Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.11.2020 12.04.1999 yildagi 171-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 12.04.1999 yildagi 171-son
Date of entry into force
12.04.1999
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.11.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-noyabrdagi 739-sonli “Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksini amalga kiritish tartibi to‘g‘risida” 1998-yil 30-apreldagi 608-I-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2016-y., 50-son, 566-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-sentabrdagi 269-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2014-y., 39-son, 490-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka va tarbiyaga olish (patronat) to‘g‘risidagi Nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “O‘zbekiston SSRning vasiylik va homiylik organlari to‘g‘risidagi, shuningdek bolalarni tarbiyaga berish (patronat) tartibi va shartlari to‘g‘risidagi Nizomlarni tasdiqlash haqida” 1970-yil 19-yanvardagi 20-son qarori (O‘zSSR QT, 1970-y., 1-son, 7-modda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Mehnatkashlar deputatlari rayon, shahar Soveti ijroiya komiteti huzuridagi grajdanlarning yoshini belgilash komissiyasi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1976-yil 9-iyuldagi 393-son qarori (O‘zSSR QT, 1976-y., 7-son, 42-modda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “O‘zbekiston SSR xalq deputatlari rayon, shahar, shahardagi rayon Sovetlari ijroiya komitetlarining ZAGS bo‘limlari va posyolka, qishloq hamda ovul Sovetlari ijroiya komitetlari tomonidan grajdanlik holati aktlarini qayd qilish Qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 1982-yil 16-dekabrdagi 803-son qarori (O‘zSSR QT, 1982-y., 12-son, 46-modda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarining yangi fuqarolik urf-odatlarini joriy etishga doir ishlarini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1989-yil 26-iyuldagi 239-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari D. M. G‘ulomova zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1999-yil 12-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
171-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 50-son, 566-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-sentabrdagi 269-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2014-y., 39-son, 490-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
12-apreldagi 171-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka va bolalarni oilaga tarbiyaga olish (patronat) to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
BIRINChI BO‘LIM
VOYAGA YETMAGAN BOLALARNI FARZANDLIKKA OLISh
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. UMUMIY QOIDALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka olish O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi va ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Farzandlikka olish faqat ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan voyaga yetmagan bolalarga nisbatan, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida yo‘l qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Farzandlikka olish bolani farzandlikka olishni xohlagan shaxslarning arizasiga va vasiylik va homiylik organlari tavsiyasiga ko‘ra tuman, shahar hokimi qarori bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Farzandlikka oluvchilar — bolalarning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha ota-ona majburiyatlarini ixtiyoriy ravishda o‘z zimmasiga olgan shaxslardir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. FARZANDLIKKA OLINIShI LOZIM BO‘LGAN BOLALARNI VA ULARNI FARZANDLIKKA OLIShNI XOHLAGAN ShAXSLARNI HISOBGA OLISh
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Farzandlikka olinishi lozim bo‘lgan bolalar haqidagi ma’lumotlarni va farzandlikka olinuvchilarni joylashtirish bo‘yicha tuman, shahar hokimiga tavsiyalar tayyorlash tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 822-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Ota-onalar qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lgan muassasalar (maktabgacha tarbiya va umumta’lim muassasalari, davolash muassasalari va boshqa muassasalar)ning mansabdor shaxslari va boshqa fuqarolar bu haqda bolalar yashab turgan joydagi vasiylik va homiylik organlarini uch kun muddatda xabardor qilishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan muassasalar tomonidan farzandlikka olinishi lozim bo‘lgan bolalar haqidagi ma’lumotlarni boshqa tashkilotlar va muassasalarga, shuningdek fuqarolarga qonunda belgilangan hollardan tashqari berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Quyidagi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ota-onasi vafot etgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ota-onasi ota-onalik huquqidan mahrum etilgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ota-onasi sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ota-onasi bolalarni tarbiyalash yoki ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan bo‘yin tovlagan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ota-onasi bir yildan ortiq muddat davomida bolalar muassasalari yoki tibbiy muassasalardagi bolasidan uzrli sabablarsiz xabar olmagan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ota-onasi tarbiyalash, davolash muassasalaridan, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasidan va boshqa muassasalardan bolasini olishdan bosh tortgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ota-onasi bedarak yo‘qolgan yoki vafot etgan deb e’lon qilingan bolalar farzandlikka olinishi lozim bo‘lgan bolalar sifatida hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Farzandlikka olishni xohlovchi shaxs yashash joyidagi tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 822-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, nikohda qachondan beri turganligi, er-xotinning birga yoki alohida yashashi, agar farzandlari bo‘lsa ularning soni va yoshi, farzandlikka olinadigan bolaning yoshi va jinsi ko‘rsatilgan ariza;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxsini tasdiqlovchi hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nikoh to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi (agar nikohda bo‘lsa);
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish joyidan ish haqi ko‘rsatilgan ma’lumotnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish joyidan yoki yashash joyidan tavsifnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
farzandlikka oluvchi bo‘lishni xohlovchi shaxsning sog‘lig‘i to‘g‘risida tibbiy-maslahat komissiyasining xulosasi, psixiatriya va narkologiya muassasalari, teri-tanosil kasalliklari dispanserining ma’lumotnomalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farzandlikka oluvchilar bo‘lish imkoniyati to‘g‘risida xulosa tayyorlash uchun tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi bolani farzandlikka olishni xohlagan shaxslarning turmush sharoitlarini o‘rganish natijalari bo‘yicha dalolatnoma tuzadi.
