Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.11.2024 27.08.2004 yildagi 669-II-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 27.08.2004 yildagi 669-II-son
Date of entry into force
24.01.2005
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.11.2024
Hujjat 24.01.2005 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni

“OLIY MAJLISNING INSON HUQUQLARI BOʻYICHA VAKILI (OMBUDSMAN) TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNIGA OʻZGARTISHLAR VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekistan Respublikasining 2024-yil 15-noyabrdagi OʻRQ-1002-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 24-aprelda qabul qilingan “Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 102-modda) oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2004-yil 27-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
669-II-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OLIY MAJLISNING INSON HUQUQLARI BOʻYICHA VAKILI (OMBUDSMAN) TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(yangi tahriri)

Ushbu Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) huquqlarini, majburiyatlarini, faoliyatining asosiy yoʻnalishlari va kafolatlarini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) (bundan buyon matnda Vakil deb yuritiladi) mansabdor shaxs boʻlib, unga davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar (bundan buyon matnda tashkilotlar va mansabdor shaxslar deb yuritiladi) tomonidan inson huquqlari hamda erkinliklari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan parlament nazoratini taʼminlash vakolatlari berilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Inson huquqlari boʻyicha vakili instituti inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning mavjud shakllari hamda vositalarini toʻldiradi. Vakil Oʻzbekiston Respublikasining inson huquqlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish va ularni xalqaro huquq normalariga muvofiqlashtirishga, xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi, fuqarolarning inson huquqlari sohasidagi ijtimoiy ongini oshirishga koʻmaklashadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Vakil faoliyatining huquqiy asoslari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakil oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari, boshqa qonun hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga, shuningdek xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan prinsiplari va normalariga amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakil oʻz vakolatlarini mustaqil hamda davlat organlari va mansabdor shaxslarga tobe boʻlmagan tarzda amalga oshiradi va u Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga hisobdordir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Vakilni saylash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakil Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan besh yil muddatga saylanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakil lavozimiga nomzod Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari koʻrib chiqishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va Senatining Vakilni saylash toʻgʻrisidagi qarori palatalarning majlislarida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari hamda Senati aʼzolari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakil nomzodi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining majlislarida koʻrib chiqilganidan keyin bu masala yuzasidan qabul qilingan uzil-kesil qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga qonunda belgilangan tartibda yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakil oʻzining vakolatlari muddati tugagach, yangi Vakil saylanguniga qadar oʻz vazifasini bajarishni davom ettirib turadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Vakil lavozimiga nomzodga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylanish kuni yigirma besh yoshga toʻlgan, kamida besh yil Oʻzbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi Vakil lavozimiga saylanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Vakil oʻrinbosari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakilning belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan saylanadigan oʻrinbosari boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakil oʻz lavozimidan muddatidan ilgari ozod qilingan taqdirda, Vakil oʻrinbosari uning vazifasini yangi Vakil saylanguniga qadar bajarib turadi va Vakil uchun belgilangan kafolatlar ana shu davrda unga nisbatan tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Vakil faoliyatining asosiy prinsiplari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakil faoliyatining asosiy prinsiplari qonuniylik, adolatparvarlik, demokratizm, insonparvarlik, oshkoralik, har bir inson uchun ochiqlikdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Vakilning hisoboti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakilning hisoboti qonun hujjatlariga muvofiq har yili Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining majlislarida eshitiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakilning yillik hisoboti belgilangan tartibda eʼlon qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakil inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xalqaro shartnomalarning bajarilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining yillik maʼruzalarini tayyorlashda ishtirok etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Vakil lavozimiga nomuvofiq boʻlgan faoliyat
