18.12.1979 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xotin-qizlarni kamsitishining barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konvensiya
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Konvensiyaning ishtirokchi-davlatlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nizomi insonning asosiy huquqlariga, inson shaxsiyatining qadr-qimmati va qadriyatiga, erkak va ayollarning teng huquqligiga ishonchni qayta tasdiqlaganligini hisobga olib,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi kamsitilishga yoʻl qoʻymaslik prinsipini tasdiqlab, barcha odamlar oʻzining qadr-qimmatlari va huquqlarida erkin va teng boʻlib tugʻilishini, unda eʼlon qilinganidek, har bir inson hech qanday farqlarsiz, shu jumladan, jinsga nisbatan farqlarsiz barcha huquqlar va barcha erkinliklarga ega boʻlishi kerakligini eʼlon qilganligini hisobga olib,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Inson huquqlari toʻgʻrisidagi xalqaro paktlarning ishtirokchi-davlatlariga erkak va ayollar uchun barcha iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, fuqarolik va siyosiy huquqlardan teng foydalanish huquqini taʼminlash vazifalari yuklatilganligini hisobga olib,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
erkak va ayollarning teng huquqli boʻlishiga yordam berish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkiloti va ixtisoslashtirilgan muassasalar shafeligida tuzilgan xalqaro konvensiyalarni eʼtiborga olib,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shuningdek, erkak va ayollarning teng huquqli boʻlishiga yordam berish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkiloti va ixtisoslashtirilgan muassasalar tomonidan qabul qilingan rezolyutsiyalar, deklaratsiyalar va tavsiyanomalarni hisobga olib,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
biroq, mana shu turli hujjatlarga qaramay, xotin-qizlarga nisbatan jiddiy kamsitilish hollari hali ham mavjudligidan tashvishlanib,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xotin-qizlarning kamsitilishi inson qadr-qimmatiga boʻlgan teng huquqlilik va hurmat qilish sabablarining buzilishiga, ayollarning erkaklar bilan bir qatorda oʻz mamlakatining siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotida ishtirok etishiga toʻsqinlik qilishini, jamiyat va oila farovonligining oʻsishiga halaqit berishini hamda xotin-qizlarning oʻz mamlakatlari va insoniyatning manfaatlari yoʻlida imkoniyatlarini toʻliq namoyon qilishini yanada qiyinlashtirishini eslatib,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qashshoqlik sharoitlarida xotin-qizlarning oziq-ovqat, sogʻliqni saqlash, taʼlim, kasb tayyorgarlik va ishga joylashish imkoniyatlari, shuningdek boshqa ehtiyojlardan foydalanish imkoniyati juda kam ekanligidan tashvishlanib,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tenglik va adolatga asoslangan yangi xalqaro iqtisodiy tartibning oʻrnatilishi erkaklar va ayollar oʻrtasidagi tenglikni taʼminlashda anchagina yordam berishiga qatiy ishonib,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
irqiy ayirmachilik, barcha turdagi irqchilik, irqiy kamsitish, eski va yangi mustamlakachilik, agressiya, xorijiy bosib olinish va hukmronlik hamda davlatlarning ichki ishlariga aralashishga barham berish erkaklar va xotin-qizlar huquqlarini toʻla amalga oshirish uchun zarur ekanligini taʼkidlab,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash, xalqaro keskinlikni yumshatish, ularning ijtimoiy va iqtisodiy tizimlaridan qati nazar, barcha davlatlar oʻrtasida oʻzaro hamkorlik, qatiy va samarali xalqaro nazorat ostida ommaviy va batamom qurolsizlanish, ayniqsa, yadroviy qurolsizlanish, mamlakatlar oʻrtasidagi munosabatlarda adolat, tenglik va oʻzaro manfaatdorlik tamoyillarini qaror toptirish hamda chet el va mustamlaka xukumronligi va boshqa davlatlar okkupatsiyasi ostida boʻlgan xalqlarning oʻz taqdirini oʻzi belgilash va mustaqillik huquqini amalga oshirish, shuningdek davlatlarning milliy mustaqilligi va hududiy yaxlitligini hurmat qilish ijtimoiy taraqqiyot va rivojlanishga koʻmaklashishini hamda buning oqibati oʻlaroq erkaklar bilan ayollar oʻrtasida toʻla tenglikka erishish imkonini berishini tasdiqlab,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatning toʻliq rivojlanishi, butun dunyoda farovonlik va tinchlik ishi barcha sohalarda ayollarning erkaklar bilan baravar mumkin qadar koʻproq ishtirok etishlarini talab qilishiga qatiy ishonib,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xotin-qizlarning oila farovonligi va jamiyat rivojiga qoʻshayotgan xozirgacha toʻla tan olinmagan hissasining ahamiyatini, onalikni ijtimoiy ahamiyatini hamda oilada va bola tarbiyasida ota-onaning tutgan oʻrnini hisobga olgan holda ayolning nasl davomchisi sifatidagi oʻrni ayol huquqlarining kamsitilishiga sabab boʻlmasligini, chunki bolalarning tarbiyasi erkak va ayollarning va umuman jamiyatning birgalikdagi javobgarligini talab qilishini anglab,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
