzbekiston Milliy arxivi hududiy axborot-kutubxona va arxiv muassasalari tomonidan taqdim etilgan elektron bazalarni 1-martga qadar respublika boʻyicha umumlashtirib, oʻz elektron bazalarini shakllantirishi shart.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi direktorining 2021-yil 21-maydagi 186-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2807-1, 05.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2021-y., 10/21/2807-1/0530-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Elektron bazalar tegishlicha hudud boʻyicha jamlangan holda 20-fevraldan kechiktirmay Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlarining hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahar markaziy davlat arxivlari, viloyatlar davlat arxivlarining, respublika boʻyicha umumlashtirilgan holda esa, 5-martdan kechiktirmay Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining hamda Oʻzbekiston Milliy arxivining rasmiy veb-saytlarida alohida sahifada joylashtirilishi lozim.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi direktorining 2021-yil 21-maydagi 186-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2807-1, 05.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2021-y., 10/21/2807-1/0530-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi hamda Oʻzbekiston Milliy arxivi boshqa axborot-kutubxona va arxiv muassasalariga respublika boʻyicha umumlashtirilgan elektron bazalardan foydalanish uchun oʻz rasmiy veb-saytlari orqali sharoit yaratib berishi shart.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi direktorining 2021-yil 21-maydagi 186-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2807-1, 05.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2021-y., 10/21/2807-1/0530-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Elektron baza kalit soʻzlar (koʻp uchraydigan yoki hujjat nomining qisqacha mazmunini bildiruvchi soʻzlar), havolalar hamda boshqa parametrlar asosida kerakli axborotni tez va oson qidirish hamda qidirilayotgan axborotlarni foydalanuvchiga taqdim etish, shuningdek kompyuter orqali oʻqilish imkoniyatiga ega boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Axborot-kutubxona va arxiv muassasalarida elektron bazalarning axborot xavfsizligi tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi hamda Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining Axborot xavfsizligi siyosati talablariga muvofiq taʼminlanadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 30-oktabrdagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3469, 31.10.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2023-y., 10/23/3469/0824-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Axborotdan foydalanuvchilar elektron bazalardan oʻziga kerakli boʻlgan maʼlumotlar bilan axborot-kutubxona va arxiv muassasalarida alohida ajratiladigan kompyuterlar vositasida internet tarmogʻiga ulangan holda (onlayn) yoki elektron bazaning lokal nusxalari olingan holda (offlayn) tanishib chiqish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Elektron bazadagi axborotlardan nusxalar olish foydalanuvchilarning buyurtmalariga asosan tegishli axborot-kutubxona va arxiv muassasalari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar doirasida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Mazkur Yoʻriqnoma talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri X. MIRZAXIDOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-yil 16-iyun
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi direktori A. XODJAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-yil 16-iyun
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan axborot-kutubxona va arxiv muassasalariga taqdim etilgan hujjatlar bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

___________________________________________________________________ da

(muassasaning nomi)

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni hisobga olish

ELEKTRON JURNALI

Yuritilishi boshlandi: 20 ___ yil “___”________.

Yuritilishi tugatildi: 20 ___ yil “___”________.


T/r

Hujjatlarni taqdim etgan tashkilot

Hujjatlar qabul qilib olingan sana

Jami qabul qilingan hujjatlar (har bir

shakli boʻyicha alohida)

(dona)

Shundan:

Hujjatlarni qabul qilib olgan shaxsning F.I.O. va imzosi

“PDF” shakldagi hujjat (varaq)

“WAV” (“MP3”) shakldagi hujjat

(soat, daqiqa, soniya)

“AVI” (“MP4”) shakldagi hujjat

(soat, daqiqa, soniya)

“JPEG” shakldagi hujjat (dona)

1

2

3

4

5

6

7

8

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 27-son, 334-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2021-y., 10/21/2807-1/0530-son, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 03.11.2023-y., 10/23/3469/0824-son)