Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining buyrugʻi, 28.12.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2746
Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
03.12.2021
30.11.2021
31.12.2015
View
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.12.2021
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.04.00 Ochiq va umumfoydalanishi mumkin boʻlgan axborot. Davlat axborot resurslari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi)]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ochiq maʼlumotlarni shakllantirish, ularni joylashtirish va qayta ishlash reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 28-dekabrda 2746-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 21-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3340, 03.12.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 7-avgustdagi 232-son “Ochiq maʼlumotlar taqdim etilishi hisobga olingan holda Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portalini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ochiq maʼlumotlarni shakllantirish, ularni joylashtirish va qayta ishlash reglamenti ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazir X. MIRZAXIDOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 27-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
141-mh-son

Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2015-yil 27-noyabrdagi 141-mh-sonli buyrugʻiga ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ochiq maʼlumotlarni shakllantirish, ularni joylashtirish va qayta ishlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
reglamenti

Ushbu Reglament Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 7-avgustdagi 232-sonli “Ochiq maʼlumotlar taqdim etilishi hisobga olingan holda Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portalini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq ochiq maʼlumotlarni shakllantirish, ularni joylashtirish va qayta ishlash tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Ochiq maʼlumotlar portali (bundan buyon matnda Portal deb yuritiladi) — Internet tarmogʻidagi Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portali doirasida faoliyat koʻrsatuvchi hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining (bundan buyon matnda davlat organlari deb yuritiladi) ochiq maʼlumotlarini joylashtirish uchun moʻljallangan, ochiq maʼlumotlarni eʼlon qilishda va ulardan foydalanishda Portal operatori, ochiq maʼlumotlarni yetkazib beruvchilar va foydalanuvchilar oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni taʼminlovchi dasturiy va apparat vositalarining yigʻindisidan iborat axborot resursi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ochiq maʼlumotlar — koʻp marotaba, erkin va bepul foydalanish maqsadida mashinada oʻqiladigan formatda Internet tarmogʻida joylashtirilgan davlat organlarining faoliyati toʻgʻrisidagi axborot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mashinada oʻqiladigan format — maʼlumotlarni dasturiy qayta ishlanishini taʼminlovchi, ushbu maʼlumotlarni taqdim etishning elektron formati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ochiq maʼlumotlar toʻplami — ochiq maʼlumotlarning bir turdagi elementlari va ularni tavsiflovchi atributlar majmui;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ochiq maʼlumotlar toʻplamining pasporti — ochiq maʼlumotlar toʻplamini bir xil identifikatsiya qilish imkonini beruvchi ushbu toʻplam toʻgʻrisidagi maʼlumotlar majmui;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Portal operatori — Portaldan foydalanish boʻyicha faoliyatni, shu jumladan Portal maʼlumotlar bazalaridagi axborotni qayta ishlashni amalga oshiruvchi yuridik shaxs — Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ochiq maʼlumotlarni yetkazib beruvchi (bundan buyon matnda yetkazib beruvchi deb yuritiladi) — Portal operatoriga Portalda joylashtirish uchun ochiq maʼlumotlar toʻplamlarini taqdim etuvchi davlat organi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydalanuvchilar — Portaldan foydalanib ochiq maʼlumotlardan foydalana oluvchi jismoniy va yuridik shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ochiq maʼlumotlar toʻplamlarining reyestri — avtomatlashtirilgan rejimda ochiq maʼlumotlar toʻplamlarini qidirish va ularning asosiy parametrlarini, shu jumladan ochiq maʼlumotlar toʻplamlaridan foydalanish uchun zarur boʻlgan havolalarni olish imkonini beradigan ochiq maʼlumotlar toʻplamlarining tizimlashtirilgan roʻyxati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ochiq maʼlumotlar” boʻlimi — faqat ochiq maʼlumotlar toʻplamlari eʼlon qilinishi amalga oshiriladigan davlat organlarining rasmiy veb-saytidagi boʻlimi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ochiq maʼlumotlar davlat organlari tomonidan, oʻz funksiya va vakolatlarini bajarishlari munosabati bilan yaratiladi, jamlanadi va saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Portal operatorining asosiy vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar Portal operatorining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Portalning