erkak va ayol oʻrtasida toʻla tenglikka erishish uchun ham erkak, ham ayolning jamiyat va oilada tutgan anʼanaviy oʻrnini oʻzgartirish zarurligini tan olib,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xotin-qizlar huquqlarining kamsitilishini bartaraf etish toʻgʻisidagi Deklaratsiyada eʼlon qilingan prinsiplarni amalga oshirish va shu maqsadda bunday huquqlar kamsitilishining barcha shakllari va koʻrinishlarini bartaraf etish uchun zarur choralarni koʻrishga qatʼiy qaror qilib,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I QISM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Konvensiyaning maqsadi oʻlaroq “xotin-qizlarning kamsitilishi” tushunchasi, har qanday farq jinsiy belgilariga koʻra istisno qilish, cheklash, tan olmaslik, yoʻqqa chiqarish yoki boʻshashtirishga yoʻnaltirilgan, ayollar foydalanayotgan yoki amalga oshirayotgan har qanday siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, fuqaroviy va boshqa sohada oilaviy sharoitidan qati nazar erkak va ayollarga tenglik asosida inson huquqlari va asosiy erkinliklar berilishini anglatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishtirokchi-davlatlar xotin-qizlar kamsitilishining barcha shakllarini qoralab, zudlik bilan barcha tegishli usullar orqali xotin-qizlar kamsitilishiga barham berish siyosatini yurgizishga kelishadilar va shu maqsadda quyidagi majburiyatlarni oladilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) erkaklar bilan ayollar oʻrtasidagi tenglik tamoiylini, agarda bu xozirgacha qilingan boʻlmasa, milliy Konstitutsiyaga va boshqa tegishli qonunlarga kiritish hamda qonun va boshqa tegishli vositalar yordamida ushbu tamoyilni amaliyotga joriy etishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) xotin-qizlarning har qanday kamsitilishini taʼqiqlovchi tegishli qonunchilik va boshqa choralarni koʻrish, zarur boʻlganda sanksiyalarni qoʻllash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
c) erkaklar bilan tenglik asosida ayollarning huquqlari yuridik jihatdan himoyalanishni oʻrnatish, vakolatli milliy sudlar va davlat muassasalarining yordamida xotin-qizlarning har qanday kamsitilishiga qarshi ularning samarali himoya qilinishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) xotin-qizlarning kamsitadigan biron-bir xatti-harakatlarni amalga oshirishdan tiyilish, davlat organlari va muassasalari ushbu majburiyatga muvofiq faoliyat koʻrsatishlariga kafolat berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) biron-bir shaxs, tashkilot yoki korxona tomonidan xotin-qizlar kamsitilishini bartaraf etish uchun barcha tegishli choralarni koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
f) xotin-qizlarni kamsituvchi mavjud qonunlar, qarorlar, urf-odatlar va amaliyotni oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun barcha tegishli choralarni, shu jumladan qonunchilik choralarini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) xotin-qizlarni kamsitishdan iborat boʻlgan oʻzinig jinoyatchilikka oid qonunlarining barcha moddalarini bekor qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishtirokchi-davlatlar erkaklar bilan tenglik asosida xotin-qizlarning inson huquqlari hamda asosiy erkinliklarini roʻyobga chiqarishlari va ulardan foydalanishlarini kafolatlash maqsadida xotin-qizlarining har tomonlama rivojlanishini va taraqqiyotini taʼminlash uchun barcha sohalarda, xususan siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda barcha tegishli choralarni, shu jumladan qonunchilik choralarini koʻradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Konvensiyada koʻrsatilganidek, ishtirokchi davlatlar tomonidan xotin-qizlarning erkaklar bilan amalda tengligini taʼminlashni tezlashtirishga qaratilgan vaqtincha qabul qilingan maxsus choralar huquqlarni kamsituvchi deb hisoblanmaydi, lekin u teng huquqli boʻlmagan yoki tabaqalashtirilgan andozalarning saqlanib qolishiga aslo olib kelmasligi kerak; qachonki imkoniyatlarning tengligi va teng huquqli munosabatning maqsadlariga erishilgandan soʻng bu choralar bekor qilinishn zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ishtirokchi-davlatlar onalikni himoya qilishga qaratilgan maxsus choralarni, jumladan ushbu Konvensiyada mavjud boʻlgan choralarni qabul qilishni kamsituvchi choralar deb hisoblanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishtirokchi-davlatlar barcha tegishli choralarni qabul qilishlaridan maqsad:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) erkak va ayollarning ijtimoiy va madaniy xulq-atvor modellarini bitta jins ikkinchisi ustidan ustun boʻlishi yoki erkak va ayolning bir xil roli gʻoyasiga asoslangan xurofiy urf-odatlar, bidʼatlar va shunga oʻxshash hollarni tugatish va bekor qilish maqsadida oʻzgartirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) bolalar manfaatlari barcha hollarda ustun turishini nazarda tutib, oilaviy tarbiya oʻz ichiga onalikni ijtimoiy vazifa sifatida toʻgʻri anglashi hamda erkak va ayollarning oʻz bolalari tabiyasi va kamoloti uchun umumiy javobgarligi eʼtirof etilishi qamrab olinishini taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishtirokchi-davlatlar ayollarni sotishning va fohishalikda ishlatining barcha turlariga chek qoʻyish uchun barcha tegishli choralarni, shu jumladan qonunchilik choralarini koʻradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II QISM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishtirokchi-davlatlar mamlakatning siyosiy va jamoat hayotida xotin-qizlar kamsitilishiga barham berish yuzasidan barcha tegishli choralarni koʻradilar, jumladan, ayollarga erkaklar bilan teng shartoitlar asosida quyidagi huquqlarni taʼminlaydilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) barcha saylovlar va ommaviy referendumlarda ovoz berish va ommaviy saylanadigan organlarga saylanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda qatnashish hamda davlat lavozimlarini egallash, shuningdek, davlat boshqaruvining barcha bugʻinlarida davlat vazifalarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
c) mamlakatning ijtimoiy va siyosiy hayot muammolari bilan shugʻullanadigan hukumatga qarashli boʻlmagan tashkilotlar va uyushmalarning faoliyatida qatnashish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishtirokchi-davlatlar xotin-qizlarning erkaklar bilan tenglik asosida va hech qanday kamsitishsiz xalqaro miqiyosda oʻz hukumatlari nomidan vakillik qilish va xalqaro tashkilotlar ishida qatnashish imkoniyatlarini taʼminlash maqsadida barcha tegishli choralarni koʻradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ishtirokchi-davlatlar fuqarolikni qabul qilish, uni oʻzgartirish yoki saqlab qolishda ayollarga erkaklar bilan teng huquqlarni beradi. Ular, jumladan, chet el kishisiga turmushga chiqqanda ham, turmushga chiqayotgan vaqtda turmush oʻrtogʻining fuqaroligi oʻzgarganda ham ayolning fuqaroligi oʻz-oʻzidan oʻzgarishiga olib ketmaydi, uni fuqaroligi boʻlmagan shaxsga aylantirmaydi va erining fuqaroligini qabul qilishga majbur eta olmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ishtirokchi-davlatlar ayollarga oʻz farzandlarining fuqaroligiga nisbatan erkaklar bilan teng huquqlar beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III QISM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishtirokchi-davlatlar xotin-qizlarning kamsitilishini bartaraf etish, ayollarning erkaklar va ayollar tengligi asosida taʼlim olish sohasida erkaklar bilan teng huquqlarini taʼminlash uchun barcha zarur choralarni koʻradilar. Jumladan, quyidagilarni taʼminlaydilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) shahar tumanlari singari qishloq joylarida ham barcha toifadagi oʻquv yurtlarida bilimdan bahramand boʻlish va diplom olish, kasb-kor yoki mutaxassislikni tanlashda bir xil sharoitlarni yaratish, bunday tenglik maktabgacha tarbiya, umumtaʼlim, oʻrta maxsus va oliy texnik maʼlumot olishda, shuningdek, kasbga tayyorlashning barcha turlarida taʼminlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) bir xil oʻquv dasturlariga, bir xil imtihonlarga, bir xil malakali oʻqituvchilar tarkibiga, teng sifatli maktab xonalari va jihozlariga ega boʻlish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
