Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document element1. Harbiy harakatlarda bevosita ishtirok etmayotgan shaxslar, jumladan, qurolli kuchlar tarkibida boʻlgan-u qurolini topshirgan, bundan tashqari, bemorligi, yaradorligi, qoʻlga olinganligi yoxud boshqa har xil sabablarga koʻra harbiy harakatlarda qatnashmayotgan shaxslar irqi, tana rangi, dini yoki eʼtiqodi, jinsi, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli va shunga oʻxshash boshqa jihatlar sababli hech bir kamsitishlarga yoʻl qoʻyilmagan holda har qanday shart-sharoitda insoniy muomaladan foydalanishi zarur.
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document element4. Qurolli kuchlar bilan izma-iz borayotgan, lekin bevosita ularning tarkibiga kirmagan shaxslar, masalan, harbiy samolyotlar ekipaji tarkibidagi fuqaro shaxslar, harbiy muxbirlar, taʼminotchilar, shuningdek, qurolli kuchlarga maishiy xizmat koʻrsatuvchi ishchi komanda va xizmatlarning shaxsiy tarkibi. Bu holatda ular qurolli kuchlardan ruxsat olgan boʻlsalar. Buning uchun ana shu qurolli kuchlar tomonidan ularga
ilovadagi namuna asosida shaxsni tasdiqlovchi guvohnomalar berilishi kerak.
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document element2. Ushbu moddada sanab oʻtilgan toifalardan biriga mansub boʻlgan va betaraf yoki urishmayotgan Davlat hududiga qabul qilib olingan hamda ana shu Davlatlar tomonidan xalqaro huquq qoidalari asosida ushlab qolinib qurolsizlantirilishi zarur boʻlgan shaxslar, mabodo ularga nisbatan imtiyozli boshqa bir shart-sharoit koʻzda tutilmasa; lekin bu shaxslarga nisbatan
8,
10,
15-moddalarda, 30-moddaning
beshinchi xatboshida,
58 — 67,
92 — 126-moddalarda koʻzda tutilgan qoidalar, mabodo nizolashayotgan tomonlar va betaraf yoki urishmayotgan manfaatdor Davlat oʻrtasida diplomatik munosabatlar mavjud boʻlsa, Homiy Davlatlarga taalluqli modda qarorlari ham tatbiq etilmaydi. Bunday diplomatik munosabatlar mavjud hollarda tegishli shaxslar mansub boʻlgan nizolashayotgan tomonlarga ana shu shaxslarga nisbatan mazkur Konvensiyada koʻzda tutilgan Homiy Davlatga xos vakolatlarni ado etish uchun ruxsat beriladi. Bu vakolatlar tomonlarning diplomatiya va konsullik amaliyoti hamda shartnomalar asosida amalga oshiriladigan odatiy vazifalarga ziyon yetkazmasligi kerak.
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document elementS. Ushbu modda qoidalari mazkur Konvensiyaning
33-moddasida koʻzda tutilgan tibbiy-sanitar va diniy xodimlar maqomiga mutlaqo taʼsir qilmaydi.
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document elementMazkur Konvensiya
4-moddada qayd etilgan shaxslarga nisbatan, ular dushman hukmi ostiga tushib qolgan paytdan toki toʻla ozod boʻlib, oʻz vatanlariga tugal qaytishlariga qadar qoʻllaniladi.
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document element10,
23,
28,
33,
60,
65,
66,
67,
72,
73,
75,
109,
110,
118,
119,
122 va
132-moddalarda maxsus koʻzda tutilgan bitimlardan tashqari, Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar alohida tartibga solish maqsadga muvofiq deb hisoblagan har qanday masala boʻyicha boshqa maxsus bitimlar tuzishi mumkin. Hech qanday maxsus bitim harbiy asirlarning mazkur Konvensiyada belgilab qoʻyilgan mavqeyiga ziyon yetkazmasligi, ularning mazkur hujjatda koʻzda tutilgan huquqlarini cheklamasligi shart.
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document elementAgar qandaydir sabablarga koʻra harbiy asirlarga nisbatan muayyan Homiy Davlat yoki
birinchi xatboshida koʻzda tutilgan tashkilotning faoliyati qoʻllanilmayotgan yoxud qoʻllanilishi toʻxtatib qoʻyilgan boʻlsa, harbiy asirlarni oʻz hukmi ostida saqlayotgan Davlat nizolashayotgan tomonlar mazkur Konvensiya asosida tayinlagan Homiy Davlat bajarishi lozim boʻlgan vazifalarni oʻz zimmasiga olishini soʻrab, betaraf Davlatga yoki shunday tashkilotga iltimos bilan murojaat qilishi zarur.
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document elementHar qaysi nizolashayotgan tomon oʻz yurisdiksiyasidagi harbiy asir sifatida qoʻlga tushib qolish ehtimoli mavjud boʻlgan barcha shaxslarni familiyasi, ismi, unvoni, tugʻilgan sanasi va shaxsiy raqami, bunday raqami mavjud boʻlmagan taqdirda, shunga mos tegishli maʼlumotlar yozilgan shaxsni tasdiqlovchi guvohnomalar bilan taʼminlashi shart. Bu guvohnomalarda, bundan tashqari, hujjat egasining imzosi yoki barmoq izi yoxud ikkalasi ham, shuningdek, nizolashayotgan tomon oʻz qurolli kuchlari tarkibiga taalluqli shaxs toʻgʻrisida qayd etishni lozim topgan har qanday maʼlumot mavjud boʻlishi mumkin. Shaxsiy guvohnoma, iloji boricha, 6,5 x 10 sm oʻlchamda tayyorlanishi va dublikatiga ega boʻlishi kerak.