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakil siyosiy partiyaga aʼzolikni yoki unda ishtirok etishni oʻz vakolatlari muddatiga toʻxtatib turishi yoxud tugatishi shart. Vakil ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shugʻullanishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Vakilni lavozimidan muddatidan ilgari ozod qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakil lavozimdan quyidagi hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan muddatidan ilgari ozod qilinishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
u oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qilish toʻgʻrisida ariza bergan taqdirda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uning sogʻligʻi holati barqaror tarzda buzilgan va bu tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan guvohnoma bilan tasdiqlangan taqdirda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan taqdirda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
u qonunga koʻra Vakil faoliyatiga nomuvofiq boʻlgan lavozimga saylangan yoki tayinlangan taqdirda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda. Vakil tomonidan shikoyatlarni koʻrib chiqish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakil Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning oʻz huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini buzayotgan tashkilotlar yoki mansabdor shaxslarning harakatlari yoxud harakatsizligi ustidan bergan shikoyatlarini koʻrib chiqadi va u oʻz tekshiruvini oʻtkazish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakil uchinchi shaxslarning, shu jumladan nodavlat notijorat tashkilotlarining muayyan bir kishi yoki bir guruh shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi ustidan bergan shikoyatlarini koʻrib chiqish uchun, basharti ularning bunga roziligi boʻlsa, qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakil sudning vakolat doirasiga kiradigan masalalarni koʻrib chiqmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda. Vakil tomonidan shikoyatlarni koʻrib chiqish shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakil arz qiluvchiga oʻz huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi maʼlum boʻlib qolgan paytdan eʼtiboran yoki arz qiluvchi, agar u huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning boshqa vositalaridan foydalangan hamda qabul qilingan qarorlardan qanoatlanmagan boʻlsa, oʻz shikoyati boʻyicha qabul qilingan oxirgi qarordan xabar topgan paytdan eʼtiboran bir yil davomida berilgan shikoyatlarni koʻrib chiqadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda. Shikoyatlarning mazmuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakilga berilgan shikoyatda arz qiluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi va manzili, harakatlari yoki harakatsizligi ustidan shikoyat qilinayotgan tashkilotning nomi, mansabdor shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatilgan, arz qiluvchining fikricha, uning huquqlarini buzgan harakatlarning yoki harakatsizlikning mohiyati bayon etilgan boʻlishi lozim. Shikoyatga arz qiluvchining talablarini tasdiqlovchi hujjatlar va boshqa dalillar ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakilga berilgan shikoyat uchun davlat boji undirilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda. Vakilning huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakil quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shikoyatni koʻrib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arz qiluvchi oʻz huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun foydalanishi mumkin boʻlgan vositalar va shakllarni koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shikoyatni uning mohiyatiga koʻra hal qilishga vakolatli boʻlgan tashkilot yoki mansabdor shaxsga yuborish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arz qiluvchini uning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sababini albatta koʻrsatgan holda shikoyatni koʻrib chiqishni rad etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa chora-tadbirlarni koʻrish.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda. Vakilning shikoyatlarni koʻrib chiqish chogʻidagi huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakil shikoyatlarni koʻrib chiqish, shuningdek fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi hollarini oʻz tashabbusi bilan tekshirish chogʻida quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aniqlanishi lozim boʻlgan holatlarni tekshirishda koʻmaklashishni soʻrab tashkilotlar va mansabdor shaxslarga murojaat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aniqlanishi lozim boʻlgan holatlarni tekshirish uchun tashkilotlarning vakillarini va mansabdor shaxslarni taklif etish. Tekshirishni harakatlari yoki harakatsizligi ustidan shikoyat berilgan tashkilotga yoxud mansabdor shaxsga topshirish mumkin emas;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkilotlarga va mansabdor shaxslar huzuriga moneliksiz kirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkilotlar va mansabdor shaxslardan hujjatlar, materiallar va boshqa maʼlumotlarni soʻrash hamda olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mansabdor shaxslardan tushuntirishlar olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aniqlanishi lozim boʻlgan masalalar yuzasidan tashkilotlar va mutaxassislarga xulosalar tayyorlashni topshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxldor masalalar yuzasidan tashkilotlar hamda mansabdor shaxslar tomonidan oʻtkazilayotgan tekshirishlarda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushlab turilgan yoki qamoqda saqlanayotgan shaxs bilan uchrashuv va suhbatlar oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harakatlarida inson huquqlari va erkinliklari buzilganligi aniqlangan shaxslarni javobgarlikka tortish toʻgʻrisida tegishli organlarga iltimosnoma bilan kirish.