Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining
buyrugʻi
Qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarning hisob registri toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 28-yanvarda 1919-5-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2009-yil 4-martdagi 2009-18-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1919, 2009-yil 9-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 10-11-son, 126-modda) bilan tasdiqlangan Qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarning hisob registri toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Bosh direktor B. ATAXANOV
Toshkent sh.,
2015-yil 29-dekabr,
2015-23-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2015-yil 29-dekabrdagi 2015-23-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarning hisob registri toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuniga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq, uyushmagan birjadan tashqari qimmatli qogʻozlar bozorida amalga oshirilgan qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarning hisob registrini yuritish, hamda ularning qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilari tomonidan roʻyxatga olinishi tartibini belgilaydi.
Mazkur Nizomning talablari aksiyalar, korporativ va infratuzilma obligatsiyalar, shuningdek qimmatli qogʻozlarning hosilalari bilan birjadan tashqari bitimlarga tatbiq etiladi.”.
2. 1-bandda:
beshinchi xatboshidagi “boshqa” degan soʻz “valyuta” degan soʻz bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshidagi “depozitariy” degan soʻz “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi (keyingi oʻrinlarda — MD) yoki investitsiya vositachisi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 3-bandning yettinchi xatboshisidagi “depozitariyga” degan soʻz “MDga” degan soʻz bilan almashtirilsin.
4. 12-banddagi “Depozitariylarga” degan soʻz “MD va investitsiya vositachilariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 17-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “depozitariysiga” degan soʻz “investitsiya vositachisiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 18-banddagi “depozitariysi” degan soʻz “investitsiya vositachisi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. 19-banddagi “depozitariysi” degan soʻz “investitsiya vositachisi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. 22-banddagi “depozitariysidan” degan soʻz “investitsiya vositachisidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9. Quyidagi mazmundagi 241-band bilan toʻldirilsin:
“241. Mazkur boʻlim talablari MDga u begonalashtiruvchiga (garovga qoʻyuvchiga) depozitar xizmatlarini koʻrsatgan taqdirda ham tatbiq qilinadi.”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 4-son, 38-modda)