06.05.2004 yildagi 213-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 06.05.2004 yildagi 213-son
Date of entry into force
06.05.2004
Hujjat 06.07.2015 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PORTLOVCHI MODDALAR VA PORTLATISH VOSITALARINI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIGA OLIB KIRISH, TRANSPORTDA TASHISH, SAQLASH VA ULARDAN FOYDALANISH TARTIBINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Koʻchirma]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Portlovchi moddalar va portlatish vositalarining (keyingi oʻrinlarda matnda “portlovchi moddalar” deb yuritiladi) xavfsizligini taʼminlash, ularni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish, transportda tashish, saqlash va ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish hamda ushbu materiallar jinoyat maqsadlarida oʻgʻirlanishi, talon-toroj qilinishi, foydalanilishining oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishda nazorat qilinadigan sanoat maqsadidagi portlovchi materiallar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoat maqsadidagi portlovchi materiallarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanoat maqsadidagi portlovchi materiallarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish faqat portlatish ishlarini bajarish uchun litsenziyalarga ega boʻlgan sanoat korxonalarining buyurtmanomalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan beriladigan ruxsatnomalar asosida yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga aluminiy kukuni va qurumini (TIF TN kodlari 760310000, 760320000) olib kirish isteʼmolchi korxonalarning asoslangan buyurtmanomalari asosida faqat Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan beriladigan ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
portlovchi moddalar maxsus jihozlangan avtotransport vositalari va temir yoʻl vagonlarida faqat Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining qurollangan boʻlinmalari soqchiligi ostida tashiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
portlovchi moddalarni Oʻzbekiston Respublikasi havo kengligida fuqaro aviatsiyasining havo kemalari bilan tashish qatʼiyan taqiqlanadi. Istisno hollarda bunday tashish fuqaro aviatsiyasining havo kemalari bilan xavfsizlikning zarur chora-tadbirlariga rioya qilingan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qarori boʻyicha amalga oshirilishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uzoq vaqt saqlanadigan portlovchi materiallar omborlari Ichki ishlar vazirligining boʻlinmalari tomonidan qoʻriqlanadi, qisqa muddatli, koʻchma sarflash va yer osti omborlari Ichki ishlar vazirligi boʻlinmalari yoki idoraviy harbiylashtirilgan soqchilik xizmati tomonidan qoʻriqlanishi mumkin;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
portlovchi moddalarni hisobga olish, saqlash, transportda tashish va ulardan foydalanishning belgilangan qoidalariga rioya qilinishi ustidan nazorat “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi bilan birgalikda Ichki ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-dekabrdagi 301-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 486-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining avval chiqarilgan qarorlariga muvofiq tuzilgan portlovchi materiallarni xarid qilish va olib kirishga kontraktlar ular boʻyicha majburiyatlar bajarilgunga qadar amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Zaryadni masofadan turib (kontaktsiz) portlatish qurilmalarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va ulardan portlatish ishlarini bajarishda foydalanish taqiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi bilan kelishuv boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Elektromagnit moslik markazi tomonidan ruxsat berilgan chastotada ishlash sharti bilan Muruntov konida quduq zaryadlari bloklarini masofadan turib boshqarishga maxsus moʻljallangan “Druza-M” tipidagi portlatish apparatini olib kirishga istisno tariqasida ruxsat berilsin.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Navoiy kon-metallurgiya kombinati rahbariyatiga (N.I. Kucherskiy) xavfsizlik chora-tadbirlariga rioya qilgan holda mazkur apparatni olib kirish, hisobga olish, saqlash va undan maqsadli foydalanish uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ichki ishlar vazirligi (Z.A. Almatov) “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi (R.T. Saidov) bilan birgalikda Navoiy kon-metallurgiya kombinatidagi mavjud “Druza-M” tipidagi zaryadni masofadan turib (kontaktsiz) portlatish qurilmalari saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun qatʼiy nazoratni taʼminlasin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-dekabrdagi 301-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 486-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Davlat bojxona qoʻmitasi (B.A. Matlyubov), Milliy xavfsizlik xizmatining Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmitasi (Gʻ.Q. Tishayev) sanoat maqsadidagi portlovchi materiallarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish tartibiga rioya qilinishi ustidan qatʼiy nazoratni taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi (R.T. Saidov) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi, Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, Davlat geologiya qoʻmitasi, “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” ochiq aksiyadorlik jamiyati, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” ochiq aksiyadorlik jamiyati, “Oʻzbekportlatishsanoat” ochiq aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda zamonaviy talablarni va shart-sharoitlarni hisobga olgan holda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda — Portlovchi materiallarni ishlab chiqarish, sotib olish, saqlash, transportda tashish, ulardan foydalanish va ularni hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududida portlovchi materiallarni tashish qoidalarini (ularda mutaxassislarga qoʻyiladigan ishlab chiqarish talablari va ishga qoʻyishni rasmiylashtirish tartibi nazarda tutilsin);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2005-yil 1-yanvargacha — Portlatish ishlarini bajarishda xavfsizlikning yagona talablarini ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ikki oy muddatda portlovchi materiallarni ishlab chiqaradigan yoki ulardan foydalanadigan korxonalarda portlovchi materiallar, portlatish qurilmalarini tashish, saqlash va portlatish ishlarini amalga oshirishga qoʻyilgan xodimlar attestatsiyadan oʻtkazilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Adliya vazirligi (A.A. Polvon-zoda) vazirliklar va idoralar bilan birgalikda idoraviy normativ hujjatlarni mazkur qaror talablariga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi Kotibi R. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2004-yil 6-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
213-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 6-maydagi 213-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishda nazorat qilinadigan sanoat maqsadidagi portlovchi materiallar roʻyxati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r‎