(8-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 822-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar, shuningdek bolani farzandlikka olishni xohlagan shaxslarning turmush sharoitlarini o‘rganib chiqish dalolatnomasi asosida tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi ariza berilgan kundan boshlab 30 ish kuni mobaynida ularning farzandlikka oluvchilar bo‘lishi imkoniyati to‘g‘risidagi xulosani tayyorlaydi. Ushbu xulosa ariza beruvchilarga beriladi va farzandlikka olishga nomzodlar sifatida hisobga qo‘yish uchun asos hisoblanadi.
(8-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 822-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiylik va homiylik organi salbiy xulosa va unga asoslangan farzandlikka olishga nomzodlar sifatida hisobga qo‘yishning rad etilishini xulosa imzolangan sanadan boshlab 5 kun muddatda ariza beruvchining e’tiboriga yetkazadi. Ayni bir vaqtda ariza beruvchiga barcha hujjatlar qaytariladi va qaror yuzasidan shikoyat qilish tartibi tushuntiriladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 21-avgustdagi 179-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 33-34-son, 347-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Voyaga yetgan erkak yoki ayol fuqarolar farzandlikka oluvchilar bo‘lishi mumkin, quyidagi shaxslar bundan mustasno:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ota-onalik huquqidan mahrum qilingan yoki ota-onalik huquqi cheklanganlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun bilan belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilganlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asab kasalliklari yoki narkologiya muassasalarida ro‘yxatda turuvchilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sobiq farzandlikka oluvchilar, agar ular farzandlikka olish bo‘yicha zimmalariga yuklangan majburiyatlarni bajarishdan bo‘yin tovlaganliklari yoki ularni lozim darajada bajarmaganliklari, ota-onalik huquqini suiiste’mol qilganliklari, farzandlikka olinuvchilarga nisbatan shafqatsizlik bilan muomalada bo‘lganliklari, shuningdek surunkali ichkilikbozlik yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lganliklari munosabati bilan farzandlikka olish bekor qilingan bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qasddan sodir qilgan jinoyati uchun ilgari hukm qilinganlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farzandlikka oluvchi va farzandlikka olinuvchilar yoshidagi farq o‘n besh yoshdan kam bo‘lmasligi shart, o‘gay ota va o‘gay ona tomonidan farzandlikka olish hollari bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Vasiylik va homiylik organi tarbiyalash yoki davolash muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalarni farzandlikka olishni istovchi shaxslarni ro‘yxatga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aniq bir bolani (masalan, nevaralar, o‘gay o‘g‘il yoki o‘gay qiz, vafot etgan qarindoshlarining farzandlari va boshqalarni) farzandlikka oluvchilar farzandlikka olishni istovchi shaxslarning umumiy ro‘yxatiga olinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Farzandlikka olishda quyidagilar ustunlik huquqiga ega bo‘ladilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
turar joyidan qat’i nazar, farzandlikka olinuvchining qarindoshlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oilasida farzandlikka olinuvchi bola yashayotgan shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aka-uka, opa-singillarni ular orasidagi qarindoshlik aloqalarini buzmasdan farzandlikka olayotgan shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘gay ota va o‘gay ona;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasallik, baxtsiz hodisa oqibatida farzandlaridan ajralgan shaxslar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. FARZANDLIKKA OLISh UChUN BOLALARNI TANLASh
(III bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 21-avgustdagi 179-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 33-34-son, 347-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi fuqarolar farzandlikka oluvchi nomzodlar sifatida hisobga qo‘yilgandan keyin ularga farzandlikka olish mumkin bo‘lgan bola (bolalar) to‘g‘risidagi axborotni taqdim etadi va bola (bolalar) yashaydigan (turgan) joyda bolani (bolalarni) ko‘rish uchun yo‘llanma beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar farzandlikka olishga nomzodlar o‘z yashash joyida farzandlikka olish uchun bolani tanlay olmasa, ular farzandlikka olinadigan bola to‘g‘risida ma’lumot olish uchun o‘z xohishlariga ko‘ra boshqa tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga murojaat qilishlari mumkin.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 822-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
121. Farzandlikka olishga nomzodlar quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bola to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotni va uning qarindoshlari borligi haqidagi ma’lumotlarni olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan tartibda bola turgan muassasaning vakili ishtirokida bolani farzandlikka olishni mustaqil tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish uchun tibbiyot muassasasiga murojaat qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
122. Farzandlikka olishga nomzodlar shaxsan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bola bilan tanishishga va u bilan aloqa o‘rnatishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
farzandlikka olinadigan bolaning hujjatlari bilan tanishishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolaning sog‘lig‘i to‘g‘risidagi tibbiy xulosa bilan tanishganlikni yozma shaklda tasdiqlashga majbur.