uzluksiz ishlashini, shu jumladan axborot xavfsizligi sohasidagi talablarga muvofiq ochiq maʼlumotlarning Portalda saqlanishi va himoyalanishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetkazib beruvchilar tomonidan shakllantirilgan ochiq maʼlumotlar toʻplamlari Portalda mashinada oʻqiladigan formatda, ochiq maʼlumotlardan takror foydalanishga toʻsqinlik qiladigan cheklovlarsiz joylashtirilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Portalda joylashtirilgan ochiq maʼlumotlar foydalanuvchilari uchun doimiy ravishda foydalanish imkoniyatini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ochiq maʼlumotlar toʻplamlarining pasportlarini tuzish, rasmiylashtirish va Portalda eʼlon qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Portalning dasturiy-texnik vositalari yordamida tushgan foydalanuvchilarning axborot xabarlarini tegishli yetkazib beruvchilarga, xabarlar foydalanuvchidan olingan kundan keyingi kundan kechiktirmay qayta ishlash va koʻrib chiqish uchun yuborish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Portalda eʼlon qilingan ochiq maʼlumotlar toʻplamlari dolzarbligining doimiy monitoringini olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Portaldagi talab kuchli boʻlgan ochiq maʼlumotlar toʻplamlari statistikasining eʼlon qilinishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Portaldagi ochiq maʼlumotlar toʻplamini yangilash muddati kechiktirilgan taqdirda yetkazib beruvchini xabardor qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Ochiq maʼlumotlar toʻplamlarini rasmiylashtirish formatlari va qoidalariga, shuningdek ularga kiritiladigan axborotning tarkibiga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ochiq maʼlumotlar toʻplamlari lotin alifbosidan foydalanilgan holda davlat tilida taqdim etiladi. Ochiq maʼlumotlar toʻplamlari ularni joylashtirish imkoniyati va texnik vositalar mavjud boʻlganda qoʻshimcha ravishda boshqa tillarda ham taqdim etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Ochiq maʼlumotlar toʻplamlari ularni rasmiylashtirish formatlari va qoidalarining quyidagi talablariga javob berishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mashinada oʻqiladigan formatda (XLSX, CSV, XML, JSON, PDF) eʼlon qilinishi kerak. CSV formatida yassi jadval shakliga ega maʼlumotlar eʼlon qilinishi kerak, bunda yozuv tarkibida satrni koʻchirish simvolidan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi. Murakkab iyerarxiyali maʼlumotlarni XML formatida eʼlon qilish zarur;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
katta hajmlar, tez-tez yangilanishlar yoki spetsifik tanlovlarni shakllantirish zarur boʻlgan hollarda, eʼlon qilingan spetsifikatsiyaga ega boʻlgan dasturiy interfeys orqali taqdim etilishi kerak. Bunda ochiq maʼlumotlar toʻplamidan avtomatik foydalana olishni amalga oshirish uchun yetarli boʻlgan ochiq maʼlumotlar toʻplami sahifasida dasturiy interfeysning toʻliq tavsifi (bayonnomalar spetsifikatsiyalari, maʼlumotlar formati, servisdan foydalana olishning birlamchi parametrlari va boshqalar) keltirilishi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ochiq maʼlumotlar toʻplamlaridagi maʼlumotlar ulardan dasturiy interfeys orqali avtomatik foydalana olish imkoniyati bilan taʼminlanishi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ochiq maʼlumotlar toʻplamining saqlanadigan versiyalari soni foydalanuvchilarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda, saqlash uchun resurs imkoniyatlaridan kelib chiqib belgilanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ochiq maʼlumotlar toʻplamlarining tuzilmasi ochiq maʼlumotlar toʻplamining har bir axborot maydoni tavsifini namoyish etishi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ochiq maʼlumotlar toʻplamining tuzilmasi oʻzgartirilganda tuzilmaning versiyaliligi va bu versiyaning ochiq maʼlumotlarning keyingi toʻplamlariga mos kelishi taʼminlanishi kerak. Ochiq maʼlumotlar toʻplamlari tuzilmasining har bir saqlanadigan versiyasi havolaga ega boʻlishi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ochiq maʼlumotlar toʻplami har bir tuzilmasining atributlari ingliz tilidagi nomlar yoki qisqa transliteratsiya matni koʻrinishida ingliz tilida koʻrsatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Portalda ochiq maʼlumotlar toʻplamlarida eʼlon qilinadigan maʼlumotlar “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining talablari asosida shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Ochiq maʼlumotlar toʻplamiga kiritiladigan axborot quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy shaxslarning shaxsiy maʼlumotlaridan foydalana olishni taʼminlamasligi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat, bank, tijorat, soliq yoki qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa sirni oʻz ichiga olgan maʼlumotlarni, shuningdek maxfiy axborotni oshkor qilmasligi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
notoʻgʻri maʼlumotlarni oʻz ichiga olmasligi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlangan boshqa maʼlumotlarni oʻz ichiga olmasligi kerak.
