Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.03.2017 29.03.2004 yildagi 148-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori , 29.03.2004 yildagi 148-son
Date of entry into force
29.03.2004
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.03.2017
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

OʻSIMLIKLARNI HIMOYa QILISh XIZMATI TUZILMASINI TAKOMILLAShTIRISh VA SAMARADORLIGINI OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 131-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻsimliklarni himoya qilish va qishloq xoʻjaligiga agrokimyoviy xizmatlarni koʻrsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 24-oktabrdagi PQ-2640-son qarori)” qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi ekinlarini zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish ishlari sifatini yaxshilash, oʻsimliklarni himoya qilish xizmatini takomillashtirish, himoya tadbirlari samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Maʼmuriy islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni boshqarish tuzilmasini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash Respublika komissiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining tugatilgan “Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining qishloq xoʻjaligiga agrokimyo xizmati koʻrsatish korxonalari va tashkilotlari negizida Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzurida Respublika oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyo markazi tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyo markazining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyo markazini boshqarish ijro etuvchi apparatining xodimlarning cheklangan umumiy soni 20 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 17 nafar boʻlgan tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar Oʻsimliklarni himoya qilish markazi ijro etuvchi apparatining namunaviy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika agrokimyo stansiyasi markaziy apparati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar agrokimyo stansiyasi apparati tuzilmasi 4 va 5-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar Respublika oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyo markazining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligida oʻsimliklarni kimyoviy va biologik himoya qilish, oʻsimliklar kasalliklari, qishloq xoʻjaligi zararkunandalari, begona oʻtlar va chigirtkaga qarshi kurashish va ularning profilaktikasi boʻyicha yagona texnika va texnologiya siyosatini oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kompleks tadqiqotlarni amalga oshirish, zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻtlarning tarqalishi imkoniyatlarini oʻrganish va prognoz qilish, qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini himoyaning kimyoviy va biologik vositalari, stimulyatorlar bilan taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi korxonalari va aholini oʻsimliklarni himoya qilish sohasida metodik taʼminlash, qishloq xoʻjaligiga agrokimyo xizmati koʻrsatish boʻyicha ishlarni shartnoma shartlarida amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi ekinlarining oʻta xavfli zararkunandalarini qirib tashlashning ilmiy asoslangan tadbirlarini oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻsimliklarni himoya qilish sohasida rahbarlar va mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Adliya vazirligi bilan birgalikda Respublika oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyo markazi toʻgʻrisidagi nizomni, uning hududiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni, shuningdek Kimyoviy va biologik mahsulotlarga buyurtmanomalarni shakllantirish va qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini ular bilan taʼminlash tartibini tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda Oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyo markazi hududiy boʻlinmalarini tashkil etishga doir tashkiliy tadbirlarni amalga oshirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyo markazi hamda uning hududiy va tasarrufidagi tashkilotlar faoliyatini budjet mablagʻlari va xoʻjalik hisobidagi faoliyatdan olinadigan daromadlar hisobiga moliyalashtirishning amaldagi tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston oʻsimliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti va uning filiallari uchun — Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazidagi moliyalashtirish va xodimlar mehnatiga haq toʻlashning amaldagi shartlari saqlab qolinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Quyidagilarga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vaziriga zarurat boʻlganda Respublika oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyo markazining markaziy apparati va tasarrufidagi tashkilotlar tuzilmasiga xodimlarning belgilangan soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyo markaziga xorijiy investorlardan tushadigan mablagʻlar, xalqaro grantlar va boshqa manbalar (budjet mablagʻlaridan tashqari) hisobiga belgilangan tartibda maxsus innovatsiya jamgʻarmasi tashkil etish huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Tugatilgan “Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va uning boʻlinmalari tomonidan budjet mablagʻlari hisobiga sotib olingan asosiy va aylanma vositalar Respublika oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyo markaziga va unga qarashli tashkilotlarga berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Respublika oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyo markazi uchun 2 ta yengil avtomobil limiti belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Respublika oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyo markazi Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur koʻchasi, 4-uydagi Oʻzbekiston oʻsimliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti binosiga joylashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Respublika oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyo markazini telefon aloqasi, shu jumladan Hukumat telefon aloqasi bilan belgilangan tartibda taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻz normativ hujjatlarini ushbu qarorga belgilangan tartibda muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2004-yil 29-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
148-son

Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 29-martdagi 148-son qaroriga
1-ILOVA

Respublika oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyo markazining tashkiliy tuzilmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 29-martdagi 148-son qaroriga
2-ILOVA

Respublika oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyo markazining ijro etuvchi apparati tuzilmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 29-martdagi 148-son qaroriga
3-ILOVA

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar Oʻsimliklarni himoya qilish markazlari ijro etuvchi apparatining namunaviy tuzilmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 29-martdagi 148-son qaroriga
4-ILOVA

Respublika agrokimyo stansiyasi markaziy apparatining tuzilmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 29-martdagi 148-son qaroriga
5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar agrokimyo stansiyasi apparatining tuzilmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 13-son, 150-modda)