26.06.1973 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Eng kichik yosh toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konvensiya
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro Mehnat Tashkilotining Bosh konferensiyasi,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro Mehnat Byurosining Maʼmuriy kengashi tomonidan Jenevada chaqirilib va 1973-yilning 6-iyunida oʻzining Ellik sakkizinchi Sessiyasiga toʻplanib,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh toʻgʻrisidagi bir qancha takliflarni qabul qilishga qaror chiqarib va bu Sessiya kun tartibining toʻrtinchi bandi hisoblanib,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoatda eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1919 yilgi Konvensiya, Dengizda ishlash uchun eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1920 yilgi Konvensiya, Qishloq hoʻjaligida eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1921 yilgi Konvensiya, Flotda koʻmir yuklovchi va oʻt yoquvchi uchun eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1921 yilgi Konvensiya, Nosanoat ishlarda eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1932-yilgi Konvensiya, Dengizda ishlash uchun eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1936-yilgi (qayta koʻrib chiqilgan) Konvensiya, Sanoatda eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1937 yilgi (qayta koʻrib chiqilgan) Konvensiya, Nosanoat ishlardagi eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1937 yilgi (qayta koʻrib chiqilgan) Konvensiya, Baliqchilar uchun eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1959-yilgi Konvensiya xamda Yer osti ishlariga ruxsat beriladigan eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1965-yilgi Konvensiya qoidalarini eʼtiborga olib,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalar mehnatini toʻliq bekor qilishga erishish maqsadida, cheklangan iqtisodiy sektorlarda qoʻllaniladigan mavjud shartnomalarni bosqichma-bosqich almashtiruvchi umumiy shartnoma ishlab chiqish vaqti kelganini eʼtiborga olib,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur takliflarga xalqaro konvensiya shaklini berishga qaror qilib,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir ming toʻqqiz yuz yetmish uchinchi yil iyun oyining yigirma oltinchi kunida quyidagi “Eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1973-yilgi Konvensiya” deb nomlanishi mumkin boʻlgan Konvensiyani qabul qildi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashkilotining xar bir aʼzosi, ushbu Konvensiya unga nisbatan kuchga kirgan boʻlsa, bolalar mehnatini batamom bekor qilishni taʼminlashga yoʻnaltirilgan va ishlashga yoki yollanishga ruxsat etilgan eng kichik yoshni oʻsmirlarning toʻla jismoniy va aqliy rivojlanish darajasiga mos keladigan yoshgacha bosqichma-bosqich oshirishga yoʻnaltirilgan milliy siyosatni amalga oshirish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qiladigan Tashkilotning har bir aʼzosi, ratifikatsiya toʻgʻrisidagi hujjatga ilova qilinadigan deklaratsiyasida, oʻz hududi doirasida va hududida roʻyxatga olingan transport vositalarida ishga qabul qilinishga yoki yollanishga ruxsat etilgan eng kichik yoshni koʻrsatadi; mazkur Konvensiyaning 4 — 8-moddalari shartiga binoan, mazkur eng kichik yoshdan kichik boʻlgan shaxslarga har qanday ish turida ishlashiga yoki yollanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilgan Tashkilotning har bir aʼzosi, keyinchalik, keyingi deklaratsiyasi orqali, mamlakatda oʻrnatilgan eng kichik yoshni yangitdan, avval oʻrnatilgan eng kichik yoshidan kattaroq yosh belgilaganligi haqida Xalqaro Mehnat Byurosi Bosh direktorini xabardor qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur modda 1-bandi asosida belgilanadigan eng kichik yosh majburiy maktab taʼlimini tugallash uchun zarur boʻlgan yoshdan kam boʻlmasligi kerak va har qanday holda oʻn besh yoshdan kichik boʻlmasligi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Iqtisodiyoti va taʼlim imkoniyatlari yetarlicha rivojlanmagan Tashkilot aʼzosi, mazkur modda 3-bandi qoidalaridan qatʼiy nazar, ish beruvchilar va mehnatkashlarning tegishli tashkilotlari bilan, agar shunday tashkilotlar mavjud boʻlsa, maslahatlashilgandan soʻng dastavval eng kichik yosh deb oʻn toʻrt yoshni belgilashi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Yuqoridagi band qoidalariga muvofiq eng kichik yosh deb oʻn toʻrt yoshni belgilagan Tashkilotning har bir aʼzosi Xalqaro Mehnat Tashkiloti Ustavining 22-moddasiga muvofiq oʻzining mazkur Konvensiya ijrosi toʻgʻrisidagi maʼruzasiga kuyidagi bayonotlarni kiritadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) ushbu qaror qabul qilinishi sabablari oʻzgarmaganligi; yoki
