Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.12.2021 17.06.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2685
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining buyrugʻi, 17.06.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2685
Date of entry into force
22.06.2015
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.12.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TAʼLIMI VAZIRINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan oʻquvchilarni bir ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasidan boshqa ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasiga yoki inklyuziv (uygʻunlashgan) sharoitda taʼlim olishi uchun umumtaʼlim muassasasiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 17-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2685]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 21-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3340, 03.12.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi, “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 13-sentabrdagi 256-son “Imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim muassasalari toʻgʻrisidagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan oʻquvchilarni bir ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasidan boshqa ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasiga yoki inklyuziv (uygʻunlashgan) sharoitda taʼlim olishi uchun umumtaʼlim muassasasiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazir U. INOYATOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 2-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-mh-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2015-yil 2-iyundagi 14-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan oʻquvchilarni bir ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasidan boshqa ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasiga yoki inklyuziv (uygʻunlashgan) sharoitda taʼlim olishi uchun umumtaʼlim muassasasiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi, “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 13-sentabrdagi 256-son “Imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim muassasalari toʻgʻrisidagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan oʻquvchilarni (bundan buyon matnda oʻquvchilar deb yuritiladi) sinfdan sinfga, bir ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasidan boshqa ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasiga (bundan buyon matnda maktab-internat deb yuritiladi) yoki inklyuziv (uygʻunlashgan) sharoitda taʼlim olishi uchun umumtaʼlim muassasasiga (bundan buyon matnda maktab deb yuritiladi) oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sinfdan sinfga oʻtkazish — oʻquvchini maktab-internatning bir sinfidan boshqa parallel sinfiga oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir xil turdagi maktab-internat — oʻquvchilarning jismoniy yoki psixik rivojlanishidagi tashxis natijalari boʻyicha ixtisoslashuviga koʻra bir turga mansub maktab-internat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa turdagi maktab-internat — oʻquvchilarning jismoniy yoki psixik rivojlanishidagi tashxis natijalari boʻyicha ixtisoslashuviga koʻra bir turga mansub boʻlmagan maktab-internat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasida istiqomat qilayotgan fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni sinfdan sinfga, bir maktab-internatdan boshqa maktab-internatga va maktab-internatdan maktabga oʻtkazishga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻquvchilarni sinfdan sinfga, bir maktab-internatdan boshqa maktab-internatga va maktab-internatdan maktabga oʻtkazish masalalari umumiy oʻrta taʼlimning majburiyligi hamda Oʻzbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi shaxslarning taʼlim olish tilini erkin tanlash huquqini inobatga olgan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻquvchilarni sinfdan sinfga, bir maktab-internatdan boshqa maktab-internatga va maktab-internatdan maktabga oʻtkazish bepul amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Oʻquvchini sinfdan sinfga oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻquvchining ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar (bundan buyon matnda ota-onalar deb yuritiladi) oʻz xohishiga koʻra oʻquv yili davomida yoki u tugaganidan soʻng farzandini sinfdan sinfga oʻtkazish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Ota-onalar farzandini sinfdan sinfga oʻtkazish uchun uning sabablarini koʻrsatgan holda maktab-internat direktori nomiga ariza bilan murojaat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Maktab-internat direktori arizani qabul qilib olgan kundan boshlab bir ish kuni ichida koʻrib chiqadi va oʻquvchini sinfdan sinfga oʻtkazish toʻgʻrisida buyruq qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Sinfdagi oʻquvchilar soni belgilangan meʼyordan ortiq boʻlgan taqdirda, maktab-internat direktori oʻquvchini sinfdan sinfga oʻtkazishni rad qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Sinfdan sinfga oʻtkazish rad etilganligi haqida maktab-internat direktori tomonidan uch kun ichida ota-onalarga yozma ravishda maʼlum qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Maktab-internat direktorining oʻquvchini sinfdan sinfga oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyrugʻi qabul qilingach, uch kun ichida sinf jurnali va oʻquvchilar harakati daftariga tegishli yozuv kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻz sinfdoshlariga nisbatan uch va undan ortiq katta yosh farqi boʻlgan psixik rivojlanishi sust yoki aqli zaif bolalar bir sinfda kamida ikki chorak taʼlim olgach, ularning bilim, koʻnikma va malaka darajasini inobatga olgan holda maktab-internatning tibbiy va pedagog xodimlari xulosasi asosida pedagogik kengash qarori bilan faqat bir sinf yuqoriga koʻchirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Oʻquvchini bir xil turdagi boshqa maktab-internatga oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Ota-onalar oʻz