c) barcha taʼlim olish bosqichlari va shakllarida erkak va xotin-qizlar rolining birgalikda va boshqa xildagi taʼlim olish yoʻli orqali har qanday bir qolipdagi konsenpsiyasini bartaraf etish va shu asosda, jumladan, oʻquv qoʻllanmalari va maktab dasturlarini qayta koʻrib chiqish hamda oʻqitish uslublarini moslashtirish yoʻli bilan shu maqsadga erishish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) taʼlim uchun stipendiya va boshqa nafaqalar olish imkoniyatlarining bir xilligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) erkaklar va ayollar bilimdagi har qanday uzilishni mumkin qadar tezlik bilan qisqartirishga yoʻnaltirilgan funksional savodxonlik dasturi va katta yoshdagilar orasidagi savodxonlikni ommalashgirish dasturlarini nazarda tutib, taʼlim olishni davom ettirish dasturidan foydalanish imkoniyatlarining bir xilligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
f) maktabni tugatmayotgan qizlar sonini kamaytirish va maktabni barvaqt tark etgan ayollar va qizlar uchun alohida dasturlarni ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) jismoniy tayyorgarlik va sport mashgʻulotlarida faol qatnashish uchun bir xil imkoniyatlar yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
h) oilalar sogʻligi va farovonligini taʼminlashga koʻmaklashish maqsadida taʼlim sohasiga bagʻishlangan maxsus axborotlarga, shu jumladan oilaning katta-kichikligini rejalashtirish toʻgʻrisidagi axborot va yoʻl-yoʻriq maʼlumotlariga ega boʻlish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Xotin-qizlarning ish bilan band boʻlish sohasidagi huquqlari kamsitilishini bartaraf etish, ayni vaqtda erkaklar bilan ayollarning teng huquqlarini taʼminlash maqsadida ishtirokchi-davlatlar barcha tegishli choralarni, jumladan, quyidagi huquqlarni taʼminlash choralarini koʻradilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) barcha insonlarning ajralmas huquqi sifatida mehnat qilish huquqi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ishga yollashda bir xil imkoniyatlarga ega boʻlish, shu bilan birga ishga yollashda bir xil tanlash mezonlarini qoʻllash huquqi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
c) kasb yoki ish turini erkin tanlash, lavozim boʻyicha koʻtarilish va ish bilan band etish kafolatiga ega boʻlish, shuningdek, shogirdlik, yuqori darajadagi kasb boʻyicha tayyorgarlik va muntazam suratda malaka oshirishni oʻz ichiga olgan holda mehnat qilishning barcha imtiyozlari va shart-sharoitlaridan toʻliq foydalanish, kasb boʻyicha tayyorgarlik va qayta tayyorgarlikdan oʻtish huquqi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) imtiyozlar olishni ham hisobga olgan holda teng mukofotlanish, bir xil qimmatga ega boʻlgan mehnatga nisbatan teng sharoitlarga, shuningdek, ish sifatini baholashga teng yondashish huquqi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) jumladan, nafaqaga chiqish, ishsiz qolish, kasallik, nogironlik, qarilik va mehnat qobiliyatini yoʻqotishdan iborat boshqa holatlarda ijtimoiy taʼminot huquqi shuningdek, haq toʻlanadigan taʼtil huquqi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
f) sogʻliqni saqlash va xavfsiz mehnat sharoitlarga ega boʻlish, shuningdek, naslni davom ettirish vazifasini saqlab qolish huquqi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ayollarning turmushga chiqmaganligi yoki onaligi sababli kamsitilishining oldini olish va ularga mehnat qilishning samarali huquqlarini kafolatlash maqsadida, ishtirokchi-davlatlar quyidagilarni amalga oshirish uchun tegishli choralarni koʻradilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) homiladorlik sababli ishdan boʻshatishni yoki homiladorlik va tugʻruq boʻyicha taʼtilga chiqarishni yoxud oilaviy ahvol tufayli kamsitishni sanksiyalar qoʻllanish tahdidi ostida man qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) oxirgi ish joyini, lavozimini yoki ijtimoiy nafaqalarini yoʻqotmagan holda homiladorlik va tugʻruq boʻyicha haqi toʻlanadigan taʼtillar yoki taqqoslama ijgimoiy nafaqalar, toʻlanadigan taʼtillar joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
c) ota-onalar oilaviy burchlarining bajarilishini mehnat faoliyati va jamoat hayotdagi ishtiroki bilan birga qoʻshib olib borish imkonini yaratish uchun, jumladan, bolalarni tarbiya qilish muassasalari tarmogʻini kengaytirish yoʻli bilan qoʻshimcha zarur ijtimoiy xizmat koʻrsatishni ragʻbatlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) ayollar homiladorligi davrida ularning salomatligi uchun zararli deb isbotlangan mehnat turlarida alohida himoyalashni taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur moddada oʻz aksini topgan huquqlarni himoya qilishga taalluqli qonunchilik ilmiy-texnikaviy bilimlar asosida vaqti-vaqti bilan koʻrib chiqiladi, shuningdek, zaruratga qarab qaytadan koʻriladi, bekor qilinadi yoki kengaytiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ishtirokchi-davlatlar xotin-qizlarning sogʻligʻini