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) u muayyan sanadan eʼtiboran oʻzining mazkur qoidalardan foydalanish huquqidan voz kechishini.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻz xususiyati yoki amalga oshiriladigan sharoitiga koʻra oʻsmir sogʻligi, xavfsizligi yoki maʼnaviyatiga ziyon yetkazishi mumkin boʻlgan har qanday ish turiga yoki yollanma ish turiga qabul qilish uchun eng kichik yosh oʻn sakkiz yoshdan kam boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu modda 1-bandi qoʻllaniladigan ish turlari yoki yollanma ish turlari milliy qonun hujjatlari yoki vakolatli hokimiyat organi tomonidan ish beruvchilar va mehnatkashlarning tegishli tashkilotlari bilan, agar bunday tashkilotlar mavjud boʻlsa, maslahatlashilgandan soʻng belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu modda 1-bandi qoidalaridan qatʼiy nazar, milliy qonun hujjatlari yoki vakolatli hokimiyat organi ish beruvchilar va mehnatkashlarning tegishli tashkilotlari bilan, agar bunday tashkilotlar mavjud boʻlsa, maslahatlashilgandan soʻng oʻn olti yoshdan kichik boʻlmagan shaxslarga ishlashga yoki yollanib ishlashga, ularning sogʻligi, xavfsizligi va maʼnaviyati toʻla muhofaza etilishi va ular yetarlicha maxsus taʼlim hamda faoliyatning tegishli sohasi boʻyicha kasbiy tayyorgarlik olishlari sharti bilan ruxsat berishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Zaruratga koʻra vakolatli hokimiyat organi ish beruvchilar va mehnatkashlarning tegishli tashkilotlari bilan, agar bunday tashkilotlar mavjud boʻlsa, maslahatlashilgandan soʻng, mazkur Konvensiyaning qoʻllanilishi doirasidan ishlarning yoki yollanma ishlarning cheklangan toifalarini, yaʼni ularning qoʻllanilishida alohida va muhim muammolar vujudga keladigan toifalarini chiqarib tashlashlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qiladigan Tashkilotning har bir aʼzosi, Xalqaro Mehnat Tashkilot Ustavining 22-moddasiga binoan taqdim etiladigan, mazkur Konvensiyaning qoʻllanilishi toʻgʻrisidagi oʻzining birinchi maʼruzasida, mazkur modda 1-bandiga muvofiq chiqarib tashlanishi mumkin boʻlgan barcha toifalarni, chiqarib tashlash sabablarini koʻrsatgan holda qayd etadi hamda navbatdagi maʼruzalarda chiqarib tashlangan mazkur toifalarga nisbatan oʻz milliy qonunchiligi va amaliyotining ahvoli toʻgʻrisida va Konvensiya qoidalari ushbu toifalarga nisbatan qanday qoʻllanilayotganligi yoki qoʻllanilishi moʻljallanayotganligi toʻgʻrisida maʼlum qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu Konvensiya 3-moddasi bilan qamrab olinadigan ish turi yoki yollanma ish turi, mazkur modda bajarilishidan kelib chiqib, ushbu Konvensiya qoʻllanishi doirasidan chiqarib tashlanmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Iqtisodiyoti va maʼmuriy imkoniyatlari yetarlicha rivojlanmagan Tashkilotning aʼzosi, ish beruvchilar va mehnatkashlarning tegishli tashkilotlari bilan, agar shunday tashkilotlar mavjud boʻlsa, maslahatlashilgandan soʻng, dastavval mazkur Konvensiya qoʻllanilishi doirasini cheklab qoʻyishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur modda 1-bandi qoidalarini qoʻllayotgan Tashkilotning har bir aʼzosi ratifikatsiya toʻgʻrisidagi hujjatiga ilova qilinadigan deklaratsiyada, mazkur Konvensiya qoidalarini u qoʻllaydigan iqtisodiy faoliyat tarmoqlari yoki korxonalar turlarini koʻrsatishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Konvensiya qoidalari hech boʻlmaganda kuyidagi sohalarda qoʻllanilishi lozim: shaxta va karyerlarda; ishlov berish sanoatida; qurilishda; elektr, gaz va suv taʼminotida; sanitariya xizmatlarida; transport, omborlar va aloqa xizmatida; ekinzorlar va tijorat maqsadlari uchun mahsulot ishlab chiqaradigan boshqa qishloq xoʻjalik korxonalaridagi ishlarda, shu jumladan, mahalliy isteʼmol uchun mahsulot ishlab chiqaradigan, doimiy