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document elementHarbiy asir ixtiyoridagi pul mablagʻi faqat ofitserning farmoyishi asosidagina va ushbu mablagʻ miqdori va uning egasi haqidagi maʼlumotlar maxsus reyestrda qayd etilib, pul egasiga tegishli tilxat berilganidan soʻnggina olib qoʻyilishi mumkin. Mazkur tilxatda uni bergan shaxsning ism-familiyasi, unvoni va harbiy qismi haqidagi maʼlumotlar tushunarli qilib yoziladi. Asirlikda saqlab turgan Davlat valyutasida boʻlgan yoki harbiy asirlarning iltimosiga binoan shu valyutaga almashilgan pul mablagʻlari,
64-moddaga muvofiq, harbiy asirning shaxsiy hisob raqamidagi kreditga kiritiladi.
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document elementHarbiy asirlar oyiga kamida bir marta tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi. Tibbiy koʻriklar chogʻida har qaysi harbiy asirning oʻlchab koʻriladi va belgilab qoʻyiladi. Bu koʻriklar, xususan, harbiy asirlarning umumiy ahvoli, yuzaligi va ovqatlanishini tekshirish, shuningdek, yuqumli kasalliklarni, ayniqsa, sil, bezgak va tanosil kasalliklarini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi. Ana shu maqsadlar yoʻlida imkoniyat doirasida mavjud boʻlgan eng samarali usullardan, masalan, sil kasalligini boshlangʻich davridayoq aniqlash uchun muntazam ravishda yalpi rentgen suratiga tushirish usulidan foydalaniladi.
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document elementAsirlikda ushlab turgan Davlat oʻzlari xizmat qilgan qurolli kuchlar tarkibida tibbiy xizmatchi hisoblanmagan, ammo shifokor, tish shifokori va sanitar kasbini egallagan harbiy asirlardan oʻzlari mansub boʻlgan Davlatga tegishli harbiy asirlar manfaatlari yoʻlida tibbiy vazifalarini bajarishlarini talab qilishi mumkin. Bunday holda ular harbiy asirlar hisoblansalar-da, asirlikda ushlab turgan Davlat tomonidan qoʻlga olingan sanitar shaxsiy tarkibiga nisbatan koʻrsatiladigan tegishli muomaladan foydalanadilar. Ular
49-moddada koʻzda tutilgan har qanday boshqa ishlardan ozod etiladi.
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document elementb) har qaysi lagerda unvoni va staji yuqori boʻlgan harbiy vrach qoʻlga olingan sanitariya xodimlarining kasbiy faoliyatiga aloqador barcha masalalar boʻyicha lager harbiy maʼmuriyati oldida masʼul hisoblanadi. Shu maqsadda, nizolashayotgan tomonlar harbiy harakatlarning boshidanoq oʻz sanitariya xodimlari, jumladan, Harakatdagi qurolli kuchlardagi yaradorlar va bemorlarning qismatlarini yengillashtirish toʻgʻrisida 1949-yil 12-avgustda qabul qilingan Jeneva Konvensiyasining
26-moddasida qayd etilgan jamiyatlar xodimlarining unvonlari oʻrtasidagi nisbatlar boʻyicha oʻzaro kelishib oladilar. Mazkur vrach va u bilan tengma-teng ravishda, diniy xodimlar bevosita vazifasiga daxldor barcha masalalar yuzasidan lagerning tegishli maʼmurlariga toʻgʻridan toʻgʻri murojaat qilish huquqiga ega boʻladi. Bu maʼmurlar ularga ushbu masalalar boʻyicha yozishmalar olib borishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib beradi;
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document elementDushman Davlatning hukmi ostiga tushgan va harbiy asirlarga yordam berish uchun shu yerda qolgan yoki ushlab qolingan harbiy ruhoniylarga oʻz diniy eʼtiqodlari asosida dindoshlari oʻrtasida burchlarini erkin ado etish hamda ularning maʼnaviy ehtiyojlarini qondirishga ruxsat beriladi. Ular oʻzlari mansub qurolli kuchlardan boʻlgan, tili yoki dini bir boʻlgan harbiy asirlar joylashgan turli lagerlar va ishchi komandalar oʻrtasida taqsimlanadilar. Ularga oʻz lagerlaridan tashqarida joylashgan harbiy asirlarni borib koʻrishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi, jumladan,
33-moddada koʻzda tutilgan transport vositalari ajratib beriladi. Ular oʻzlari qoʻlga olingan mamlakatdagi diniy maʼmuriyat va xalqaro diniy tashkilotlar bilan oʻz dinlariga taalluqli ruhoniy masalalar boʻyicha yozishmalar olib borish erkinligidan foydalanadilar. Bu yozishmalar senzura qilinadi. Ular yuboradigan xatlar va pochta kartochkalari
71-moddada belgilab qoʻyilgan normaga kirmaydi.