Nomi‎

TIF TN‎

1.‎

Tetril (ammoniy nitriti) va portlovchi moddalar xossalariga ega boʻlgan boshqa nitritlar‎ 283410000 dan‎

2.‎

Ten (pentaeritrittetranitrat) va portlovchi moddalar xossalariga ega boʻlgan boshqa nitritlar‎ 283429800 dan‎

3.‎

Cimobli portlovchi modda (simob fulminati) va portlovchi moddalar xossalariga ega boʻlgan boshqa fulminatlar‎ 283800000 dan‎

4.‎

Trotil, granutol, trinitrotoluol va portlovchi moddalar xossalariga ega boʻlgan boshqa nitritlashgan yoki nitritlashtirilgan hosila uglevodorodlar‎ 290420000 dan‎

5.‎

Trinitrofenol (pikrin kislotasi) va boshqa portlovchi moddalar xossalariga ega boʻlgan nitritlashtirilgan hosila fenollar yoki fenol spirtlar‎ 290890000 dan‎

6.‎

Geksogen, trimetilentrinitramin va portlovchi moddalar xossalariga ega boʻlgan boshqa geterotsiklik birikmalar‎ 293369100 dan‎

7.‎

Porox‎ 360100000‎

8.‎

Tayyor portlovchi moddalar, poroxdan tashqari‎ 360200000‎

9.‎

Bikford piltasi; portlovchi piltalar;‎ 360300100‎

10.‎

Bikfordlarning boshqa piltalari; portlovchi piltalar; zarbali yoki portlatuvchi pistonlar; zapallar; elektrodetonatorlar‎ 360300900‎