ravishda yollanma mehnatkashlardan foydalanmaydigan oilaviy va kichik xoʻjaliklarda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur Konvensiya qoʻllanilishi doirasini ushbu modda qoidalariga muvofiq cheklaydigan Tashkilotning har bir aʼzosi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Xalqaro Mehnat Tashkiloti Ustavining 22-moddasiga muvofiq taqdim etiladigan maʼruzasida mazkur Konvensiya qoʻllanilishi doirasidan chiqarilgan faoliyat sohalarida oʻsmirlar va bolalarning ishlashi yoki yollanib ishlashining umumiy ahvoli toʻgʻrisidagi va mazkur Konvensiya qoidalari kengroq qoʻllanilishi yoʻlida amalga oshirilgan har qanday ijobiy oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni koʻrsatishi lozim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) xohlagan vaqtda, Xalqaro Mehnat Byurosi Bosh direktoriga yuboriladigan deklaratsiyasi orqali, Konvensiya qoʻllanilishi doirasini rasman kengaytirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Konvensiya bolalar va oʻsmirlar tomonidan umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar va texnika taʼlimi yoki boshqa oʻquv muassasalarida bajariladigan ishlarga yoki kamida oʻn toʻrt yoshda boʻlgan shaxslar tomonidan vakolatli hokimiyat organlari — ish beruvchilar va mehnatkashlarning tegishli tashkilotlari bilan, agar bunday tashkilotlar mavjud boʻlsa, maslahatlashilgandan soʻng — belgilab qoʻygan shartlarga muvofiq korxonalarda bajaradigan ishlarga nisbatan va quyidagilarning tarkibiy qismi hisoblanadigan ishlarga nisbatan qoʻllanilmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) asosiy masʼuliyat maktab yoki kasbiy tayyorgarlik muassasasi zimmasida boʻlgan taʼlim yoki tayyorgarlik kursining;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) asosan yoki butunlay korxonada amalga oshiriladigan, vakolatli hokimiyat organi tomonidan maʼqullangan kasbiy tayyorgarlik dasturining;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
s) kasbiy yoki kasbiy tayyorgarlik turini tanlashni yengillashtirishga qaratilgan kasbga yoʻnaltirish dasturlarining.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Milliy qonun hujjatlari oʻn uch yoshdan oʻn besh yoshgacha boʻlgan shaxslarga yengil ishlarda ishlashga yoki yollanib ishlashga ruxsat etishi mumkin, agar bu:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) ularning sogʻligʻi va rivojlanishi uchun zararli boʻlmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ularning maktabga qatnashiga, ularning vakolatli hokimiyat organlari tomonidan tasdiqlangan kasbga yoʻnaltirish yoki kasbiy tayyorgarlik dasturlarida ishtirok etishlariga, yoki ularning olgan oʻquvlaridan foydalanish layoqatiga zarar yetkazmaydigan boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Milliy qonun hujjatlari kamida oʻn besh yoshda boʻlgan, lekin majburiy maktab taʼlimini tugallamagan shaxslarga, mazkur modda 1-bandi “a” va “b” kichik bandlari talablariga rioya etish sharti bilan, ishlashga yoki yollanib ishlashga ruxsat etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vakolatli hokimiyat organi ishlashga yoki yollanib ishlashga mazkur modda 1 va 2-bandlariga muvofiq ruxsat etilgan faoliyat sohalarini aniqlaydi xamda bunday ishning yoki yollanma ishning bajarish mumkin boʻlgan ish vaqti davomiyligi va sharoitini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur modda 1- va 2-bandlari qoidalaridan qatʼiy nazar, 2-modda 4-bandi qoidalarini qoʻllayotgan Tashkilot aʼzosi, u uchun zarur boʻlgan muddatda, mazkur modda 1-bandida koʻrsatilgan oʻn ikki va oʻn toʻrt yoshlarni — oʻn uch va oʻn besh yoshlar bilan, 2-bandida esa oʻn toʻrt yoshni — oʻn besh yosh bilan almashtirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vakolatli hokimiyat organi, ish beruvchilar va mehnatkashlarning tegishli tashkilotlari bilan, agar bunday tashkilotlar mavjud boʻlsa, maslahatlashilgandan soʻng, ruxsatnomalar berish yoʻli orqali mazkur Konvensiya 2-moddasida koʻzda tutilgan ishga yoki yollanma ishga qabul qilishni man etish qoidasini ayrim hollarda, badiiy tadbirlarda ishtirok etish kabi maqsadlar uchun, istisno qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Shu tartibda beriladigan ruxsatnoma ishlash yoki yollanib ishlash mumkin boʻlgan sharoitni belgilaydi va ish vaqti