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document elementMazkur Konvensiya, uning
ilovalari va
6-moddada koʻzda tutilgan barcha maxsus bitimlar mundarijasining matni harbiy asirlar tushunadigan tilda yoziladi va barcha lagerlarning harbiy asirlar bemalol oʻqiy olishlari mumkin boʻlgan joylariga osib qoʻyiladi.
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document elementHarbiy harakatlarning boshlanishidayoq nizolashayotgan tomonlar teng unvonlarga ega boʻlgan asirlarga bir xil munosabatni taʼminlash maqsadida, mazkur Konvensiyaning
4-moddasida qayd etilgan barcha shaxslarning unvon va lavozimlari haqida bir-birlariga xabar qiladilar; mabodo unvon va lavozimlar kechroq belgilangan boʻlsa, bu haqda ham xuddi shunday tartibda xabar qilinadi.
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document elementAvvalgi lagerga yoʻllangan xatlar va joʻnatmalar tutib qolinmasdan, tezda yangi manzilga joʻnatib yuboriladi. Lager boshligʻi vakolatli shaxs bilan kelishgan xolda, harbiy asirlarga tegishli jamoat mulkini va harbiy asirlar ushbu moddaning
ikkinchi xatboshida koʻzda tutilgan cheklashlar tufayli oʻzlari bilan birga olib ketolmagan buyumlarni tashishni taʼminlash yuzasidan tegishli choralarni koʻradi.
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document elementYuqoridagi qoida buzilgan hollarda harbiy asirlarga
78-modda asosida oʻzlarining shikoyat qilish huquqlaridan foydalanishlari uchun ruxsat etiladi.
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document elementHarbiy asirlar tayyorgarlikdan oʻtishlari, ularga nisbatan oʻzlari bajaradigan ish boʻyicha asirlikda ushlab turgan Davlat fuqarolari uchun koʻzda tutilgan mehnat muhofazasi bilan bogʻliq tadbirlarning amalga oshirilishi kerak boʻladi.
52-modda qoidalarini bajarish sharti bilan harbiy asirlarni fuqaro aholidan boʻlgan ishchilar jalb etiladigan odatdagi qaltis ishlarga band qilish mumkin boʻladi.
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document elementHarbiy asirlar uchun moʻljallangan ish haqi miqdori mazkur Konvensiyaning
62-moddasi qoidalariga muvofiq tarzda belgilanadi.
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document elementIshdagi baxtsiz tasodiflardan aziyat chekish yoki ish vaqtida yoki ish bilan bogʻliq kasallanish hollarida harbiy asirlarga ularning ahvoli talab etgan darajada tibbiy yordam koʻrsatiladi. Bundan tashqari, asirlikda ushlab turgan Davlat ularga oʻzlari mansub boʻlgan Davlat oldida tegishli huquqlarini asoslashlari uchun imkon yaratadigan tibbiy shahodatnomalar beradi hamda ana shu shahodatnomalar dublikatlarini
123-moddada qayd etilgan Harbiy asirlar ishlari boʻyicha Markaziy Agentlikka yuboradi.
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document elementHarbiy asirlardan, ular qoʻlga olinganida,
18-moddaga muvofiq olib qoʻyilgan asirlikda ushlab turgan Davlatning valyutasidagi pul mablagʻlari ushbu qismning
64-moddasi qoidalariga binoan asirlarga tegishli alohida shaxsiy hisob raqamlariga qayd etib qoʻyiladi.
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document elementBundan tashqari, agarda
birinchi xatboshida koʻrsatilgan miqdorlar asirlikda ushlab turgan Davlat qurolli kuchlari tarkibiga mansub shaxslar oladigan pul taʼminotiga nisbatan katta hajmda ekani bilan farq qilsa yoki biron-bir sababga koʻra asirlikda ushlab turgan Davlat uchun jiddiy qiyinchiliklar tugʻdiradigan boʻlsa, u holda ushbu Davlat yuqorida koʻrsatilgan miqdorlar hajmini oʻzgartirish toʻgʻrisida harbiy asirlar tegishli boʻlgan Davlat bilan oʻzaro maxsus bitim tuzishiga qadar:
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document elementa) harbiy asirlarning shaxsiy hisob raqamlariga
birinchi xatboshida koʻrsatilgan miqdordagi mablagʻlarni koʻchirishda davom etadi;
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document elementAsirlikda ushlab turgan Davlat harbiy asirlarga ular mansub boʻlgan Davlat tomonidan qoʻshimcha taʼminot sifatida yollangan pul mablagʻlarini tegishli shart asosida qabul qiladi. Bu shartga koʻra yoʻllangan mablagʻ bir xil toifadagi harbiy asirlar oʻrtasida teng taqsimlanadi va ana shu toifaga mansub tegishli Davlat harbiy asirlarining barchasiga toʻlanadi hamda
64-modda qoidalariga binoan ularning alohida shaxsiy hisob raqamlariga iloji boricha qisqa muddatlarda qayd etiladi. Bunday qoʻshimcha taʼminot asirlikda ushlab turgan Davlatni uning zimmasiga mazkur Konvensiya tomonidan yuklangan boshqa har qanday majburiyatlardan xalos etmaydi.