11.‎

Boshqa signal rakatelari, yomgʻir yogʻdiriladigan raketalar, tumanga qarshi signallar va mushakbozlikning boshqa bumlari‎ 360490000‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh:‎ Roʻyxatda tovarlar faqat Oʻzbekiston Respublikasining TIF TN boʻyicha tovar kodi bilan belgilanadi. ‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar Oʻzbekiston Respublikasining TIF TN boʻyicha tovar kodiga “dan” qoʻshimchasi qoʻshilsa, bu portlovchi materiallarga tegishli deb topish faqat ikkinchi ustunda nomma-nom qayd etilgan tovarlarga nisbatan qoʻllanilishini koʻrsatadi. ‎‎‎‎‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 6-maydagi 213-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Canoat maqsadidagi portlovchi materiallarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishda nazorat qilinadigan sanoat maqsadidagi portlovchi materiallar roʻyxatiga kiritilgan portlovchi moddalar va portlatish vositalarini (keyingi oʻrinlarda matnda “portlovchi materiallar” deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish tartibini belgilab beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Portlovchi materiallarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish portlovchi materiallarni yaratish, ishlab chiqarish, transportda tashish, saqlash va realizatsiya qilish sohasidagi faoliyatni belgilangan tartibda amalga oshiruvchi yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Portlovchi materiallarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan beriladigan ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilishi va qoʻllanilishiga “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan ruxsat berilgan portlovchi materiallarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishga ruxsat beriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-dekabrdagi 301-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 486-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasiga portlovchi materiallar jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilishi, shu jumladan kuzatib borilmaydigan bagajda olib kirilishi taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Olib kirilayotgan portlovchi materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida tashish joʻnatuvchining taʼminlashi (tamgʻasi) va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining qurollangan boʻlinmalari soqchiligi ostida alohida toʻlanadigan haq evaziga maxsus jihozlangan avtotransport vositalari va temir yoʻl vagonlarida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Portlovchi materiallarni tashiyotgan transport vositalari (olib kirishga ruxsatnoma mavjud boʻlgan taqdirda) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasidan oʻtkazish manzillari orqali ustuvor tartibda oʻtkazib yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Portlovchi materiallar Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib oʻtilganda, ularning bojxona rasmiylashtiruvi va nazorati Oʻzbekiston Respublikasining bojxona haqidagi qonunlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Portlovchi materiallarning bojxona tekshiruvi faqat maxsus jihozlangan joylarda (portlovchi materiallar saqlanadigan omborlarda) amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Zarur hollarda bojxona organlarining taqdimnomasi boʻyicha Ichki ishlar vazirligi olib kirilayotgan tovarlar probalari va namunalarini portlovchi materiallarga tegishlilik yuzasidan identifikatsiya qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi hududida portlovchi materiallar tranziti Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Portlovchi materiallarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Portlovchi materiallarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishga ruxsatnoma olish uchun ariza beruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
portlovchi materiallar qoʻllanilishi maqsadlari va ular qoʻllaniladigan obyektlar, miqdori, markasi va nomi, olib kirishning aniq muddatlari, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirish manzili, foydalaniladigan transport turi, yuk joʻnatiladigan va tushiriladigan manzillar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, yukni tashish uchun taqdim etayotgan tashkilotning nomi, yukni oluvchi tashkilotning nomi, tashish yoʻnalishi va portlovchi materiallar saqlanadigan joy (portlovchi materiallar ombori) koʻrsatilgan holda portlovchi materiallarni olib kirishga ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi ariza;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi, BMT nomenklaturasi boʻyicha yukning xususiyati, moddalarning klassifikatsiya shifri, agregat holati, xavfli xossalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzilgan (bojxona organlarida roʻyxatdan oʻtkazilgungacha) portlovchi materiallarni yetkazib berishga kontrakt (shartnoma), olib kirish bir necha turkumlarda amalga oshirilgan taqdirda — tashish jadvali;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
olib kirilayotgan portlovchi materiallar Oʻzbekiston Respublikasida qoʻllanilishiga va portlatish ishlarini bajarish huquqiga “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining ruxsatnomasi;
(11-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-dekabrdagi 301-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 486-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
portlovchi materiallarni sotib olishga va ularni saqlash omborlaridan foydalanishga “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining guvohnomasi;
(11-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-dekabrdagi 301-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 486-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan tartibda berilgan olib kirilayotgan portlovchi materiallarga muvofiqlik sertifikati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulotni tayyorlovchiga xalqaro standartlarga (ISO-9001, 9002) muvofiq berilgan mahsulot sifati sertifikati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
portlovchi materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida tashishga ichki ishlar organlarining ruxsatnomasini rasmiylashtirish uchun zarur boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan hujjatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza koʻrib chiqilganligi uchun ariza beruvchi tomonidan yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avariya kartochkasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Ruxsatnomalarni berish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Portlovchi materiallarni bir necha turkum qilib olib kirishda ariza beruvchi yukning butun turkumiga zarur hujjatlarni ilova qilgan holda ruxsatnoma olish toʻgʻrisida bitta ariza berishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Portlovchi materiallarni bir necha turkum qilib olib kirishga ruxsatnoma yukning har bir turkumiga alohida rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi portlovchi materiallarni olib kirishga ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi ariza olingandan keyin zarur hujjatlar olingan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasiga — mahsulotlarni olib