(121 va 122-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 21-avgustdagi 179-sonli qarori bilan kiritildi — O‘R QHT, 2007-y., 33-34-son, 347-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Vasiylik va homiylikdagi, davlat bolalar muassasalari tarbiyasi va ta’minotidagi bolalarni farzandlikka olish, ota-onasining roziligi talab qilinmaydigan hollarda, vasiy (homiy) yoki ushbu muassasa ma’muriyati roziligi bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Vasiylik va homiylik organi farzandlikka olinuvchi haqida quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tug‘ilganlik haqida guvohnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bola er-xotindan biri tomonidan farzandlikka olinayotgan bo‘lsa xotin (er)ning yozma roziligi (agar er-xotin oilaviy munosabatni tugatgan, bir yildan oshiq birgalikda yashamayotgan va er (xotin)ning turar joyi noma’lum bo‘lsa, xotin (er)ning yozma roziligi talab etilmaydi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
farzandlikka olinuvchi ota-onasining notarial ravishda tasdiqlangan roziligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ota-onasining vafot etganligi haqida ma’lumotnoma yoki sudning ota-onalik huquqidan mahrum etilganligi to‘g‘risida, ota-onalar, muomalaga layoqatsiz yoki layoqati cheklangan, bedarak yo‘qolgan yoki o‘lgan deb topilganligi to‘g‘risidagi qarori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ota-onaning bolani tarbiyasi va ta’minotidan voz kechganligi to‘g‘risidagi arizasi, ota-onaga qidiruv e’lon qilinganlik haqidagi hujjatlar, ichki ishlar, tarbiyalash, davolash va boshqa muassasalarning bola tashlab ketilganligi haqidagi dalolatnomasi va boshqa hujjatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davolash muassasasining bolaning jismoniy va ruhiy rivojlanishi to‘g‘risidagi xulosasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. FARZANDLIKKA OLISh HAQIDA HOKIMGA TAQDIM ETADIGAN TAVSIYANOMALARNING TAYYORLANIShI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Farzandlikka olish uchun bola tanlangandan keyin farzandlikka oluvchiga nomzod bolaning yashash joyi (bola turgan joy) dagi tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limiga farzandlikka olinayotgan bolaning familiyasi, ismi, otasining ismi, yoshi va jinsini ko‘rsatgan holda ariza bilan murojaat qiladi. Ariza bilan birgalikda nomzodning farzandlikka oluvchi bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida tegishli tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi tomonidan berilgan xulosa taqdim etiladi;
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 822-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tarbiyalash yoki davolash muassasalaridan farzandlikka olish uchun berilayotgan bolaga hujjatlar tayyorlash yuqoridagi muassasalar ma’muriyati tomonidan amalga oshiriladi va tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlariga ko‘rib chiqishga beriladi.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 822-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari taqdim etilgan hujjatlar asosida quyidagilarni e’tiborga olgan holda tuman, shahar hokimiga tavsiyanoma tayyorlaydi:
(15-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 822-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) farzandlikka olinuvchining sog‘lig‘i:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sog‘lom bolalar, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar bolaning sog‘lig‘i to‘g‘risida farzandlikka oluvchini xabardor qilish sharti bilan farzandlikka berilishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
farzandlikka olinuvchining sog‘lig‘i haqidagi tibbiy ma’lumot pediatr, nevropatolog, xirurg (ortoped-travmatolog), oftalmolog, otolaringolog, logoped tomonidan tuziladi va sog‘liqni saqlash tizimida belgilangan tartibda tasdiqlanadi. Bola boshqa mutaxassislar tomonidan ham tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) farzandlikka olinuvchi ota-onasining roziligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
farzandlikka olinayotganning ota-onasidan bolasini farzandlikka berish uchun notarial tasdiqlangan (pasport ma’lumotlari ko‘rsatilgan holda) roziligi talab qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
farzandlikka olinuvchining ota-onasi farzandini muayyan bir shaxs tomonidan farzandlikka olinishiga rozilik berishlari yoki farzandlikka berishga rozilik bildirib, farzandlikka oluvchilarni tanlash ixtiyorini vasiylik va homiylik organiga havola qilishlari mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bola joylashgan tarbiyalash va davolash muassasalari ma’muriyati bolaning ota-onasidan boshqa shaxs tomonidan farzandlikka olinishiga roziligini olishda farzandlikka olishning huquqiy oqibatlari to‘g‘risida tushuntirish berishi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman, shahar hokimining farzandlikka olish haqidagi qarori chiqarilgunga qadar ota-ona o‘z roziligini qaytarib olishga haqlidir. Ota-onaning roziligisiz farzandlikka olish quyidagi hollarda amalga oshiriladi, agar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ota-onaning kimligi noma’lum bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ota-ona ota-onalik huquqidan mahrum qilingan bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ota-ona muomalaga