xohishiga koʻra oʻquv yili davomida yoki u tugaganidan soʻng farzandini bir maktab-internatdan bir xil turdagi boshqa maktab-internatga oʻtkazish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Ota-onalar farzandini bir maktab-internatdan bir xil turdagi boshqa maktab-internatga oʻtkazish uchun uning sabablarini koʻrsatgan holda oʻquvchi taʼlim olayotgan maktab-internat direktori nomiga ariza bilan murojaat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Ariza maktab-internat direktori tomonidan bir ish kuni ichida koʻrib chiqiladi va oʻqishni davom ettirish uchun tanlangan maktab-internatga taqdim etish uchun ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda maktab-internatdan ketish taloni beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Ota-onalar farzandi oʻqishni davom ettirishi uchun tanlangan maktab-internat direktoriga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qiladi. Arizaga maktab-internatdan ketish taloni ilova qilinadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2019-yil 1-iyundagi 9-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2685-1, 11.06.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2019-y., 10/19/2685-1/3269-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Oʻqishni davom ettirish uchun tanlangan maktab-internat direktori ariza va maktab-internatdan ketish talonini qabul qilib olgach, shu kunning oʻzida ota-onalarga oʻquvchi taʼlim olayotgan maktab-internatga taqdim etish uchun ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda maktab-internatga kelish talonini beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Oʻquvchi taʼlim olayotgan maktab-internat direktori maktab-internatga kelish talonini qabul qilib olgach, shu kunning oʻzida oʻquvchini maktab-internat oʻquvchilari safidan chiqarish toʻgʻrisida buyruq qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Maktab-internat direktori oʻquvchini maktab-internat oʻquvchilari safidan chiqarish toʻgʻrisidagi buyruq bilan ota-onalarni tanishtirganligi toʻgʻrisida imzo qoʻydirib, ularga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi va hujjatlar berilganligi toʻgʻrisida tilxat oladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchining maktab-internat oʻquvchilari safidan chiqarilganligi toʻgʻrisidagi buyruqdan koʻchirma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchining baholar (oʻzlashtirish) tabeli;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchining tibbiy kartasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi (bundan buyon matnda xalq taʼlimi boshqarmalari deb yuritiladi) huzurida tashkil etilgan psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning (bundan buyon matnda psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya deb yuritiladi) oʻquvchini maktab-internatga yuborish uchun asos boʻlgan xulosasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalq taʼlimi boshqarmasining oʻquvchini maktab-internatga yuborish toʻgʻrisidagi yoʻllanmasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Ota-onalarning hujjatlarni olganligi haqidagi tilxati, maktab-internatga kelish taloni va oʻqishni davom ettirish uchun tanlangan maktab-internat direktorining oʻquvchining oʻqishga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi buyrugʻidan koʻchirma oʻquvchining maktab-internatda saqlanadigan shaxsiy hujjatlar yigʻmajildiga tikib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Oʻqishni davom ettirish uchun tanlangan maktab-internat direktori boshqa maktab-internatdan oʻtkazilayotgan oʻquvchining oʻquv jarayonlaridan chetda qolib ketmasligini taʼminlash uchun barcha zarur choralarni koʻrishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Oʻqishni davom ettirish uchun tanlangan maktab-internat direktori mazkur Nizomning 18-bandida belgilangan hujjatlarni qabul qilib olgach, shu kunning oʻzida oʻquvchini maktab-internat oʻquvchilari safiga qabul qilish toʻgʻrisida buyruq chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Maktab-internat direktori oʻquvchini maktab-internat oʻquvchilari safiga qabul qilish toʻgʻrisidagi buyruqdan koʻchirmani bir ish kuni ichida oʻquvchi ilgari taʼlim olgan maktab-internatga maʼlumot uchun yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Oʻquvchini maktab-internat oʻquvchilari safidan chiqarish toʻgʻrisida yoki maktab-internat oʻquvchilari safiga qabul qilish toʻgʻrisida buyruq chiqarilgach, uch kun ichida sinf jurnali va oʻquvchilar harakati daftariga tegishli yozuv kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Oʻquvchini boshqa turdagi maktab-internatga oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Oʻquvchi psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning xulosasiga va aqliy layoqatiga koʻra bir maktab-internatdan boshqa turdagi maktab-internatga oʻtkazilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Ota-onalar oʻz xohishiga koʻra oʻquv yili davomida yoki u tugaganidan soʻng farzandini bir maktab-internatdan boshqa turdagi maktab-internatga oʻtkazish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Ota-onalar farzandini bir maktab-internatdan boshqa turdagi maktab-internatga oʻtkazish uchun uning sabablarini koʻrsatgan holda xalq taʼlimi boshqarmasiga ariza bilan murojaat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Ariza psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya tomonidan Bolalarni ixtisoslashtirilgan muassasalarga (maktab, maktab-internatlarga) yuborish boʻyicha psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalar toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2519, 2013-yil 24-oktabr) muvofiq koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning ijobiy xulosasi olingach, xalq taʼlimi boshqarmasi tomonidan shu kunning oʻzida ota-onalarga oʻqishni davom ettirish uchun tanlangan maktab-internatga taqdim etish uchun oʻquvchini boshqa turdagi maktab-internatga oʻtkazish toʻgʻrisida yoʻllanma beriladi. Yoʻllanma berilganligi haqida oʻquvchi taʼlim olayotgan maktab-internatga xat orqali maʼlum qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Oʻquvchi taʼlim olayotgan maktab-internat direktori xalq taʼlimi boshqarmasi tomonidan yuborilgan xatni olgach, shu kunning oʻzida oʻquvchini maktab-internat oʻquvchilari safidan chiqarish toʻgʻrisida buyruq qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maktab-internat direktori mazkur buyruq bilan ota-onalarni tanishtirganligi toʻgʻrisida imzo qoʻydirib, ularga mazkur Nizomning 18-bandida belgilangan hujjatlarni taqdim etadi va hujjatlar berilganligi toʻgʻrisida tilxat oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Ota-onalar xalq taʼlimi boshqarmasi tomonidan berilgan oʻquvchini boshqa turdagi maktab-internatga oʻtkazish toʻgʻrisidagi yoʻllanmani psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning xulosasi hamda mazkur Nizomning 18-bandida belgilangan hujjatlarni ilova qilgan holda oʻqishni davom ettirish uchun tanlangan maktab-internat direktoriga taqdim etadi. Maktab-internat direktori shu kunning oʻzida oʻquvchini maktab-internat oʻquvchilari safiga qabul qilish toʻgʻrisida buyruq chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Maktab-internat direktori oʻquvchini maktab-internat oʻquvchilari safiga qabul qilish toʻgʻrisidagi buyruqdan koʻchirmani bir ish kuni ichida oʻquvchi ilgari taʼlim olgan maktab-internatga maʼlumot uchun yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Ota-onalarning hujjatlarni olganligi haqidagi tilxati, xalq taʼlimi boshqarmasining oʻquvchini boshqa turdagi maktab-internatga oʻtkazish toʻgʻrisida yoʻllanma berilganligi haqidagi xati va oʻqishni davom ettirish uchun tanlangan maktab-internat direktorining oʻquvchining oʻqishga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi buyrugʻidan koʻchirma oʻquvchining maktab-internatda saqlanadigan shaxsiy hujjatlar yigʻmajildiga tikib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Oʻqishni davom ettirish uchun tanlangan maktab-internat direktori boshqa maktab-internatdan oʻtkazilayotgan oʻquvchining oʻquv jarayonlaridan chetda qolib ketmasligini taʼminlash uchun barcha zarur choralarni koʻrishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Oʻquvchini maktab-internat oʻquvchilari safidan chiqarish toʻgʻrisida yoki maktab-internat oʻquvchilari safiga qabul qilish toʻgʻrisida buyruq chiqarilgach, uch kun ichida sinf jurnali va oʻquvchilar harakati daftariga tegishli yozuv kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Oʻquvchini maktab-internatdan inklyuziv (uygʻunlashgan) sharoitda taʼlim olishi uchun maktabga oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Oʻquvchining jismoniy yoki psixik rivojlanishidagi nuqsoni yengil darajada boʻlib (psixik rivojlanishning orqada qolishi, yengil darajadagi aqli zaiflik, zaif eshituvchi, zaif koʻruvchi, bolalar tserebral falaji va boshqalar), uning taʼlim-tarbiya olishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berilgan taqdirda, maktab-internatdan inklyuziv (uygʻunlashgan) sharoitda taʼlim olishi uchun maktabga oʻtkazilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Ota-onalar oʻz xohishiga koʻra oʻquv yili davomida yoki u tugaganidan soʻng farzandini maktab-internatdan inklyuziv (uygʻunlashgan) sharoitda taʼlim olishi uchun maktabga oʻtkazish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Ota-onalar farzandini maktab-internatdan maktabga oʻtkazish uchun uning sabablarini koʻrsatgan holda xalq taʼlimi boshqarmasiga ariza bilan murojaat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Ariza psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya tomonidan Bolalarni ixtisoslashtirilgan muassasalarga (maktab, maktab-internatlarga) yuborish boʻyicha psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalar toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2519, 2013-yil 24-oktabr) muvofiq koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning ijobiy xulosasi olingach, xalq taʼlimi boshqarmasi tomonidan shu kunning oʻzida oʻqishni davom ettirish uchun tanlangan maktabga taqdim etish uchun oʻquvchini maktabga oʻtkazish toʻgʻrisida yoʻllanma beriladi. Yoʻllanma berilganligi haqida oʻquvchi taʼlim olayotgan maktab-internatga xat orqali maʼlum qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Oʻquvchi taʼlim olayotgan maktab-internat direktori xalq taʼlimi boshqarmasi tomonidan yuborilgan xatni olgach, shu kunning oʻzida oʻquvchini maktab-internat oʻquvchilari safidan chiqarish toʻgʻrisida buyruq qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maktab-internat direktori mazkur buyruq bilan ota-onalarni tanishtirganligi toʻgʻrisida imzo qoʻydirib, ularga mazkur Nizomning 18-bandida belgilangan hujjatlarni taqdim etadi va hujjatlar berilganligi toʻgʻrisida tilxat oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Ota-onalar xalq taʼlimi boshqarmasi tomonidan berilgan oʻquvchini boshqa turdagi maktab-internatga oʻtkazish toʻgʻrisidagi yoʻllanmani psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning xulosasi hamda mazkur Nizomning 18-bandida belgilangan hujjatlarni ilova qilgan holda oʻqishni davom ettirish uchun tanlangan maktab direktoriga taqdim qiladi. Maktab direktori shu kunning oʻzida oʻquvchini maktab oʻquvchilari safiga qabul qilish toʻgʻrisida buyruq chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Maktab direktori oʻquvchini maktab-internat oʻquvchilari safiga qabul qilish toʻgʻrisidagi buyruqdan koʻchirmani bir ish kuni ichida oʻquvchi ilgari taʼlim olgan maktab-internatga maʼlumot uchun yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Ota-onalarning hujjatlarni olganligi haqidagi tilxati, xalq taʼlimi boshqarmasining oʻquvchini maktabga oʻtkazish toʻgʻrisida yoʻllanma berilganligi haqidagi xati va oʻqishni davom ettirish uchun tanlangan maktab direktorining oʻquvchining oʻqishga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi buyrugʻidan koʻchirma oʻquvchining maktab-internatda saqlanadigan shaxsiy hujjatlar yigʻmajildiga tikib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Oʻqishni davom ettirish