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document elementYuqoridagi qoidalarni amalda qoʻllash maqsadida asirlikda ushlab turgan Davlat mazkur Konvensiyaning
V ilovasidagi namunaviy qoidalardan foydalanishi mumkin
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document element2) harbiy asirga naqd holda yoki shunga oʻxshash boshqa xil koʻrinishda toʻlangan mablagʻlar; uning nomidan va uning iltimosiga binoan amalga oshirilgan toʻlovlar; 63-moddaning
uchinchi xatboshi asosida koʻchirilgan mablagʻlar.
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document elementHarbiy asirlarga pul taʼminot hisobidan
60-moddaga asosan toʻlanadigan avanslarga asirlar mansub boʻlgan Davlat nomidan berilgan avanslar sifatida qaralishi kerak. Yuqorida koʻrsatilgan Davlat pul taʼminoti hisobidan toʻlaydigan bunday avanslar 63-moddaning
uchinchi xatboshiga va
68-moddaga muvofiq tarzda amalga oshiriladigan barcha toʻlovlar qatori manfaatdor Davlatlar oʻrtasida harbiy harakatlar tugaganidan keyin tuziladigan bitimlarning mavzusi hisoblanadi.
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document elementHarbiy asirning ishda jarohatlanish yoki nogironlik boʻyicha tovon puli toʻlash haqidagi har qanday talabi Homiy Davlat orqali harbiy asir mansub boʻlgan Davlatga yuborilishi zarur
54-moddaga muvofiq, asirlikda ushlab turgan Davlat barcha xollarda harbiy asirga uning jarohati yoki nogironligining mazmuni, bu hol yuz bergan shart-sharoit va asirga koʻrsatilgan tibbiy yordam yoxud kasalxonada davolash toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qayd etilgan tegishli hujjat beradi. Bu hujjat asirlikda ushlab turgan Davlatning masʼul ofitseri tomonidan imzolanishi, tibbiy maʼlumotlar esa tibbiy xizmat shifokori tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document elementHarbiy asirning
18-modda asosida asirlikda ushlab turgan Davlat tomonidan musodara qilingan va vataniga qaytish chogʻida qaytarib berilmagan shaxsiy buyumlari, puli yoki boshqa boyliklari uchun tovon puli toʻlash yoxud uning fikricha, asirlikda ushlab turgan Davlat va yoki shu Davlatning har qanday vakili aybi bilan unga yetkazilgan zararni qoplash haqidagi har qanday talabi ham harbiy asir mansub boʻlgan Davlatga yuborilishi zarur. Ammo, harbiy asirlarga ular asirlik paytlarida zarur boʻladigan barcha shaxsiy buyumlar asirlikda ushlab turgan Davlat hisobidan yangilab turiladi. Asirlikda ushlab Davlat barcha hollarda harbiy asirga uning shaxsiy buyumlari, puli yoki boshqa boyliklari qaytarilmaslik sabablariga oid barcha maʼlumotlar qayd etilgan va masʼul ofitser tomonidan imzolangan tegishli hujjat beradi Bu hujjatning nusxasi
123-moddada koʻzda tutilgan Harbiy asirlar ishlari boʻyicha Markaziy Agentlik orqali harbiy asir mansub boʻlgan Davlatga yuborilishi shart.
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document elementHar bir harbiy asir asirga olingan vaqtidan eʼtiboran yoki eng kechi bilan lagerga, hatto tranzit lagerga boʻlsa ham, joylashtirilganidan soʻng bir hafta oʻtgach, shuningdek, kasallanishi yoki boshqa lazaretga yoxud lagerga koʻchirilishi munosabati bilan, bir tomondan, bevosita oʻz oilasiga, ikkinchi tomondan,
123-moddada koʻzda tutilgan Harbiy asirlar ishlari boʻyicha Markaziy Agentlikka pochta kartochkasi joʻnatish imkoniga ega boʻlishi lozim; bu pochta kartochkasi iloji boricha mazkur Konvensiyaga
ilova qilingan namunadagidek boʻlishi va unda asir olinganligi, salomatligi va manzili toʻgʻrisida xabar berilishi kerak. Ushbu kartochkalar iloji boricha tezkorlik bilan joʻnatilishi zarur va ularni uzatish jarayoni hech qanday yoʻl bilan sekinlashtirilishi mumkin emas.
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document elementHarbiy asirlarga xat va pochta kartochkalarini olish va joʻnatish uchun ruxsat etiladi. Mabodo asirlikda ushlab turgan Davlat bu xat-xabarlarni cheklashni zarur deb topsa, u holda kamida har oyda ikkita xat va toʻrtta pochta kartochkasi joʻnatish uchun ruxsat etishi zarur.
70-moddada koʻzda tutilgan va iloji boricha mazkur Konvensiyaga
ilova qilingan namuna asosida tayyorlab joʻnatiladigan kartochkalar bu hisobga kirmaydi. Boshqa har qanday cheklashlar faqat agar asirlikda ushlab turgan Davlat tegishli senzurani amalga oshirish maqsadida malakali tarjimonlarning yetarli miqdorini toʻplashda muayyan qiyinchiliklarga duch kelishi sababli ularni Homiy Davlat tomonidan harbiy asirlar manfaatlariga mos deb topilsagina joriy etilishi mumkin. Mabodo, harbiy asirlar oladigan xat-xabarlarni cheklash zaruriyati yuzaga kelsa, bunday cheklash faqat asirlar mansub boʻlgan Davlatning qarori asosidagina, baʼzi hollarda esa asirlikda ushlab turgan Davlatning iltimosiga binoan tatbiq etiladi. Bu xatlar va pochta kartochkalari asirlikda ushlab turgan Davlat imkoniyatidagi eng tezkor usulda joʻnatilishi lozim; ularni yetkazishni toʻxtatib turish yoki sekinlashtirishdan intizomiy taʼsir chorasi sifatida foydalanish mumkin emas.