layoqatsiz, bedarak yo‘qolgan deb topilgan yoki vafot etgan deb e’lon qilingan bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ota-ona bir yildan ortiq muddat davomida bolalar yoki davolash muassasalaridagi bolasidan uzrli sabablarsiz xabar olmagan bo‘lsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) farzandlikka olinuvchining roziligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar farzandlikka olinuvchi o‘n yoshga to‘lgan bo‘lsa, uning farzandlikka olinishga roziligi vasiylik va homiylik organlari tomonidan aniqlanadi. Bolaning roziligi olinganda unga farzandlikka olishning huquqiy oqibatlari (qarindoshlari bilan ko‘rishish, mulkiy va boshqa nizolar), uning familiyasi, tug‘ilish to‘g‘risidagi yozuvlarning o‘zgarishi tushunarli holda bolaga bayon qilinishi shart;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar bola farzandlikka oluvchilarning oilasida tarbiyalanayotgan bo‘lsa va ularni o‘z ota-onasi deb e’tirof etishi vasiylik va homiylik organi tomonidan o‘tkazilgan suhbat mobaynida aniqlangan bo‘lsa, farzandlikka olish farzandlikka olinayotgan bolaning roziligisiz amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) farzandlikka oluvchilarning oilaviy va boshqa sharoitlarini o‘rganish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni farzandlikka olish haqidagi farzandlikka oluvchilarning arizalarida bolaning sog‘ligi to‘g‘risida batafsil tanishganligi hamda uning tarbiyasi va ta’minotini o‘z zimmasiga olishi haqida ma’lumotlar bo‘lishi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar bola er-xotinning har ikkalasi tomonidan farzandlikka olinmayotgan bo‘lsa, vasiylik va homiylik organi er-xotinning birining roziligini oladi, oilaviy sharoitini o‘rganadi va tuman, shahar hokimiga farzandlikka olish bola tarbiyasi va manfaatlariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa tayyorlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. FARZANDLIKKA OLIShNI RASMIYLAShTIRISh VA UNI SIR SAQLASh
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Farzandlikka olish to‘g‘risidagi tuman, shahar hokimining qarori chiqarilganidan keyin o‘n kun ichida fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlari farzandlikka olinayotganlarning tug‘ilishi qayd etilgan daftarga zarur o‘zgartirishlar kiritishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farzandlikka oluvchilar bolaning tug‘ilganligi to‘g‘risidagi yozuvlar daftariga uning ota-onasi deb yozilishi kerak. Zarur hollarda bolaning familiyasi, ismi, otasining ismigina emas, balki tug‘ilgan sanasi ham bir yildan ortiq bo‘lmagan farq bilan o‘zgartiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar bola o‘n yoshdan oshmagan bo‘lsa, tug‘ilgan joyi ham O‘zbekiston Respublikasi doirasida o‘zgartirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Farzandlikka olingan bolaning tug‘ilganligi to‘g‘risidagi yozuvlar daftariga zarur o‘zgartirishlar kiritilgan kun farzandlikka olishning vujudga kelgan vaqti hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Farzandlikka olishni sir saqlash qonun bilan himoya qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish daftaridagi va boshqa hujjatlardagi farzandlikka oluvchilar farzandlikka olinganning otasi emasligini bildiradigan mazmundagi yozuvlar bilan tanishtirish, bu yozuvlardan ko‘chirmalar va boshqa ma’lumotlarni farzandlikka oluvchilarning roziligisiz, ular vafot etgan holda, vasiylik va homiylik organining roziligisiz berish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farzandlikka oluvchining yoki vasiylik va homiylik organining erkiga xilof ravishda farzandlikka olish sirini oshkor qilgan shaxslar qonun bilan belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. FARZANDLIKKA OLIShNING HUQUQIY OQIBATLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Farzandlikka olingan bolalar barcha shaxsiy va mulkiy huquqlarda farzandlikka oluvchining o‘z bolalariga tenglashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farzandlikka olinganlar va ularning ota-onasi (ota-onasining qarindoshlari) bir-birlariga nisbatan shaxsiy va mulkiy huquqlarini hamda majburiyatlarini yo‘qotadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Farzandlikka olinish vaqtida boquvchisini yo‘qotganlik uchun pensiya yoki nafaqa olish huquqiga ega bo‘lgan voyaga yetmaganlar farzandlikka olingan taqdirda ham ana shu huquqni saqlab qoladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. FARZANDLIKKA OLIShNI BEKOR QILISh UChUN ASOSLAR VA UNING OQIBATLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Farzandlikka olish quyidagi hollarda haqiqiy emas deb topiladi, agar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
farzandlikka olish qalbaki hujjatlar asosida rasmiylashtirilgan bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
farzandlikka olish soxta bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
voyaga yetgan shaxs farzandlikka olingan bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
