Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining buyrugʻi, 30.12.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2748
Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
17.03.2025
28.12.2024
30.11.2021
09.02.2018
15.05.2017
01.04.2016
View
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.09.00 Ma’lum bir mutaxassislik bo‘yicha xodimlarga qo‘yiladigan talablar. Kvalifikatsiya tavsiflari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘ZBEKISTON STANDARTLASHTIRISH, METROLOGIYA VA SERTIFIKATLASHTIRISH AGENTLIGI BOSH DIREKTORINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrug‘i
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muvofiqlikni baholash sohasida xodim sifatida ishtirok etishga talabgor bo‘lgan mutaxassislarni sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 30-dekabrda 2748-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-oktabrdagi 292-sonli “Muvofiqlikni baholash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining 2025-yil 27-fevraldagi 22-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2748-3, 14.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2025-y., 10/25/2748-3/0245-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Muvofiqlikni baholash sohasida xodim sifatida ishtirok etishga talabgor bo‘lgan mutaxassislarni sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh direktor A. KURBANOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 11-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
697-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2015-yil 11-dekabrdagi 697-sonli buyrug‘iga ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muvofiqlikni baholash sohasida xodim sifatida ishtirok etishga talabgor bo‘lgan mutaxassislarni sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

Ushbu Nizom muvofiqlikni baholash sohasida xodim sifatida ishtirok etishga talabgor bo‘lgan mutaxassislarni (bundan buyon matnda mutaxassislar deb yuritiladi) sertifikatlashtirish tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining 2025-yil 27-fevraldagi 22-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2748-3, 14.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2025-y., 10/25/2748-3/0245-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutaxassislarni sertifikatlashtirish organi (bundan buyon matnda MSO deb yuritiladi) — mutaxassislarni sertifikatlashtirishga doir ishlarni bajarish uchun belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan yuridik shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlar — muvofiqlikni baholashga doir ishlarni amalga oshirish uchun tayyorgarlikka va malakaga ega bo‘lgan sertifikatlashtirilgan mutaxassislar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutaxassisni sertifikatlashtirish (bundan buyon matnda sertifikatlashtirish deb yuritiladi) — mutaxassisning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash bo‘yicha faoliyat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muvofiqlik sertifikati — sertifikatlashtirilgan mutaxassisning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash uchun sertifikatlashtirish tizimi qoidalariga binoan berilgan hujjat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Sertifikatlashtirish mutaxassisning muvofiqlikni baholashga doir ishlarni amalga oshirish uchun so‘ralgan sohada vakolatliligini rasmiy tasdiqlash maqsadida o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Sertifikatlashtirish amalga oshirilmagan muvofiqlikni baholash sohasida xodim sifatida faoliyat yuritish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MSO tomonidan mazkur MSO da ishlaydigan mutaxassislarni sertifikatlashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oliy ma’lumotli, muvofiqlikni baholash sohasida mutaxassisligi bo‘yicha 3 yildan kam bo‘lmagan umumiy mehnat stajiga, shu jumladan so‘ralgan sohada mutaxassisligi bo‘yicha 1 yildan kam bo‘lmagan mehnat stajiga ega bo‘lgan mutaxassislarni sertifikatlashtirishga yo‘l qo‘yiladi. Bunda laboratoriya mutaxassislari uchun oliy ma’lumot talab etilmaydi.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2017-yil 11-apreldagi 215-sonli (ro‘yxat raqami 2748-1, 12.05.2017-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 19-son, 352-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahsulotlarni sinash bo‘yicha so‘ralgan sohada mutaxassislar uchun mutaxassisligi bo‘yicha 3 oydan kam bo‘lmagan mehnat staji talab etiladi. Bunda muvofiqlikni baholash sohasida mutaxassisligi bo‘yicha 3 yildan kam bo‘lmagan umumiy mehnat stajiga ega bo‘lish haqidagi talab ushbu toifadagi mutaxassislarga tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Sertifikatlashtirishni o‘tkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Sertifikatlashtirish quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda sertifikatlashtirishga ariza (bundan buyon matnda ariza deb yuritiladi) berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arizani ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sertifikatlashtirishni o‘tkazishga shartnoma tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sertifikatlashtirish bo‘yicha imtihon