davomiyligini cheklaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vakolatli hokimiyat organi tomonidan mazkur Konvensiya qoidalarini hayotga samarali tatbiq etishni taʼminlash uchun zarur chora-tadbirlar koʻriladi, shu jumladan, tegishli jazolarni belgilash choralari koʻriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Milliy qonun hujjatlari yoki vakolatli hokimiyat organi tomonidan Konvensiya ijrosini taʼminlovchi qoidalarning rioya etilishiga masʼul boʻlgan shaxslar belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Milliy qonun hujjatlari yoki vakolatli hokimiyat organi tomonidan ish beruvchi tasarrufida va xizmatida boʻladigan roʻyxatlar yoki boshqa hujjatlar tayinlanadi: bunday roʻyxatlar yoki hujjatlarda ish beruvchi tomonidan yollangan yoki u uchun ishlaydigan va oʻn sakkiz yoshdan kichik boʻlgan shaxslar ism-sharifi, yoshi yoki tugilgan sanasiga doir maʼlumotlar zarur darajada tasdiqlangan holda koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Konvensiya, ushbu moddada koʻzda tutilgan shartlar asosida, Sanoatda eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1919 yilgi Konvensiya, Dengizda ishlash uchun eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1920 yilgi Konvensiya, Qishloq hoʻjaligidagi eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1921 yilgi Konvensiya, Flotda koʻmir yuklovchi va oʻt yoquvchi uchun eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1921 yilgi Konvensiya, Nosanoat ishlarda eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1932-yilgi Konvensiya, Dengizda ishlash uchun eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1936-yilgi (qayta koʻrib chiqilgan) Konvensiya, Sanoatda eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1937 yilgi (qayta koʻrib chiqilgan) Konvensiya, Nosanoat ishlardagi eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1937 yilgi (qayta koʻrib chiqilgan) Konvensiya, Baliqchilar uchun eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1959-yilgi Konvensiya hamda Yer osti ishlariga ruxsat beriladigan eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1965-yilgi Konvensiyani qayta koʻrib chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Konvensiyaning kuchga kirishi Dengizda ishlash uchun eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1936-yilgi (qayta koʻrib chiqilgan) Konvensiya, Sanoatda eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1937 yilgi (qayta koʻrib chiqilgan) Konvensiya, Nosanoat ishlardagi eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1937 yilgi (qayta koʻrib chiqilgan) Konvensiya, Baliqchilar uchun eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1959-yilgi Konvensiya yoki Yer osti ishlariga ruxsat beriladigan eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1965-yilgi Konvensiyaning keyinchalik ratifikatsiya uchun yopilishiga olib kelmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Agar, Sanoatda eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1919 yilgi Konvensiya, Dengizda ishlash uchun eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1920 yilgi Konvensiya, Qishloq hoʻjaligida eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1921 yilgi Konvensiya xamda Flotda koʻmir yuklovchi va oʻt yoquvchilar uchun eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1921 yilgi Konvensiyaning barcha ishtirokchilari ularni ratifikatsiya uchun yopishga rozi boʻlib, mazkur Konvensiyani ratifikatsiya qilsalar yoki bu haqda Xalqaro Mehnat Byurosi Bosh direktoriga deklaratsiya joʻnatsalar, ushbu Konvensiyalar bundan keyingi ratifikatsiya uchun yopiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Agar mazkur Konvensiya majburiyatlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Sanoatda eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1937 yilgi (qayta koʻrib chiqilgan) Konvensiya ishtirokchisi boʻlgan Tashkilotning aʼzosi tomonidan qabul qilinsa va mazkur Konvensiyaning 2-moddasiga muvofiq eng kichik yosh oʻn besh yoshdan kam qilib belgilanmagan boʻlsa, u holda qonunning oʻz kuchi bilan, Sanoatda eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1937 yilgi (qayta koʻrib chiqilgan) Konvensiyaning darhol denonsatsiya qilinishiga olib keladi,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Nosanoat ishlarda eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1932-yilgi Konvensiya ishtirokchisi boʻlgan Tashkilotning aʼzosi tomonidan nosanoat ishlariga nisbatan qabul qilinsa, u holda qonunning oʻz kuchi bilan, Nosanoat ishlarda eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1932-yilgi Konvensiyaning darhol denonsatsiya qilinishiga olib keladi,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
