13.11.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2727
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori, 13.11.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2727
Date of entry into force
16.02.2016
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.

Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda tijorat banklari tomonidan ko‘rsatiladigan barcha turdagi xizmatlarda elektron raqamli imzodan foydalanish qoidalarini tasdiqlash haqida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 4-avgustdagi 25-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3916, 04.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 13-noyabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2727]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-iyuldagi 190-sonli “Elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatdan o‘tkazish markazlari faoliyatini yanada tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda tijorat banklari tomonidan ko‘rsatiladigan barcha turdagi xizmatlarda elektron raqamli imzodan foydalanish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 4-avgustdagi 25-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3916, 04.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,

2015-yil 9-noyabr,

2015-33-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari A. FAYZULLAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 9-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
136-mh-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 9-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
337-V-son

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 9-noyabrdagi 2015-33, 136-mh, 337-V-sonli qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda tijorat banklari tomonidan ko‘rsatiladigan barcha turdagi xizmatlarda elektron raqamli imzodan foydalanish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QOIDALARI
(ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 4-avgustdagi 25-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3916, 04.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi va “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi qonunlari, Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 26-sentabrdagi 215-sonli “Elektron raqamli imzodan foydalanish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish to‘g‘risida”gi, 2007-yil 23-avgustdagi 181-sonli “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro hamkorligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 2015-yil 15-iyuldagi 190-sonli “Elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatdan o‘tkazish markazlari faoliyatini yanada tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlariga asosan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda tijorat banklari tomonidan ko‘rsatiladigan barcha turdagi xizmatlarda elektron raqamli imzodan foydalanish tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 4-avgustdagi 25-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3916, 04.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi huzuridagi Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi (bundan buyon matnda ro‘yxatga olish markazi) tomonidan berilgan elektron raqamli imzo kaliti sertifikatiga ega bo‘lgan shaxslar respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda tijorat banklari tomonidan ko‘rsatiladigan barcha turdagi xizmatlardan erkin foydalana oladi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 4-avgustdagi 25-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3916, 04.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron raqamli imzo (bundan buyon matnda ERI deb yuritiladi) — elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini ERIning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o‘zgartirish natijasida hosil qilingan hamda ERIning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligini aniqlash va ERI yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmatlarni bajaruvchilar — respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda tijorat banklari;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 4-avgustdagi 25-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3916, 04.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydalanuvchi — xizmatlarni bajaruvchilarga axborot tizimi orqali elektron so‘rov bilan murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron xizmat — foydalanuvchining elektron so‘rovi asosida xizmat bajaruvchilar tomonidan vakolatlari doirasida aloqa kanallari orqali barcha turdagi xizmatlarni ko‘rsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron so‘rov — xizmatlarni bajaruvchilarga elektron hujjat shaklida taqdim etiladigan elektron xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi talab;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron hujjat — elektron shaklda qayd etilgan, ERI bilan tasdiqlangan hamda elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo‘lgan axborot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli shaxs — ustav, shartnoma, tegishli xatti-harakatlarni sodir etish huquqiga ishonchnoma asosida ro‘yxatga olish markazi nomidan ish ko‘ruvchi uning xodimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ERIning yopiq kaliti — ERI vositalaridan foydalangan holda hosil qilingan, faqat imzo qo‘yuvchi shaxsning o‘ziga ma’lum bo‘lgan va elektron hujjatda ERIni yaratish uchun mo‘ljallangan belgilar ketma-ketligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ERIning ochiq kaliti — ERI vositalaridan foydalangan holda hosil qilingan, ERIning yopiq kalitiga mos keluvchi, axborot tizimining har qanday foydalanuvchisi foydalana oladigan va elektron hujjatdagi ERIning haqiqiyligini tasdiqlash uchun mo‘ljallangan belgilar ketma-ketligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ERI kalitining sertifikati — ERIning ochiq kaliti ERIning yopiq kalitiga mosligini tasdiqlaydigan va ERI yopiq kalitining egasiga ro‘yxatga olish markazi tomonidan berilgan hujjat. ERI kalitining sertifikati elektron hujjat shaklida va qog‘oz hujjat shaklida tayyorlanishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ERI vositalari — elektron hujjatda ERI yaratilishini, ERIning haqiqiyligi tasdiqlanishini, ERIning yopiq va ochiq kalitlari yaratilishini ta’minlaydigan barcha texnikaviy va dasturiy vositalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ERIning haqiqiyligini tasdiqlash — ERIning ERI yopiq kalitining egasiga tegishliligi va elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligi tekshirilgandagi ijobiy natija;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ERI kaliti sertifikatining haqiqiyligini tasdiqlash — ERI kalitining sertifikati ERIning yopiq kaliti egasiga tegishliligi va ERI kalitining sertifikatidagi axborotda xatolik yo‘qligi tekshirilgandagi ijobiy natija.