kirishning maqsadga muvofiqligi va Portlatish ishlarida xavfsizlikning yagona qoidalariga, shu jumladan markalash qoidalariga muvofiqligi toʻgʻrisida, Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga — portlovchi materiallarni olib kirish mumkinligi va tashishning maqbul yoʻnalishi toʻgʻrisida soʻrovnoma yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi va Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasining asosli xulosalari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga oʻn kun muddatda taqdim etiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-dekabrdagi 301-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 486-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi olingan xulosalar asosida oʻn besh kun muddatda portlovchi materiallarni olib kirishga ruxsatnoma berish yoki ruxsatnoma berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, tegishli ruxsatnoma beradi yoki ruxsatnoma berishga asoslari koʻrsatilgan rad javobini yoʻllaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Portlovchi materiallarni olib kirishga ruxsatnomada quyidagilar koʻrsatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashuvchi tashkilotning va oluvchi tashkilotning nomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining TIF TN, BMT nomenklaturasi boʻyicha yukning xususiyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, moddaning klassifikatsiya shifri;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
portlovchi materiallarning miqdori, markasi va nomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirish manzillari, Oʻzbekiston Respublikasi hududida tashish yoʻnalishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydalaniladigan transport turi (avtomobil transportida tashishda — maxsus avtotransportning markasi va davlat raqamlari);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida harakat qilishda yukni kuzatib borish va uni qoʻriqlash toʻgʻrisidagi umumiy maʼlumotlar va tashishning boshqa shartlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kontraktlar amalga oshirilishining borishi toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etish tartibi va muddatlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Portlovchi materiallarni olib kirishga ruxsatnoma berish yoki ruxsatnoma berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilishning umumiy muddati ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi ariza va mazkur Nizomda belgilangan boshqa hujjatlar olingan kundan boshlab oʻttiz kundan oshmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Portlovchi materiallarni olib kirishga ruxsatnoma berilganligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat chegarasi orqali rejalashtirilayotgan oʻtishdan kamida 5 sutka oldin Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasini, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmitasini, portlovchi moddalarni temir yoʻl transportida tashishda esa — shuningdek Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasini xabardor qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Portlovchi materiallarni olib kirishga ruxsatnomaning amal qilish muddati 30 kundan ortiq boʻlmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Ruxsatnoma berish quyidagi hollarda:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi va Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasining asoslangan xulosalari boʻyicha;
(19-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-dekabrdagi 301-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 486-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taqdim etilgan hujjatlarning toʻliq emasligi, ularning belgilangan talablarga muvofiq emasligi yoxud ulardagi taqdim etilgan maʼlumotlarning ishonchsizligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza koʻrib chiqilganligi uchun ariza beruvchi tomonidan yigʻim toʻlanmaganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tabiiy yoki texnogen xususiyatga ega boʻlgan favqulodda vaziyatlar yoki jamoat tartibi va xavfsizligi qoʻriqlanishi taʼminlanishi manfaatlariga xavf soluvchi boshqa holatlar paydo boʻlishi yoki paydo boʻlish xavfi hollarida chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ruxsatnoma berish rad etilishi bunday qaror qabul qilingandan keyin ikki kun muddatda rad etish sabablari koʻrsatilgan holda ariza beruvchiga yozma shaklda yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya talabgorining arizasini qayta koʻrib chiqishda ilgari litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Berilgan ruxsatnoma quyidagi hollarda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ruxsatnoma egasi portlovchi materiallarni tashishni rad etgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ruxsatnoma uning berilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan toʻliq boʻlmagan yoki ishonchli boʻlmagan maʼlumotlar asosida berilgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish vaqtida undan xabardor boʻlish uni berish rad etilishiga olib keladigan holatlar aniqlangan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tabiiy yoki texnogen xususiyatga ega boʻlgan favqulodda vaziyatlar yoki jamoat tartibi va xavfsizligi qoʻriqlanishi taʼminlanishi manfaatlariga xavf soluvchi boshqa holatlar paydo boʻlishi yoki paydo boʻlish xavfi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
portlovchi materiallarni transportda tashishning belgilangan tartibi buzilishi hollarida bekor qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ruxsatnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarorda bekor qilishning asoslari koʻrsatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror zudlik bilan ruxsatnoma egasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmitasiga, portlovchi moddalar temir yoʻl transportida tashilganda esa — shuningdek Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Berilgan ruxsatnomalardan foydalanish hisobga olinishini yuritish uchun tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga ruxsatnoma berish chogʻida belgilanadigan shakl va muddatlar boʻyicha kontraktlar amalga oshirilishining borishi toʻgʻrisida axborot taqdim etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Portlovchi materiallarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishga ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqilganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining hisob raqamiga oʻtkaziladi.
(22-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza beruvchi ruxsatnoma olishni yoki portlovchi materiallarni tashishni rad etgan taqdirda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 19-son, 219-modda; 2008-y., 19-son, 161-modda; 2010-y., 51-son, 486-modda; 2012-y., 38-son, 436-modda, 44-son, 507-modda; 2013-y., 34-son, 458-modda; 2015-y., 26-son, 338-modda; 2016-y., 25-son, 308-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son, 05.07.2018-y., 09/18/503/1458-son, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son, 09.10.2018-y., 09/18/809/2017-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2022-y., 09/22/630/0980-son; 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)