o‘tkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sertifikatlashtirish natijalari bo‘yicha qaror qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muvofiqlik sertifikatini Sertifikatlashtirish milliy tizimi davlat reyestrida (bundan buyon matnda Davlat reyestri deb yuritiladi) ro‘yxatdan o‘tkazish va berish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. MSO tomonidan sertifikatlashtirish arizaga asosan amalga oshiriladi. MSO ni tanlash mutaxassis tomonidan mustaqil amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mutaxassis MSO ga ushbu Nizomning 9-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar va ma’lumotlarni ilova qilgan holda ariza beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mutaxassis sertifikatlashtirishga arizani, unga zarur hujjatlar va ma’lumotlarni ilova qilgan holda bevosita, pochta aloqasi vositasi orqali yoki elektron shaklda berishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza elektron shaklda berilgan taqdirda MSO hujjatlarning skaner qilingan versiyasini qabul qiladi, so‘ngra ularni sertifikatlashtirish jarayonida asl nusxasi bilan taqqoslaydi. MSO elektron shakldagi ariza olingani to‘g‘risida mutaxassis xabardor qilinishini ta’minlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Arizaga:

o‘rta maxsus, kasb-hunar yoki oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom va mutaxassis tomonidan maxsus kurslar o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari yoki ko‘chirmalari. Agar mutaxassis chet mamlakatlarda ta’lim olgan bo‘lsa, chet mamlakatlarda ta’lim olganligini tasdiqlovchi hujjatning va vakolatli davlat organi tomonidan berilgan, ta’lim olganligi to‘g‘risidagi hujjatning tan olinganligi yoki ekvivalentligi qayd etilgan guvohnomaning nusxalari;
(9-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2018-yil 29-yanvardagi 38-sonli (ro‘yxat raqami 2748-2, 08.02.2018-y.) buyrug‘i tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2018-y., 10/18/2748-2/0679-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat daftarchasining ish joyida tasdiqlangan nusxasi yoxud undan ko‘chirma, yoki muvofiqlikni baholash sohasida mutaxassisligi bo‘yicha mehnat stajini tasdiqlovchi boshqa hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish joyidan tavsifnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3 x 4 sm o‘lchamidagi 4 ta fotosurat ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mutaxassis o‘z ixtiyoriga ko‘ra qo‘shimcha hujjatlarni taqdim qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlarda ko‘rsatilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun mutaxassis javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. MSO arizani ko‘rib chiqadi va taqdim etilgan hujjatlarni tahlil qiladi, natijasi bo‘yicha 3 ish kuni mobaynida arizani qabul qilish to‘g‘risida qaror qabul qiladi yoki asoslantirilgan rad javobini yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Arizani qabul qilishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutaxassis mehnat stajining ushbu Nizomning 4-bandi talablariga nomuvofiqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ma’lumot bo‘yicha mutaxassisligining so‘ralgan sohaga nomuvofiqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Nizomning 9-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar va ma’lumotlarning to‘liq taqdim etilmaganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arizaga ilova qilingan hujjatlar va ma’lumotlarning soxtaligi yoki noto‘g‘riligining aniqlanganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MSO ga arizaning mazkur MSO da bevosita ishlaydigan mutaxassis tomonidan berilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arizaning ushbu Nizom bilan belgilangan boshqa talablarga nomuvofiqligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Arizani qabul qilish rad etilganda hujjatlar mutaxassisga qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mutaxassis rad etish sabablarini bartaraf etgandan so‘ng qayta ariza berish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Ariza qabul qilingan holatda uni qabul qilgan kundan boshlab 10 kun ichida MSO va mutaxassis o‘rtasida sertifikatlashtirishni o‘tkazish to‘g‘risida shartnoma tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sertifikatlashtirishni o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnoma MSO va mutaxassisning ish beruvchisi o‘rtasida ham tuzilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Sertifikatlashtirish sertifikatlashtirishni o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomada ko‘rsatilgan qiymat to‘liq to‘langandan so‘ng amalga oshiriladi. Sertifikatlashtirish bo‘yicha ishlar qiymatining to‘lovi uning natijalaridan qat’i nazar, amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Sertifikatlashtirish bo‘yicha imtihonni o‘tkazish uchun sertifikatlashtirishni o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomada ko‘rsatilgan qiymat to‘liq to‘langandan so‘ng 30 kun ichida MSO tomonidan komissiya tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Komissiyaning shaxsiy tarkibi, a’zolarining huquq, majburiyatlari va javobgarligi MSO rahbarining qarori bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. MSO 10 kundan kam bo‘lmagan muddatda sertifikatlashtirish bo‘yicha imtihon o‘tkazilishidan oldin uning o‘tkazilishi sanasi va joyi to‘g‘risida mutaxassis va komissiya a’zolarini xabardor qilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Imtihon davlat tilida o‘tkaziladi. Imtihon MSO ning imkoniyatlari va texnik vositalaridan kelib chiqqan holda boshqa tillarda ham o‘tkazilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Sertifikatlashtirish bo‘yicha imtihon o‘tkazish shakli mutaxassisning so‘ralgan sohasidan kelib chiqib, quyidagi turlarda aniqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akkreditatsiyaning so‘ralgan sohasida — og‘zaki imtihon va testlash;
