O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi KENGAShIning
Qarori
XALQ DEPUTATLARI VILOYaT, TUMAN, ShAHAR KENGAShI DEPUTATINING GUVOHNOMASI VA KO‘KRAK NIShONI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Kengashi qaror qiladi:
1. “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatining guvohnomasi to‘g‘risidagi Nizom” tasdiqlansin (ilova qilinadi).
2. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputati guvohnomasining tavsifi tasdiqlansin (ilova qilinadi).
3. Xalq deputatlari viloyat, tuman Kengashi deputati guvohnomasining transportda bepul yurish huquqini beradigan ilova varaqasining tavsifi tasdiqlansin (ilova qilinadi).
4. “VILOYAT (TUMAN, ShAHAR) KENGAShI DEPUTATI” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi Nizom” tasdiqlansin (ilova qilinadi).
5. “VILOYAT (TUMAN, ShAHAR) KENGAShI DEPUTATI” ko‘krak nishonining tavsifi tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Tashqi ko‘rinishi “VILOYAT (TUMAN, ShAHAR) KENGAShI DEPUTATI” ko‘krak nishoniga aynan o‘xshash bo‘lgan ko‘krak nishonlari tayyorlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2000-yil 18-aprel,
52-II-son
O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Kengashining
2000-yil 18-apreldagi 52-II-son
qarori bilan
TASDIQLANGAN
Oliy Majlisi Kengashining
2000-yil 18-apreldagi 52-II-son
qarori bilan
TASDIQLANGAN
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatining guvohnomasi to‘g‘risida
NIZOM
1. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatining guvohnomasi tegishli xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonunlar bilan belgilab qo‘yilgan vakolatini tasdiqlovchi hujjatdir.
2. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatining guvohnomasi deputat tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olinganidan keyin tegishli saylov komissiyasi raisi yoki uning o‘rinbosari tomonidan beriladi.
Xalq deputatlari viloyat, tuman Kengashi deputatiga guvohnoma bilan bir vaqtda davlat yo‘lovchilar transportining barcha turlarida tegishli hududda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bepul yurish huquqini beruvchi guvohnomaning ilova varaqasi ham beriladi.
3. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputati o‘ziga berilgan guvohnomadan o‘z vakolat muddati davomida foydalanadi.
Tegishli xalq deputatlari Kengashining vakolat muddati tugaganidan keyin guvohnoma deputat etib saylangan shaxsda qoladi. Deputatning vakolati muddatidan ilgari to‘xtatilgan taqdirda guvohnoma tegishli viloyat, tuman, shahar hokimligiga qaytarilishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Kengashining
2000-yil 18-apreldagi 52-II-son
qarori bilan
TASDIQLANGAN
Oliy Majlisi Kengashining
2000-yil 18-apreldagi 52-II-son
qarori bilan
TASDIQLANGAN
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputati guvohnomasining
TAVSIFI
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatining guvohnomasi 90x60 millimetr kattalikdagi lidern qoplangan qattiq muqovali kitobcha ko‘rinishiga ega.
Viloyat Kengashi deputati guvohnomasining muqovasi to‘q qizil rangli, tuman Kengashi deputati guvohnomasining muqovasi to‘q rangli, shahar Kengashi deputati guvohnomasining muqovasi to‘q yashil ranglidir.
Guvohnomaning old tomon so‘l qismining yuqorisiga — tillarang zarvaraqqa O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri bosib tushirilgan, pastda gerbdan o‘ngroq ikki satrda “XALQ DEPUTATLARI VILOYAT (TUMAN, ShAHAR) KENGAShI” yozuvi bor.
Guvohnomaning ichki qismidagi matnlar ikki betga joylashtirilgan.
Guvohnomaning ichki so‘l tomoni yuqorisiga bir satrda “O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI” so‘zlari yozilgan, chap qismiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan, pastroqda esa besh satrda — chaqiriqni ifodalovchi raqam, “CHAQIRIQ”, “ChAQIRIQ” so‘zlari, shuningdek mazkur chaqiriqdagi xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari saylovi bo‘lgan yil va vakolatlari tugaydigan yilni ko‘rsatuvchi raqamlar joylashgan.
Guvohnoma so‘l tomoni o‘ng qismining yuqorisiga “GUVOHNOMA” so‘zi yozilgan bo‘lib, undan o‘ngroqda guvohnomaning tartib raqami qo‘yiladi. Ushbu matnda pastroqda alohida deputatining familiyasi, ismi, otasining ismi, shuningdek uch satrda tegishli xalq deputatlari Kengashining nomi va “deputatidir” so‘zi yoziladi. Guvohnomaning ichki so‘l tomonidagi matnlar lotin harflarida yoziladi. “Chaqiriq” so‘zi kirillitsada takrorlanadi.
Guvohnoma ichki o‘ng tomonining chap qismida deputatning 30x40 millimetr kattalikdagi fotosurati joylashadi. Fotosurat o‘ng tomonining pastki burchagiga tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasining gerbli muhri bosiladi.
Guvohnoma o‘ng tomonining yuqori qismida bir satrda “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI” so‘zlari, pastroqda bir satrda “GUVOHNOMA” so‘zi yozilgan bo‘lib, undan o‘ngroqda guvohnomaning tartib raqami qo‘yiladi.
Ushbu matndan pastroqda alohida deputatining familiyasi, ismi, otasining ismi, shuningdek uch satrda tegishli xalq deputatlari Kengashining nomi va “deputatidir” so‘zi yoziladi.