farzandlikka oluvchi shaxs farzandlikka olish huquqiga ega bo‘lmagan bo‘lsa, ya’ni ota-onalik huquqidan mahrum qilingan yoki ota-onalik huquqi cheklanganlar, qonun bilan belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilganlar, ruhiy yoki narkologik muassasalarda ro‘yxatda turuvchilar, qasddan sodir qilgan jinoyatlari uchun ilgari hukm qilinganlar, shuningdek, sobiq farzandlikka oluvchilar mazkur Nizomning 22-bandida ko‘rsatib o‘tilgan asoslar bo‘yicha farzandlikka olishi bekor qilingan bo‘lsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Farzandlikka olish agar farzandlikka oluvchilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘z zimmalariga yuklangan majburiyatlarni bajarishdan bo‘yin tovlayotgan yoki ularni lozim darajada bajarmayotgan bo‘lsalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ota-onalik huquqini suiiste’mol qilayotgan bo‘lsalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
farzandlikka olinuvchilarga nisbatan shafqatsizlik bilan muomalada bo‘lsalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muttasil ichkilikbozlikka yoki giyovandlikka mubtalo bo‘lgan bo‘lsalar bekor qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farzandlikka olinuvchi o‘n sakkiz yoshga to‘lgandan keyin uning xulq-atvori farzandlikka oluvchilarning sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazayotgan, ularning hayoti yoki sog‘lig‘iga xavf solayotgan bo‘lsa, farzandlikka olish sud tartibida bekor qilinishiga yo‘l qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud boshqa asoslarga ko‘ra ham bolaning manfaatlaridan kelib chiqib, uning fikrini hisobga olgan holda farzandlikka olishni bekor qilishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Farzandlikka olishni sud tartibida bekor qilishni uning ota-onasi, prokuror, vasiylik va homiylik organlari, voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyalar, shuningdek, o‘n olti yoshga to‘lgan farzandlikka olingan bola talab qilish huquqiga ega.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-iyundagi 385-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 539-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Farzandlikka olishni haqiqiy emas deb topish va farzandlikka olishni bekor qilishga faqat sud tartibida yo‘l qo‘yiladi. Bu toifadagi ishlarni hal qilishda o‘n yoshga to‘lgan bolaning fikri hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farzandlikka olishni haqiqiy emas deb topish yoki farzandlikka olishni bekor qilish to‘g‘risidagi sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin uch kundan kechiktirmay sud shu qarordan ko‘chirmani bolaning farzandlikka olinishi to‘g‘risida qaror chiqargan shahar, tuman hokimiga va tegishli fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga yuborishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Sud tomonidan farzandlikka olish haqiqiy emas deb topilganda yoki farzandlikka olish bekor qilinganda farzandlikka olingan bola bilan farzandlikka oluvchilarning (farzandlikka oluvchilarning qarindoshlari) o‘zaro huquq va majburiyatlari tugatiladi hamda bola bilan uning ota-onasi (ota-onaning qarindoshlari) o‘rtasidagi huquq va majburiyatlar tiklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farzandlikka olish haqiqiy emas deb topilganda yoki farzandlikka olish bekor qilinganda, bola sudning hal qiluv qarori bilan ota-onasiga olib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolaning ota-onasi yo‘q bo‘lsa, shuningdek agar bolani ota-onasiga berish uning manfaatlariga zid bo‘lsa, bola vasiylik va homiylik organlari qaramog‘iga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudning hal qiluv qarorida farzandlikka olingan bolaning familiyasi, ismi, otasining ismi saqlanish-saqlanmasligi ko‘rsatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘n yoshga to‘lgan bolaning ismi va otasining ismi faqat uning roziligi bilan o‘zgartirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VIII. FARZANDLIKKA OLINGANLARNING ShAXSIY HUJJATLARINI SAQLASh TARTIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Farzandlikka olingan bolalarning shaxsiy hujjatlari farzandlikka olishga tavsiya tayyorlab bergan tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarida yetmish besh yil mobaynida saqlanadi va ularni farzandlikka olganlarning yashash joyidagi tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlariga o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 822-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IX. ChET EL FUQAROLARI YOKI FUQAROLIGI BO‘LMAGAN ShAXSLAR TOMONIDAN BOLALARNI FARZANDLIKKA OLISh
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan bolani farzandlikka olishda O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 151 — 167, 237-moddalari hamda ushbu Nizom talablariga rioya qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan bolalarni farzandlikka olish O‘zbekiston Respublikasida o‘z diplomatik vakolatxonasi mavjud bo‘lgan davlatlarning fuqarolari tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farzandlikka olishni istovchi shaxslarni ro‘yxatga olish O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Bunday farzandlikka olishning asosiy sharti farzandlikka olish masalasini ko‘rib chiqishda farzandlikka oluvchilarning shaxsan ishtirok etishi, diplomatik vakolatxonaning quyidagi ma’lumotlarni: farzandlikka bola olishni istovchi fuqarolarning familiyasi, ismi, ota ismini, tug‘ilgan vaqti, turar joyi, moddiy ahvoli haqidagi ma’lumotlarni, tibbiy xulosa, oilaning axloqiy-ruhiy shart-sharoiti, shuningdek, farzandlikka oluvchining har biriga tavsifnomalarni o‘z ichiga olgan iltimosnomasi hisoblanadi.
