01.06.2016 yildagi PQ-2539-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 01.06.2016 yildagi PQ-2539-son
Date of entry into force
06.06.2016
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasini tashkil etish va uni har yili oʻtkazib turish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekistonda yetishtiriladigan, noyob isteʼmolbop xususiyatlarga ega sabzavot, meva, uzum va poliz mahsulotlari bilan xorijiy hamkorlarni keng koʻlamda tanishtirish, zamonaviy bozor mexanizmlari vositasida meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiruvchilar, qayta ishlovchilar va yetkazib beruvchilar oʻrtasida uzoq muddatli barqaror kooperatsion aloqalar oʻrnatish va shuning asosida yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarining hajmini oshirish hamda eksportga yetkazib beriladigan turlarini kengaytirish, yangi bozorlarni oʻzlashtirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Fermerlar kengashi, “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK, “Oʻzvinosanoat-xolding” XK hamda boshqa xoʻjalik birlashmalari va fermer xoʻjaliklarining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-yil 12-iyuldan 14-iyulgacha Toshkent shahrida “Oʻzekspomarkaz” Milliy koʻrgazma kompaniyasi” AJning koʻrgazma maydonlarida navbatdan tashqari Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasini oʻtkazish toʻgʻrisidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-yildan boshlab har yili oktabr oyida tizimli va muntazam asosda xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi oʻtkazilishini tashkil etish haqidagi takliflari qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasini har yili tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq barcha masalalarni hal etish uchun 1-ilovaga muvofiq tarkibda Tashkiliy qoʻmita tuzilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga olib chiqishning zamonaviy xalqaro talablari va standartlariga mos keladigan samarali, shaffof bozor mexanizmini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekistonda ekologik sof, isteʼmolbop xususiyatlari boʻyicha tengi yoʻq sabzavot, meva, uzum va poliz mahsulotlari yetishtirishning gʻoyat katta imkoniyatlari, shuningdek, ularning sanoat asosida qayta ishlangan tayyor sifatli mahsulotlari toʻgʻrisida chet ellardagi qayta ishlovchi va savdo kompaniyalarini keng xabardor qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hamkor sheriklarni izlash va ular oʻrtasida meva-sabzavot mahsulotlari yetkazib berish shartnomalarini tuzishda qulay shart-sharoitlar yaratish va bu borada har tomonlama koʻmaklashish, meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiruvchilar, qayta ishlash korxonalari hamda chet ellardagi import qiluvchi kompaniyalar, dunyoga mashhur marketing tuzilmalari oʻrtasida barqaror, uzoq muddatli kooperatsion aloqalar tizimini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jahon meva-sabzavot mahsulotlari bozorining rivojlanish tendensiyalari va istiqbollarini chuqur tahlil etish, mamlakatimizning mahsulot yetishtiruvchilari va qayta ishlovchi korxonalarini tashqi bozorlarda doimiy xaridorgir boʻlgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga, navbatdagi yil va oʻrta muddatli istiqbolga moʻljallangan buyurtmalar portfelini shakllantirishga yoʻnaltirish maqsadida ularni keng koʻlamda xabardor qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchi ixtisoslashtirilgan “Oʻzagroeksport” tashqi savdo kompaniyasi tarkibida boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 15 kishidan iborat boʻlgan masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi Direksiyasi 2-ilovaga muvofiq tashkil qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi Direksiyasi” MCHJ zimmasiga quyidagilar yuklansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasiga tayyorgarlik koʻrish va uni tashkiliy jihatdan yuqori saviyada oʻtkazish chora-tadbirlarini amalga oshirish, yarmarka savdolari qatnashchilariga yarmarka shartnomalari tuzish, moliyaviy xizmat koʻrsatish va ularni hisobga olish boʻyicha kompleks xizmatlarni taklif etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomalar va eksport kontraktlarini tuzish boʻyicha doimiy faoliyat yurituvchi meva-sabzavot savdo maydonchasini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meva-sabzavot mahsulotlarining tashqi bozor konyunkturasini oʻrgangan holda yarmarka savdolari qatnashchilariga zarur axborotlar taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatimiz mahsulotlarini xorijiy bozorlarga chiqarish maqsadida reklama-axborot faoliyatiga oid kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro tajribani oʻrganish asosida elektron savdolar tizimidan foydalangan holda yarmarka savdosining zamonaviy metodlarini, shu jumladan fyuchers va forvard bitimlari tuzish, ishlab chiqish va joriy etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasining Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi Direksiyasini Toshkent shahar, Beruniy koʻchasi, 41-uyda joylashtirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Tashkiliy qoʻmita (Sh. Mirziyoyev) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shu yilning 20-iyuniga qadar navbatdan tashqari Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasiga sifatli tayyorgarlik koʻrish va uni yuksak saviyada oʻtkazish boʻyicha asosiy tadbirlarni tashkil etish dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish, qayta ishlash va sotish bilan shugʻullanuvchi xorijiy kompaniyalarni keng koʻlamda jalb etish maqsadida Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasining maqsad va vazifalarini, uning imkoniyatlari, yarmarka ishida qatnashish shartlari va mexanizmini chet ellarda yoritish boʻyicha faol axborot-reklama faoliyati olib borilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzekspomarkaz” MKK” AJda koʻrgazma maydonlari yarmarka qatnashchilariga tasdiqlangan normativ baholarga nisbatan 50 foizli chegirmani hisobga olgan holda beriladi, koʻrgazma stendlarini qurish va qoʻshimcha koʻrgazma uskunalarini berish va xizmatlar koʻrsatish esa oʻrnatilgan meʼyorlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK buyurtmanomalariga koʻra, oʻtkaziladigan yarmarkaning chet ellik qatnashchilariga kirish vizalari konsullik yigʻimlari va boshqa yigʻimlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yarmarka oʻtkaziladigan, shuningdek, yarmarka qatnashchilari yashaydigan joylarda jamoat tartibini saqlashni va yongʻin xavfsizligini toʻlov haqini undirmasdan taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK, “Oʻzsharobsanoat” AJ, “Oʻzagroeksport” AJ Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasini oktabr oyida oʻtkaziladigan jahon oziq-ovqat tadbirlarining har yilgi jadvaliga kiritish bilan bogʻliq chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1 avgusdagi PF-5496-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5496/1603-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi bilan birgalikda uch oy muddatda Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi doirasida tuzilgan shartnomalar va eksport kontraktlarining bajarilishi ustidan “onlayn” rejimida ishlaydigan avtomatlashtirilgan monitoring tizimini yaratish boʻyicha dasturiy taʼminotni ishlab chiqsin va joriy etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasini oʻtkazishga oid tadbirlar ommaviy axborot vositalarida keng koʻlamda yoritilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-yil 1-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-2539-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 1-iyundagi PQ-2539-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasini oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Sh.M. Mirziyoyev