s) Nosanoat ishlarda eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1937 yilgi (qayta koʻrib chiqilgan) Konvensiya ishtirokchisi boʻlgan Tashkilotning aʼzosi tomonidan nosanoat ishlariga nisbatan qabul qilinsa va mazkur Konvensiyaning 2-moddasiga muvofiq eng kichik yosh oʻn besh yoshdan kam qilib belgilanmagan boʻlsa, u holda qonunning oʻz kuchi bilan, Nosanoat ishlarda eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1937 yilgi (qayta koʻrib chiqilgan) Konvensiyaning darhol denonsatsiya qilinishiga olib keladi,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) Dengizda ishlash uchun eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1936-yilgi (qayta koʻrib chiqilgan) Konvensiya ishtirokchisi boʻlgan Tashkilotning aʼzosi tomonidan dengizdagi ishlarga nisbatan qabul qilinsa va mazkur Konvensiyaning 2-moddasiga muvofiq eng kichik yosh oʻn besh yoshdan kam qilib belgilanmagan boʻlsa, yoki Tashkilotning aʼzosi mazkur Konvensiyaning 3-moddasi dengizdagi ishlarga nisbatan qoʻllanilishini belgilagan boʻlsa, u holda qonunning oʻz kuchi bilan, Dengizda ishlash uchun eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1936-yilgi (qayta koʻrib chiqilgan) Konvensiyaning darhol denonsatsiya qilinishiga olib keladi,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) Baliqchilar uchun eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1959-yilgi Konvensiya ishtirokchisi boʻlgan Tashkilotning aʼzosi tomonidan dengizda baliqchilik sohasidagi ishlarga nisbatan qabul qilinsa va mazkur Konvensiyaning 2-moddasiga muvofiq eng kichik yosh oʻn besh yoshdan kam qilib belgilanmagan boʻlsa yoki Tashkilotning aʼzosi mazkur Konvensiyaning 3-moddasi dengizda baliqchilik soqasidagi ishlarga nisbatan qoʻllanilishini belgilagan boʻlsa, u holda qonunning oʻz kuchi bilan, Baliqchilar uchun eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1959-yilgi Konvensiyaning darhol denonsatsiya qilinishiga olib keladi,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
f) Yer osti ishlariga ruxsat beriladigan eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1965-yilgi Konvensiya ishtirokchisi boʻlgan Tashkilotning aʼzosi tomonidan qabul qilinsa va mazkur Konvensiya 2-moddasiga muvofiq eng kichik yoshni yuqorida koʻrsatilgan 1965-yilgi Konvensiyaga muvofiq belgilangan eng kichik yoshdan kam qilib belgilanmagan boʻlsa yoki Tashkilotning aʼzosi ushbu yosh mazkur Konvensiyaning 3-moddasiga koʻra shaxtalardagi yer osti ishlariga ruxsat berish uchun qoʻllanilishini belgilagan boʻlsa, u holda qonunning oʻz kuchi bilan, Yer osti ishlariga ruxsat beriladigan eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1965-yilgi Konvensiyaning darhol denonsatsiya qilinishiga olib keladi, faqat mazkur Konvensiya kuchga kirgan boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur Konvensiya majburiyatlarining qabul qilinishi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) ushbu Konvensiyaning 12-moddasiga muvofiq, Sanoatda eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1919 yilgi Konvensiyaning denonsatsiya qilinishiga olib keladi,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) qishloq hoʻjaligiga nisbatan, ushbu Konvensiyaning 9-moddasiga muvofiq, Qishloq hoʻjaligida eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1921 yilgi Konvensiyaning denonsatsiya qilinishiga olib keladi,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
