Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2013 14.06.2002 yildagi 209-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori , 14.06.2002 yildagi 209-son
Date of entry into force
14.06.2002
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2013
Hujjat 08.06.2011 10 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi davlat patent idorasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Koʻchirma]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 322-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining budjetdan tashqari mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2002-yil 20-fevraldagi PF-3029-son Farmonini va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 4-martdagi 77-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi hisob raqamlariga tushadigan mablagʻlardan oqilona foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-iyundagi 166-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 236-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash davlat budjeti mablagʻlari hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda patent poshlinalari va boshqa soliq boʻlmagan toʻlovlar tarzida idoraning hisob raqamiga tushadigan budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi tomonidan patent poshlinalarini va boshqa soliq boʻlmagan toʻlovlarni undirishdan tushadigan mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-iyundagi 65-son qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat patent idorasi sanoat mulki obyektlariga, seleksiya yutuqlariga, elektron-hisoblash texnikasi uchun dasturlarga, maʼlumotlar bazalariga va integral mikrosxemalar topologiyalariga huquqiy muhofaza xizmati koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan yuridik jihatdan ahamiyatli ishlarning amalga oshirilganligi uchun undiriladigan patent poshlinalari miqdorlari yuzasidan bir oy muddatda takliflar kiritsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi buyurtmanomalariga binoan hukumat aloqasi telefonlari oʻrnatsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi Toshkent shahar, Toʻytepa koʻchasi, 2a-uyga joylashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari H.S. Karomatov va R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2002-yil 14-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
209-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-iyundagi 166-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 236-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-iyundagi 166-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 236-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 14-iyundagi 209-son qaroriga
3-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi tomonidan patent poshlinalarini va soliq boʻlmagan boshqa toʻlovlarni undirishdan tushadigan mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasiga (keyingi oʻrinlarda Patent idorasi deb ataladi) patent poshlinalari va soliq boʻlmagan boshqa toʻlovlar undirishdan tushadigan milliy va xorijiy valyutalardagi mablagʻlardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Patent poshlinalari va boshqa soliq boʻlmagan toʻlovlar undirishdan tushgan soʻmdagi va valyutadagi mablagʻlardan samarali va maqsadga muvofiq foydalanish maqsadida Patent idorasi tijorat bankida (keyingi oʻrinlarda bank deb ataladi) soʻmda va valyutadagi hisob raqamlarining quyidagi turlarini ochadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tushgan valyuta mablagʻlarini jamlash va keyinchalik ularni taqsimlash uchun xorijiy valyutalardagi (AQSh dollari, Evro, Shveysariya franki, Rossiya rubli va boshqalar) blok-hisob raqamlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tushadigan soʻm mablagʻlarini jamlash va keyinchalik ularni taqsimlash uchun milliy valyutadagi blok-hisob raqamlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idora ixtiyorida qoladigan valyuta mablagʻlaridan mazkur Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan maqsadlarda foydalanish uchun xorijiy valyutalardagi joriy hisob raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
patent poshlinalari va soliq boʻlmagan boshqa toʻlovlarni milliy valyutada undirishdan tushgan, shuningdek valyuta mablagʻlarini belgilangan tartibda birjadan tashqari valyuta bozorida sotishdan tushgan mablagʻlarni mazkur Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan maqsadlarga yoʻnaltirgan holda oʻtkazish uchun milliy valyutadagi talab qilib olinadigan depozit hisob raqami.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Patent idorasining koʻrsatib oʻtilgan valyuta va soʻmdagi hisob raqamlariga faqat patent poshlinalarini va soliq boʻlmagan boshqa toʻlovlarni undirishdan tushgan mablagʻlar oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ushbu hisob raqamlari boʻyicha hisob va hisobot Patent idorasining boshqa bank hisob raqamlaridan alohida yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Patent poshlinalarini va soliq boʻlmagan boshqa toʻlovlarni undirishdan tushgan mablagʻlarni taqsimlash va ulardan foydalanish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Patent idorasi tomonidan patent poshlinalari va soliq boʻlmagan boshqa toʻlovlarni undirishdan xorijiy va milliy valyutada tushadigan mablagʻlar idoraning tegishli blok-hisob raqamlariga oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Hisobot davrida yuridik ahamiyatga ega boʻlgan xatti-harakatlar uchun tushgan valyuta mablagʻlar har oʻn kunda, har bir oyning 10, 20 va 30-kunidan kechikmay valyuta blok-hisob raqamlaridan:
(6-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-maydagi 89-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 19-son, 160-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining valyuta (valyutalarning har bir turi boʻyicha alohida) hisob raqamlariga — tushgan mablagʻlar umumiy hajmining 92 foizi miqdorida;
(6-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 14-15-son, 106-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent idorasining joriy valyuta hisob raqamlariga (valyutalarning har bir turi boʻyicha alohida) va talab qilib olinadigan depozit hisob raqamiga — tushgan mablagʻlar umumiy hajmining 8 foizi miqdorida oʻtkaziladi.
