06.05.2004 yildagi 213-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 06.05.2004 yildagi 213-son
Date of entry into force
06.05.2004
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PORTLOVCHI MODDALAR VA PORTLATISH VOSITALARINI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIGA OLIB KIRISH, TRANSPORTDA TASHISH, SAQLASH VA ULARDAN FOYDALANISH TARTIBINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Ko‘chirma]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Portlovchi moddalar va portlatish vositalarining (keyingi o‘rinlarda matnda “portlovchi moddalar” deb yuritiladi) xavfsizligini ta’minlash, ularni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish, transportda tashish, saqlash va ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish hamda ushbu materiallar jinoyat maqsadlarida o‘g‘irlanishi, talon-toroj qilinishi, foydalanilishining oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishda nazorat qilinadigan sanoat maqsadidagi portlovchi materiallar ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-oktabrdagi 809-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2018-y., 09/18/809/2017-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilab qo‘yilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanoat maqsadidagi portlovchi materiallarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish portlovchi moddalar aylanmasi sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan beriladigan ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-oktabrdagi 809-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2018-y., 09/18/809/2017-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
portlovchi materiallarni O‘zbekiston Respublikasiga jismoniy shaxslar tomonidan olib kirish, shu jumladan kuzatilmaydigan bagajda olib kirish taqiqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
portlovchi moddalarni (olib kirishga ruxsatnoma mavjud bo‘lganda) transport vositalari O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasidan o‘tkazish punktlari orqali ustuvor tartibda (navbatsiz) o‘tkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
portlovchi materiallarni bojxonada tekshirish faqat maxsus jihozlangan joylarda (portlovchi materiallarni saqlash omborlarida) amalga oshiriladi;
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-oktabrdagi 809-sonli qaroriga asosan uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2018-y., 09/18/809/2017-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 503-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.07.2018-y., 09/18/503/1458-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
portlovchi moddalar maxsus jihozlangan avtotransport vositalari va temir yo‘l vagonlarida faqat O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining qurollangan bo‘linmalari soqchiligi ostida tashiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
portlovchi moddalarni O‘zbekiston Respublikasi havo kengligida fuqaro aviatsiyasining havo kemalari bilan tashish qat’iyan taqiqlanadi. Istisno hollarda bunday tashish fuqaro aviatsiyasining havo kemalari bilan xavfsizlikning zarur chora-tadbirlariga rioya qilingan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qarori bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uzoq vaqt saqlanadigan portlovchi materiallar omborlari Ichki ishlar vazirligining bo‘linmalari tomonidan qo‘riqlanadi, qisqa muddatli, ko‘chma sarflash va yer osti omborlari Ichki ishlar vazirligi bo‘linmalari yoki idoraviy jihatdan tegishli bo‘lmagan harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati tomonidan qo‘riqlanishi mumkin;
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-noyabrdagi 630-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2022-y., 09/22/630/0980-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
portlovchi moddalarni hisobga olish, saqlash, transportda tashish va ulardan foydalanishning belgilangan qoidalariga rioya qilinishi ustidan nazorat Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi bilan birgalikda Ichki ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
(2-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining avval chiqarilgan qarorlariga muvofiq tuzilgan portlovchi materiallarni xarid qilish va olib kirishga kontraktlar ular bo‘yicha majburiyatlar bajarilgunga qadar amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Zaryadni masofadan turib (kontaktsiz) portlatish qurilmalarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va ulardan portlatish ishlarini bajarishda foydalanish taqiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi bilan kelishuv bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Elektromagnit moslik markazi tomonidan ruxsat berilgan chastotada ishlash sharti bilan Muruntov konida quduq zaryadlari bloklarini masofadan turib boshqarishga maxsus mo‘ljallangan “Druza-M” tipidagi portlatish apparatini olib kirishga istisno tariqasida ruxsat berilsin.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Navoiy kon-metallurgiya kombinati rahbariyatiga (N.I. Kucherskiy) xavfsizlik chora-tadbirlariga rioya qilgan holda mazkur apparatni olib kirish, hisobga olish, saqlash va undan maqsadli foydalanish uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ichki ishlar vazirligi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi bilan birgalikda Navoiy kon-metallurgiya kombinatidagi mavjud “Druza-M” tipidagi zaryadni masofadan turib (kontaktsiz) portlatish qurilmalari saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun qat’iy nazoratni ta’minlasin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-oktabrdagi 809-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2018-y., 09/18/809/2017-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi (R.T. Saidov) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi, Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, Davlat geologiya qo‘mitasi, “O‘zavtoyo‘l” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” ochiq aksiyadorlik jamiyati, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” ochiq aksiyadorlik jamiyati, “O‘zbekportlatishsanoat” ochiq aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda zamonaviy talablarni va shart-sharoitlarni hisobga olgan holda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda — Portlovchi materiallarni ishlab chiqarish, sotib olish, saqlash, transportda tashish, ulardan foydalanish va ularni hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida portlovchi materiallarni tashish qoidalarini (ularda mutaxassislarga qo‘yiladigan ishlab chiqarish talablari va ishga qo‘yishni rasmiylashtirish tartibi nazarda tutilsin);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2005-yil 1-yanvargacha — Portlatish ishlarini bajarishda xavfsizlikning yagona talablarini ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ikki oy muddatda portlovchi materiallarni ishlab chiqaradigan yoki ulardan foydalanadigan korxonalarda portlovchi materiallar, portlatish qurilmalarini tashish, saqlash va portlatish ishlarini amalga oshirishga qo‘yilgan xodimlar attestatsiyadan o‘tkazilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Adliya vazirligi (A.A. Polvon-zoda) vazirliklar va idoralar bilan birgalikda idoraviy normativ hujjatlarni mazkur qaror talablariga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi Kotibi R. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2004-yil 6-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
213-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 6-maydagi 213-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishda nazorat qilinadigan sanoat maqsadidagi portlovchi materiallar ro‘yxati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r‎

