23.11.2015 yildagi 334-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 23.11.2015 yildagi 334-son
Date of entry into force
30.11.2015
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro moliya institutlari ishtirokida investitsiya loyihalarini amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiyotni tarkibiy oʻzgartirish, tarmoqlarni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash dasturlarining oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash, xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari va donor mamlakatlarni jalb etgan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini amalga oshirish tizimini yanada takomillashtirish, loyihalarni amalga oshirish samaradorligini oshirish va muddatlarini qisqartirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan tayyorlangan xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari va donor mamlakatlar ishtirokidagi investitsiya loyihalari doirasida tashkil etilgan va faoliyatini amalga oshirayotgan loyihani amalga oshirish guruhlari sonining ilovaga* muvofiq maqbullashtirilgan roʻyxati va shtatdagi xodimlar soni maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Oʻzkommunxizmat” agentligi, “Oʻzbekenergo” aksiyadorlik jamiyati, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi, Toshkent shahri hokimligi, boshqa tashkilotlar — loyihalarning tashabbuskorlari 2016-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatda belgilangan tartibda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu qaror talablariga muvofiq loyihani amalga oshirish guruhlarini qayta tashkil etish va ularning shtat jadvalini oʻzgartirish boʻyicha zarur tadbirlar amalga oshirilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qayta tashkil etilgan loyihani amalga oshirish guruhlari zarur tajriba va bilimlarga ega boʻlgan yuqori malakali kadrlar bilan butlanishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi — Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki va xalqaro moliya institutlarida, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari va donor mamlakatlardagi boshqaruvchilar idoralari belgilangan tartibda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihani amalga oshirish guruhlari faoliyatini maqbullashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari va donor mamlakatlar bilan kelishilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 23-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
334-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 47-son, 597-modda)