(28-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 21-avgustdagi 179-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 33-34-son, 347-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farzandlikka oluvchilar farzandlikka olingan bolalar balog‘atga yetgunlariga qadar har yili xorijiy davlatlarning tegishli diplomatik vakolatxonalari orqali O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga bolaning psixik va jismoniy holati, uning yashash va tarbiyalanish sharoitlari to‘g‘risida axborot taqdim etadilar. Ushbu ma’lumotlar xorijiy davlatning maxsus vakolatli organi yoki bolalarni farzandlikka olish bo‘yicha tashkilot tomonidan tasdiqlanishi kerak.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 21-avgustdagi 179-sonli qarori asosida uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 33-34-son, 347-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan va O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida yashayotgan bolani farzandlikka olish farzandlikka oluvchi qaysi davlatning fuqarosi bo‘lsa, o‘sha davlatning vakolatli organi tomonidan amalga oshirilganligi, agar bola yoki uning ota-onasi (ulardan biri) O‘zbekiston Respublikasi hududidan jo‘nab ketishdan oldin yashab turgan joydagi tuman, shahar hokimining farzandlikka olish to‘g‘risidagi ruxsatini oldindan olgan bo‘lsagina, O‘zbekiston Respublikasida haqiqiy deb e’tirof etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Konsuli O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan va O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida yashayotgan bolani farzandlikka olishni rasmiylashtirishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar farzandlikka olish natijasida bolaning O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalar bilan belgilangan huquqlari buzilsa, farzandlikka oluvchi qaysi davlat fuqarosi bo‘lishidan qat’i nazar, farzandlikka olishni amalga oshirish mumkin emas, agar farzandlikka olingan bo‘lsa, u sud tartibida bekor qilinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
X. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA FARZANDLIKKA OLUVChILAR OILALARIDA BOLALARNING TURMUSh ShAROITLARINI VA ULARNING TARBIYALANIShINI NAZORAT QILISh
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Farzandlikka olingan bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida farzandlikka olingan bolaning yashash joyidagi tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi uning turmush sharoitlari va tarbiyalanishini nazorat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hududida bola farzandlikka olingan tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi farzandlikka olish to‘g‘risida tuman, shahar hokimining qarori chiqqandan keyin 7 kun muddatda farzandlikka oluvchi (lar)ning yashash joyidagi tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limiga farzandlikka olingan bolaning turmush sharoitlari va tarbiyalanishi ustidan nazoratni amalga oshirish uchun tegishli axborotni yuborishi shart. Ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni berishda farzandlikka olish sir saqlanishi kerak. Uni oshkor qilishda aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 822-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Farzandlikka olingan bolaning turmush sharoitlari va tarbiyalanishini nazorat tartibida tekshirish tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi vakillari tomonidan, farzandlikka olish belgilangandan dastlabki 3 yil mobaynida har yili o‘tkaziladi. 3 yil o‘tgandan keyin nazorat tartibida tekshirish o‘tkazish zarurligi tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi tomonidan farzandlikka oluvchi (lar) oilasida shakllanayotgan aniq vaziyatga muvofiq yakka tartibda belgilanadi. Farzandlikka olingan bolaning turmush sharoitlari va tarbiyalanishini nazorat tartibida tekshirish farzandlikka olish sir saqlangan holda o‘tkaziladi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 822-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Nazorat tartibida tekshirish natijalari bo‘yicha oilani borib ko‘rgan tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi vakili farzandlikka olingan bolaning turmush sharoitlari va tarbiyalanishi to‘g‘risida hisobot tuzadi. Hisobotda bolaning sog‘lig‘i, o‘qishi, uning ruhiy va xulq-atvor jihatdan kamol topishi, o‘ziga o‘zi xizmat qilish ko‘nikmalari, tashqi ko‘rinishi va oiladagi o‘zaro munosabatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks ettirilishi kerak.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 822-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son)
(X bob O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 21-avgustdagi 179-sonli qarori bilan qo‘shilgan — O‘R QHT, 2007-y., 33-34-son, 347-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IKKINChI BO‘LIM
BOLALARNI OILAGA TARBIYAGA OLISh (PATRONAT)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. UMUMIY QOIDALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Bolalarni oilaga tarbiyaga olish O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi va ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farzandlikka olgan oila ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllaridan biri hisoblanadi. Ota-onalar qarovisiz qolgan bolani (bolalarni) tarbiya qilish uchun olishni istaydigan fuqarolar (er-xotin yoki alohida fuqarolar) tutingan ota-onalar deb ataladi, ushbu oila esa farzandlikka olgan oila hisoblanadi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 21-avgustdagi 179-sonli qarori asosida ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 33-34-son, 347-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan voyaga yetmagan bolalar, shu jumladan, tarbiya va davolash muassasalarida, shuningdek, aholini ijtimoiy himoyalash muassasalaridagi bolalar oilaga tarbiyaga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farzandlikka olgan oiladagi bolalarning umumiy soni, o‘z bolalari va farzandlikka olingan bolalar bilan birgalikda, qoidaga ko‘ra, 8 nafardan oshmasligi kerak.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 21-avgustdagi 179-sonli qarori asosida ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 33-34-son, 347-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Bolalarni oilaga tarbiyaga olish ixtiyoriy bo‘lib, u vasiylik va homiylik organlari bilan bolani olish istagini bildirgan shaxslar o‘rtasida tuzilgan maxsus shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. FARZANDLIKKA OLGAN OILANI TAShKIL ETISh TARTIBI