uchun tanlangan maktab direktori maktab-internatdan oʻtkazilayotgan oʻquvchining oʻquv jarayonlaridan chetda qolib ketmasligini taʼminlash uchun barcha zarur choralarni koʻrishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Maktab-internat direktorining oʻquvchilar safidan chiqarish toʻgʻrisidagi buyrugʻi hamda maktab direktorining oʻquvchini maktab-internat oʻquvchilari safiga qabul qilish toʻgʻrisidagi buyrugʻi chiqarilgach, uch kun ichida sinf jurnali va oʻquvchilar harakati daftariga tegishli yozuv kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Oʻquvchini xorijiy davlatdagi taʼlim muassasasiga oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Ota-onalar oʻqish, ishlash, uzoq muddatli davolanish yoki boshqa maqsadlarda doimiy yoki vaqtincha yashash uchun xorijiy davlatga ketayotgan boʻlsa, farzandini doimiy yoki vaqtincha yashash uchun ketayotgan davlatdagi taʼlim muassasasiga oʻtkazish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Ota-onalar farzandini xorijiy davlatdagi taʼlim muassasasiga oʻtkazish uchun uning sabablarini koʻrsatgan holda maktab-internat direktori nomiga ariza bilan murojaat etadi. Arizaga voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha hududiy idoralararo komissiyaning voyaga yetmaganni maktab oʻquvchilari safidan chiqarish uchun roziligi aks etgan qaroridan koʻchirma ilova qilinadi.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2019-yil 1-iyundagi 9-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2685-1, 11.06.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2019-y., 10/19/2685-1/3269-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Ariza maktab-internat direktori tomonidan bir ish kuni ichida koʻrib chiqilib, oʻquvchini maktab-internat oʻquvchilari safidan chiqarish toʻgʻrisida buyruq qabul qilinadi. Maktab-internat direktori mazkur buyruq bilan ota-onalarni tanishtirganligi toʻgʻrisida imzo qoʻydirib, ularga mazkur Nizomning 18-bandida belgilangan hujjatlarni taqdim etadi va hujjatlarni olganligi toʻgʻrisida tilxat oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Ota-onalarning hujjatlarni olganligi haqidagi tilxati oʻquvchining maktab-internatda saqlanadigan shaxsiy hujjatlar yigʻmajildiga tikib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Oʻquvchilar safidan chiqarish toʻgʻrisidagi buyruq qabul qilingach, uch kun ichida sinf jurnali va oʻquvchilar harakati daftariga tegishli yozuv kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Maktab-internat direktori tomonidan xorijiy davlatdagi taʼlim muassasasiga oʻtkazilayotganligi sababli oʻquvchilar safidan chiqarilgan voyaga yetmaganlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasi shakllantiriladi hamda har oʻquv yili choraklari oxirida tegishli tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimiga, tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimiga (boshqarmasiga) va voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha hududiy idoralararo komissiyaga taqdim etiladi.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2019-yil 1-iyundagi 9-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2685-1, 11.06.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2019-y., 10/19/2685-1/3269-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Xorijiy davlatda taʼlim olgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosini Oʻzbekiston Respublikasidagi maktab-internatga oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Ota-onalar xorijiy davlatda taʼlim olgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan farzandini Oʻzbekiston Respublikasidagi maktab-internatga oʻtkazish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Xorijiy davlatda taʼlim olgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosini Oʻzbekiston Respublikasidagi maktab-internatga oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 13-sentabrdagi 256-son “Imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim muassasalari toʻgʻrisidagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bob. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Oʻqishni davom ettirish uchun tanlangan maktab-internatga (maktabga) oʻtkazilgan oʻquvchi oʻn kun ichida sababsiz yoki maktab-internat (maktab) rahbariyati va sinf rahbarini xabardor qilmasdan dars mashgʻulotlariga kelmasa, maktab-internat (maktab) direktori bu haqda ota-onalarni, oʻquvchining yashash joyidagi voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha hududiy idoralararo komissiyani hamda oʻquvchi ilgari taʼlim olgan maktab direktorini yozma ravishda ogohlantiradi va bir vaqtning oʻzida oʻquvchining darslarga kelmaganligi sabablarini aniqlash va uni dars mashgʻulotlariga jalb etish choralarini koʻradi.
(54-band Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2019-yil 1-iyundagi 9-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2685-1, 11.06.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2019-y., 10/19/2685-1/3269-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Jinoyat sodir etgan voyaga yetmaganlarni maktab-internat oʻquvchilari safidan chiqarish voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha hududiy idoralararo komissiyaning roziligi bilan amalga oshiriladi.
(55-band Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2019-yil 1-iyundagi 9-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2685-1, 11.06.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2019-y., 10/19/2685-1/3269-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
(56-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar vaziri A. AXMEDBAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 2-iyun
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 2-iyun
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan oʻquvchilarni bir ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasidan boshqa ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasiga yoki inklyuziv (uygʻunlashgan) sharoitda taʼlim olishi uchun umumtaʼlim muassasasiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