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Tashkiliy qoʻmita raisi

U.U. Roʻzuqulov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari

E.M. Ganiyev

tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri

O.B. Rustamov

“Oʻzbekoziqovqatxolding” XK raisi

Sh.D. Teshayev

qishloq va suv xoʻjaligi vaziri

U.Yu. Uzakov

Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamenti mudiri

A.A. Usmonov

adliya vaziri oʻrinbosari

S.B. Shermatov

iqtisodiyot vaziri oʻrinbosari

S.P.Niyazxodjayev

tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari

B.Ya. Raimov

Davlat bojxona qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

S. Xodjayev

Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari

Z.A. Fayziyev

zbekoziqovkatzaxira” assotsiatsiyasi raisi

A.E. Shayxov

Savdo-sanoat palatasi raisi

lavozim boʻyicha

“Oʻzsharobsanoat” AJ raisi

R.J. Usmanov

Toshkent shahar hokimi

A.K. Mirsoatov

Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bank boshqaruvi raisining oʻrinbosari

J.A. Xolmuxamedov

zagroeksport” AJ bosh direktori, Tashkiliy qoʻmita kotibi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh.Tashkiliy qoʻmita aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 1-iyundagi PQ-2539-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi direksiyasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TUZILMASI

Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 15 nafar.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 22-son, 247-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5496/1603-son)