(II bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 21-avgustdagi 179-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 33-34-son, 347-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.Voyaga yetgan har ikki jinsdagi shaxslar tutingan ota-ona bo‘lishlari mumkin, quyidagilar bundan mustasno:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb e’tirof etilgan shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud tomonidan ota-onalik huquqidan mahrum qilingan yoki ota-onalik huquqi cheklangan deb e’tirof etilgan shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun bilan o‘z zimmasiga yuklangan majburiyatlarni lozim darajada bajarmagani uchun vasiylik yoki homiylik vazifalarini bajarishdan chetlashtirilgan shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘z zimmalariga yuklangan majburiyatlarni bajarishdan bo‘yin tovlaganligi yoki ularni lozim darajada bajarmaganligi, ota-onalik huquqini suiiste’mol qilganligi, farzandlikka olinuvchilarga nisbatan shafqatsizlik bilan muomalada bo‘lganliklari, shuningdek muttasil ichkilikbozlikka yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lganliklari uchun farzandlikka olish sud tomonidan bekor qilingan bo‘lsa, ilgari farzandlikka bola olgan shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qasddan qilingan jinoyatlari uchun ilgari hukm qilingan shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sog‘lig‘ining yomonligi tufayli bola tarbiyalash majburiyatini bajara olmaydigan shaxslar. Qaysi kasallikka chalingan taqdirda bolani tarbiyaga olish taqiqlanadigan kasalliklar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi”;
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 21-avgustdagi 179-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 33-34-son, 347-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Bolani (bolalarni) farzandlikka olishni xohlovchi shaxslar o‘z yashash joyidagi vasiylik va homiylik organiga tutingan ota-onalar sifatida hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi iltimos bildirilgan arizani beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arizaga quyidagilar ilova qilinishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nikoh to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi (agar nikohda bo‘lsa);
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish joyidan ish haqi ko‘rsatilgan ma’lumotnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish joyidan yoki yashash joyidan tavsifnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
farzandlikka olishni xohlovchi shaxsning sog‘lig‘i to‘g‘risida tibbiy- maslahat komissiyasining xulosasi, psixiatriya va narkologiya muassasalari, teri-tanosil kasalliklari dispanserining ma’lumotnomalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanitariya qoidalari va normalariga muvofiq bo‘lgan mulk huquqidagi, ijara (ijaraga olish) shartlaridagi yoki boshqa asoslardagi uy-joy mavjudligini tasdiqlaydigan hujjat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza berishda shaxsni tasdiqlaydigan hujjat ko‘rsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiylik va homiylik organi ariza berilgan kundan boshlab 30 ish kuni mobaynida oilaning turmush sharoitlarini, bolalarni tarbiyaga olishni istaganlarning moddiy ta’minlanganlik holatini tekshiradi, tekshirish dalolatnomasini tuzadi va tekshirish dalolatnomasi asosida ularni hisobga qo‘yadi. Hisobga qo‘yish yoki hisobga qo‘yishni rad etish to‘g‘risidagi qaror ariza beruvchilar e’tiboriga qaror qabul qilingan kunidan boshlab 5 kun muddatda yetkaziladi. Hisobga qo‘yish rad etilgan taqdirda ariza beruvchiga barcha hujjatlar qaytariladi va qaror yuzasidan shikoyat qilish tartibi tushuntiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan hisobda turgan shaxs vasiylik va homiylik organlari bilan kelishgan holda vasiylik va homiylik organlarida hisobda turgan va ota-onalar qarovisiz qolgan, shu jumladan tarbiyalash va davolash muassasalaridagi, shuningdek aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasalaridagi voyaga yetmagan bolalarning dastlabki tanlab olinishini amalga oshiradi”;
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 21-avgustdagi 179-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 33-34-son, 347-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Tutingan ota-onalarni tanlash vasiylik va homiylik organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Bolalarni oilaga tarbiyaga berish ularning xohishini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. O‘n yoshga to‘lgan bolalarni faqat ularning roziligi bilan oilaga tarbiyaga berish mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zaro qarindosh bo‘lgan bolalar, qoidaga ko‘ra, bitta oilaga beriladi, tibbiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha yoki boshqa sabablarga ko‘ra ular birga tarbiyalanishi mumkin bo‘lmagan hollar bundan mustasno.