(20-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining 2025-yil 27-fevraldagi 22-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2748-3, 14.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2025-y., 10/25/2748-3/0245-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulot sinovi, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya, fitosanitariya xulosalari yoki ekologik ekspertizaning so‘ralgan sohasida — testlash va MSO va laboratoriyaga ega bo‘lgan tashkilot o‘rtasida tuzilgan tegishli shartnomaga asosan o‘quv laboratoriyalari yoki akkreditatsiya qilingan yoxud texnik jihatdan malakaliligi ma’qullangan sinov laboratoriyalarida o‘tkaziladigan amaliy imtihon.
(20-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining 2025-yil 27-fevraldagi 22-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2748-3, 14.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2025-y., 10/25/2748-3/0245-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Sertifikatlashtirish bo‘yicha imtihon topshiriqlari uning o‘tkazilish shaklidan kelib chiqib, quyidagi sonda aniqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
og‘zaki imtihon — 7 ta (4 ta — so‘ralgan soha bo‘yicha, 3 ta — muvofiqlikni baholash sohasida) savol;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
testlash — 50 ta (25 ta — so‘ralgan soha bo‘yicha, 25 ta — muvofiqlikni baholash sohasida) test;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yozma imtihon — 5 ta (3 ta — so‘ralgan soha bo‘yicha, 2 ta — muvofiqlikni baholash sohasida) savol;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amaliy imtihon — 3 ta (2 ta — so‘ralgan soha bo‘yicha, 1 ta — muvofiqlikni baholash sohasida) amaliy topshiriq.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Sertifikatlashtirish bo‘yicha imtihon o‘tkazilgandan so‘ng 1 kun ichida komissiya tomonidan o‘tkazilgan imtihon yakuni bo‘yicha uning natijalari ko‘rsatilgan bayonnoma rasmiylashtiriladi. Bayonnoma komissiya a’zolari tomonidan imzolanadi va MSO rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. O‘tkazilgan sertifikatlashtirish bo‘yicha imtihon natijalari yuzasidan MSO tomonidan muvofiqlik sertifikatini berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Muvofiqlik sertifikatini berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda ushbu qaror qabul qilingan kundan 3 ish kuni ichida muvofiqlik sertifikati rasmiylashtiriladi, Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkaziladi va mutaxassisga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan kundan boshlab 3 yilni tashkil qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Muvofiqlik sertifikati blankasi qat’iy hisobda turadigan hujjat hisoblanadi, hisobga olish raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega bo‘ladi. Muvofiqlik sertifikati blankasi mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan tayyorlanadi va MSO ga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (bundan buyon matnda Texnik jihatdan tartibga solish agentligi deb yuritiladi) tomonidan beriladi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Muvofiqlik sertifikatini berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda MSO ushbu qaror qabul qilingan kuni mutaxassisni bu haqda xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Imtihondan o‘ta olmagan mutaxassis ariza berish va shartnomani tuzish jarayonidan o‘tmagan holda muvofiqlik sertifikatini berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran 30 kun ichida 1-martadan ortiq bo‘lmagan holda qayta imtihon topshirish huquqiga ega. Qayta imtihon topshirish uchun haq to‘lanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Agar mutaxassis qayta topshirilgan imtihondan ham o‘ta olmasa yoki imtihonni qayta topshirish muddatini o‘tkazib yuborgan bo‘lsa, u ushbu Nizomga muvofiq umumiy tartibda ariza berish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Sertifikatlashtirishni o‘tkazish bilan bog‘liq hujjatlar to‘plamlari, shu jumladan arizalar, imtihon savollari, o‘tkazilgan imtihonlar natijalari bo‘yicha bayonnomalar va muvofiqlik sertifikatlari nusxalari MSO da 4 yil davomida saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Sertifikatlashtirish natijalaridan norozi bo‘lgan taqdirda mutaxassis Texnik jihatdan tartibga solish agentligining Shikoyatlarni qarab chiqish kengashiga yoki bevosita sudga murojaat etishga haqlidir.
