10.07.2015 yildagi 189-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 10.07.2015 yildagi 189-son
Date of entry into force
20.07.2015
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi doirasida Islom taraqqiyot bankining jalb etilgan moliyaviy mablagʻlaridan foydalanish, ularga xizmat koʻrsatish va ularni qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2015-yilda qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi dasturi va 2016-yilgi qurilishning asosiy parametrlari toʻgʻrisida” 2015-yil 7-yanvardagi PQ–2282-son qarorini ijro etish yuzasidan va Vazirlar Mahkamasining “2015-yil uchun qishloq joylarda namunali loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi turar joy qurilishi dasturini samarali amalga oshirishni taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar hamda 2016-yil uchun qurilishning asosiy parametrlari toʻgʻrisida” 2015-yil 13-martdagi 60-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi doirasida Islom taraqqiyot bankining jalb etilgan moliyaviy mablagʻlaridan foydalanish, ularga xizmat koʻrsatish va ularni qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Bosh vazirning oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 10-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
189-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 10-iyuldagi 189-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi doirasida Islom taraqqiyot bankining jalb etilgan moliyaviy mablagʻlaridan foydalanish, ularga xizmat koʻrsatish va ularni qaytarish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom injiniring kompaniyasiga ajratilgan yer maydonlarida qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi doirasida Islom taraqqiyot bankining jalb etilgan moliyaviy mablagʻlaridan foydalanish, ularga xizmat koʻrsatish va ularni qaytarish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Istisna'a bitimi — 2014-yil 22-oktabrda Islom taraqqiyot banki bilan Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida imzolangan “Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish” loyihasini moliyalashtirish uchun 100,0 mln AQSh dollari miqdorida moliyaviy mablagʻlar berish toʻgʻrisidagi moliyaviy bitim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Islom taraqqiyot banki ishtirokidagi loyiha — Vazirlar Mahkamasining “2015-yil uchun qishloq joylarda namunali loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi turar joy qurilishi dasturini samarali amalga oshirishni taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar hamda 2016-yil uchun qurilishning asosiy parametrlari toʻgʻrisida” 2015-yil 13-martdagi 60-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladigan Islom taraqqiyot banki tomonidan moliyalashtiriladigan qismi yuzasidan “Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish” loyihasi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yakka tartibdagi quruvchi (qarz oluvchi) — tasdiqlangan namunaviy loyihalarga muvofiq qishloq joylarda namunaviy loyiha boʻyicha injiniring kompaniyasi ishtirokida qurilgan yakka tartibdagi uy-joyni belgilangan tartibda sotib oluvchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-sentabrdagi 784-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 09/19/784/3766-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
injiniring kompaniyasi — Islom taraqqiyot banki ishtirokidagi loyiha umumiy amalga oshirilishining ijro etuvchi agenti, masʼuli boʻlgan hamda qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha foydalanishga tayyor holda yakka tartibdagi uy-joy qurilishida Islom taraqqiyot banki nomidan buyurtmachi funksiyasini bajaruvchi masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bank — Islom taraqqiyot bankining moliyaviy mablagʻlaridan foydalanish va ularga xizmat koʻrsatish uchun masʼul boʻlgan moliyaviy agent hisoblangan “Qishloqqurilishbank” aksiyadorlik tijorat banki;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pudratchi — qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha foydalanishga tayyor holda yakka tartibdagi uy-joy qurilishiga buyurtmalarni joylashtirishga tanlov savdolari natijalari boʻyicha injiniring kompaniyasi bilan tuzilgan pudrat shartnomasi asosida qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishini amalga oshiruvchi pudrat tashkiloti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Islom taraqqiyot bankining moliyaviy mablagʻlari — Istisna'a bitimiga muvofiq Islom taraqqiyot banki tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga ajratilgan xorijiy valyutadagi moliyaviy mablagʻlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshlangʻich badal — qarz oluvchining arzon uy-joylar smeta qiymatining kamida 10 foizi miqdoridagi qarz oluvchining (birgalikda qarz oluvchilarning) oʻz mablagʻlari yoki yuridik shaxs — qarz oluvchining ish beruvchisining yoki boshqa shaxslarning qarz oluvchining nomiga bankda ochilgan omonat qoʻyilma hisob raqamiga oʻtkazilgan pul mablagʻlari shaklidagi mablagʻlar;