(6-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 14-15-son, 106-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda patent idorasining blok-hisob raqamlaridagi valyuta va soʻmdagi mablagʻlaridan boshqa yoʻnalishlarda foydalanish taqiqlanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-apreldagi 65-son qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Patent idorasining valyuta va soʻmdagi hisob raqamlariga tushgan mablagʻlarning:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kamida 50 foizidan — idoraning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, kadrlar tayyorlash, xizmat safari xarajatlarini, shuningdek sanoat obyektlarini va intellektual mulkning boshqa turlarini huquqiy muhofaza qilish masalalari boʻyicha xalqaro tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasining ishtirok etishi bilan bogʻliq xarajatlarni qoplashda;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-iyundagi 65-son qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qolgan mablagʻlardan — idora xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishda foydalanish mumkin;
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-iyundagi 65-son qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Idoraning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun nazarda tutilgan mablagʻlar hisobiga avtotransport vositalari, aloqa vositalari va shunga oʻxshash boshqa buyumlar (ofis texnikasi, audio-video texnika, ofisni jihozlash uchun yumshoq va qattiq jihozlar va shu kabilar) xarid qilishga faqat Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Patent idorasining joriy hisob raqamlaridagi mablagʻlar birjadan tashqari valyuta bozorida sotilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Patent idorasining joriy valyuta hisob raqamlaridagi valyuta mablagʻlarining bir qismi sotilgan taqdirda uning soʻmga teng qiymati Patent idorasining talab qilib olinadigan soʻmdagi depozit hisob raqamiga oʻtkazilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Joriy hisob raqami va talab qilib olinadigan depozit hisob raqamidagi mablagʻlardan faqat mazkur Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan maqsadlarda foydalanish mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Idora xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish shakllari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Patent idorasining valyuta va soʻmdagi hisob raqamlaridan mazkur Nizomning 7-bandiga muvofiq ajratiladigan mablagʻlar yuqori malakali kadrlar mehnatini qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirishga, patent ishi nufuzini oshirishga, intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish sohasiga yosh istiqbolli mutaxassislarni jalb qilishga yoʻnaltiriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-iyundagi 65-son qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Patent idorasi xodimlari mehnatini moddiy ragʻbatlantirish Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisobot davridagi ish yakunlari boʻyicha taqdirlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir gallik mukofotlar toʻlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlarga moddiy yordam berish va kompensatsiya toʻlovlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Hisobot davridagi ish yakunlari boʻyicha xodimlarga ragʻbatlantiruvchi toʻlov va mukofot belgilash va toʻlash toʻgʻrisidagi qaror Patent idorasi rahbari tomonidan idora tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining taqdimnomasi boʻyicha va kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishgan holda qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisobot davridagi ish yakunlari boʻyicha Patent idorasi rahbariga ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar va mukofot belgilash toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Xodimlarga moddiy yordam toʻlash va xarajatlarni kompensatsiya qilish toʻgʻrisidagi qaror Patent idorasining kamida 5 kishidan iborat tarkibdagi maxsus komissiyasi tomonidan qabul qilinadi. Komissiya tarkibiga idora rahbari va kasaba uyushmasi qoʻmitasi vakili kirishi shart. Komissiya ishining ish tartibi idora rahbari tomonidan tasdiqlangan va kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishilgan nizom bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar xodimlarning yuqori malakasi uchun Patent idorasi tarkibiy boʻlinmalari rahbariyatining taqdimnomasiga koʻra xodim lavozim maoshi miqdorining 75 foizi miqdorida lavozim maoshlariga har oylik shaxsiy ustamalar sifatida belgilanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Xodimlarning lavozim maoshlariga ustamalar topshiriqlar oʻz vaqtida bajarilmagan, ish sifati yomonlashgan va mehnat intizomi buzilgan taqdirda bekor qilinishi yoki kamaytirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Hisobot davridagi ish yakunlari boʻyicha mukofotlash va bir gallik mukofotlar toʻlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Patent idorasi xodimlari yil choragidagi ish yakunlari boʻyicha mukofotlanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Yil choragidagi ish yakunlari boʻyicha mukofot topshiriqlar ortigʻi bilan bajarilgan, xodimlarga yuklangan lavozim majburiyatlari zarur darajada bajarilgan taqdirda amalda ishlangan vaqt (qonun hujjatlariga muvofiq ish haqi hisoblanadigan vaqt) uchun toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Yil choragi yakunlari boʻyicha har bir xodimni mukofotlashning aniq miqdori xodimning ikkita lavozim maoshidan ortiq boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Ishda nuqsonlarga yoʻl qoʻygan va mehnat intizomini buzgan xodimlar mukofotdan toʻliq yoki qisman mahrum etiladi. Ishdagi nuqsonlar va mehnat intizomi buzilishlari roʻyxati ichki tartib qoidalari bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Idoraning bir yildagi ish yakunlari boʻyicha Patent idorasining roʻyxatdagi tarkibida turuvchi xodimlarga qoʻshimcha mukofot toʻlanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bir yildagi ish yakunlari boʻyicha xodimlarni mukofotlashning umumiy summasi hisobot yilida shakllangan oʻrtacha ish haqining olti baravaridan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Bir yildagi ish yakunlari boʻyicha mukofotlash butun kalendar yil davomida ishlagan xodimlarga toʻliq miqdorda toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Butun kalendar yil mobaynida ishlagan, biroq mazkur mukofotlash toʻlanishigacha Patent idorasidan boʻshagan xodimlarga ushbu mukofot toʻliq miqdorda va ushbu mukofotni toʻlash uchun belgilangan muddatlarda toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Kalendar yil tamom boʻlishigacha ishdan boʻshagan xodimlarga, ishdan boʻshash sabablaridan qatʼi nazar, bir yildagi ish yakunlari boʻyicha mukofot toʻlanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Ish haqi hisoblash toʻgʻrisidagi buxgalteriya hisobi maʼlumotlari xodimlarga bir yildagi ish yakunlari boʻyicha mukofotni hisoblash uchun asos hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Patent idorasi xodimlariga aniq alohida muhim vazifalar yuqori sifatli va oʻz vaqtida bajarilganligi uchun bir gallik mukofotlar toʻlanishi mumkin. Ushbu mukofot miqdori bir yilda ikkita lavozim maoshidan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Xodimlarga moddiy yordam berish va kompensatsiya toʻlovlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Xodim mehnat taʼtiliga chiqqan taqdirda unga bitta lavozim maoshidan koʻp boʻlmagan miqdorda moddiy yordam toʻlanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Ish bilan bogʻliq boʻlmagan hollarda (dafn etish, kasal boʻlganda va baxtsiz hodisalarda) xodimga ikkita lavozim maoshi miqdorigacha moddiy yordam koʻrsatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Xodimlarga ovqatlanish uchun kompensatsiya toʻlovlari har oyda oylik lavozim maoshining 0,5 gacha miqdorida belgilanadi va toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Xodimlarning jamoat transportida yurishi uchun kompensatsiya toʻlovlari har oyda oylik yoʻlkira kartochkalari qiymatidan ortiq boʻlmagan miqdorda belgilanadi va toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Moddiy ragʻbatlantirish fondi mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish va uning uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Patent idorasi yilning har choragida hisobot choragi tamom boʻlgandan keyingi oyning 25-kunidan