Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.03.2019 31.03.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2095-4
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining qarori, 31.03.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2095-4
Date of entry into force
04.04.2016
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.03.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yagona ijtimoiy toʻlovning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona ijtimoiy toʻlovni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 31-martda 2095-4-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 26-fevraldagi 20 va 2019-10-sonli “Yagona ijtimoiy toʻlovning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona ijtimoiy toʻlovni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2095-6, 02.03.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 22-dekabrdagi PQ-2455-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 22-martdagi 22, 2010-13-sonli qarori (roʻyxat raqami 2095, 2010-yil 13-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 14-15-son, 120-modda) bilan tasdiqlangan Yagona ijtimoiy toʻlovning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona ijtimoiy toʻlovni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vaziri R. AZIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-yil 9-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-yil 9-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-11-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 9-martdagi 13 va 2016-11-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yagona ijtimoiy toʻlovning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona ijtimoiy toʻlovni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 4-bandning toʻqqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“N — ushbu Nizomning 1-bandida belgilangan bir xodim uchun bir oyda YIT normativi. Agar minimal ish haqining miqdori oyning 1-kunidan oʻzgarmasa, u holda oy uchun minimal ish haqining oʻrtacha oylik miqdori qoʻllaniladi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. II-bob quyidagi mazmundagi 71 va 72-bandlar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“71. Mikrofirma va kichik korxonalari uchun belgilangan YIT stavkasini hisobot yilida qoʻllagan, biroq hisobot yili yakunlari boʻyicha belgilangan xodimlar soni mezoniga mos kelmaydigan YIT toʻlovchilari (fermer xoʻjaliklari bundan mustasno) mikrofirma va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan yuridik shaxslar uchun belgilangan stavka (bundan buyon matnda umumbelgilangan stavka deb yuritiladi) boʻyicha hisoblab chiqarilgan YIT summasini qoʻshimcha hisoblaydi. Bunda YITning belgilangan eng kam miqdorini hisobga olgan holda YITning qoʻshimcha hisoblangan summasining qayta hisob-kitobi amalga oshirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumbelgilangan stavka boʻyicha YITning qoʻshimcha summasi hisobot yili yakuni boʻyicha taqdim etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 4-martdagi 23, 2013-8-son “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2439, 2013-yil 22-mart) bilan tasdiqlangan Yagona ijtimoiy toʻlov va fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari hisob-kitobida aks ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
72. Agar hisobot yilida YITning umumbelgilangan stavkasini qoʻllagan YIT toʻlovchilari hisobot yili yakunlari boʻyicha ularni mikrofirma va kichik korxonalar toifasiga kiritish uchun belgilangan xodimlar soni mezoniga mos kelsa, soliq toʻlovchilarning mazkur toifasi mikrofirma va kichik korxonalar uchun belgilangan YITning stavkasi hisobot yilidan keyingi yildan boshlab qoʻllaniladi va tegishincha hisobot yil uchun YITning belgilangan eng kam miqdorini hisobga olgan holda YITning qoʻshimcha hisoblangan summasining qayta hisob-kitobi amalga oshirilmaydi.”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 13-son, 126-modda)