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi hollarini tekshirayotganda maʼlum boʻlib qolgan, arz qiluvchining va boshqa shaxslarning shaxsiy hayotiga taalluqli maʼlumotlar ularning roziligisiz oshkor qilinishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-modda. Vakilning faoliyatiga koʻmaklashish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mansabdor shaxslar fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligiga taalluqli, Vakil soʻragan hujjatlar, materiallar hamda boshqa maʼlumotlarni taqdim etishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakil oʻz faoliyatiga doir masalalar boʻyicha davlat organlarining, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari tomonidan darhol qabul qilinish huquqidan foydalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Faoliyati davlat siri va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirlar bilan bogʻliq tashkilotlar, muassasalar va korxonalarga Vakilning kirishi tartibi, shuningdek davlat siri yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi axborotni Vakilga taqdim etish Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakilning vazifalarini bajarishga toʻsqinlik qilish belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga sabab boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-modda. Vakilning shikoyatni tekshirish natijalaridan kelib chiqadigan majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakil shikoyatni tekshirish natijalariga binoan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arz qiluvchiga koʻrib chiqish natijalarini maʼlum qilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harakatlari yoki harakatsizligida fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi aniqlangan tashkilot yoki mansabdor shaxsga buzilgan huquqlarni tiklash yuzasidan tavsiyalar boʻlgan oʻz xulosasini yuborishi shart. Bunda Vakilning xulosasini olgan tashkilot yoki mansabdor shaxs uni koʻrib chiqishi va bir oydan kechiktirmay asoslantirilgan javob yuborishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-modda. Vakilning xulosasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakilning xulosasida quyidagi tavsiyalar nazarda tutilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish tashkilot yoki mansabdor shaxs tomonidan oxiriga yetkazilishi zarurligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkilot yoki mansabdor shaxsning qarori oʻzgartirilishi yoxud bekor qilinishi kerakligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkilot yoki mansabdor shaxsning qarori asoslanishi zarurligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkilot yoki mansabdor shaxs qoʻshimcha qaror qabul qilishi lozimligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakilning xulosasida boshqa tavsiyalar ham boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-modda. Vakilning daxlsizlik huquqi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakil daxlsizlik huquqidan foydalanadi va u Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi yoki sud tartibida beriladigan maʼmuriy jazoga tortilishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakilga nisbatan jinoyat ishi faqat Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan qoʻzgʻatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakilni majburiy keltirishga, ushlab turishga, shuningdek uning shaxsiy buyumlari, yuki, transporti, turar joyi yoki xizmat xonasini koʻzdan kechirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-modda. Vakil tomonidan shikoyatlar koʻrib chiqilayotganda inson huquqlari himoya qilinishining kafolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakilga shikoyat bergan shaxs, shuningdek Vakil tomonidan axborot toʻplash va uni tahlil etish yoki ekspert bahosi berish topshirilgan shaxslar bunday harakat uchun taʼqib qilinishi yoki huquqlari boshqacha tarzda cheklanishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-modda. Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi boʻyicha komissiya
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakilning zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan uning faoliyatiga koʻmaklashish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Kengashlari tomonidan Vakil raisligida Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi boʻyicha komissiya tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Kengashlari tomonidan tasdiqlanadigan Reglamentga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakil Komissiya aʼzosini oʻz vakili etib tayinlashi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-modda. Vakilning Kotibiyati hamda Vakil faoliyatining moddiy-texnika taʼminoti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakilning faoliyatini taʼminlash uchun Kotibiyat tuzilishi mumkin, mazkur Kotibiyat haqidagi nizom Vakil tomonidan tasdiqlanadi. Vakilning Kotibiyati yuridik shaxs hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakilning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan oʻz muhri boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakilning faoliyatini moddiy va boshqa jihatlardan taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22-modda. Vakil toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakil toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 38-39-son, 420-modda; 2017-y., 35-son, 916-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.03.2019-y., 03/19/530/2769-son, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son; 21.09.2024-y., 03/24/963/0735-son)