(7-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Ochiq maʼlumotlar toʻplamining pasportini rasmiylashtirish formatlari va qoidalariga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Eʼlon qilinadigan ochiq maʼlumotlar toʻplamlariga Portal operatori tomonidan 2010-yil versiyasidan past boʻlmagan MS Word formatida tuziladigan va rasmiylashtiriladigan ochiq maʼlumotlar toʻplamining pasporti ilova qilinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Ochiq maʼlumotlar toʻplamining pasporti lotin alifbosidan foydalanilgan holda davlat tilida tuzilgan boʻlishi kerak. Ochiq maʼlumotlar toʻplamining pasporti qoʻshimcha ravishda boshqa tillarda ham tuzilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Ochiq maʼlumotlar toʻplamining pasporti quyidagi axborotni oʻz ichiga olishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Portal operatori tomonidan beriladigan ochiq maʼlumotlar toʻplamining identifikatsiya raqami (kodi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ochiq maʼlumotlar toʻplamining toʻliq nomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ochiq maʼlumotlar toʻplamining tavsifi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetkazib beruvchining nomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ochiq maʼlumotlarning toʻplamlarini Portalda eʼlon qilish masalalari boʻyicha yetkazib beruvchining masʼul shaxsi (bundan buyon matnda masʼul shaxs deb yuritiladi) bilan bogʻlanish maʼlumotlari (F.I.O., telefon raqami, “UZ” domenli elektron pochta manzili);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa veb-resurslardagi ochiq maʼlumotlar toʻplamiga havola;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ochiq maʼlumotlar toʻplamining formati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ochiq maʼlumotlar toʻplami tuzilmasining tavsifi. Bunda ochiq maʼlumotlar toʻplami tuzilmasining tavsifini oʻz ichiga olgan faylga havola kiritilishi lozim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ochiq maʼlumotlar toʻplamining birinchi eʼlon qilingan sanasi, shu jumladan boshqa veb-resurslarda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oxirgi kiritilgan oʻzgartirishlar sanasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oxirgi kiritilgan oʻzgartirish mazmuni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ochiq maʼlumotlar toʻplamining avvalgi versiyasiga havola;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ochiq maʼlumotlar toʻplamini yangilash davriyligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ochiq maʼlumotlar toʻplamining mazmuniga mos keluvchi kalit soʻzlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Ochiq maʼlumotlar toʻplamining pasporti quyidagi uni rasmiylashtirish formatlari va qoidalariga qoʻyiladigan talablarga javob berishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shrifti — “Times New Roman”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shrift oʻlchami — 14;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
joylashishi — sahifaning chap tomoni boʻyicha.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Ochiq maʼlumotlar toʻplamining pasportini toʻldirish namunasi ushbu Reglamentga ilovada keltirilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Ochiq maʼlumotlarni Portalda joylashtirish va Portalda joylashtirilgan ochiq maʼlumotlar bilan ishlash maqsadida Portal operatori, yetkazib beruvchilar va foydalanuvchilarning oʻzaro hamkorligi, shuningdek ochiq maʼlumotlarni Portalda joylashtirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Ochiq maʼlumotlarni Portalda joylashtirish va Portalda joylashtirilgan ochiq maʼlumotlar bilan ishlash maqsadida Portal operatori va yetkazib beruvchilarning oʻzaro hamkorligi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 7-avgustdagi 232-sonli “Ochiq maʼlumotlar taqdim etilishi hisobga olingan holda Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portalini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Ochiq maʼlumotlar toʻplamlarini Portalda eʼlon qilish uchun masʼul shaxs data.gov.uz veb-saytida roʻyxatdan oʻtadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Masʼul shaxs roʻyxatdan oʻtgandan keyin yetkazib beruvchi Portal operatoriga ochiq maʼlumotlar toʻplamini Portalda eʼlon qilish uchun masʼul shaxsning maʼlumotlarini koʻrsatgan va zarur materiallarni ilova qilgan holda rasmiy soʻrov yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Etkazib beruvchidan rasmiy soʻrovni olgandan keyin Portal operatori masʼul shaxsga ochiq maʼlumotlar