(2-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-sentabrdagi 784-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 09/19/784/3766-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yakuniy toʻlov — qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qiymatining dastlabki badal va ipoteka krediti bilan qoplanmagan qiymatining qolgan qismiga teng boʻlgan miqdordagi toʻlov;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yakka tartibdagi quruvchining umumiy badali — dastlabki badal va yakuniy toʻlov summasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Islom taraqqiyot banki ishtirokidagi loyiha boʻyicha uy-joy qurilishi jamgʻarma omonati — Islom taraqqiyot banki ishtirokidagi loyiha boʻyicha qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi doirasida hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun ochiladigan maqsadli jamgʻarib boriladigan jamgʻarma omonati va yakka tartibdagi quruvchining umumiy badali mablagʻlarini toʻlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asosiy shartnoma — injiniring kompaniyasi bilan yakka tartibdagi quruvchi oʻrtasida tuzilgan qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun buyurtmachining funksiyalari amalga oshirilishiga shartnoma.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Moliyaviy hujjatlarni imzolash huquqini rasmiylashtirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Injiniring kompaniyasi Islom taraqqiyot banki ishtirokidagi loyiha doirasida Oʻzbekiston Respublikasi nomidan moliyaviy hujjatlarni imzolash huquqi berilgan vakolatli mansabdor shaxslarning imzolari namunalarini ilova qilgan holda tegishli xatni tayyorlaydi va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Islom taraqqiyot banki ishtirokidagi loyiha doirasida Oʻzbekiston Respublikasi nomidan moliyaviy hujjatlarni imzolash huquqi berilgan injiniring kompaniyasining vakolatli mansabdor shaxslari roʻyxati tasdiqlangandan keyin koʻrsatib oʻtilgan roʻyxatni Islom taraqqiyot bankining bosh idorasiga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Islom taraqqiyot bankining moliyaviy mablagʻlarini jalb etishga buyurtmanomalar injiniring kompaniyasi tomonidan Islom taraqqiyot banki tomonidan belgilangan shakl boʻyicha rasmiylashtiriladi. Tayyorlangan buyurtmanomalar Islom taraqqiyot banki ishtirokidagi loyiha doirasida Oʻzbekiston Respublikasi nomidan moliyaviy hujjatlarni imzolash huquqi berilgan vakolatli mansabdor shaxslar tomonidan imzolanadi. Soʻraladigan mablagʻlarning asoslanganligi uchun injiniring kompaniyasi javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Islom taraqqiyot banki mablagʻlaridan foydalanish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Islom taraqqiyot banki mablagʻlari Islom taraqqiyot banki tomonidan belgilangan shakl boʻyicha injiniring kompaniyasining buyurtmanomalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida ochilgan maxsus valyuta hisob raqamiga tushadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Islom taraqqiyot bankidan tushgan mablagʻlarning soʻmdagi ekvivalenti (oʻtkazilgan kunda) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan uch bank kuni mobaynida injiniring kompaniyasi bosh idorasining bankda ochilgan depozit hisob raqamiga oʻtkaziladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Injiniring kompaniyasining ushbu hisob raqamiga tushgan mablagʻlar uch bank kuni mobaynida injiniring kompaniyasi mintaqaviy filiallarining qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha foydalanishga tayyor holda yakka tartibdagi uy-joy qurilishini moliyalashtirish uchun bankning tegishli mintaqaviy filiallarida ochilgan depozit hisob raqamiga oʻtkaziladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Injiniring kompaniyasi va pudratchilar ushbu moliyaviy mablagʻlarni ushbu nizom talablari hisobga olingan holda Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 26-oktabrdagi 280-son qarori bilan tasdiqlangan “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi ishtirokida yakka tartibda uy-joy qurilishini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq sarflaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Islom taraqqiyot banki ishtirokidagi loyihani amalga oshirish boʻyicha boʻlim uchun ajratilgan mablagʻlardan foydalanish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Injiniring kompaniyasi Islom taraqqiyot banki ishtirokidagi loyihani amalga oshirish boʻyicha boʻlim (keyingi oʻrinlarda loyihani amalga oshirish boʻlimi deb ataladi) tashkil etadi, uning taʼminoti boʻyicha sarf-xarajatlar toʻliq Islom taraqqiyot bankining moliyaviy mablagʻlari hisobiga qoplanadi. Ushbu maqsadlar uchun injiniring kompaniyasi Islom taraqqiyot banki uchun maqbul boʻlgan tijorat bankida maxsus valyuta va soʻm depozit hisob raqamlari ochadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Loyihani amalga oshirish boʻlimi har yili