Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.12.2021 26.07.2002 yildagi 268-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 26.07.2002 yildagi 268-son
Date of entry into force
26.07.2002
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.12.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Begʻaraz yordamdan maqsadli foydalanilishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli “Tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb etish mexanizmlarini va donorlar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasiga davlatlar, davlatlarning hukumatlari, xalqaro va chet el hukumat tashkilotlari, chet el fuqarolari, shuningdek xalqaro va chet el nohukumat tashkilotlari tomonidan koʻrsatilayotgan begʻaraz yordamdan qatʼiyan maqsadli foydalanilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-noyabrdagi 251-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 46-son, 350-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muruvvat loyihalarining amalga oshirilishi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida muruvvat yordami yuklarini taqsimlash va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish bilan bogʻliq masalalarning muvofiqlashtirilishi uchun masʼuliyat — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari kotibiyati va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-avgustdagi 524-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnik koʻmaklashish mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish bilan bogʻliq masalalarning muvofiqlashtirilishi uchun masʼuliyat Moliya vazirligiga yuklansin.
(2-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 28-yanvardagi 22-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 5-son, 41-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasiga muruvvat yordami va begʻaraz texnik koʻmaklashish doirasida tushgan tovarlardan tijorat maqsadlarida foydalanish qatʼiy taqiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrsatib oʻtilgan tovarlar sotilgan, ijaraga berilgan yoki ulardan boshqa maqsadlarda foydalanilgan taqdirda aybdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq qatʼiy javobgarlikka tortiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy kompleksi ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga muruvvat yordami boʻyicha doimiy ishlovchi ishchi guruhning yangilangan tarkibini tasdiqlash uchun kiritsin, unga qoʻshimcha ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasining mutaxassislarini kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar tasdiqlangan Muruvvat yordami yuklarini qabul qilish, hisobga olish, aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlash va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi hamda muruvvat loyihalari monitoringi toʻgʻrisidagi Nizomni hisobga olgan holda muruvvat yordami boʻyicha tegishli ravishda hududiy va tarmoq komissiyalari tashkil etsinlar.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi muruvvat yordami yuklarini kuzatib boruvchi va begʻaraz yordam loyihalarini amalga oshirishda qatnashuvchi shaxslarga kelish vizalari konsullik yigʻimlari undirilmasdan rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muruvvat yordami yuklari Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab transportda tashilishi chogʻida ularning saqlanishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
begʻaraz yordam dasturlari doirasida ishlovchi xorijiy fuqarolarga davlat bojlari undirmasdan koʻp martalik vizalar bersin va ularning muddatini uzaytirsin, vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazsin va roʻyxatdan oʻtkazish muddatini uzaytirsin.
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2002-yil 26-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
268-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-noyabrdagi 251-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 46-son, 350-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-noyabrdagi 251-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.— Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 46-son, 350-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 26-iyuldagi 268-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida muruvvat yordami dasturlarini muvofiqlashtirish toʻgʻrisida” 1995-yil 25-apreldagi 146-son qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-sentabrdagi 359-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarning 1-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2001-yil 6-apreldagi 162-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarning 10-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 8-maydagi 207-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 5-son, 26-modda) bilan tasdiqlangan “Xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalarini, konsullik muassasalarini, xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalarini hamda ular xodimlarini Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzurida akkreditatsiya qilish tartibi”ga 1-ilova 1-bandining “v” kichik bandi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 14-son, 112-modda; 2003-y., 4-son, 42-modda; 2004-y., 17-son, 199-modda; 2005-y., 8-9-son, 67-modda, 46-son, 350-modda; 2009-y., 5-son, 41-modda, 46-son,498-modda; 2012-y., 36-son, 412-modda, 44-son, 507-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; 2017-y., 15-son, 249-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son; 01.06.2018-y., 09/18/400/1289-son, 25.08.2018-y., 09/18/680/1791-son; 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son; 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son)