Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.06.2001 24.03.2000 yildagi 103-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 24.03.2000 yildagi 103-son
Date of entry into force
24.03.2000
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.06.2001
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
BIRJADAN TAShQARI VALYuTA BOZORINI RIVOJLANTIRIShGA DOIR QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-iyundagi 263-sonli “Valyuta bozorini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birjadan tashqari valyuta bozorini mustahkamlash va yanada rivojlantirish, O‘zbekiston Respublikasi hududida naqd xorijiy valyuta muomalasi to‘g‘risidagi amaldagi qonun hujjatlari buzilishining oldini olish, korxonalar, tashkilotlar va muassasalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslarga ko‘rsatilayotgan pulli xizmatlar uchun hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Belgilansinki, 2000-yil 1-apreldan boshlab respublika korxonalari, tashkilotlari va muassasalari tomonidan 1-ilovaga muvofiq pulli xizmatlar ko‘rsatilganligi uchun to‘lov O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslardan faqat erkin almashtiriladigan valyutada undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslar korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning xizmatlari uchun to‘lovni (aviatsiya, temir yo‘l orqali tashish va xalqaro avtotashishlar xizmatlariga haq to‘lash bundan mustasno) Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Asaka” banki va “O‘zsanoatqurilishbank”ning bo‘limlari orqali to‘laydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
To‘lov norezident jismoniy shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi vakolatli banklarida yoki xorijiy banklarda ochilgan valyuta hisob varaqlaridan pul o‘tkazish yo‘li bilan, shuningdek debet-kredit plastik kartochkalardan foydalangan holda naqd erkin muomaladagi valyutada to‘lanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki, xizmatlar uchun haq to‘lash hisobiga ko‘rsatib o‘tilgan banklar muassasasiga tushuvchi valyuta tushumining 50 foizi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga majburiy sotilishi, qolgan 50 foizi esa — norezident jismoniy shaxslarga pulli xizmatlar ko‘rsatuvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning maxsus valyuta hisob raqamlariga o‘tkazilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Valyuta tushumini majburiy sotishga teng so‘mni, shuningdek norezident jismoniy shaxslarga pulli xizmatlar ko‘rsatuvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ixtiyorida qoluvchi valyutani hisob-kitob raqamiga o‘tkazish bilan bog‘liq operatsiyalar banklar tomonidan uch bank kuni mobaynida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksionerlik kompaniyasi va “O‘zavtotrans” korporatsiyasi tomonidan, valyuta tushumini vakolatli bankka har kuni albatta inkassatsiya qilgan holda, norezident jismoniy shaxslarga maxsus kassalar orqali xizmat ko‘rsatishning mavjud tartibi saqlab qolinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Xorijiy aviakorxonalarga, ularning vakolatxonalariga hamda aviatsiya xizmatlari va ular bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha agentlarga norezident jismoniy shaxslarga xalqaro yo‘lovchilar tashuvlar bo‘yicha chiptalarni erkin almashtiriladigan valyutaga sotish huquqi berilsin, buning uchun, valyuta tushumini vakolatli bankka har kuni albatta inkassatsiya qilgan holda, maxsus kassalar ochilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. O‘zbekiston Respublikasi hududida norezident jismoniy shaxslarga pulli xizmatlar ko‘rsatish tartibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi Markaziy bank va vakolatli banklar bilan birgalikda norezident jismoniy shaxslarga pulli xizmatlar ko‘rsatishning belgilangan tartibiga rioya qilinishi va valyuta tushumining o‘z vaqtida inkassatsiya qilinishi va albatta sotilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi, Markaziy bank, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida o‘n kun muddatda takliflar kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoraviy me’yoriy hujjatlarning ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari B.S. Hamidov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2000-yil 24-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
103-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-martdagi 103-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi hududida norezident jismoniy shaxslarga faqat erkin almashtiriladigan valyutada ko‘rsatiladigan pulli xizmatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RO‘YXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tibbiy xizmatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ta’limning barcha turlari (umumiy o‘rta ta’limdan tashqari);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehmonxona, sayyohlik firmalari xizmatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aviatsiya xizmatlari va ular bilan bog‘liq xizmatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
temir yo‘l tashuvlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro avtomobil tashuvlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