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document elementHarbiy asirlarga pochta orqali yo boshqa har qanday yoʻllar bilan yakka oʻzi uchun yoki jamoa uchun joʻnatmalar olishlariga ruxsat etiladi; bunday joʻnatmalar tarkibi, xususan, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklar, dori-darmonlar va ularning diniy talablarini qondirishlari, taʼlim olish yoki hordiq chiqarishlari uchun moʻljallangan narsalar, jumladan, kitoblar, diniy-ruhoniy buyumlar, ilmiy ishlar uchun asboblar, imtihon materiallari, musiqa asboblari, sport jihozlari va harbiy asirlarning badiiy faoliyat boʻyicha mashgʻulotlarini davom ettirishlari uchun kerakli materiallardan iborat boʻlishi mumkin. Bu joʻnatmalar asirlikda ushlab turgan Davlatni uning zimmasiga mazkur Konvensiya tomonidan yuklatiladigan majburiyatlardan aslo ozod etmaydi.
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document elementManfaatdor tomonlar oʻrtasida jamoaviy koʻmak joʻnatmalarini olish va taqsimlash tartibi toʻgʻrisida maxsus bitimlar mavjud boʻlmagan hollarda mazkur Konvensiyaga
ilova qilingan jamoa joʻnatmalariga doir qoidalar qoʻllaniladi.
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document elementHarbiy asirlar nomiga joʻnatilgan yoki ular tomonidan pochtadan toʻgʻridan toʻgʻri yoki
122-moddada koʻzda tutilgan Maʼlumotlar Byurosi orqali yoxud
123-moddada koʻzda tutilgan Harbiy asirlar ishlari boʻyicha Markaziy Agentlik orqali joʻnatilgan yozishmalar, koʻmak joʻnatmalari va ruxsat etilgan pul mablagʻi oʻtkazmalari ularni joʻnatgan va qabul qilib oladigan mamlakatlar, shuningdek, oraliq mamlakatlarda ham barcha pochta yigʻimlaridan ozod etiladi.
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document elementMabodo harbiy amaliyotlar manfaatdor Davlatlarga
70,
72 va
77-moddalarda qayd etilgan joʻnatmalarni tashish bilan bogʻliq oʻz majburiyatlarini bajarishlariga xalal bersa, u holda manfaatdor Homiy Davlatlar, Xalqaro Qizil Xoch Qoʻmitasi yoki nizolashayotgan tomonlar eʼtirof etgan boshqa har qanday tashkilot tegishli transport vositalari (vagonlar. yuk mashinalari, kema yoki samolyotlar va shu kabi boshqa vositalar) yordamida ushbu joʻnatmalarni tashishni taʼminlash bilan shugʻullanishlari mumkin Shu maqsadda Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar mazkur transport vositalarini ajratishga va ularning harakatlanishi uchun, xususan, buning uchun zarur boʻlgan ruxsatnomalar berish yoʻli bilan ijozat etishga intiladi.
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document elementa)
123-moddada koʻrsatilgan Markaziy Maʼlumotlar Agentligi va
122-moddada qayd etilgan milliy byuro tomonidan almashinadigan yozishmalar, roʻyxatlar hamda maʼruzalar;
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document elementAsirlikda ushlab turgan Davlatlar harbiy asirlarga yuborilgan yoki ular joʻnatgan aktlar, qogʻozlar va hujjatlar, xususan, ishonchnomalar hamda vasiyatnomalarni Homiy Davlatlar yoki
123-moddada koʻzda tutilgan Harbiy asirlar ishlari boʻyicha Markaziy Agentlik orqali joʻnatish uchun barcha sharoitlarni yaratadilar.
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document elementUshbu iltimosnomalar va shikoyatlar
71-moddada koʻrsatilgan yozishmalar ulushining muayyan qismi sifatida qaralishi yoki cheklanishi mumkin emas. Ular shoshilinch tartibda joʻnatilishi zarur. Ular hatto asossiz deb topilgan taqdirda ham, hech qanday jazo qoʻllash uchun sabab boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document elementHarbiy asirlarning mehnat lagerlariga ular bilan bir xil fuqarolikka ega boʻlgan ofitser asirlar joylashtiriladi va ularning zimmasiga lagerdagi harbiy asirlar bajarishlari lozim boʻlgan maʼmuriy vazifalar boʻyicha vakolat yuklanadi. Ushbu ofitserlar mazkur moddaning
birinchi xatboshi qoidalari asosida vakolatli shaxs lavozimiga saylanishlari mumkin. Bu holda vakolatli shaxsning yordamchilari ofitser boʻlmagan harbiy asirlar orasidan saylab olinadi.