kechikmay Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga soʻmdagi va valyutadagi blok-hisob raqamlariga tushgan mablagʻlar taqsimlanishi, shuningdek idoraning joriy valyuta hisob raqamlari va talab qilib olinadigan depozit hisob raqamidagi mablagʻlardan foydalanilishi toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Mazkur Nizomda koʻrsatilgan idora xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish shakllari oʻrnatilishi, hisob-kitob qilinishi va toʻlanishi toʻgʻriligi uchun javobgarlik Patent idorasining rahbari va bosh buxgalteriga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi ikki yilda kamida bir marta Patent idorasining moliya-xoʻjalik faoliyatini belgilangan tartibda taftish qiladi, idoraning valyuta va soʻmdagi hisob raqamlaridagi mablagʻlar toʻgʻri taqsimlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi masalasini majburiy tartibda oʻrganadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 14-iyundagi 209-son qaroriga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy valyutadagi davlat bojlari, yigʻimlar hamda soliq boʻlmagan boshqa toʻlovlar stavkalari toʻgʻrisida” 1993-yil 19-avgustdagi 423-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchi xatboshidagi “Respublika valyuta jamgʻarmasining hisob raqamiga” soʻzlari “davlat budjetiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oltinchi xatboshidagi “Respublika valyuta jamgʻarmasi hisob raqamiga” soʻzlari “davlat budjetiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2-ilovaning VIII boʻlimida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boʻlimning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi boʻyicha”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Tovar belgilari va xizmat koʻrsatish belgilari toʻgʻrisida” soʻzlari “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovarlarning kelib chiqish joylari nomlari toʻgʻrisida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Bojlar, yigʻimlar hamda soliq boʻlmagan boshqa toʻlovlar toʻlashdan tushgan valyuta tushumlarini taqsimlash jadvalida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Respublika valyuta jamgʻarmasi” ustunining nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Davlat budjeti”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-bandda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Vazirlik, idora jamgʻarmasi” ustunidagi “100” raqami “10” raqami bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Davlat budjeti” ustuni “75%/15%*” raqamlari bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oxirgi ustundagi “Fan va texnika davlat qoʻmitasining Patent idorasi” soʻzlari “Davlat patent idorasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jadval quyidagi mazmundagi izoh bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“*izoh:

— 75% Davlat budjeti daromadiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— 15% Ilmiy-texnika taraqqiyotini Muvofiqlashtirish Kengashi huzuridagi Innovatsiya ilmiy-texnika faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash jamgʻarmasiga”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 4-martdagi 77-son qarori “Oʻzbekiston Respublikasi QT., 2002-y., 3-son, 14-modda) bilan tasdiqlangan Ilmiy-texnika taraqqiyotini Muvofiqlashtirish Kengashi huzuridagi Innovatsiya ilmiy-texnika faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va sarflash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-band ikkinchi xatboshidan keyin quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasining hisob raqamiga tushuvchi patent poshlinalari va boshqa soliq boʻlmagan toʻlovlardan tushuvchi 15% miqdoridagi valyuta va soʻmdagi mablagʻlar”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasining hisob raqamiga tushuvchi patent poshlinalari va boshqa soliq boʻlmagan toʻlovlardan tushuvchi valyuta va soʻmdagi mablagʻlar har oʻn kunda hisobot davrida amalda tushgan mablagʻlarning 15 foizi miqdorida Jamgʻarmaning valyuta va soʻmdagi hisob raqamlariga oʻtkaziladi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 11-12-son, 93-modda; 2004-y., 43-son, 456-modda; 2008-y., 19-son, 160-modda; 2010-y., 14-15-son, 106-modda, 23-son, 183-modda; 2011-y., 22-23-son, 236-modda)