23.12.1993 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo boʻlgan davlatlar korxonalari va tarmoqlarining ishlab chiqarish kooperatsiyasini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlashning umumiy shart-sharoitlari va tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bitim

Mazkur Bitimga aʼzo davlatlarning hukumatlari, keyingi oʻrinlarda “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hamdoʻstlik Davlat rahbarlari kengashining 1993-yil 14-may va 24 sentabrda Moskvada qabul qilingan qarorlariga muvofiq, shuningdek, Iqtisodiy ittifoqning maqsad va tamoyillariga erishish uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlatlarning ilmiy-texnik va ishlab chiqarish istiqbollari oʻrtasidagi mavjud texnologik oʻzaro aloqalarni hisobga olib;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bozor munosabatlariga asoslangan umumiy iqtisodiy makonni yaratishda MDHga aʼzo davlatlar xoʻjalik yurituvchi subyektlarining bevosita ishlab chiqarish munosabatlarining hal qiluvchi rolini eʼtirof etgan holda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hamdoʻstlik doirasidagi sanoat kooperatsiyasi hamda korxonalar va tarmoqlar oʻrtasidagi bevosita aloqalarni taʼminlash va oʻzaro manfaatli rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga intilib,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda

Tomonlar turli mulk shaklidagi korxonalar, tarmoq va tarmoqlararo majmualar oʻrtasida ularning bevosita ishlab chiqarish aloqalari asosida, shuningdek moliya-sanoat guruhlari va transmilliy ishlab chiqarish birlashmalari, qoʻshma korxonalar doirasida kooperatsiyani amalga oshirish va rivojlantirishni qoʻllab quvvatlashni taʼminlash boʻyicha samarali chora-tadbirlarni amalga oshiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda

Tomonlar xalqaro ixtisoslashuv va ishlab chiqarish kooperatsiyasini rivojlantirish, ularni amalga oshirish shartlari; sanoat tarmoqlarida ustuvorliklarni aniqlash; qoʻshma loyihalar va dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga koʻmaklashish; ishlab chiqarishni, shu jumladan, mudofaa sanoatini konversiyalash sohasida koʻp tomonlama muvofiqlashtirishni amalga oshirish sohalarida kelishilgan siyosatni olib boradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda

Tomonlar quyidagilar boʻyicha kelishib oldilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kooperatsiya orqali tovarlarni yetkazib berish deganda texnologik jihatdan oʻzaro bogʻliq va tayyor mahsulotni ishlab chiqarish uchun kerakli boʻlgan xomashyo, materiallar, uzellar, detallar, ehtiyot qismlar, tayyorlamalar, yarimfabrikatlar, butlovchi hamda boshqa tarmoq va tarmoqlararo qismlarni yetkazish tushuniladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmat koʻrsatish deganda loyihaviy, taʼmirlash ishlari, texnik xizmat koʻrsatish va texnologik jarayonlar tushuniladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlarni qayta ishlash uchun bojxona rejimlari doirasida yetkazib berish deganda Tomonlarning bojxona qonunchiligida belgilangan shartlarga muvofiq tovarlar yetkazib berish tushuniladi, agar mazkur Bitimda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda

Tomonlar ishlab chiqarish kooperatsiyasi va toʻgʻridan toʻgʻri munosabatlarning asosiy boʻgʻinini tegishli hukumatlararo, tarmoqlararo va idoralararo bitimlar asosida xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan tuziladigan va bojxona ittifoqini tuzishdan oldin bojxona organlari uchun chegara orqali kooperatsiya asosida yetkazib beriladigan tovarlarni oʻtkazishda asos boʻlib xizmat qiladigan shartnomalar tashkil qilishini tan oladilar. Tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi mazkur Bitimga muvofiq va Tomonlarning bojxona qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda

Tomonlar kooperatsiya asosida va qayta ishlash bojxona rejimlari doirasida olib kelinayotgan tovarlar hamda koʻrsatilayotgan xizmatlarga nisbatan import va eksport bojlari, soliqlar, aksiz soligʻi va miqdoriy cheklovlarni qoʻllamaslikni oʻz zimmalariga oladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tomonlar oʻz vakolatli tashkilotlari ushbu moddani amalga oshirishning muayyan tartibini ishlab chiqishiga kelishib oldilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda

Qurol-yarogʻ va harbiy texnika ishlab chiqarishga moʻljallangan maxsus butlovchi qismlar, shuningdek belgilangan xalqaro kafolatlarga rioya qilish maqsadida tarifsiz tartibga solish choralariga boʻysunadigan boshqa oʻziga xos tovarlar yetkazib berish tartibi alohida hukumatlararo bitimlar bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda