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 21-avgustdagi 179-sonli qarori asosida ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 33-34-son, 347-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. BOLALARNI OILAGA TARBIYAGA OLISh TO‘G‘RISIDAGI KELIShUV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Bolalarni farzandlikka oladigan oilaga tarbiyalash uchun berish bitim asosida amalga oshiriladi. Bolalarni tarbiyalash uchun oilaga qabul qilish to‘g‘risidagi bitim vasiylik va homiylik organlari bilan tutingan ota-onalar o‘rtasida tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolalarni tarbiyalash uchun oilaga qabul qilish to‘g‘risidagi namunaviy bitim O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 21-avgustdagi 179-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 33-34-son, 347-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Bolalarni oilaga tarbiyaga olish to‘g‘risidagi kelishuvda tutingan ota-ona to‘g‘risida ma’lumotlar (yashash joyi, pasporti, oilaviy sharoiti), bolani ta’minlash sharoitlari, bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish, tutingan ota-onalarning huquq va majburiyatlari, vasiylik va homiylik organlarining tutingan oilaga nisbatan majburiyatlari, shuningdek, bunday kelishuvni bekor qilish asoslari va oqibatlari ko‘rsatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Vasiylik va homiylik organi tutingan ota-onalar bilan kelishuv tuzilishigacha bolani tarbiyaga olayotgan oilaning turmush sharoitlarini o‘rganib chiqishi va ushbu oila a’zolari sog‘lig‘ining ahvoli haqida ma’lumotlar to‘plashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. TARBIYAGA BERILGAN BOLALARNING MODDIY TA’MINOTI
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Vasiylik va homiylik organlari oilaga tarbiyalash uchun berilgan bolalarni har yili bir marta kiyim-bosh va poyabzal bilan ta’minlaydilar.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 21-avgustdagi 179-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 33-34-son, 347-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Vasiylik va homiylik organlari bolani oilaga tarbiyaga olgan tutingan ota-onaga qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda har oyda nafaqa to‘lab turadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tutingan ota-onaga homiylar, tashkilotlar, idoralar, ayrim shaxslar tomonidan bolalarni tarbiyalash maqsadida turli moddiy va ma’naviy yordam berilishi ham mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. BOLALARNI TARBIYAGA OLISh TO‘G‘RISIDAGI KELIShUVNING BEKOR QILINIShI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Bolalarni tarbiyaga olish to‘g‘risidagi kelishuv muddatidan oldin quyidagi sabablar bo‘lganda tutingan ota-onaning tashabbusi bilan bekor qilinishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasalligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oilaviy yoki mulkiy mavqening o‘zgarishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalar bilan o‘zaro bir-birini tushunmaslik va boshqalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolalarni tarbiyaga olish to‘g‘risidagi kelishuv vasiylik va homiylik organining tashabbusi bilan yoki bolalar ota-onalarga qaytarilgan yoxud ular farzandlikka olinganda muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Bolalarni oilaga tarbiyaga olish to‘g‘risidagi kelishuvlarni to‘xtatish to‘g‘risidagi nizolar sud tartibida hal qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. OILAGA TARBIYAGA OLINGAN BOLALARNING HUQUQLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Oilaga tarbiyaga berilgan bolalar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘zlariga tegishli bo‘lgan aliment, shuningdek, pensiya, nafaqa va boshqa ijtimoiy to‘lovlarni olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uy-joyga bo‘lgan mulk egaligi yoki uy-joydan foydalanish huquqi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga muvofiq uy-joy olish huquqlarini saqlab qoladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farzandlikka oladigan oilaga tarbiyalash (patronat) uchun berilgan bolalarga qonun hujjatlarida ota-onalar qarovisiz qolgan bolalar uchun nazarda tutilgan barcha imtiyozlar tatbiq etiladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 21-avgustdagi 179-sonli qarori asosida beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 33-34-son, 347-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Oilaga tarbiyaga berilgan bolalar o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ota-onasi va qarindoshlari bilan ko‘rishish huquqiga ham egadirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Oilada o‘z manfaatiga daxldor har qanday masala hal qilinayotganida bola o‘z fikrini bildirishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. TUTINGAN OTA-ONANING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Tutingan ota-ona tarbiyaga olingan bolaga nisbatan vasiy huquqlari va majburiyatlariga egadirlar, ya’ni o‘z qaramog‘idagi shaxslarning qonuniy vakillari hisoblanadilar va ular nomidan hamda ularning manfaatlarini ko‘zlab barcha zarur bitimlarni tuzadilar. Ular o‘z qaramog‘idagi shaxslarga o‘z huquqlarini amalga oshirishda va majburiyatlarini bajarishda ko‘maklashadilar, shuningdek, ularning huquqlari uchinchi shaxslar tomonidan suiiste’mol etilishidan himoya qiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Bolalarni tarbiyaga olgan shaxslar o‘z huquqlaridan g‘arazgo‘ylik yoki boshqa niyatlarda, tarbiyasidagi bolalarga zarar keltirgan holda foydalansalar, shuningdek, ularni nazoratsiz hamda zarur moddiy yordamsiz qoldirsalar, vasiylik va homiylik organlari bolalarni tarbiyaga olgan shaxslarni qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish masalasini qo‘zg‘atishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Vasiylik va homiylik organlari oilaga tarbiyaga berilgan bolalarning turmush sharoitlarini va ularning tarbiyalanishini kuzatib boradilar.
(O‘zbekiston Respublikasining Hukumati qarorlari to‘plami, 1999-y., 4-son, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 15-16-son, 136-modda; 2007-y., 33-34-son, 347-modda; 2008-y., 22-23-son, 204-modda; 2010-y., 13-son, 96-modda, 52-son, 521-modda; 2011-y., 24-son, 249-modda, 25-son, 260-modda, 47-son, 489-modda; 2014-y., 39-son, 490-modda; 2016-y., 50-son, 566-modda; 2017-y., 25-son, 539-modda, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son; 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)