injiniring kompaniyasi tomonidan tasdiqlanadigan va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishiladigan xarajatlar smetasini tuzadi. Loyihani amalga oshirish boʻlimi xarajatlari loyihani amalga oshirish boʻlimining tasdiqlangan xarajatlar smetasidan ortiq boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Injiniring kompaniyasi Istisna'a bitimi talablaridan kelib chiqib xarajatlar smetasiga muvofiq loyihani amalga oshirish boʻlimi taʼminotiga xarajatlarni moliyalashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Moliyaviy auditni oʻtkazish va yakka tartibdagi maslahatchilarni yollash uchun ajratilgan pul mablagʻlaridan foydalanish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Injiniring kompaniyasi konsalting va auditorlik kompaniyalari bilan Islom taraqqiyot banki ishtirokidagi loyiha doirasida konsalting va auditorlik xizmatlari koʻrsatishga kontraktlar tuzadi. Konsalting va auditorlik kompaniyalarini tanlash Islom taraqqiyot bankining xaridlar tartib-taomillariga muvofiq amalga oshiriladi. Konsalting va auditorlik kompaniyalari bilan kontraktlar Islom taraqqiyot banki bilan maslahatlashuvlar asosida tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Moliyaviy auditni oʻtkazish uchun auditorlik kompaniyasi xalqaro moliya institutlari bilan ishlash tajribasiga ega boʻlgan mahalliy auditorlik kompaniyalari orasidan tanlab olinishi kerak. Islom taraqqiyot banki ishtirokidagi loyiha doirasida ishlar ustidan nazorat qilish va tekshirish uchun konsalting kompaniyasi Islom taraqqiyot bankining aʼzolari boʻlgan mamlakatlarda roʻyxatdan oʻtkazilgan konsalting kompaniyalari orasidan tanlab olinishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Hisob raqamlarining auditorlik tekshiruvi har yili oʻtkaziladi, uning natijalari boʻyicha Islom taraqqiyot bankiga Islom taraqqiyot banki ishtirokidagi loyiha doirasida yollangan moliyaviy auditor tomonidan tayyorlangan yillik auditorlik hisoboti taqdim etiladi. Auditorlik hisoboti Islom taraqqiyot bankining moliyaviy mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha butun imtiyozli davr mobaynida, shuningdek asosiy qarzni qaytarish muddatlarida taqdim etiladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Injiniring kompaniyasi Istisna'a bitimi talablaridan kelib chiqib tuzilgan kontraktlarga muvofiq moliyaviy audit va yakka tartibdagi maslahatchilarning xizmatchilariga haq toʻlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun yakka tartibdagi quruvchilarga yer uchastkasi berish va shartnomalarni tuzish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun yakka tartibdagi quruvchilarga yer uchastkasi berish va yakka tartibdagi quruvchilar bilan shartnomalar tuzish Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 26-oktabrdagi 280-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi ishtirokida yakka tartibda uy-joy qurilishini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning II va III boʻlimlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha foydalanishga tayyor holda shartlari bilan yakka tartibda uy-joy qurish toʻgʻrisidagi dastlabki shartnoma yakka tartibdagi quruvchi bilan injiniring kompaniyasi oʻrtasida tuzilgandan keyin yakka tartibdagi quruvchi 5 kun mobaynida bankda oʻz nomiga ochilgan jamgʻarma omonat hisob raqamiga dastlabki badal mablagʻlarini toʻliq shakllantirishi kerak. Ushbu hisob raqamida qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi tugallanguniga qadar yakka tartibdagi quruvchining umumiy badali toʻliq shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha injiniring kompaniyasi ishtirokida qurilgan yakka tartibdagi uy-joyga ipoteka krediti berish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Bank tomonidan qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha injiniring kompaniyasi ishtirokida qurilgan yakka tartibdagi uy-joyni xarid qilish uchun yakka tartibdagi quruvchiga imtiyozli ipoteka kreditini berish Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 25-maydagi 148-son qarori bilan tasdiqlangan Tasdiqlangan namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun “Biznesni rivojlantirish bank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan imtiyozli ipoteka krediti berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda nazarda tutilgan tartibda va ushbu Nizom talablari hisobga olingan holda Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 26-oktabrdagi 280-son qarori bilan tasdiqlangan “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi ishtirokida yakka tartibda uy-joy qurilishini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 657-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.12.2023-y., 09/23/657/0935-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Imtiyozli ipoteka krediti bank tomondan yakka tartibdagi quruvchiga qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joyni qurish tugallangandan, Davlat qabul qilish komissiyasi tomonidan foydalanishga qabul qilib olingandan va qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy pudratchi tomonidan injiniring kompaniyasiga berilgandan keyin beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank tomonidan yakka tartibdagi quruvchiga imtiyozli ipoteka krediti berilishiga qadar injiniring kompaniyasi mustaqil ravishda bankka qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy foydalanishga topshirilganligi toʻgʻrisidagi hujjatning nusxasini taqdim etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VIII. Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qurishni tashkil etish va qurilishi tugallangan yakka tartibdagi uy-joyni foydalanish uchun qabul qilib olish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joyni qurishni tashkil etish va pudratchini aniqlash boʻyicha tanlov savdolari oʻtkazish, qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha qurilishi tugallangan yakka tartibdagi uy-joyni foydalanishga qabul qilish Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 26-oktabrdagi 280-son qarori bilan tasdiqlangan “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi ishtirokida yakka tartibda uy-joy qurilishini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga hamda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-apreldagi 243-son qaroriga muvofiq tasdiqlangan Qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish uchun pudrat tashkilotlarini hamda qurilish materiallari va asbob-uskunalarni yetkazib beruvchilarni aniqlash yuzasidan tanlov savdolari oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-sentabrdagi 784-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 09/19/784/3766-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi tugallangandan keyin injiniring kompaniyasining mintaqaviy filiali, bank filiali va yakka tartibdagi quruvchi oʻrtasida qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha qurilishi tugallangan yakka tartibdagi uy-joyni yakka tartibdagi quruvchiga mulk qilib berish toʻgʻrisida uch tomonlama shartnoma tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu shartnomada qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qiymatini yakka tartibdagi quruvchining umumiy badali hisobiga va bank tomonidan taqdim etiladigan imtiyozli ipoteka krediti hisobiga toʻlash shartlari nazarda tutiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Yakka tartibdagi uy-joyni yakka tartibdagi quruvchiga berishda qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qiymati Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 26-oktabrdagi 280-son qarori bilan tasdiqlangan “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi ishtirokida yakka tartibda uy-joy qurilishini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 181-bandi hisobga olingan holda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-apreldagi 243-son qaroriga muvofiq tasdiqlangan Qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish uchun pudrat tashkilotlarini hamda qurilish materiallari va asbob-uskunalarni yetkazib beruvchilarni aniqlash yuzasidan tanlov savdolari oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq oʻtkazilgan tanlov savdolari natijalaridan kelib chiqib belgilanadi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-sentabrdagi 784-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 09/19/784/3766-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IX. Oʻzaro hisob-kitoblar tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Yakka tartibdagi quruvchilarning umumiy badallari mablagʻlarini injiniring kompaniyasi hisob raqamiga yuborish va ulardan foydalanish asosiy shartnomalarda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Injiniring kompaniyasi tomonidan yakka tartibdagi quruvchilarning umumiy badallari mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga qaytarish tartib-taomili Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, bank va injiniring kompaniyasi oʻrtasida tuziladigan “Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish” loyihasi boʻyicha Islom taraqqiyot bankining moliyaviy mablagʻlarini qaytarish va ularga xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi bitimda nazarda tutilgan tartibda qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joyni qurish tugallangandan keyin amalga oshiriladi.
(24-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-fevraldagi 79-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2018-y., 09/18/79/0683-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda “Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish” loyihasi boʻyicha Islom taraqqiyot bankining moliyaviy mablagʻlarini qaytarish va ularga xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi bitimda yakka tartibdagi quruvchilarning umumiy badallari mablagʻlarini qaytarish qishloq joylardagi namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy Davlat qabul komissiyasi tomonidan foydalanishga qabul qilib olingan va u pudratchi tomonidan injiniring kompaniyasiga berilgan kundan boshlab bir oydan ortiq boʻlmagan muddat mobaynida amalga oshirilishi nazarda tutilishi kerak.