‎‎______________________________________________
(viloyat (respublika, shahar), tuman (shahar)

____-conli maktab-internatdan
‎ KETISh TALONI ‎
‎‎

Ushbu talon 20 __ yil ____ ________________ da _______________ tumani (shahri)dagi ___ -sonli maktab-internatning ___-sinf oʻquvchisi _____________________________

(oʻquvchining F.I.O.) ‎

boshqa maktab-internatga oʻtkazilayotganligini tasdiqlash uchun berildi.

_________‎

‎‎______________________________

(imzo) ‎

(maktab-internat direktorining F.I.O.)

M.Oʻ.‎

Maktab-internat
‎direktorining
‎telefon raqami: ____________
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan oʻquvchilarni bir ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasidan boshqa ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasiga yoki inklyuziv (uygʻunlashgan) sharoitda taʼlim olishi uchun umumtaʼlim muassasasiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

‎‎______________________________________________
(viloyat (respublika, shahar), tuman (shahar)

____-conli maktab-internat(maktab)ga
‎KELISh TALONI

‎‎

Ushbu talon 20 __ yil ____ ________________ da _______________ tumani (shahri)dagi ___ -sonli maktab-internatning ___-sinf oʻquvchisi ____________________________ga

(oʻquvchining F.I.O.) ‎

u ______________ tumani (shahri)dagi ___ -sonli maktab-internatga ketish talonini topshirganligini tasdiqlash uchun berildi.

_________‎

‎‎_____________________________

(imzo) ‎

(maktab-internat direktorining F.I.O.)

M.Oʻ.‎

Maktab-internat
‎direktorining
‎telefon raqami: ____________
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 24-son, 320-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2019-y., 10/19/2685-1/3269-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)