Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.11.2005 14.03.2000 yildagi 90-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 14.03.2000 yildagi 90-son
Date of entry into force
14.03.2000
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.11.2005
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

OZONNI BUZUVChI MODDALARNI VA TARKIBIDA ULAR MAVJUD BOʻLGAN MAHSULOTLARNI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIGA OLIB KIRIShNI VA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDAN OLIB ChIQIShNI TARTIBGA SOLISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-noyabrdagi 247-sonli “Ozonni buzuvchi moddalarni va tarkibida ular mavjud boʻlgan mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishni va Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqishni tartibga solishni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ozonni buzuvchi moddalarni va tarkibida ular mavjud boʻlgan mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqishni davlat tomonidan tartibga solish chora-tadbirlarini joriy etish hamda Ozonni buzuvchi moddalardan foydalanishni toʻxtatish milliy dasturini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan beriladigan ruxsatnomalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan va Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqiladigan ozonni buzuvchi moddalar roʻyxati 1-ilovaga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 1-ilova qarorning rus tilidagi matnida beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan beriladigan ruxsatnomalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan va Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqiladigan, tarkibida 1-ilovaning A roʻyxatida sanab oʻtilgan ozonni buzuvchi moddalar mavjud boʻlgan mahsulotlar roʻyxati 2-ilovaga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 2-ilova qarorning rus tilidagi matnida beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ozonni buzuvchi moddalarni va tarkibida ular mavjud boʻlgan mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 3-ilovaga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 3-ilova qarorning rus tilidagi matnida beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2000-2001-yillar davrida ozonni buzuvchi moddalarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish uchun kvotalar 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 4-ilova qarorning rus tilidagi matnida beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ozonni buzuvchi moddalardan foydalaniladigan 2-ilovada koʻrsatib oʻtilgan muzlatgich asbob-uskunalarini va havoni sovutish qurilmalarini Vena konvensiyasi va Monreal protokoli Tomonlari hisoblangan mamlakatlardan Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish 2000-yil 1-iyuldan boshlab taqiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B. M. Olimjonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2000-yil 14-mart,

90-son