s) dengizdagi ishlarga nisbatan, ushbu Konvensiyaning 10-moddasiga muvofiq, Dengizda ishlash uchun eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1920 yilgi Konvensiya va ushbu Konvensiyaning 12-moddasiga muvofiq, Flotda koʻmir yuklovchi va oʻt yoquvchilar uchun eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1921 yilgi Konvensiyaning denonsatsiya qilinishiga olib keladi, faqat mazkur Konvensiya kuchga kirgan boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi rasmiy hujjatlar roʻyxatga olinishi uchun Xalqaro Mehnat Byurosi Bosh direktoriga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Konvensiya faqatgina ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjatlari Bosh direktor tomonidan roʻyxatga olingan Xalqaro Mehnat Tashkilotining aʼzolarinigina birlashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Konvensiya Tashkilot ikki aʼzosining ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjatlari Bosh direktor tomonidan roʻyxatga olingan sanadan keyin oʻn ikki oy oʻtgach kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Keyinchalik ushbu Konvensiya Tashkilotning har bir aʼzosi uchun uning ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjati roʻyxatga olingan sanadan keyin oʻn ikki oy oʻtgach kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilgan Tashkilotning aʼzosi Konvensiya dastlab kuchga kirgan sanadan oʻn yil oʻtganidan keyin Xalqaro Mehnat Byurosining Bosh direktoriga roʻyxatga olish uchun yuborilgan akt orqali Konvensiyani denonsatsiya qilishi mumkin. Bunday denonsatsiya denonsatsiya akti roʻyxatga olinganidan keyin bir yil oʻtgach kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilgan Tashkilotning har bir aʼzosi, yuqoridagi bandda qayd etilgan oʻn yillik muddat oʻtganidan keyin, bir yil ichida mazkur moddada koʻzda tutilgan denonsatsiya huquqidan foydalanmagan boʻlsa, navbatdagi oʻn yillik muddatni kutishga majbur boʻladi va shunga muvofiq, u mazkur modda shartlariga binoan ushbu Konvensiyani har oʻn yillik muddat tugashi bilan denonsatsiya qilishi mumkin boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Xalqaro Mehnat Byurosi Bosh direktori Tashkilot aʼzolari tomonidan yuborilgan ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjatlari va denonsatsiya aktlarining barchasini roʻyxatga olganligi haqida Xalqaro Mehnat Tashkilotining barcha aʼzolariga xabar beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Bosh direktor, unga yuborilgan ikkinchi ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjatni roʻyxatga olganligi haqida Tashkilot aʼzolariga xabar berganda, u Tashkilot aʼzolarining eʼtiborini Konvensiyaning kuchga kirish sanasiga qaratadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro Mehnat Byurosi Bosh direktori, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Ustavining 102-moddasiga muvofiq, yuqoridagi moddalar qoidalariga binoan oʻzi roʻyxatga olgan ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjatlari va denonsatsiya aktlarining barchasiga oid toʻla maʼlumotlarni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibiga roʻyxatga olish uchun yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har gal, Xalqaro Mehnat Byurosi Maʼmuriy kengashi zarur deb topganda, Bosh konferensiyaga ushbu Konvensiyaning qoʻllanilishi toʻgʻrisidagi maʼruzani taqdim etadi va uni toʻla yoki qisman qayta koʻrib chiqish haqidagi masalani Konferensiya kun tartibiga kiritish kerakligini yoki kerak emasligini koʻrib chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Agar Konferensiya mazkur Konvensiyani toʻla yoki qisman qayta koʻrib chiqadigan yangi konvensiya qabul qilsa va yangi konvensiyada zid keluvchi qoidalar mavjud boʻlmasa, u xolda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Tashkilotning biror aʼzosi tomonidan qayta koʻrib chiqilgan yangi konvensiyaning ratifikatsiya qilinishi, qonunning oʻz kuchi bilan, 13-modda qoidalaridan qatʼiy nazar, mazkur Konvensiyaning zudlik bilan denonsatsiya qilinishiga olib keladi, bunda qayta koʻrib chiqilgan yangi konvensiya kuchga kirgan boʻlishi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) qayta koʻrib chiqilgan yangi konvensiya kuchga kirgan sanadan eʼtiboran, mazkur Konvensiyaning Tashkilot aʼzolari tomonidan ratifikatsiya qilinishi toʻxtatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Konvensiya, har qanday holatda, uni ratifikatsiya qilgan, ammo qayta koʻrib chiqilgan yangi konvensiyani ratifikatsiya qilmagan Tashkilot aʼzolari uchun amaldagi shakli va mazmuni oʻz kuchida qolaveradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Konvensiyaning inglizcha va fransuzcha matnlari bir xil kuchga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(imzolar)