telefon va peydjing aloqasi xizmatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sport-sog‘lomlashtirish xizmatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxslarga tegishli uy-joylarni ijaraga olish xizmatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transport-ekspeditsiya xizmatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sug‘urta xizmatlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-martdagi 103-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi hududida norezident jismoniy shaxslarga pulli xizmatlar ko‘rsatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARTIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. UMUMIY QOIDALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.1. Ushbu Tartib O‘zbekiston Respublikasi hududida korxonalar, tashkilotlar va muassasalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining norezident jismoniy shaxslariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-martdagi 103-son qaroriga 1-ilovada nazarda tutilgan pulli xizmatlar ko‘rsatish shartlarini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.2. Ushbu Tartibda jismoniy shaxslar — xorijiy fuqarolar, shu jumladan MDH qatnashchisi bo‘lgan davlatlar fuqarolari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida yashashi uchun belgilangan tartibda berilgan ruxsatnomaga ega bo‘lmagan yoki O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy ro‘yxatdan o‘tmagan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari deb e’tirof etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.3. O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan va rezidentlari bo‘lmagan jismoniy shaxslar pulli xizmatlar olish uchun murojaat qilishganda ular o‘z shaxsini, fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatlarni, shuningdek ro‘yxatdan o‘tgan joyini tasdiqlovchi hujjatlarni (milliy pasport, harbiy bilet yoki shaxsini tasdiqlovchi guvohnoma — harbiy xizmatchilar uchun, yashashi uchun ruxsatnoma, fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasini) taqdim etishga majburdirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDAGI NOREZIDENT JISMONIY ShAXSLAR TOMONIDAN XIZMATLAR HAQINI TO‘LASh TARTIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.1. O‘zbekiston Respublikasi norezident jismoniy shaxslariga ko‘rsatiladigan pulli xizmatlar uchun tariflar ushbu xizmatlarni ko‘rsatuvchi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va tarmoq me’yoriy hujjatlari asosida, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining to‘lov sanasidagi rasmiy kursi bo‘yicha erkin almashtiriladigan valyutaga aylantirib hisoblagan holda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.2. Norezident jismoniy shaxslarga pulli xizmatlar ko‘rsatuvchi korxona, tashkilot va muassasalar Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida, “Asaka” bankida va “O‘zsanoatqurilishbank”da, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchisi sifatida oldindan davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan, belgilangan tartibda maxsus valyuta hisob raqamlari ochishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Savdo eksport-import operatsiyalari amalga oshirilgan taqdirda, korxona, tashkilot va muassasalar tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchisi sifatida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.3. Ko‘rsatilgan xizmatlar haqi O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan yuqorida qayd etilgan banklar bo‘limlari orqali, pulli xizmatlar ko‘rsatuvchi korxona, tashkilot va muassasalar tomonidan yozib beriladigan schyot-shartnomalar asosida to‘lanadi. To‘lov naqd erkin almashtiriladigan valyutada, norezident jismoniy shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi vakolatli banklarida yoki chet el banklarida ochilgan valyuta hisob raqamlaridan mablag‘ o‘tkazgan holda, shuningdek debet-kredit plastik kartochkalaridan foydalanib amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi tizimi korxonalari tomonidan xorijiy sayyohlarga sayyohlik xizmatlari va qo‘shimcha xizmatlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 15-apreldagi PF—2286-son Farmoniga binoan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan Xorijiy turistlarga erkin almashtiriladigan valyutada xizmatlar ko‘rsatish tartibiga muvofiq ko‘rsatiladi.
(2.3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 30-iyundagi 250-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.4. Schyot-shartnomalar uch nusxada yoziladi, korxona, tashkilot, muassasa rahbari tomonidan imzolanadi va muhr bilan tasdiqlanadi. Uning bir nusxasi korxona, tashkilot, muassasa buxgalteriyasida qoladi, ikkinchi nusxasi to‘lash uchun bankka topshiriladi, uchinchisi to‘lovchida qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.5. Schyot-shartnomada quyidagilar ko‘rsatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
schyot-shartnoma sanasi va tartib raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
norezident jismoniy shaxsga pulli xizmatlar ko‘rsatuvchi korxona, tashkilot, muassasaning nomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘rsatilgan xizmatlar haqini to‘lash uchun korxona, tashkilot, muassasaning maxsus valyuta hisob raqami ochilgan bank nomi va ushbu hisob raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
so‘m bo‘yicha hisob raqami ochilgan bankning nomi va hisob-kitob (budjetdan tashqari) raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
norezident jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va uning fuqaroligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘rsatiladigan xizmatlar turi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘rsatiladigan xizmatlarning har bir turi bo‘yicha so‘mdagi tarif.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.6. To‘lov taqdim etilgan schyot-shartnomaga muvofiq erkin almashtiriladigan valyutada qabul qilinganda bank norezidentlarga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadigan shakl bo‘yicha xizmatlar uchun to‘lov erkin almashtiriladigan valyutada qabul qilinganligi to‘g‘risida bank ma’lumotnomasi beradi, unda korxona, tashkilot, muassasa nomi, schyot-shartnoma tartib raqami, maxsus valyuta hisob raqami, so‘m va erkin almashtiriladigan valyutadagi to‘lovlar sanasi va miqdori, Markaziy bankning to‘lov sanasidagi rasmiy kursi ko‘rsatiladi. Ma’lumotnoma uch nusxada beriladi, bittasi mijozda qoladi, ikkinchisi xizmat ko‘rsatgan korxona, tashkilot, muassasa buxgalteriyasiga topshiriladi, uchinchisi bankda qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank schyot–shartnomalarning va ma’lumotnomaning o‘zidagi mavjud nusxalarini soliq va moliya