(24-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-fevraldagi 79-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2018-y., 09/18/79/0683-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi oʻz hisob raqamiga tushgan yakka tartibdagi quruvchilar umumiy badallarining mablagʻlaridan bank va Islom taraqqiyot banki bilan keyinchalik oʻzaro hisob-kitob qilish uchun foydalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yakka tartibdagi quruvchilarning umumiy badallari mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, bank va injiniring kompaniyasi oʻrtasidagi “Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish” loyihasi boʻyicha Islom taraqqiyot bankining moliyaviy mablagʻlarini qaytarish va ularga xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq bankka berilgan kredit liniyasi sifatida bankning 22010-son “Hukumatga toʻlash uchun uzoq muddatli kreditlar” hisob raqamiga yuboradi.
(25-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-fevraldagi 79-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2018-y., 09/18/79/0683-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yakka tartibdagi quruvchining buyurtmanomasi (topshirigʻi) asosida unga ajratiladigan kredit summasi bankning tegishli filiallari tomonidan injiniring kompaniyasining tegishli mintaqa filiallari depozit hisob raqamiga oʻtkaziladi. Ushbu hisob raqamlarida shakllantirilgan mablagʻlar ikki bank kuni mobaynida injiniring kompaniyasi bosh idorasining depozit hisob raqamida jamlanadi.
(25-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bir bank kuni mobaynida injiniring kompaniyasining bosh ofisi depozit hisob raqamida jamlangan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining bankda ochilgan 20202-son “Budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha Hukumatning talab qilib olinadigan depozitlari” depozit hisob raqamiga oʻtkaziladi.
(25-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kredit liniyasining jami summasi bankka taqdim etilgandan soʻng yakka tartibdagi uy quruvchilarning 20202-son “Budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha Hukumatning talab qilib olinadigan depozitlari” depozit hisobraqamidagi umumiy badal mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlari hisobraqamiga belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-fevraldagi 79-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2018-y., 09/18/79/0683-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Bank Islom taraqqiyot bankining mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga 15 yil mobaynida qaytaradi, yillik 4 foizli stavka boʻyicha 3 yillik imtiyozli davr ham shu jumlaga kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-sentabrdagi 573-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2020-y., 09/20/573/1306-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qurilish doirasida Islom taraqqiyot bankining moliyaviy mablagʻlarini oʻzlashtirish va qaytarish ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
X. Ijtimoiy, bozor, muhandislik-kommunikatsiya va transport infratuzilmasi obyektlari qurishni tashkil etish va moliyalashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Islom taraqqiyot bankining mablagʻlari jalb etilgan holda qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha qurilayotgan yakka tartibdagi uy-joy massivlari uchun ijtimoiy, bozor, muhandislik-kommunikatsiya va transport infratuzilmasi obyektlari qurishni tashkil etish va moliyalashtirish Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 26-oktabrdagi 280-son qarori bilan tasdiqlangan “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi ishtirokida yakka tartibda uy-joy qurilishini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda qishloq turar joy massivlarida suv taʼminoti obyektlari va kirish avtomobil yoʻllari qurilishi Islom taraqqiyot bankining mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladi. Injiniring kompaniyasi shartnoma asosida Islom taraqqiyot banki nomidan qishloq joylarda suv taʼminoti obyektlari va kirish yoʻllari qurilishining buyurtmachisi boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-sentabrdagi 573-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2020-y., 09/20/573/1306-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq joylarda namunali loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi doirasida Islom taraqqiyot bankining jalb etilgan moliyaviy mablagʻlaridan foydalanish, unga xizmat koʻrsatish va ularni qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi” loyihasi doirasida Islom taraqqiyot bankining moliyaviy mablagʻlarini, shu jumladan, ustama haqi qaytarilishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Koʻrsatkichlar nomi