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document elementVakolatli shaxslarga ular asirlikda ushlab turgan harbiy maʼmuriyatlar, Homiy Davlatlar, Xalqaro Qizil Xoch Qoʻmitasi va uning vakillari, aralash tibbiyot komissiyalari, shuningdek, harbiy asirlarga koʻmaklashuvchi boshqa har qanday tashkilotlar bilan pochta va telegraf orqali yozishmalar olib borishlari uchun teng asoslarda barcha shart-sharoitlar yaratib beriladi Ishchi komandalarning vakolatli shaxslari asosiy lagerning vakolatli shaxsi bilan xabarlashishda xuddi shunday imtiyozlardan foydalanadi Bu yozishmalar uchun hech qanday cheklashlar belgilanmaydi va ularni
71-moddada koʻzda tutilgan ulushlar qatoriga kiradi deb hisoblash mumkin emas.
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document elementHech qanday holatda harbiy asir mustaqillik va xolislik kabi sudlovning asosiy umumeʼtirof etilgan kafolatlarini taʼminlamaydigan va xususan, oʻz faoliyati jarayonida sudlanuvchiga
105-moddada koʻzda tutilgan huquqlar hamda himoya vositalarini yaratib bermaydigan hech qanday sud tomonidan sudlanmasligi lozim.
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document element1) harbiy asirlarga
60- va
62-moddalar asosida pul taʼminoti hamda ish haqi hisobidan beriladigan avansning 50 foizidan yuqori boʻlmagan miqdorda jarima solish, bunda jazo muddatining davomiyligi 30 kundan oshmasligi kerak;
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document elementQochishga uringan yoki
91-modda mazmuniga koʻra qochishga erishdi deb hisoblanuvchi omadli natijani qoʻlga kiritmay turib ushlab olingan harbiy asir bu xatti-harakati uchun, hatto bunday harakat takroran sodir etilgan boʻlsa ham, faqat intizomiy jazoga tortiladi.
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document elementAmalga oshmagan qochish uchun jazolanayotgan harbiy xizmatchilar, 88-moddaning
4-xatboshidan chekinish tariqasida, alohida nazorat ostiga olinishlari mumkin. Ammo bunda ana shu nazorat ularning sogʻligʻiga ziyon yetkazmasligi, harbiy asirlar lagerida amalga oshirilishi va mazkur Konvensiyada ular uchun koʻzda tutilgan kafolatlardan birontasining bekor qilinishiga sabab boʻlmasligi lozim.
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document elementAgar qochishga muvaffaq boʻlgan harbiy asir toʻgʻrisida u mansub boʻlgan Davlat xabardor etilgan boʻlsa, shu davlatga asirning qoʻlga olingani haqida ham
122-moddada koʻzda tutilgan tartibda xabarnoma yuborilishi kerak.
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document elementMazkur bobning
97 va
98-moddalari intizomga zid xatti-harakat boʻyicha ishi koʻrilguncha suddan oldin qamoqqa olingan harbiy asirlarga nisbatan qoʻllaniladi.
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document elementIntizomiy jazo oʻtaladigan barcha imoratlar
25-moddada koʻzda tutilgan gigiyena talablariga javob berishi kerak. Jazoni oʻtayotgan harbiy asirlar
29-moddaga muvofiq tarzda oʻzlarini ozoda saqlash imkoniyatlariga ega boʻlishlari lozim.
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document elementIntizomiy jazoning hibsga olish turi qoʻllanilgan harbiy asirlar mazkur Konvensiyaning yuqoridagi hibsga olish munosabati bilan qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan qoidalaridan tashqari barcha moddalaridan foydalanishda davom etadi. Ularni
78 va
126-moddalarda koʻzda tutilgan huquqlaridan mahrum etish mutlaqo mumkin emas.
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document element87-moddaning
2-xatboshisiga muvofiq, ayblanuvchining asirlikda ushlab turgan Davlat fuqarosi emasligi va shu tufayli ushbu Davlatga nisbatan sadoqat burchi bilan bogʻlanmaganligi va oʻz xohish-irodasiga bogʻliq boʻlmagan shart-sharoitlar tufayli uning hukmi ostida ekani kabi holatlarga sud tomonidan alohida eʼtibor qaratilmaguncha, harbiy asirga nisbatan oʻlim jazosi uchun hukm chiqarilishi mumkin emas.
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document elementHarbiy asirga nisbatan oʻlim jazosi uchun hukm chiqarilgan taqdirda, bu haqda Homiy Davlat oʻzi koʻrsatgan manzil boʻyicha
107-moddada koʻzda tutilgan batafsil maʼlumotni olgan kundan eʼtiboran olti oylik muddat oʻtmaguncha ushbu hukm ijro etilmaydi.
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document elementSuddan oldingi qamoqda saqlanayotgan harbiy asirlar mazkur bobning
97 va
98-moddalari qoidalaridan foydalanishda davom etadi.
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document elementHar qanday holatda ham ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilingan harbiy asirlar mazkur Konvensiyaning
78 va
126-moddalari qoidalari himoyasida boʻladi Bundan tashqari, ularga xat-xabar olish va joʻnatish, kamida oyda bir marta joʻnatma olish, ochiq havoda muntazam sayr qilish uchun ruxsat etiladi; shuningdek, ular sogʻligʻi taqozosiga koʻra tegishli tibbiy yordam va oʻzlari istagan maʼnaviy koʻmakni oladilar. Ularga nisbatan qoʻllanilishi mumkin boʻlgan jazo chorasi 87-modda
uchinchi xatboshi qoidalariga mos tushishi kerak.
