27.02.2016 yildagi 56-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 27.02.2016 yildagi 56-son
Date of entry into force
09.03.2016
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil transportida xavfli yuklarni tashish qoidalari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Radioaktiv chiqindilar oʻz vaqtida chiqarib tashlanishi va koʻmilishini taʼminlash, shuningdek radiologik tusdagi favqulodda vaziyatlar oqibatlarini tezlikda tugatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi respublika hududi boʻyicha avtomobil transportida radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar tashilayotganligi, shuningdek radioaktiv chiqindilar koʻmilayotganligi toʻgʻrisidagi axborot 2-ilovaga muvofiq sxemaga binoan Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilishini taʼminlasin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari bir oy muddatda oʻzlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov va Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri A.A. Axmedbayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-yil 27-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56-son

Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-fevraldagi 56-son qaroriga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 16-fevraldagi 35-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 2-son, 9-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish qoidalarida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi oʻn yettinchi — yigirmanchi xatboshilar qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radioaktiv chiqindilar — keyinchalik foydalanishga moʻljallanmagan, tarkibida solishtirma aktivligi 74 kBk/kg dan ortiq darajali radionuklidlar mavjud boʻlgan va Xavfli yuklar tasnifi boʻyicha 7-darajaga tegishli boʻlgan har qanday agregat holatidagi modda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
past aktivlikdagi radioaktiv chiqindilar — solishtirma aktivligi 103 kBk/kg dan kam boʻlgan va gamma-nurlanish dozasi quvvati yuzada 0,1 m masofada 0,001 m Gr/ch dan 0,3 mGr/ch gacha boʻlgan chiqindilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrtacha aktivlikdagi radioaktiv chiqindilar — solishtirma aktivligi 101 kBk/kg dan 107 kBk/kg gacha boʻlgan va gamma-nurlanish dozasi quvvati yuzada 0,1 m masofada 0,3 mGr/ch dan 10 mGr/ch gacha boʻlgan chiqindilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqori aktivlikdagi radioaktiv chiqindilar — solishtirma aktivligi 101 kBk/kg dan ortiq boʻlgan va gamma — nurlanish dozasi quvvati yuzada 0,1 m masofada 10 mGr/ch dan ortiq boʻlgan chiqindilar”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻn yettinchi — yigirma sakkizinchi xatboshilar tegishli ravishda yigirma birinchi — oʻttiz ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 50-bandning birinchi xatboshida “alohida xavfli yuklarni” soʻzlaridan keyin past va oʻrtacha aktivlikdagi radioaktiv chiqindilar bundan mustasno” soʻzlari qoʻshilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 51-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Alohida xavfli yuklarni, past va oʻrtacha aktivlikdagi radioaktiv chiqindilar bundan mustasno, faqat ichki ishlar organlarining qurolli soqchilari hamrohligida (yuridik shaxslarning qurolli soqchilari hamrohligida) va xavfli yuklar Yoʻl harakati xavfsizligi hududiy boshqarmalari (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining YHXB, Toshkent shahar Ishchi ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ishchi ishlar boshqarmalari)ning avtomotransport vositalari hamrohligida tashishga yoʻl qoʻyiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) 54-bandning birinchi xatboshida “Xavfli yuklarni tashishda” soʻzlaridan keyin “past va oʻrtacha aktivlikdagi radioaktiv chiqindilar bundan mustasno” soʻzlari qoʻshilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) 57-bandning ikkinchi xatboshida “xavfli yuklarni tashishga” soʻzlaridan keyin “past va oʻrtacha aktivlikdagi radioaktiv chiqindilar bundan mustasno” soʻzlari qoʻshilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) 89-bandning birinchi xatboshida “Xavfli yuklarni tashishda” soʻzlaridan keyin “past va oʻrtacha aktivlikdagi radioaktiv chiqindilar bundan mustasno” soʻzlari qoʻshilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-fevraldagi 56-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika hududi boʻylab avtomobil transportida radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar tashilishi, shuningdek radioaktiv chiqindilar koʻmilishi toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI

Izoh: sxemada quyidagi qisqartirishlar qabul qilingan: INM — ionlashtiruvchi nurlanish manbai; RM — radioaktiv modda; RACh — radioaktiv chiqindilar.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 9-son, 90-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)