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. ERI kalitining sertifikatini berish tartibi hamda ERI foydalanuvchilari va egalarining huquq va majburiyatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 26-sentabrdagi 215-sonli qarori bilan tasdiqlangan Elektron raqamli imzo kalitlarini ro‘yxatga olish markazlarining faoliyat ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomi bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Foydalanuvchini identifikatsiyalash va elektron so‘rovdagi ERIning haqiqiyligini tekshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Xizmatlarni bajaruvchilar tomonidan foydalanuvchini identifikatsiyalash elektron so‘rovdagi va ERI kalitining sertifikatidagi rekvizitlar asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Xizmatlarni bajaruvchilarga foydalanuvchi tomonidan elektron so‘rov ERI kalitining sertifikati bilan birgalikda yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Elektron so‘rovdagi ERIning haqiqiyligini tekshirish xizmatlarni bajaruvchilar tomonidan ERI vositalaridan foydalanilgan holda elektron so‘rov kelib tushgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Elektron so‘rovdagi ERIning haqiqiyligini tekshirish quyidagi usullar bilan amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligini aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ERI kaliti sertifikatining haqiqiyligini tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ERI kaliti sertifikatining maqomini tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron so‘rov maqsadi ERI kaliti sertifikatida ko‘rsatilgan maqsadlarga muvofiqligini tekshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Elektron so‘rovdagi ERIning haqiqiyligini tekshirish ushbu Qoidalarning 7-bandida ko‘rsatilgan barcha usullardan foydalanilgan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligini aniqlash xizmatlarni bajaruvchilar tomonidan ERIning ochiq kaliti yordamida ERI vositalaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. ERI kaliti sertifikatining haqiqiyligini tekshirish xizmatlarni bajaruvchilar tomonidan ERI vositalari yordamida vakolatli shaxsning ERI kaliti sertifikatidan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Elektron so‘rovdagi ERI kaliti sertifikatining haqiqiyligini tasdiqlash mazkur sertifikatdagi vakolatli shaxs ERIsining haqiqiyligini tasdiqlashdan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Xizmatlarni bajaruvchilar vakolatli shaxsning ERI kaliti sertifikatining elektron hujjat shaklini Ro‘yxatga olish markazlari vakolatli shaxslarining elektron raqamli imzosi kalitlari sertifikatlarining yagona davlat reyestridan oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Xizmatlarni bajaruvchilar ERI kaliti sertifikatining haqiqiyligini tasdiqlaganidan so‘ng ERIning haqiqiyligi tasdiqlangan paytidagi yoki imzolash paytini belgilovchi dalillar bo‘lganda elektron hujjat imzolanayotgan paytidagi ERI kaliti sertifikatining maqomini tekshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. ERI kaliti sertifikatining maqomi xizmatlarni bajaruvchilar tomonidan ERI vositalari bilan ro‘yxatga olish markaziga aloqa kanallari orqali murojaat qilish yo‘li bilan tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. ERI kaliti sertifikatiga ro‘yxatga olish markazi tomonidan amalda, amal qilishi to‘xtatib turilgan va bekor qilingan maqomlari beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. ERI kaliti sertifikatining maqomi to‘g‘risidagi axborot ro‘yxatga olish markazi tomonidan xizmatlarni bajaruvchilarga vakolatli shaxsning ERIsi bilan tasdiqlangan shaklda aloqa kanallari orqali taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Elektron so‘rov maqsadi ERI kaliti sertifikatida ko‘rsatilgan maqsadlarga muvofiq bo‘lishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Elektron so‘rovdagi ERIning haqiqiyligini tekshirish natijasi bo‘yicha xizmatlarni bajaruvchilar tomonidan elektron so‘rov kelib tushgan kundan keyingi bir ish kuni ichida elektron so‘rovdagi ERIning haqiqiyligi tasdiqlanganligi yoki tasdiqlanmaganligi haqida qaror qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Elektron so‘rovdagi ERIning haqiqiyligi quyidagi holatlarda tasdiqlangan hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligi aniqlanganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ERI kaliti sertifikatining haqiqiyligi tasdiqlanganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ERI kaliti sertifikatining maqomi amalda deb topilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron so‘rov maqsadi ERI kaliti sertifikatida ko‘rsatilgan maqsadlarga muvofiq bo‘lganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Elektron so‘rovdagi ERIning haqiqiyligi tasdiqlanganligi xizmatlarni bajaruvchilar tomonidan elektron so‘rovni ko‘rib chiqish uchun asos bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Elektron so‘rovdagi ERIning haqiqiyligi quyidagi holatlarda tasdiqlanmagan hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron hujjatdagi axborotda xatolik aniqlanganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ERI kaliti sertifikatining haqiqiyligi tasdiqlanmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ERI kaliti sertifikatining maqomi — amal qilishi to‘xtatib turilgan yoki bekor qilingan deb topilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron so‘rov maqsadi ERI kaliti sertifikatida ko‘rsatilgan maqsadlarga muvofiq bo‘lmaganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Ushbu Qoidalarning 21-bandida ko‘rsatilgan holatlarning kamida bittasi mavjud bo‘lganda elektron so‘rovdagi ERIning haqiqiyligi tasdiqlanmagan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Elektron so‘rovdagi ERIning haqiqiyligini tekshirish natijasi bo‘yicha xizmatlarni bajaruvchilar tomonidan elektron so‘rovdagi ERIning haqiqiyligi tasdiqlanmaganligi haqida qaror qabul qilingan taqdirda, xizmatlarni bajaruvchilar mazkur qaror qabul qilingan kunning o‘zida foydalanuvchiga elektron so‘rovni ko‘rib chiqishni rad etish to‘g‘risidagi xabarnoma yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Elektron so‘rovni ko‘rib chiqishni rad etish to‘g‘risidagi xabarnoma elektron hujjat shaklida aloqa kanallari orqali foydalanuvchining elektron pochta manziliga elektron so‘rovni ko‘rib chiqishni rad etish sabablari ko‘rsatilgan holda yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Foydalanuvchi u tomonidan taqdim etilgan elektron so‘rovning asl nusxasini olish uchun xizmatlarni bajaruvchilarga yozma ravishda murojaat qilishi mumkin. Bunda, xizmatlarni bajaruvchilar tomonidan elektron so‘rovning asl nusxasi foydalanuvchiga bir ish kuni ichida taqdim qilinishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Elektron xizmatni ko‘rsatish natijasi xizmatlarni bajaruvchilar vakolatli shaxsining ERIsi bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Ushbu Qoidalar talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 45-son, 582-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 16.03.2026-y., 10/26/3788/0242-son; 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)