saqlash sohasidagi huquqlari kamsitilishiga barham berish maqsadida, erkak va ayollarga tibbiy xizmatni teng taʼminlash, oilaning katta-kichikligini rejalashtirish masalalarida tegishli barcha choralarni koʻradilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ishtirokchi-davlatlar ushbu moddaning 1-bandi qoidalari bilan bir qatorda ayollarning homiladorlik, tugʻruq va tugʻruqdan keyingi davrida tegishli xizmatlar bilan taʼminlaydi va zaruriyat tugʻilganda, bepul xizmatlar koʻrsatadilar, shuningdek, homiladorlik va emizikli davrda kerakli oziq-ovqatlarni yetkazib beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishtirokchi-davlatlar ijtimoiy va iqtisodiy hayotning boshqa sohalarida xotin-qizlarning kamsitilishiga barham berish, shu bilan birga erkak va ayollarning tengligi asosida ularning teng huquqlarini taʼminlash borasida tegishli barcha choralarni koʻradilar, jumladan quyidagi huquqlarni taʼminlaydilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) oilaviy nafaqa huquqi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) zayom, koʻchmas mulk hisobiga qarz va boshqa shakldagi moliyaviy kreditlarni olish huquqi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
c) dam olish bilan bogʻliq tadbirlarda, sport mashgʻulotlarida va madaniy hayotning barcha sohalarida qatnashish huquqi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14- modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ishtirokchi-davlatlar qishloq joylarda yashovchi xotin-qizlar duch keladigan alohida muammolarni va ularning oʻz oilalari iqtisodiy farovonligini taʼminlashda muhim rol oʻynashini, shuningdek, ularning tovarsiz xoʻjalik tarmoqlaridagi faoliyatini eʼtiborga olgan holda qishloq joylarda yashovchi ayollarga nisbatan mazkur Konvensiya qoidalarining qoʻllanilishini taʼminlash borasida barcha tegishli choralarni koʻradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ishtirokchi-davlatlar qishloq joylarda xotin-qizlar kamsitilishiga barham berish, erkak va xotin-qizlarning tengligi asosida ularning qishloq hududlarini rivojlantirishdagi ishtirokini taʼminlash va bunday rivojlanishdan naf koʻrish uchun barcha tegishli choralarni koʻradilar, jumladan, bunday xotin-qizlarga quyidagi huquqlarni taʼminlaydilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) barcha darajalarda rivojlanish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) oilani rejalashtirish masalalari boʻyicha axborotlar, maslahatlar va xizmatlarni qoʻshgan holda tegishli tibbiy xizmat koʻrsatilishiga erishish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
c) ijtimoiy sugʻurga dasturlari qulayliklaridan bevosita foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) jumladan, xotin-qizlarning texnikaviy bilim saviyasini oshirish maqsadida funksional savodxonlikni hisobga olgan holda barcha turdagi rasmiy va norasmiy taʼlim va tayyorgarlik olish, shuningdek, barcha turdagi jamoa xizmatlaridan, qishloq xoʻjalik masalalari boʻyicha maslahat berish xizmatidan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) mustaqil mehnat faoliyati yoki ishga yollash orqali teng iqtisodiy imkoniyatlarni taʼminlash uchun shirkatlar va oʻz-oʻziga yordam koʻrsatish guruhlarini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
f) jamoa faoliyatining barcha turlarida ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) qishloq xoʻjalik kreditlari va zayomlariga, sotish tizimiga, tegishli texnologiyalarga, yer va agrar islohotlarda, shuningdek yerlarni qayta joylashtirish rejalarida teng maqomga erishish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
h) tegishli turmush sharoitlaridan, ayniqsa, uy-joy sharoitlaridan, sanitariya xizmatidan, elektr va suv taʼminotidan, shuningdek, transport va aloqa vositalaridan foydalanish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV QISM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ishtirokchi-davlatlar xotin-qizlarning qonun oldida zrkaklar bilan tengligini tan oladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ishtirokchi-davlatlar xotin-qizlarga erkaklar bilan bir xil fuqarolik huquqlarini va ularni amalga oshirishning bir xil imkoniyatlarini beradilar, jumladan, ular mulkni boshqarish va shartnomalarni tuzish vaqtida xotin-qizlarning teng huquqlarini, shuningdek, tribunal va sud muhokamasining barcha bosqichlarida ularga nisbatan teng munosabatni taʼminlaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ishtirokchi-davlatlar shunga qoʻshiladilarki, xotin-qizlarning huquqlarini cheklashga qaratilgan har qanday