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document elementUshbu moddaning
uchinchi xatboshida koʻzda tutilgan xollarni istisno etganda, nizolashayotgan tomonlar keyingi moddaning
birinchi xatboshiga muvofiq ogʻir bemor va jiddiy yaralanganlarni parvarishlab va ahvoli bunga imkon beradigan darajaga keltirilishi bilanoq, unvoni va sonidan qatʼi nazar, ularni vataniga qaytarishga majbur hisoblanadi.
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document elementHarbiy harakatlar davrida nizolashayotgan tomonlar tegishli betaraf Davlatlar koʻmagida keyingi moddaning
ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan yarador va bemor harbiy asirlarni betaraf mamlakatlar harbiy shifoxonalariga joylashtirishni tashkillashtiradi. Bundan tashqari, ular uzoq muddat asirlikda boʻlgan sogʻlom harbiy asirlarni vataniga qaytarish yoxud betaraf mamlakatda qurolsizlantirib ushlab turish yuzasidan bitimlar tuzishi mumkin.
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document elementMazkur moddaning
birinchi xatboshiga muvofiq vataniga qaytarish belgilangan biron-bir yarador yoki bemor harbiy asir harbiy harakatlar davrida oʻz xohishiga zid ravishda vataniga qaytarilishi mumkin emas.
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document elementManfaatdor nizolashayotgan tomonlar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri vataniga qaytarish yoki betaraf mamlakatning shifoxonasiga joylashtirishga asos boʻladigan nogironlik yoxud bemorlik holatlarini aniqlaydigan maxsus bitimlar mavjud boʻlmagan taqdirda, bunday holatlar mazkur Konvensiyaga
ilova qilingan yarador va bemor harbiy asirlarni toʻgʻridan toʻgʻri vataniga qaytarish va betaraf mamlakatning shifoxonasiga joylashtirish toʻgʻrisidagi namunaviy bitimda hamda qoʻshma tibbiy komissiyalar toʻgʻrisidagi nizomda bayon etilgan tamoyillar asosida aniqlanadi.
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document elementMojaro boshlanishidayoq bemor va yarador harbiy asirlarni tibbiyot koʻrigidan oʻtkazadigan va ularga tegishli barcha zarur qarorlarni qabul qiladigan qoʻshma tibbiy komissiyalar tayinlanishi zarur. Bu komissiyalarning tayinlanishi, majburiyatlari va faoliyati mazkur Konvensiyaga
ilova qilingan nizomga muvofiq boʻlishi kerak.
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document elementVataniga qaytarish mazkur Konvensiyaning
46 — 48-moddalarida belgilangan harbiy asirlarni koʻchirish tartibiga oʻxshash sharoitlar boʻyicha,
118-modda va keyingi xatboshilar qoidalari asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document elementVataniga qaytarish chogʻida
18-moddaga asosan harbiy asirlardan olib qoʻyilgan qimmatbaho buyumlar va asirlikda ushlab turgan Davlat valyutasiga almashilmagan xorijiy valyutadagi pul mablagʻlari ularga qaytarib beriladi. Qandaydir sabablarga koʻra harbiy asirlarni vataniga qaytarish chogʻida ularga qaytarib berilmagan qimmatbaho buyumlar va xorijiy valyutadagi pul mablagʻlari
122-moddada koʻzda tutilgan Maʼlumotlar Byurosiga topshiriladi.
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document elementHarbiy asirlarning vasiyatnomalari shunday tuzilishi zarurki, u oʻz vatanining qonunchiligida haqiqiy deb eʼtirof etilishi uchun qoʻyiladigan talablarga javob berishi kerak, bu talablar haqidagi maʼlumotlarni ular mansub boʻlgan Davlat asirlikda ushlab turgan Davlat eʼtiboriga havola etadi Harbiy asirlarning iltimosiga koʻra va ularning oʻlimidan keyingi barcha hollarda vasiyatnoma zudlik bilan Homiy Davlatga yetkaziladi va tasdiqlangan nusxalari Markaziy Maʼlumotlar Agentligiga yuboriladi. Mazkur Konvensiyaga ilova qilingan namuna asosida tuzilgan oʻlim toʻgʻrisidagi dalolatnoma yoki asirlikda oʻlgan barcha shaxslarning masʼul ofitser tomonidan tasdiqlangan roʻyxati
122-modda asosida tuzilgan Harbiy asirlar ishlari boʻyicha Maʼlumotlar Byurosiga iloji boricha kechiktirmay joʻnatiladi.
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document elementOʻlim toʻgʻrisidagi dalolatnomalar yoki tasdiqlangan roʻyxatlarda 17-moddaning
uchinchi xatboshida koʻrsatilgan harbiy asirning shaxsiga doir tafsilotlar, shuningdek, oʻlim yuz bergan vaqt va joy, oʻlim sababi, dafn qilingan vaqti va joyi, qabrni aniqlash uchun zarur boʻladigan barcha maʼlumotlar qayd etilishi kerak.
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document elementMojaroning boshlanishidayoq va barcha hududlarni istilo etish hollarida nizolashayotgan tomonlardan har biri oʻz qoʻl ostidagi Harbiy asirlar ishlari boʻyicha Maʼlumotlar Byurosini rasmiy ravishda taʼsis etadi.