toʻplamlarini eʼlon qilish uchun Portalda shaxsiy kabinetga kirish imkoniyatini taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Masʼul shaxs roʻyxatdan oʻtib, shaxsiy kabinetga kirish imkoniyatiga ega boʻlganidan soʻng Portalda ochiq maʼlumotlar toʻplamlarini eʼlon qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Har bir foydalanuvchi Internet tarmogʻi orqali data.gov.uz veb-saytida Portaldagi ochiq maʼlumotlardan foydalanish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Foydalanuvchilar Portal operatoriga Portalning dasturiy-texnik vositalaridan foydalangan holda uning faoliyat koʻrsatish masalalari boʻyicha va yetkazib beruvchilarga Portalda joylashtirilgan ochiq maʼlumotlar toʻplamlari yuzasidan axborot xabarlarini yuborishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Ochiq maʼlumotlar toʻplamini Portalda joylashtirishda majburiy tartibda ochiq maʼlumotlardan foydalanish shartlari yoki ularga boʻlgan havolani koʻrsatish zarur. Bunda ochiq maʼlumotlardan foydalanish shartlari foydalanuvchilardan yetkazib beruvchilar bilan biror-bir shartnoma tuzilishini talab qilmasligi va foydalanuvchilarni ochiq maʼlumotlarni notijorat va (yoki) tijorat maqsadlarida qoʻllashini cheklamasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Ochiq maʼlumotlardan foydalanish bepul asosda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Ochiq maʼlumotlar toʻplamini va ochiq maʼlumotlar toʻplamining pasportini Internet tarmogʻida joylashtirish qoidalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Ochiq maʼlumotlar toʻplamini va ochiq maʼlumotlar toʻplamining pasportini Internet tarmogʻida joylashtirish, Portalda joylashtirishdan tashqari, davlat organining rasmiy veb-saytida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Ochiq maʼlumotlar toʻplamini va ochiq maʼlumotlar toʻplamining pasportini davlat organining rasmiy veb-saytida joylashtirish uchun quyidagilar zarur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ochiq maʼlumotlar toʻplamlarini mashinada oʻqiladigan formatda eʼlon qilish uchun “Ochiq maʼlumotlar” boʻlimini yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
veb-saytning bosh sahifasida “Ochiq maʼlumotlar” boʻlimiga vizual farqlanadigan havolani kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ochiq maʼlumotlar” boʻlimida ochiq maʼlumotlar toʻplamlarining alohida sahifalariga havolalardan iborat ochiq maʼlumotlar toʻplamlarining reyestrini koʻrsatish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Ochiq maʼlumotlar toʻplamini va ochiq maʼlumotlar toʻplamining pasportini Internet tarmogʻida joylashtirish qoʻshimcha ravishda boshqa veb-resurslarda ham ixtiyoriy shaklda amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Yakuniy qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Ushbu Reglament talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ochiq maʼlumotlarni shakllantirish, ularni joylashtirish va qayta ishlash reglamentiga ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ochiq maʼlumotlar toʻplamining pasportini toʻldirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
namunasi

Ochiq maʼlumotlar toʻplamining pasporti
T/r
Xarakteristikasi
Tavsifi
1.
Ochiq maʼlumotlar toʻplamining identifikatsiya raqami (kodi)
17-16
2.
Ochiq maʼlumotlar toʻplamining nomi
Oliy taʼlim muassasalari toʻgʻrisida axborot
3.
Ochiq m�ʼlumotlar toʻplamining tavsifi
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari toʻgʻrisidagi asosiy axborot
4.
Ochiq maʼlumotlarni yetkazib beruvchining nomi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
5.
Masʼul shaxs bilan bogʻlanish maʼlumotlari
F.I.O.,
Telefon: +99800-000-00-00,
Elektron pochta manzili: xxxx@xxx.uz
6.
Ochiq maʼlumotlar toʻplamiga havola
http://edu.uz/___________________
7.
Ochiq maʼlumotlar toʻplamining formati
XML, CSV
8.
Ochiq maʼlumotlar toʻplami tuzilmasining tavsifi
http://edu.uz/___________________
9.
Ochiq maʼlumotlar toʻplamining birinchi eʼlon qilingan sanasi
kk.oo.yyyy
10.
Oxirgi oʻzgartirish kiritilgan sana
kk.oo.yyyy
11.
Oxirgi oʻzgartirish mazmun�
Ayrim oliy oʻquv yurtlarining nomi oʻzgartirilgan
12.
Ochiq maʼlumotlar toʻplamining avvalgi versiyasiga havola
http://data.gov.uz/___________________
13.
Ochiq maʼlumotlar toʻplamini yangilash davriyligi
Har oy
14.
Ochiq maʼlumotlar toʻplami mazmuniga mos keluvchi kalit soʻzlar
Oliy oʻquv yurti, institut, universitet, kafedra
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 52-son, 648-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)