Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.03.2018 30.04.2004 yildagi 204-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori, 30.04.2004 yildagi 204-son
Date of entry into force
30.04.2004
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.03.2018
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
AMMIAKLI SELITRANI IShLAB ChIQARISh, TAShISh VA SOTIShNI NAZORAT QILIShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Koʻchirma]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-fevraldagi 149-sonli “Qishloq xoʻjaligida bozor mexanizmlarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mamlakat xavfsizligini taʼminlash, ammiakli selitrani ishlab chiqarish, taqsimlash, tashish va sotishni nazorat qilish samaradorligini oshirish, uning yoʻqolishi, oʻgʻirlanishi hollariga, portlovchi moddalarni yashirin tayyorlash uchun undan komponent sifatida foydalanish imkoniyatiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Belgilab qoʻyilsinki, ammiakli selitrani qishloq xoʻjaligi va texnologiya ehtiyojlari uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksportga yetkazib berish — mineral oʻgʻitlar ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan tuzilgan kontraktlarga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi korxonalariga yetkazib berish — “Oʻzagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatining “Agrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari orqali tuzilgan shartnomalar asosida;
(1-bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 131-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 11-son, 161-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ammiakli selitradan texnologiya ehtiyojlari uchun foydalanadigan korxonalarga yetkazib berish — mineral oʻgʻitlar ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ammiakli selitra birja savdolarida va chakana savdoda sotiladigan mahsulotlar va tovarlar roʻyxatidan chiqarilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ammiakli selitrani mineral oʻgʻitlar sotishning oraliq shoxobchalari orqali sotish taqiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilab qoʻyilsinki, Vazirlar Mahkamasining “2004-yilda respublika qishloq xoʻjaligini mineral oʻgʻitlar bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 23-yanvardagi 34-son qaroriga 2-ilovaning 1.1-bandidagi “qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga boshqa mahsulotlar yetkazib berish” kichik bandida koʻrsatilgan ammiakli selitra hajmlari qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetkazib berish yuzasidan davlat bilan shartnomaviy majburiyatlarga ega boʻlmagan qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga “Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari orqali, shartnomalar asosida, 100 foiz haqini oldindan toʻlash sharti bilan va yetkazib berishning har oylik jadvallariga binoan sotiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi (Gʻ.I. Ibrohimov) 2004-yil 1-sentabrgacha boʻlgan muddatda tayyorlovchi korxonalarda ammiakli selitrani (uning suyuq eritmalaridan tashqari) qadoqlashni va tegishli ravishda markalashni tashkil etish chora-tadbirlarini ishlab chiqsin va amalga oshirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (S.B. Begaliyev), “Oʻzagromashservis” uyushmasi (Sh.N. Nishonov) “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi (Gʻ.I. Ibrohimov) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga mineral oʻgʻitlar solish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini qoʻllanish boʻyicha servis xizmatlari koʻrsatuvchi ixtisoslashtirilgan qishloq xoʻjaligi korxonalarini bosqichma-bosqich tashkil etish toʻgʻrisida takliflarni ishlab chiqsinlar va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (S.B. Begaliyev) qishloq xoʻjaligi ekinlari turlari boʻyicha ammiakli selitrani sarflash normalarini belgilash tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, ular asosida tegishli tavsiyanomalarni tayyorlasin hamda qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga yetkazsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish toʻgʻrisida” 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 2-son, 10-modda) 3-ilovasiga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi Kotibi R.E. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2004-yil 30-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
204-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 30-apreldagi 204-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish toʻgʻrisida” 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qarori 3-ilovasiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 46-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mineral oʻgʻitlarni sotishning mazkur tartibi davlat ehtiyojlari uchun mahsulot yetkazib berish boʻyicha shartnoma majburiyatlari bilan qamrab olinmagan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilariga ammiakli selitra sotishga tatbiq etilmaydi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 47-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Davlat ehtiyojlari uchun mahsulot yetkazib berish boʻyicha shartnoma majburiyatlari bilan qamrab olingan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilariga ammiakli selitra sotish “Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan, yarmarka savdolari oʻtkazilmasdan amalga oshiriladi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 17-son, 200-modda; 2017-y., 11-son, 161-modda)