Qarzning qaytarilishi

Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobiga

Ishtirok etuvchi tijorat banklari mablagʻlari hisobiga

(Biznesni rivojlantirish bank bilan tuzilgan Islom taraqqiyot banki moliyaviy mablagʻlariga xizmat koʻrsatish va qaytarish haqidagi shartnomaga asosan asosiy qarz va foizlar boʻyicha tushumlar hisobiga)

1.

Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun ajratilgan mablagʻlar, shu jumladan, ustama haqi xarajatlari

100%

Qarzni qaytarishda vujudga keladigan valyuta kursinining oʻzgarishi bilan bogʻliq xarajatlar, shu jumladan, ustama haqi xarajatlari

100%

2.

Suv taʼminoti va kirish avtomobil yoʻllari qurilishi uchun sarflangan moliyalashtirish xarajatlari, shu jumladan, ustama haqi xarajatlari

100%

3.

Loyihani amalga oshirish boʻlimini moliyalashtirish bilan bogʻliq xarajatlar, shu jumladan, ustama haqi xarajatlari

100%

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 657-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.12.2023-y., 09/23/657/0935-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 10-iyuldagi 189-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi dasturini samarali amalga oshirishni taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2013-yil 1-maydagi 116-son qarori 4-bandining “d” kichik bandi uchinchi xatboshidagi “xarajatlarni qoplashga” soʻzlari “xarajatlarni qoplashga (zararlarni kompensatsiya qilishga)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “2015-yil uchun qishloq joylarda namunali loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi turar joy qurilishi dasturini samarali amalga oshirishni taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar hamda 2016-yil uchun qurilishning asosiy parametrlari toʻgʻrisida” 2015-yil 13-martdagi 60-son qaroriga 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Osiyo taraqqiyot banki mablagʻlari hisobiga 2015-yilda moliyalashtirish uchun qishloq joylarda namunali loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi turar joy sonini ishtirok etuvchi tijorat banklar oʻrtasida taqsimlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Tijorat banklari nomi

Turar joylar soni

1.

“Qishloq qurilish bank” ATB

5571

2.

TIF milliy banki

2280

3.

“Ipoteka-bank” ATIB

3049

JAMI

10900

”.

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 28-son, 369-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2018-y., 09/18/79/0683-son, 19.09.2019-y., 09/19/784/3766-son; 22.09.2020-y., 09/20/573/1306-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son; 15.12.2023-y., 09/23/657/0935-son)