Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 23.05.2016 yildagi 167-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 23.05.2016 yildagi 167-son
Date of entry into force
30.05.2016
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016/2017 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasining oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalariga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumtaʼlim maktablarining 9-sinflari bitiruvchilarini kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda oʻqitish bilan toʻliq qamrab olish, real iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining, respublika hududlarining oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi yoʻnalishlari, kasblari va mutaxassisliklari boʻyicha kasbiy tayyorlangan mutaxassislarga boʻlgan talabini qondirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi tomonidan Mehnat vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar, aksiyadorlik kompaniyalari va uyushmalar bilan birgalikda yangi ishlab chiqarishlar tashkil etish, ishlab turganlarini modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash boʻyicha istiqbolda moʻljallanayotgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida kadrlarga boʻlgan ehtiyojni hisobga olgan holda har bir viloyat, tuman va shahar boʻyicha balans hisob-kitoblar asosida 2016/2017 oʻquv yilida umumtaʼlim maktablarining 9-sinflari bitiruvchilarini aniq kasblar va mutaxassisliklar boʻyicha oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalariga qabul qilish yuzasidan takliflar ishlab chiqilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Mehnat vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining aniq kasblar boʻyicha kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga boʻlgan amaldagi ehtiyojdan kelib chiqib, 2016/2017 oʻquv yilidan boshlab respublika hududlarida 1-ilovaga* muvofiq roʻyxat boʻyicha 22 ta kasb-hunar kollejini qayta ixtisoslashtirishga doir tayyorlangan takliflari maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining malakali kadrlarga boʻlgan real ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda 2016/2017 oʻquv yilida umumtaʼlim maktablarining 9-sinflari bitiruvchilarini oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalariga oʻqishga qabul qilish parametrlari 2 va 2.1 — 2.14-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 1, 2 va 2.1 — 2.14-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi ikki hafta muddatda keyingi yillarda kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirishni puxta tahlil qilishni hisobga olgan holda umumtaʼlim maktablarining 9-sinflari bitiruvchilarini 2016/2017 oʻquv yilida oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalariga oʻqishga qabul qilishning tasdiqlangan umumiy parametrlari asosida viloyatlar, tumanlar va shaharlar boʻyicha har bir kasb-hunar kolleji va akademik litseyiga oʻqishga qabul qilish parametrlarini tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchilar va ularning ota-onalarining tanlangan va iqtisodiyot tarmoqlarida talab qilingan mutaxassislar boʻyicha oʻqishga boʻlgan xohishini, taʼlim muassasalarida zarur moddiy-texnika baza mavjudligini hisobga olgan holda umumtaʼlim maktablarining 9-sinflari bitiruvchilarini kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda oʻqitish bilan toʻliq qamrab olishni taʼminlashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitiruvchi qizlarning talab etilgan kasblarni egallashlarini nazarda tutgan holda ularni kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda oʻqitish bilan qamrab olishga alohida eʼtibor berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi oʻz tasarrufida oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2016/2017 oʻquv yilida umumtaʼlim maktablarining 9-sinflari bitiruvchilarini kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarga oʻqishga qabul qilishning belgilangan umumiy parametrlari soʻzsiz bajarilishini taʼminlasin hamda oʻqishga qabul qilish natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga shu yil 10-avgustgacha boʻlgan muddatda umumlashtirilgan yakuniy axborot taqdim etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar va Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hamda ularning hududiy boʻlinmalari rahbarlari zimmasiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumtaʼlim maktablarining 9-sinflari bitiruvchilarini kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda oʻqitish bilan toʻliq qamrab olishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchilarni kasb-hunar kollejiga oʻqishga kirgan kundan boshlab, kelgusida ularning tanlangan mutaxassislik boʻyicha toʻliq ishga joylashishini taʼminlash uchun tashkilotlarga biriktirish boʻyicha oʻz vaqtida aniq chora-tadbirlar koʻrish yuzasidan shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kasb-hunar kollejlariga va akademik litseylarga oʻqishga qabul qilishda alohida taʼlimga ehtiyojmand boʻlgan bolalar va “Mehribonlik” uylari bitiruvchilariga shart-sharoitlar va taʼlim muassasalarini tanlashi uchun huquqiy kafolatlar yaratishga alohida eʼtibor qaratilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2016/2017 oʻquv yili uchun oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalariga oʻqishga qabul qilishning tasdiqlangan parametrlarini hisobga olgan holda kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar taʼminoti uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan belgilangan tartibda zarur mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi manfaatdor vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda qayta ixtisoslashtirilayotgan, shuningdek yangidan foydalanishga topshirilayotgan kasb-hunar kollejlari filiallarida 2016/2017 oʻquv yili boshlangunga qadar oʻquv-tarbiya jarayonini sifatli tashkil etish, ularni yuqori malakali oʻqituvchi kadrlar bilan toʻldirish, kadrlar tayyorlash yoʻnalishlariga muvofiq zamonaviy oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi, zarur oʻquv-normativ hujjatlar, oʻquv va metodik adabiyotlar bilan taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-yil 23-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
167-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 21-son, 234-modda)