huquqiy shartnomalar va boshqa har xil xususiy hujjatlar haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ishtirokchi-davlatlar erkak va xotin-qizlarga shaxsning koʻchib yurishi, yashash va turar joyni tanlash erkinligiga taalluqli boʻlgan qonunchilikka nisbatan bir xildagi huquqlarni beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ishtirokchi-davlatlar xotin-qizlarning nikoh va oila munosabatlariga taalluqli hamma masalalarda kamsitilishini bartaraf etish uchun barcha tegishli choralarni koʻradilar, jumladan, erkak va ayollarning tengligi asosida quyidagi huquqlarni taʼminlaydilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) nikohdan oʻtishda bir xil huquqlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) turmush oʻrtogʻini erkin tanlash va nikohdan faqat oʻzining erkin va toʻliq roziligi bilan oʻtishda teng huquqlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
c) nikohdan oʻtish hamda uni bekor qilish paytida bir xildagi huquq va burchlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) bolalarga taalluqli boʻlgan masalalarda oilaviy sharoitidan qati nazar, barcha vaziyatda bolalarning manfaati ustun turgan holda, erkak va ayollar ota-ona sifatida bir xildagi burch va huquqlarga ega boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) oilada bolalar soni, ularning tugʻilishi oʻrtasidagi yoshi masalasini erkin va masʼuliyatli yechishda va bu huquqlarni amalga oshirishni taʼminlab beradigan vositalarga, maʼlumotlarga va taʼlim olishga bir xilda yondashish huquqiga ega boʻlish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
f) bolalarni farzandlikka olish, vakolat berish, tarbiyalash, vasiylik qilish yoki shunga oʻxshash vazifalarni milliy qonunga asosan amalga oshirishda barcha vaziyatlarda bolalarning manfaati ustun turgan holda bir xil burch va huquqlarga ega boʻlish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) er va xotinning teng shaxsiy huquqlari, shu jumladan, ismi-sharifini, kasb va mashgʻulotni tanlash huquqi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
h) er-xotinning mol-mulkka bepul va pullik egalik qilish, sotib olish, boshqarish, foydalanish va tasarruf qilish borasidagi teng huquqlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Bolani unashtirib qoʻyish va nikohlash yuridik kuchga ega boʻlmaydi, nikohdan oʻtishning eng quyi yoshini aniqlash va nikohlarni fuqarolik holati dalolatnomalarida majburiy qayd etish maqsadida, barcha zarur, shu jumladan, zarur qonunchilik chora-tadbirlari koʻriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V QISM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Konvensiyaning amalga oshirilishini koʻrib chiqish uchun xotin-qizlarning kamsitilishini bartaraf etish Qoʻmitasi taʼsis etilib (bundan buyon Qoʻmita deb ataladi), Konvensiya kuchga kirgungacha oʻn sakkiz, ratifikatsiya qilingandan yoki unga oʻttiz beshinchi ishtirokchi-davlat qoʻshilganidan soʻng esa, mazkur Konvensiya sohasini mukammal biladigan yuqori ahloqiy sifatlarga va yetuk maʼlumotlarga ega boʻlgan yigirma uchta ekspertdan iborat boʻladi. Bu ekspertlar ishtirokchi-davlatlar tomonidan oʻz fuqarolari ichidan saylanadilar va hususiy shaxs sifatida ish yuritadilar, bunda oʻrinlar taqsimotida adolat bilan geografik hudud va har xil shakldagi sivilizatsiya, shuningdek asosiy huquqiy tizimlar vakillari hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Qoʻmita aʼzolari ishtirokchi-davlatlar tomonidan roʻyxatga kiritilgan shaxslar orasidan yashirin ovoz berish yoʻli bilan saylanadi. Har bir ishtirokchi-davlat oʻzining fuqarolaridan bitta vakilning nomzodini berishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur Konvensiyaning kuchga kirgan kunidan boshlab olti oydan soʻng birlamchi saylovlar oʻtkaziladi. Har bir saylovni oʻtkazilishidan kamida uch oy oldin Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi ishtirokchi-davlatlarga ikki oy mobaynida oʻz vakillarini koʻrsatish boʻyicha takliflarini yuborishni xat orqali soʻraydi. Bosh kotib barcha ishtirokchi-davlatlar tomonidan ushbu tarzda koʻrsatilgan shaxslarning roʻyxatini alifbo tartibida tayyorlab, ishtirokchi-davlatlarga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qoʻmita aʼzolari Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi tomonidan chaqiriladigan va BMT Markaziy muassasalarida oʻtkaziladigan ishtirokchi davlatlar yigʻilishida saylanadilar. Bu yigʻilishda majlisni haqiqiy deb hisoblash uchun ishtirokchi davlatlarning soni uchdan ikki qismni tashkil etishi lozim. Qatnashadigan va ovoz