Nomi‎

TIF TN‎

1.‎

Tetril (ammoniy nitriti) va portlovchi moddalar xossalariga ega bo‘lgan boshqa nitritlar‎ 283410000 dan‎

2.‎

Ten (pentaeritrittetranitrat) va portlovchi moddalar xossalariga ega bo‘lgan boshqa nitritlar‎ 283429800 dan‎

3.‎

Cimobli portlovchi modda (simob fulminati) va portlovchi moddalar xossalariga ega bo‘lgan boshqa fulminatlar‎ 283800000 dan‎

4.‎

Trotil, granutol, trinitrotoluol va portlovchi moddalar xossalariga ega bo‘lgan boshqa nitritlashgan yoki nitritlashtirilgan hosila uglevodorodlar‎ 290420000 dan‎

5.‎

Trinitrofenol (pikrin kislotasi) va boshqa portlovchi moddalar xossalariga ega bo‘lgan nitritlashtirilgan hosila fenollar yoki fenol spirtlar‎ 290890000 dan‎

6.‎

Geksogen, trimetilentrinitramin va portlovchi moddalar xossalariga ega bo‘lgan boshqa geterotsiklik birikmalar‎ 293369100 dan‎

7.‎

Porox‎ 360100000‎

8.‎

Tayyor portlovchi moddalar, poroxdan tashqari‎ 360200000‎

9.‎

Bikford piltasi; portlovchi piltalar;‎ 360300100‎

10.‎

Bikfordlarning boshqa piltalari; portlovchi piltalar; zarbali yoki portlatuvchi pistonlar; zapallar; elektrodetonatorlar‎ 360300900‎

11.‎

Boshqa signal rakatelari, yomg‘ir yog‘diriladigan raketalar, tumanga qarshi signallar va mushakbozlikning boshqa bumlari‎ 360490000‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh:‎ Ro‘yxatda tovarlar faqat O‘zbekiston Respublikasining TIF TN bo‘yicha tovar kodi bilan belgilanadi. ‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar O‘zbekiston Respublikasining TIF TN bo‘yicha tovar kodiga “dan” qo‘shimchasi qo‘shilsa, bu portlovchi materiallarga tegishli deb topish faqat ikkinchi ustunda nomma-nom qayd etilgan tovarlarga nisbatan qo‘llanilishini ko‘rsatadi. ‎‎‎‎‎
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-oktabrdagi 809-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2018-y., 09/18/809/2017-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 19-son, 219-modda; 2008-y., 19-son, 161-modda; 2010-y., 51-son, 486-modda; 2012-y., 38-son, 436-modda, 44-son, 507-modda; 2013-y., 34-son, 458-modda; 2015-y., 26-son, 338-modda; 2016-y., 25-son, 308-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son, 05.07.2018-y., 09/18/503/1458-son, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son, 09.10.2018-y., 09/18/809/2017-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2022-y., 09/22/630/0980-son; 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)