Deputatning fotosurati tagiga: “Viloyat (tuman, shahar) saylov komissiyasi raisi” degan matn yoziladi, tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi raisining imzosi, ismi va otasining ismi bosh harflari, familiyasi qo‘yiladi.
Guvohnomaning o‘ng tomonidagi matn kirillitsada yoziladi.
Guvohnomaning ichki tomonlari och moviy rangdagi oq silliq qog‘ozdan tayyorlangan. Gerb tasviri, guvohnomadagi matnlar va raqamlar qora rangda beriladi. Guvohnoma tartib raqami deputat saylangan saylov okrugi tartib raqamiga muvofiq bo‘lishi kerak.
Xalq deputatlari viloyat, tuman Kengashi deputatiga tegishli hududda bepul yurish huquqini beruvchi guvohnomaning ilova varaqasi beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Kengashining
2000-yil 18-apreldagi 52-II-son
qarori bilan
TASDIQLANGAN
Oliy Majlisi Kengashining
2000-yil 18-apreldagi 52-II-son
qarori bilan
TASDIQLANGAN
Xalq deputatlari viloyat, tuman Kengashi deputati guvohnomasi ilova varaqasining
TAVSIFI
Xalq deputatlari viloyat, tuman Kengashi deputati guvohnomasining transportda bepul yurish huquqini beradigan ilova varaqasi 75x55 millimetr kattalikdagi plyonka bilan qoplangan oq silliq qog‘ozdan tayyorlanadi.
Ilova varaqasi yuqori qismida chap tomonda O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va “VILOYAT (TUMAN) KENGAShI DEPUTATI” matni, uning ostida guvohnomaning tartib raqami ko‘rsatilgan holda “GUVOHNOMAGA” degan so‘z bor. Pastda quyidagi mazmundagi matn bo‘ladi:
“Viloyat (tuman) Kengashining deputati tegishli viloyat (tuman) hududida davlat passajir transportining barcha turlarida (taksi, boshqa transport turlarining buyurtma yo‘nalishlari, shuningdek shahar yo‘lovchi transporti bundan mustasno) tekin yurish huquqidan foydalanadi”.
O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Kengashining
2000-yil 18-apreldagi 52-II-son
qarori bilan
TASDIQLANGAN
Oliy Majlisi Kengashining
2000-yil 18-apreldagi 52-II-son
qarori bilan
TASDIQLANGAN
“VILOYAT (TUMAN, ShAHAR) KENGAShI DEPUTATI” ko‘krak nishoni to‘g‘risida
NIZOM
1. “VILOYAT (TUMAN, ShAHAR) KENGAShI DEPUTATI” ko‘krak nishoni xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatiga tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olinganidan keyin tegishli saylov komissiyasi raisi yoki o‘rinbosari tomonidan beriladi.
2. Ko‘krak nishoni ko‘krakning chap tomoniga taqiladi.
3. Deputatning vakolat muddati tugaganda yoki uning vakolati muddatidan ilgari to‘xtatilganda ko‘krak nishonini taqib yurish huquqi to‘xtatiladi.
Tegishli xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining vakolat muddati tugaganidan keyin ko‘krak nishoni deputat etib saylangan shaxsda qoladi. Deputatning vakolati muddatidan ilgari to‘xtatilgan taqdirda ko‘krak nishoni tegishli viloyat, tuman, shahar hokimligiga qaytarilishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Kengashining
2000-yil 18-apreldagi 52-II-son
qarori bilan
TASDIQLANGAN
Oliy Majlisi Kengashining
2000-yil 18-apreldagi 52-II-son
qarori bilan
TASDIQLANGAN
“VILOYAT (TUMAN, ShAHAR) KENGAShI DEPUTATI” ko‘krak nishonining
TAVSIFI
“VILOYAT (TUMAN, ShAHAR) KENGAShI DEPUTATI” ko‘krak nishoni O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘iga o‘xshatib ishlanadi.
Deputat ko‘krak nishonining asosi maxsus qotishmadan tayyorlanadi, nishonning sirt tomoni moviy, oq va yashil rangdagi emal bilan qoplangan. Oq yo‘l moviy va yashil yo‘llardan qizil rang emal qoplangan hoshiya bilan ajralib turadi. Nishondagi tasvirlar, yozuv, nishon qirralari hamda orqa tomoni zarhal qilib ishlangan.
Nishon chap tomonining yuqori burchagida moviy fonda yarim oy va uning o‘ng tomonida o‘n ikkita besh qirrali yulduz tasvirlangan. Yarim oy vertikal joylashtirilgan. Yulduz vertikal va gorizontal bo‘yicha quyidagi tartibda joylashtirilgan: yuqori qatorda — uchta yulduz, o‘rta qatorda — to‘rtta yulduz, quyi qatorda — beshta yulduz.
Nishonning oq yo‘lida “VILOYAT (TUMAN, ShAHAR)” so‘zlari, yashil yo‘lda — ikki satrda “KENGAShI DEPUTATI” so‘zlari yozilgan.
Nishon to‘g‘nog‘ich bilan taqiladi.
“VILOYAT KENGAShI DEPUTATI” va “ShAHAR KENGAShI DEPUTATI” (Toshkent shahar va viloyat markazlari hisoblanuvchi shaharlar xalq deputatlari Kengashlarining deputatlari uchun) nishonining kattaligi 29x22 millimetr, “TUMAN (ShAHAR) KENGAShI DEPUTATI” nishonining kattaligi 24x18 millimetr.
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 4-son, 128-modda)