berishda ishtirok etadigan ishtirokchi-davlat vakillarining eng koʻp va mutlaq koʻp ovozni olgan nomzodlar Qoʻmitaga saylangan shaxslar deb hisoblanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Qoʻmita aʼzolari toʻrt yil muddatga saylanadilar. Biroq birinchi saylovda saylangan toʻqqiz aʼzoning vakolat muddati ikki yil oʻtishi bilan tugaydi; birinchi saylovlar oʻtkazilgandan keyinoq bu toʻqqiz aʼzoning familiyasi Qoʻmita raisi tomonidan qurʼa tashlash orqali tanlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Qoʻmitaning besh nafar qoʻshimcha aʼzosi shu moddaning 2, 3 va 4-bandlariga muvofiq Konvensiya ratifikatsiya qilinganidan soʻng yoki unga oʻttiz beshinchi davlat qoʻshilgandan keyin saylanadi. Shu tarzda saylangan ikki qoʻshimcha aʼzoning vakolat muddati ikki yil oʻtishi bilan tugaydi, bu ikki qoʻshimcha aʼzoning familiyasi Qoʻmita raisi tomonidan qurʼa tashlash orqali tanlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Ishtirokchi-davlatlar eksperti Qoʻmita aʼzosi sifatida oʻz vazifasini tugatgan boʻlsa, koʻzda tutilmagan boʻsh oʻrinlarni toʻldirish uchun Qoʻmitaning roziligi bilan oʻz fuqarolari ichidan boshqa ekspertni tayinlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Qoʻmita aʼzolari Bosh Assambleya tasdiqlaydigan mukofotlarni Birlashgan Millatlar Tashkilotining mablagʻlaridan Assambleya belgilaydigan shartlar va tartiblarga koʻra Qoʻmitaning vazifasi muhimligiga qarab oladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi mazkur Konvensiyaga koʻra, Qoʻmitaning vazifalarini samarali bajarish uchun zarur boʻlgan xodimlar va moddiy mablagʻlar bilan taʼminlab boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ishtirokchi-davlatlar ushbu Konvensiyaniig qoidalarini bajarish uchun qabul qilingan qonunchilik, sud, maʼmuriy yoki boshqa chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi va bu borada erishilgan siljishlar haqidagi maruzani Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga Qoʻmitaning koʻrib chiqishi uchun taqdim etish majburiyatini oladilar, jumladan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) manfaatdor davlat uchun mazkur Konvensiyaniig kuchga kirgan kunidan boshlab bir yil ichida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) shundan keyin hech boʻlmaganda har toʻrt yilda va soʻngra, qachonki, bu haqda Qoʻmita rasmiy ravishda soʻraganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Maʼruzalarda mazkur Konvensiya boʻyicha majburiyatlarni bajarish darajasiga taʼsir koʻrsatadigan qiyinchilik va omillar koʻrsatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Qoʻmita oʻzi shaxsiy bajaradigan ishlar tartibi qoidalarini tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Qoʻmita ikki yil muddatga oʻzining mansabdor shaxslarini saylaydi,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Qoʻmita ushbu Konvensiyaning 18-moddasiga koʻra taqdim etilgan maʼruzalarni koʻrib chiqish maqsadida, qoida boʻyicha ikki xaftadan oshmaydigan davr ichida har yili majlis oʻtkazib turadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Qoʻmitaning yigʻilishlari qoida boʻyicha Birlashgan Millatlar Tashkilotining Markaziy muassasalarida yoki boshqa Qoʻmita tomonidan belgilanadigan boshqa istalgan qulay joyda oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Qoʻmita har yili Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash orqali oʻzining faoliyati haqidagi maʼruzasini Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasiga taqdim etadi va ishtirokchi-davlatlardan olingan maʼruza va axborotlarni oʻrganishga asoslangan umumiy xarakterdagi taklif va tavsiyanomalarni kiritishi mumkin. Ishtirokchi-davlatlarning fikrlari bilan birga agar shunday fikrlar boʻlsa umumiy xarakterdagi shunday taklif va tavsiyanomalar Qoʻmitaning maʼruzasiga qoʻshimcha qilib kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Bosh kotib Qoʻmita maʼruzalarini xotin-qizlarning ahvoli boʻyicha Komissiyasiga axborot uchun joʻnatib turadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ixtisoslashgan muassasalar oʻzlarining faoliyat doirasiga kiradigan ushbu Konvensiyaning qoidalarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqish chogʻida vakillik qilish huquqiga egadir. Qoʻmita ixtisoslashgan muassasalarga Konvensiyani amalga oshirish boʻyicha ularning faoliyat doirasiga kiradigan sohalardagi maʼruzalarni tayyorlashni taklif qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Konvensiyada hech bir narsa erkak va xotin-qizlar oʻrtasidagi teng huquqlikka erishish imkoniyatlarini beruvchi quyida mavjud boʻlgan qoidalarga dahl qilmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) ishtirokchi-davlatlarning qonunlarida; yoki,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) shunday davlatlar uchun yuridik kuchga ega boʻlgan har qanday boshqa xalqaro konvensiya, bitim yoki shartnomada.