(31-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shikoyatlarni qarab chiqish 2 hafta ichida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnik jihatdan tartibga solish agentligining Shikoyatlarni qarab chiqish kengashining qarori ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilish mumkin.
(31-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Muvofiqlik sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish va tugatish, shuningdek muvofiqlik sertifikatini bekor qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Muvofiqlik sertifikatining amal qilishi xodim tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarda, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablar buzilganda muvofiqlik sertifikatini bergan MSO va Texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan 10 kundan oshmagan muddatga, sud tomonidan 10 kundan oshgan muddatga to‘xtatib turiladi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Muvofiqlik sertifikatining amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodim muvofiqlik sertifikatining amal qilishini tugatishni so‘rab ariza bilan murojaat qilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodim normativ-huquqiy hujjatlarda, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarni muntazam ravishda buzganda yoki bir marta qo‘pol tarzda buzganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MSO ning muvofiqlik sertifikatini berish haqidagi qarori noqonuniy ekanligi aniqlanganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati o‘tganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. MSO ning muvofiqlik sertifikatining amal qilishini tugatish haqidagi qarori xodimga qaror qabul qilingan kundan e’tiboran 3 kundan kechiktirmasdan yetkaziladi. Texnik jihatdan tartibga solish agentligining muvofiqlik sertifikatining amal qilishini tugatish haqidagi qarori xodim va muvofiqlik sertifikatini bergan MSO ga qaror qabul qilingan kundan e’tiboran 3 kundan kechiktirmasdan yetkaziladi. Sudning muvofiqlik sertifikatining amal qilishini tugatish haqidagi qarori xodim va muvofiqlik sertifikatini bergan MSO ga qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlar va tartibda yetkaziladi.
(34-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xodim MSO, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi yoki sudning muvofiqlik sertifikatining amal qilishini tugatish haqidagi qarorini olgan kundan e’tiboran 5 kun ichida muvofiqlik sertifikati keyinchalik Texnik jihatdan tartibga solish agentligiga Davlat reyestridan chiqarish va yo‘q qilib yuborish uchun MSO ga qaytarilishi lozim.
(34-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Muvofiqlik sertifikatining amal qilishi uni tugatish haqida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran tugatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Muvofiqlik sertifikati u soxta hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganda muvofiqlik sertifikatini bergan MSO, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va sud tomonidan bekor qilinadi.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. MSO ning muvofiqlik sertifikatini bekor qilish haqidagi qarori xodimga qaror qabul qilingan kundan e’tiboran 3 kundan kechiktirmasdan yetkaziladi. Texnik jihatdan tartibga solish agentligining muvofiqlik sertifikatini bekor qilish haqidagi qarori xodim va muvofiqlik sertifikatini bergan MSO ga qaror qabul qilingan kundan e’tiboran 3 kundan kechiktirmasdan yetkaziladi. Sudning muvofiqlik sertifikatini bekor qilish haqidagi qarori xodim va muvofiqlik sertifikatini bergan MSO ga qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlar va tartibda yetkaziladi.
(37-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xodim MSO, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi yoki sudning muvofiqlik sertifikatini bekor qilish haqidagi qarorini olgan kundan e’tiboran 5 kun ichida muvofiqlik sertifikati keyinchalik Texnik jihatdan tartibga solish agentligiga Davlat reyestridan chiqarish va yo‘q qilib yuborish uchun MSO ga qaytarilishi lozim.
