Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 25.02.1999 yildagi 83-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori , 25.02.1999 yildagi 83-son
Date of entry into force
25.02.1999
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“AVTOMOBIL YOʻLLARINI REKONSTRUKSIYA QILISH” LOYIHASINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlik qilishning muhimligini eʼtiborga olib, Yoʻl sektorida institutsional islohotlarni amalga oshirish va avtomobil yoʻllarining eng ustuvor uchastkalarini rekonstruksiya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Osiyo taraqqiyot banki Direktorlar Kengashining Oʻzbekiston Respublikasiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Avtomobil yoʻllarini rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirish uchun oʻzgaruvchan protsent stavkasi va toʻrt yillik imtiyozli davrni qoʻshgan holda uzish muddati 24 yil boʻlgan 50 mln. AQSH dollari summasida qarz berilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
institutsional tarkibiy oʻzgartirishlarni qoʻllab-quvvatlash va yoʻl sektorida islohotlarni amalga oshirish uchun 1 mln. AQSH dollari summasida grant asosida texnik yordam koʻrsatilishini maʼqullaganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilab qoʻyilsinki, qarz mablagʻlarini, foizlar va ular boʻyicha vositachilik haqlarini uzish Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qarzni uzish jadvali 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*1-ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Moliya vaziri Oʻzbekiston Respublikasi nomidan Qarz bitimini imzolashga vakil qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Qarz bitimi imzolangandan soʻng ikki hafta muddatda tegishli yuridik xulosani ishlab chiqsin va uni Osiyo taraqqiyot bankiga taqdim etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “Avtomobil yoʻllarini rekonstruksiya qilish” loyihasi uchun asbob-uskunalar, materiallar xarid qilish, ishlar bajarish va xizmatlar koʻrsatish yuzasidan tanlov savdolarini oʻtkazish tender komissiyasi tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 2-ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Yoʻl xoʻjaligi kengashi (R.R. Yunusov) “Avtomobil yoʻllarini rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirishda Osiyo taraqqiyot banki ekspertlari bilan birgalikda moliyalashtirish doirasida respublika iqtisodiyoti uchun eng muhim boʻlgan Kattaqoʻrgʻon—Navoiy—Buxoro—Olot bojxona posti avtoyoʻllari uchastkalarini rekonstruksiya qilishni nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarz bitimi va Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga muvofiq loyiha mablagʻlari hisobiga sotib olinadigan tovarlar, ishlar yoki xizmatlar boj toʻlovlari toʻlashdan ozod qilinadi (bojxonada rasmiylashtirilishi uchun undiriladigan bojxona yigʻimlari bundan mustasno);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarz bitimi va Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq mahalliy xarajatlarni qoplash uchun ajratilgan qarz mablagʻlari sotib olinadigan tovarlar, ishlar va xizmatlar soliq toʻlovlaridan ozod qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yoʻl xoʻjaligi kengashining buyurtmanomasiga koʻra loyihani tayyorlash va uni amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga kirish vizalarini rasmiylashtirish masalalarini, konsullik yigʻimlari undirmasdan, belgilangan tartibda koʻrib chiqsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yoʻl xoʻjaligi kengashining buyurtmanomasiga koʻra loyihani ishlab chiqish va uni amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarning vizalarini roʻyxatdan oʻtkazish, muddatini uzaytirish, ularni Oʻzbekiston Respublikasida yashash joylarida roʻyxatdan oʻtkazish davlat poshlinalari undirmasdan amalga oshirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.R. Yunusov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1999-yil 25-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
83-son