23.01.1997 yildagi PF-1701-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 23.01.1997 yildagi PF-1701-son
Date of entry into force
23.01.1997
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni

O‘ZBEKISTON BADIIY AKADEMIYASINI TAShKIL ETISh HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston hududida qadimdan shakllangan, jahoniy shuhrat qozongan nafis san’atlar maktabining noyob an’analarini avaylab asrash, o‘rganish, boyitib borish, milliy tasviriy, amaliy miniatyura san’atimizning nodir durdonalarini dunyoga olib chiqish va targ‘ib qilish, ulardan xalqimiz ongida milliy g‘urur va iftixor, istiqlol va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kuchaytirish yo‘lida keng foydalanish, zamon talablariga mos badiiy ta’lim tizimini barpo etish, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, akademik ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada takomillashtirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Rassomlar uyushmasi, atoqli san’at namoyondalari va keng jamoatchilikning takliflarini inobatga olib, O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilab qo‘yilsinki, Akademiya Badiiy ijodkorlar uyushmasi va uning asosida o‘z Boshqaruv kengashiga, haqiqiy hamda faxriy a’zolariga ega bo‘ladi. Uning tarkibiy tizimi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Badiiy Akademiya faoliyatida ijodiy, o‘quv va ilmiy hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari asosida yo‘nalishlar ekanligi e’tiborga olinsin. Quyidagilar Akademiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘zbek xalqining boy badiiy merosi, uning jahon san’ati tarixidagi o‘rni, taraqqiyot bosqichlar va zamonaviy yo‘nalishlarni chuqur o‘rganish hamda rivojlanish istiqbollarini belgilash, milliy mustaqillik g‘oyalariga mos tadqiqotlar, darsliklar, metodik qo‘llanmalar yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tasviriy va amaliy san’atlar sohasidagi ijodkorlarni, eng avvalo, yosh iste’dodlarni xalqimizning boy ma’naviy dunyosi, ozod va obod Vatan kelajagi oldidagi mas’uliyat, milliy o‘zlikni anglash g‘oyalarini tarannum etuvchi yorqin asarlar yaratishga yo‘naltirish hamda bu yo‘ldagi harakatlarni rag‘batlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijodkorlarni, iqtidorli yoshlarni ijtimoiy-iqtisodiy muhofaza qilish hamda soha muassasalarining moddiy-texnik negizini mustahkamlashni davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tasviriy va amaliy san’at, dizayn, xalq hunarmandchiligi sohalari bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash tizimini takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro ijodiy, ilmiy aloqalarni mustahkamlash, O‘zbekistonda va xorijda keng ko‘rgazma faoliyati orqali o‘zbek milliy san’ati yutuqlarini dunyo jamoatchiligiga tanitish, simpoziumlar, boshqa anjumanlar o‘tkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Badiiy Akademiya tarkibidagi muassasalarning tashkiliy, moddiy-texnik masalalarni hal qilish, ularni zamonaviy texnika hamda zarur anjomlar bilan ta’minlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Badiiy Akademiya tarkibida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mannon Uyg‘ur nomidagi Toshkent davlat san’at institutining rassomlik fakulteti va Respublika rassomlik bilim yurti negizlarida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika o‘rta maxsus san’at maktab-internati negizida tasviriy va amaliy san’at litseyi,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda mavjud san’at maktablari negizida bittadan tasviriy va amaliy san’at litseylari tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti qoshida o‘rta maxsus ta’lim bo‘g‘ini saqlab qolinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Badiiy Akademiyaning moddiy-texnik negizini mustahkamlash, sohani rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli dasturlarni amalga oshirishni ta’minlash maqsadida maxsus jamg‘arma tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Badiiy Akademiya tarkibiga quyidagi muassasalar kirishi belgilab qo‘yilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 7-iyuldagi PF-4118-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan— O‘R QHT, 2009-y., 28-son, 323-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi tasviriy va amaliy san’at litseylari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus jamg‘arma
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akademiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Badiiy Akademiya tashkil etilishi munosabati bilan Madaniyat ishlari vazirligi qoshida amaliy san’at rassomlik dizayn sohalaridagi tashkilotlar va korxonalar negizida maxsus ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi tuzilsin. Bu birlashmaning Badiiy Akademiyada yaratilgan ijodiy g‘oyalari, mukammal badiiy loyihalar, nafis san’atlar sohasidagi ilmiy izlanishlarni ishlab chiqarishga tadbiq etish markazi, ta’lim tizimining asosiy tajriba-amaliyot tayanchi bo‘lishi belgilab qo‘yilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Badiiy Akademiya va uning tasarrufidagi tashkilotlar o‘z Nizomlari doirasida faoliyatlari uchun davlat soliqlaridan 5 yilga muddatga ozod etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soliqdan ozod etilishi natijasida yig‘ilgan mablag‘larning sohaning yanada rivojlantirishga, uning moddiy-texnik negizini mustahkamlashga, shuningdek, xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy muhofaza qilish ishlariga sarflanishi belgilab qo‘yilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 25-iyuldagi PF-3781-sonli Farmoni bilan kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2006-y., 31-32-son, 308-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Badiiy Akademiyaning markaziy apparati Toshkent shahar Sh. Rashidov ko‘chasi 40-uyga joylashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasi Badiiy Akademiyaning yangi zamonaviy binosini, eksperimental haykaltaroshlik ishlab chiqarish kombinatini, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining 500 o‘rinli yotoqxonasini loyihalashtirish va qurish, shuningdek, mazkur institut hamda Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasining binolarini to‘liq ta’mirlash uchun tegishli mablag‘ ajratishni 1997—1999-yillar rejasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur Farmonda belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur mablag‘larni ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga zarur o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni ishlab chiqsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda ushbu Farmonning bajarilishini ta’minlash yuzasidan tegishli qaror qabul qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1997-yil 23-yanvar,

PF-1701-son