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishtirokchi-davlatlar mazkur Konvensiyada tan olingan huquqlar toʻla amalga oshirilishiga erishish uchun milliy darajada barcha zarur choralarni koʻrish majburiyatini oladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI QISM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Konvensiya barcha davlatlar tomonidan unga imzolanish uchun ochiqdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi mazkur Konvensiyaning depozitariysi etib tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur Konvensiya ratifikatsiya qilinishi lozim. Ratifikatsiya yorliqlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibiga saqlash uchun topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur Konvensiya unga barcha davlatlarning qoʻshilishi uchun ochiqdir. Unga qoʻshilish shu haqdagi hujjatni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga saqlash uchun topshirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Konvensiyani qayta koʻrib chiqish haqidagi iltimoslar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi nomiga har qanday ishtirokchi-davlatlar tomonidan yozma ravishda istalgan vaqgda xabarnoma orqali yoʻllanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi, agar u qandaydir choralarni qabul qilish zarurligini eʼtirof etsa, shu iltimosga nisbatan aynan qaysi choralarni koʻrish zarurligi haqida qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Konvensiya yigirmanchi ratifikatsiya yorligʻi yoki qoʻshilish haqidagi hujjatlar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibiga saqlash uchun topshirilgandan soʻng oʻttizinchi kundan boshlab kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Konvensiyani ratifikatsiya qiladigan yoki unga qoʻshiladigan har bir davlat uchun ushbu Konvensiya yigirmanchi ratifikatsiya yorligʻi yoki unga qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjat saqlash uchun topshirilgandan keyin ushbu Konvensiya har bir davlat uchun oʻttizinchi kundan boshlab kuchga kiradi,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi ratifikatsiya qilish yoki qoʻshilish paytida davlatlar tomonidan aytilgan shartlarning matnini qabul qilib olib tarqatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Konvensiyaning maqsad va vazifalariga toʻgʻri kelmaydigan qoʻshimcha shartlar kiritilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Shartlar xohlagan vaqtda Bosh kotib nomiga yuborilgan tegishli bildirishnoma orqali bekor qilinishi mumkin, keyin esa Bosh kotib bu haqda barcha ishtirokchi-davlatlarga maʼlum qiladi. Bunday bildirishnoma u olingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Konvensiyani qoʻllash yoki talqin etishga nisbatan ikki yoki bir nechta ishtirokchi-davlatlar oʻrtasidagi har qanday bahs-muzokara yoʻli bilan yechilmasa, unda tomonlardan birining iltimosiga binoan arbitraj muhokamasiga taqdim etiladi. Agar arbitraj muhokamasiga berilgan ariza olti oy ichida ikki tomonning kelishuviga imkon yaratmasa, unda xohlagan tomon shu bahs yuzasidan sud maqomiga koʻra tegishli ariza orqali Xalqaro Sudga murojaat qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Har qaysi ishtirokchi-davlat mazkur Konvensiyani imzolash, ratifikatsiya qilish yoki qoʻshilish paytida ushbu moddaning 1-bandida koʻrsatilgan majburiyatlar bilan oʻzini bogʻliq deb hisoblamasligini taʼkidlashi mumkin. Boshqa ishtirokchi-davlatlar ushbu moddaning koʻrsatilgan bandidan kelib chiqib, shunday shartni qoʻygan har qanday ishtirokchi-davlatga nisbatan majburiyat olmaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur moddaning 2-bandiga tegishli shartlarni qoʻygan har qanday ishtirokchi-davlat istagan paytda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibiga bildirishnoma yoʻllash bilan oʻz shartlarini olib tashlashi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Konvensiya uning ingliz, arab, ispan, xitoy, rus va fransuz tillaridagi matnlari aynan bir xildadir, saqlash uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibiga topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakolatga ega boʻlgan quyida imzo chekuvchilar mazkur Konvensiyani tasdiqlash uchun imzoladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(imzolar)