organlarining talabiga ko‘ra tanishish uchun taqdim etishga majburdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.7. Maxsus valyuta hisob raqamlariga o‘tkazilgan tushumning 50 foizi Markaziy bankka majburiy ravishda sotiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi hududida ko‘rsatilgan xizmatlarga haq to‘lash hisobiga korxonalar, tashkilotlar va muassasalar tomonidan olingan valyuta tushumini majburiy sotish banklar tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi. Majburiy sotish, so‘mdagi va valyuta mablag‘larini korxonalar va tashkilotlarning hisob raqamlariga o‘tkazish bilan bog‘liq barcha operatsiyalar banklar tomonidan 3 bank kuni mobaynida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi norezidentlariga pulli xizmatlar ko‘rsatuvchi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar, valyuta tushumining bir qismi majburiy sotilgandan keyin, o‘zlarining maxsus valyuta hisob raqamlariga o‘tkaziladigan erkin almashtiriladigan valyutani mustaqil ravishda tasarruf etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.8. Erkin almashtiriladigan valyutada norezidentlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar miqdori o‘zgargan taqdirda, tomonlar mijoz bilan xizmatlar ko‘rsatuvchi korxona, tashkilot, muassasa o‘rtasida o‘zaro hisob-kitoblar to‘g‘risida dalolatnoma tuzadilar. Bunda, to‘langan summaning bir qismini qaytarish zarur bo‘lgan taqdirda, mablag‘lar dalolatnoma bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi bank orqali haqi to‘langan, biroq ko‘rsatilmagan xizmatlar miqdorida korxona, tashkilot, muassasa mablag‘lari hisobiga belgilangan tartibda erkin almashtiriladigan valyutada bevosita xizmatlar uchun haq to‘lagan shaxsga qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.9. Korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq valyuta mablag‘lari tushumi hisobini yuritishlari shart. Mijozlarga beriladigan schyot-shartnomalar va o‘zaro hisob-kitoblar to‘g‘risidagi dalolatnomalarning ikkinchi nusxalari korxona, tashkilot, muassasa buxgalteriyasida qoladi va belgilangan tartibda saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. NOREZIDENT JISMONIY ShAXSLAR TOMONIDAN AVIATSIYA XIZMATLARIGA VA U BILAN BOG‘LIQ XIZMATLARGA HAQ TO‘LASh TARTIBI XUSUSIYATLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.1. Aviakorxonalar, shu jumladan xorijiy vakolatxonalar O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslarga aviatsiya xizmatlarini va u bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatishni mustaqil ravishda yoki o‘z agentlari orqali:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
naqd shaklda — olingan erkin almashtiriladigan valyutani belgilangan tartibda vakolatli bankka har kuni majburiy ravishda inkassatsiya qilgan holda maxsus kassalar orqali;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
norezident jismoniy shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi vakolatli banklarida yoki xorijiy banklarda ochilgan valyuta hisob raqamlaridan mablag‘ o‘tkazish yo‘li bilan, shuningdek debet-kredit plastik kartochkalaridan foydalangan holda amalga oshiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.2. Rezident aviakorxonalar va ularning agentlari tashish uchastkasining jo‘nash va borish joylari O‘zbekiston Respublikasi tashqarisida bo‘lgan hollarda xorijiy aviakompaniya tomonidan amalga oshiriladigan aviatashishlarni sotishda aviatashishlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslarga ham erkin almashtiriladigan valyutada sotishga haqlidirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bu holda rezident aviakorxona tomonidan olingan vositachilik haqi summasi valyuta tushumining 50 foizi majburiy sotilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.3. Xizmatlar ko‘rsatishga tariflar aviakorxonalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, me’yoriy hujjatlariga, tarmoq normativlariga, xorijiy davlatlarning aviakorxonalari tomonidan esa — o‘z mamlakatlari qonunchiligiga va Xalqaro Bitimlarga muvofiq mustaqil ravishda shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.4. Valyuta mablag‘lari harakati bo‘yicha hisob va hisobot O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, me’yoriy hujjatlariga, shuningdek Xalqaro Bitimlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. JAVOBGARLIK VA NAZORAT
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.1. Korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning rahbarlari mazkur Tartib talablariga rioya etilishi, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, ko‘rsatilayotgan xizmatlar uchun haq undirishning to‘g‘riligi uchun shaxsan javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.2. Mazkur Tartib talablarini buzganlik uchun korxona, tashkilot va muassasaga amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan jarimalar solinadi, ularning rahbarlari va mansabdor shaxslari esa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikka tortiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.3. Ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va tariflar darajasi, shuningdek litsenziyalashtirish shartlariga rioya qilinishi ustidan nazorat amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.4. Vakolatli banklar korxonalar, tashkilotlar va muassasalar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun olingan valyuta tushumining bir qismi majburiy sotilishi bo‘yicha hisob-kitoblarning to‘g‘riligi va o‘z vaqtida amalga oshirilishini nazorat qiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.5. Mazkur Tartibning talablariga rioya qilinishi, norezident jismoniy shaxslarga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun olingan valyuta tushumining to‘liq va to‘g‘ri o‘tkazilishini nazorat qilish soliq organlari, shuningdek budjetdan mablag‘ bilan ta’minlanadigan korxonalar, tashkilotlar va muassasalar bo‘yicha — moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.