(37-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Muvofiqlik sertifikatini bekor qilish haqida MSO, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va sudning qarori qabul qilinganda muvofiqlik sertifikati u berilgan sanadan e’tiboran bekor qilingan hisoblanadi.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. MSO yoki Texnik jihatdan tartibga solish agentligining muvofiqlik sertifikatining amal qilishini tugatish yoxud muvofiqlik sertifikatini bekor qilish haqidagi qarorlari ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. MSO berilgan va bekor qilingan muvofiqlik sertifikatlari, amal qilishi to‘xtatilgan va tugatilgan muvofiqlik sertifikatlari, muvofiqlik sertifikatlarini berishni rad etish holatlari hisobini yuritadi, shuningdek har oyda Texnik jihatdan tartibga solish agentligiga mazkur ma’lumotni taqdim qilib boradi.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Texnik jihatdan tartibga solish agentligi zaruriyat bo‘lganda MSO dan sertifikatlashtirish bo‘yicha hujjatlar nusxalarini so‘rab olishi mumkin.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. MSO o‘z faoliyatini amalga oshirish natijasida mutaxassislar to‘g‘risida olingan ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlashi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlari muvofiq javob beradi.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 214-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muvofiqlikni baholash sohasida xodim sifatida ishtirok etishga talabgor bo‘lgan mutaxassislarni sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutaxassis ish beruvchisining bog‘lanish ma’lumotlari (F.I.O., lavozimi, telefon, pochta manzili, elektron pochta manzili)
2. Ta’lim to‘g‘risidagi ma’lumot:
O‘qish davri
O‘quv yurtining nomi
Diplom raqami va berilgan sanasi
3. Faoliyatning so‘ralgan sohasida ta’lim to‘g‘risidagi ma’lumot:
O‘qish davri
O‘quv yurtining nomi
Maxsus kurslar o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatning raqami va berilgan sanasi
4. Mehnat faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumot:
Mehnat faoliyati davri
Ish beruvchining nomi
Lavozim nomi
5. Vakolatliligini baholashga imkon beradigan qo‘shimcha ma’lumotlar: _________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________ 6. Ilova: _________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________
Mutaxassis
_____________ (imzo)
_____________ (F.I.O)
____________ (sana)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muvofiqlikni baholash sohasida xodim sifatida ishtirok etishga talabgor bo‘lgan mutaxassislarni sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SERTIFIKATLASHTIRISH MILLIY TIZIMI NATSIONALNAYA SISTEMA SERTIFIKATSII RESPUBLIKI UZBEKISTAN (mutaxassislarni sertifikatlashtirish organining nomi va manzili, Muvofiqlikni baholash organlarining davlat reyestridagi raqami) (naimenovaniye i adres organa po sertifikatsii spetsialistov, № v Gosudarstvennom reyestre organov po otsenke sootvetstviya)
(milliy muvofiqlik belgisi) (natsionalniy znak sootvetstviya)
Sertifikatlashtirish milliy tizimi davlat reyestrida quyidagi raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazildi: Zaregistrirovan v Gosudarstvennom reyestre natsionalnoy sistemi sertifikatsii za №:
trebovaniyam, ustanovlennim v (normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar) (normativno-pravovie akti i normativnie dokumenti v oblasti texnicheskogo regulirovaniya) belgilangan talablarga muvofiqligini dlya provedeniya rabot po otsenke sootvetstviya v kachestve personala v oblasti (sertifikatlashtirish o‘tkazilgan muvofiqlikni baholash sohasining nomi) (naimenovaniye oblasti po otsenke sootvetstviya, po kotoroy provedena sertifikatsiya) sohasida xodim sifatida muvofiqlikni baholashga doir ishlarni amalga oshirish uchun tasdiqlaydi
Mutaxassislarni sertifikatlashtirish organining rahbari Rukovoditel organa po sertifikatsii spetsialistov
(imzo) (podpis)
(F.I.O.)
(M.O‘.) (M.P.)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 52-son, 656-modda; 2017-y., 19-son, 352-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2018-y., 10/18/2748-2/0679-son; 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son; 17.03.2025-y., 10/25/2748-3/0245-son)