Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
STATISTIKA VA MOLIYA HISOBOTINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Statistika va moliya hisoboti shakllarini yanada birxillashtirish, soddalashtirish va qisqartirish, uni taqdim etish davriyligini takomillashtirish, shuningdek hisobot tizimini xalqaro standartlar talablariga yuqori darajada yaqinlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining:
moliya va statistika hisoboti shakllarini taqdim etish davriyligini qisqartirish toʻgʻrisidagi 1-ilovaga muvofiq;
statistika hisoboti shakllarini birxillashtirish va birlashtirish toʻgʻrisidagi 2-ilovaga muvofiq;
statistika hisoboti shakllarini bekor qilish toʻgʻrisidagi 3-ilovaga muvofiq takliflariga rozilik berilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Toshkent shahrida va respublika mintaqalarida moliya va statistika hisobotini yanada takomillashtirish masalalari boʻyicha seminarlar oʻtkazsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Davlat statistikasini 2005-yilgacha boʻlgan davrda yanada tizimli isloh qilish kompleks dasturini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar meʼyoriy hujjatlarning qayta koʻrib chiqilishi va mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 25-iyun,
227-son
Taqdim etish davriyligi qisqartiriladigan moliya va davlat statistika hisoboti shakllarining
ROʻYXATI
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.
|
T/r |
Shakllarning nomi |
Davriyligi | ||||||||||||
|
|
1. Moliyaviy hisobot |
| ||||||||||||
| |
1.1. Yirik va oʻrta korxonalar uchun: |
| ||||||||||||
| 1. | Pul oqimlari toʻgʻrisida hisobot, 4-shakl | yillik | ||||||||||||
| |
1.2. Kichik korxonalar va mikrofirmalar uchun |
| ||||||||||||
| 2. | Buxgalteriya balansi, 1-shakl | yillik | ||||||||||||
| 3. | Moliyaviy natijalar toʻgʻrisida hisobot, 2-shakl | yillik | ||||||||||||
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 26-iyundagi 183-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 26-27-son, 293-modda)
Bekor qilinadigan davlat statistika hisoboti shakllari
ROʻYXATI
ROʻYXATI
|
T/r |
Shakllarning nomi |
Davriyligi | ||||||||||||
| |
Demografiya |
|||||||||||||
| 1. | Maʼmuriy-hududiy tuzilmalar oʻzgarishi toʻgʻrisidagi maʼlumot, V-shakl | yillik | ||||||||||||
| 2. | Aholining koʻchib yurish hisobi kartasi, M-shakl tuman boʻyicha | har chorakda | ||||||||||||
| |
Uy-joy-kommunal xoʻjaligi |
| ||||||||||||
| 3. | Tabiiy gazdan foydalanish toʻgʻrisida hisobot, 2-gaz shakli | |||||||||||||
| |
Sogʻliqni saqlash |
yillik | ||||||||||||
| 4. | Ayrim yuqumli va parazitar kasalliklar toʻgʻrisida hisobot, 1-inf. shakli | oylik | ||||||||||||
| 5. | Oʻrinlarning ixtisoslashuvi boʻyicha taqsimlanishi toʻgʻrisida jamlanma hisobot, 2-sogʻliq shakli | yillik | ||||||||||||
| 6. | Kunduzgi statsionar faoliyati toʻgʻrisida hisobot, 14-ds shakli | yillik | ||||||||||||
| |
Taʼlim |
| ||||||||||||
| 7. | Oʻquv yurtlari kutubxonalari hisoboti, 10-nk shakli | yillik | ||||||||||||
| |
Xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish |
| ||||||||||||
| 8. | Xususiylashtirilgan korxona hisoboti, 1-xususiylashtirish shakli | har chorakda | ||||||||||||
| 9. | Ilmiy-texnik ishlarni bajaruvchi korxona, tashkilot moddiy-texnika bazasi toʻgʻrisida hisobot, 1-fan (mtb) shakli | yillik | ||||||||||||
| |
Ekologiya |
| ||||||||||||
| 10. | Atmosfera havosini (turgʻun manbalar) muhofaza qilish toʻgʻrisida hisobot 2-e (havo) shakli | yarim yillik | ||||||||||||
| 11. | Atmosfera havosini (koʻchma manbalar) muhofaza qilish toʻgʻrisida hisobot) 2-e (transport) shakli | yillik | ||||||||||||
| 12. | Mavjud noxaridorbop hamda kasod mollar qoldigʻi toʻgʻrisida hisobot, 2-savdo (noxaridorbop) shakli | har chorakda | ||||||||||||
| |
Pulli xizmatlar |
| ||||||||||||
| 13. | Pulli tibbiy xizmat koʻrsatish toʻgʻrisida hisobot, 1-xizmat (sogʻliq) shakli | har chorakda | ||||||||||||
| 14. | Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha pulli xizmat koʻrsatish toʻgʻrisida hisobot, 1-jts (xizmatlar) shakli | har chorakda | ||||||||||||
| |
Energetika |
| ||||||||||||
| 15. | Poyezdlarni tortish uchun sarflangan dizel yonilgʻisi va elektr energiyasi toʻgʻrisida hisobot, 1-det shakli | har chorakda | ||||||||||||
| |
Qishloq xoʻjaligi |
| ||||||||||||
| 16. | Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻligi sifati toʻgʻrisida hisobot, 14-qx shakli | yilda 2-marta | ||||||||||||
| 17. | Moliya-xoʻjalik faoliyatining kutilayotgan natijalari toʻgʻrisida hisobot, 8-qx shakli | yillik | ||||||||||||
| 18. | Mavjud mineral va organik oʻgʻitlar sarfi toʻgʻrisida hisobot, 9-qx shakli | yillik | ||||||||||||
| 19. | Yordamchi davlat yoki kooperativ xoʻjaliklarida chorvachilikning ahvoli toʻgʻrisida hisobot, 24-shakl (yordamchi) | har chorakda | ||||||||||||
| 20. | Qishloq xoʻjalik mahsulotlari va xom-ashyolariga kontraktatsiya shartnomalarining tuzilishi toʻgʻrisida hisobot, 18-zag. shakli | oylik | ||||||||||||
| |
Transport va aloqa |
| ||||||||||||
| 21. | Uzluksiz ishlaydigan transport toʻgʻrisida hisobot, 1-tr (uzluksiz) shakli | 2 yilda 1-marta | ||||||||||||
| 22. | Harakatdagi obyektlar bilan quruqlikdagi radio aloqasi texnik vositalari toʻgʻrisida hisobot, 54-aloqa (radio) shakli | yillik | ||||||||||||
| 23. | Umumiy foydalanilmaydigan telefon aloqasining texnik vositalari haqida hisobot, 1-aloqa shakli | yillik | ||||||||||||
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 11-12-son, 95-modda; 2004-y., 3-son, 31-modda; 2012-y., 26-27-son, 293-modda, 44-son, 507-modda)