Tomonlar oʻz banklarida milliy qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda va muddatlarda hisob raqamlarining ochilishiga toʻsqinlik qilmaydilar. Tomonlar tegishli tashkilotlarga ushbu sohadagi qonunchilik va xoʻjalik yuritish amaliyotini yaqinlashtirish boʻyicha ishlarni amalga oshirishni topshiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tomonlar yetkazib berilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun erkin ayirboshlanadigan valyutada toʻlovni talab qilmaslikka kelishib oldilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda

Tomonlar mazkur Bitimni tuzgan Tomonlarning korxonalari oʻzlari ishlab chiqargan mahsulot (ish, xizmat) larni oʻzaro kelishilgan holda belgilangan narxlarda sotishidan kelib chiqadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tomonlar mazkur Bitimning 3-moddasida koʻrsatilgan mahsulot va xizmatlarni yetkazib berish boʻyicha toʻlovlarni toʻsiqlarsiz amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini taʼminlashga kelishib oldilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzaro hisob raqamlarni ochish va yuritish tartibi Tomonlarning Markaziy (milliy) banklari oʻrtasidagi kelishuvga muvofiq belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda

Tomonlar zarur hollarda yuqori texnologiyali tarmoqlar va eksportga yoʻnaltirilgan sohalardagi kooperatsiyani rivojlantirish hamda import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni ragʻbatlantiruvchi kreditlar va investitsiyalarni ajratish shartlarini kelishib oladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tomonlar mazkur Bitim doirasida yetkazib berilgan xom-ashyo, materiallar va butlovchi qismlar yetkazib beruvchi davlat vakolatli organining yozma roziligisiz uchinchi mamlakatlarga, shu jumladan, xorijiy jismoniy, yuridik shaxslarga yoki xalqaro tashkilotlarga qayta eksport qilinmaydi, deb kelishib oldilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishlab chiqarish sohasida integratsion jarayonlarni rivojlantirish maqsadida Tomonlar korxonalar va tarmoqlar oʻrtasidagi kooperatsion munosabatlarni tartibga solish borasida xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan milliy qonunchilik normalarini muvofiqlashtirish va yaqinlashtirish boʻyicha izchil ishlarni amalga oshirishga kelishib oldilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tomonlar quyidagi muammolarni birgalikda oʻrganishni tashkil etadilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uzoq muddatli ishlab chiqarish kooperatsiyasi boʻyicha namunaviy shartnomalar va bitimlarni ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
marketing va lizing tadqiqotlarini oʻtkazish va koʻrgazmalar tashkil etish, reklama xizmatlarini koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hamdoʻstlikka aʼzo davlatlar va boshqa manfaatdor davlatlar oʻrtasida hamkorlar topish, bitimlar (shartnomalar) tayyorlash, tuzish va amalga oshirishga koʻmaklashadigan zamonaviy axborot kommunikatsiyalarini rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutaxassislarni tayyorlash boʻyicha qoʻshma tadbirlarni amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Bitim Tomonlar ularning konstitutsiyaviy tartibiga muvofiq ratifikatsiya qilib, uchinchi ratifikatsiya yorligʻi depozitariy davlatga topshirganidan soʻng kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ratifikatsiya yorliqlari mazkur Bitimning depozitariysi — Belarus Respublikasi Hukumatiga topshiriladi. Depozitariy barcha ahdlashuvchi Tomonlarni va qoʻshilgan davlatlarni saqlashga topshirilgan har bir hujjat toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Bitim Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo har qanday davlat, shuningdek, Bitim Tomonlarining roziligi bilan uning qoidalarini tan oluvchi uchinchi davlatlarning qoʻshilishi uchun ochiqdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Bitim cheklanmagan muddatga tuziladi. Bitimni Tomonlar denonsatsiya qilishi mumkin. Denonsatsiya boshqa Tomonlarga yuborilgan xabarnoma olingan kundan boshlab olti oydan keyin xabarnomani yuborgan Tomon uchun kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1993-yil 23-dekabrda Ashxobod shahrida rus tilidagi bir asl nusxada tuzildi. Asl nusxa Belarus Respublikasi Hukumati arxivida saqlanadi, mazkur Bitimni imzolagan davlatlarga tasdiqlangan nusxani yuboradi.

(imzolar)