4-moddada koʻrsatilgan toifalardan birontasiga mansub shaxslarni oʻz hududiga kiritgan betaraf va urishmayotgan Davlatlar ham ushbu shaxslarga nisbatan yuqoridagi tartibda ish tutadi Manfaatdor Davlat Harbiy asirlar ishlari boʻyicha Maʼlumotlar Byurosi tegishli tartibda joy, jihozlar va byuroning muvaffaqiyatli faoliyatini taʼminlaydigan xodimlarga ega boʻlishini nazorat qilishi zarur. U ushbu byuro faoliyatida mazkur Konvensiyaning harbiy asirlar mehnatiga oid qismida koʻzda tutilgan shart-sharoitga muvofiq tarzda harbiy asirlar mehnatidan foydalanish huquqiga ega.
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document elementNizolashayotgan tomonlarning har biri ushbu moddaning
4,
5 va
6-xatboshisida sanab oʻtilgan barcha maʼlumotlarni, oʻz hukmi ostiga tushib qolgan va
4-moddada koʻrsatilgan toifalardan biriga mansub boʻlgan har bir dushman shaxs toʻgʻrisidagi axborotni oʻziga tegishli Maʼlumotlar Byurosiga imkon qadar tezkorlik bilan maʼlum qiladi. Betaraf va jang qilmayotgan Davlatlar oʻz hududlariga qabul qilingan mazkur toifalarga mansub shaxslarga nisbatan shu tartibda yoʻl tutadi.
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document elementUshbu byuro bir tomondan Homiy Davlatlar va ikkinchi tomondan
123-moddada koʻzda tutilgan Markaziy Agentlik vositachiligida ushbu barcha maʼlumotlarni eng tezkor usullar bilan manfaatdor Davlatlarga joʻnatadi.
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document elementBu maʼlumotlar manfaatdor oilalarga zudlik bilan xabar yetkazish imkonini beradi. Unda
17-modda qoidalariga muvofiq holda va Maʼlumotlar Byurosiga maʼlum boʻlgan darajada harbiy asirning familiyasi, ismi, unvoni, shaxsiy raqami, tugʻilgan joyi va sanasi, oʻzi mansub Davlat, otasining ismi va onasining qizlik familiyasi, xabardor etilishi lozim boʻlgan shaxsning ism-familiyasi va turar-joy manzili, shuningdek, harbiy asirga xat-xabar joʻnatish mumkin boʻlgan manzil koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document elementMaʼlumotlar Byurosi tegishli vakolatli organlarning barchasidan harbiy asirning koʻchirilishi, ozod etilishi, vataniga qaytarilishi, qochishi, harbiy shifoxonaga joylashtirilishi, vafot etishi holatlari bilan bogʻliq maʼlumotlarni oladi hamda ularni yuqoridagi
3-xatboshida koʻzda tutilgan tartib asosida joʻnatadi.
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document elementBu qoidalar Xalqaro Qizil Xoch Qoʻmitasi va
125-moddada qayd etilgan koʻmak jamiyatlarining insonparvarlik faoliyatini cheklaydigan mazmunda talqin etilmasligi kerak.
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document elementMilliy Maʼlumotlar Byurosi va Markaziy Maʼlumotlar Agentligi pochta yigʻimlaridan ozod etiladi hamda
74-moddada koʻzda tutilgan barcha imtiyozlardan foydalanadi; shuningdek, ularga imkoniyat boricha telegrafdan bepul foydalanish yoki kam deganda eng arzon narxlarda haq toʻlash huquqi beriladi.
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document elementHar qanday sharoitda ayblanuvchi shaxslar tegishli sud protsedurasi va himoyalanish huquqi kafolatlaridan foydalanadilar. Bu kafolatlarning foydasi Harbiy asirlar bilan qilinadigan muomala toʻgʻrisida 1949-yil 12-avgustda qabul qilingan Jeneva Konvensiyasining
105-moddasida va undan keyingi moddalarida koʻzda tutilgan kafolatlarnikidan kam boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document element2 va
3-moddalarda koʻzda tutilgan holatlar saqlashga topshirilgan ratifikatsiyalarni, shuningdek, nizolashayotgan tomonlar harbiy harakatlardan yoki istilodan oldin yo keyin qoʻshilish toʻgʻrisida bergan bayonotlarni darhol kuchga kirishini taʼminlaydi. Shveysariya Federal Kengashi ratifikatsiya yoki nizolashayotgan tomonlarning qoʻshilishi haqida olingan bayonotlar toʻgʻrisida eng tezkor yoʻllar bilan xabar yetkazadi.
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document elementg) markaziy va periferik asab tizimlarining jiddiy surunkali kasallanishi, masalan, ogʻir tutqanoq, asirda saqlangani oqibatida ogʻir psixonevrozga
* chalinish kabi tegishli tartibda mutaxassis tomonidan aniqlangan yaqqol namoyon boʻluvchi psixoz va psixonevrozlar; epilepsiyaning lagerdagi shifokor tomonidan tegishli tartibda aniqlangan har qanday turi, miya arteriosklerozi; bir yildan uzoqqa choʻzilgan surunkali nevrit va boshqalar;
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document elementi) ikkala koʻzning ham koʻrmasligi yoki bir koʻzning koʻrmasligi holatida tuzatadigan koʻzoynak taqishga qaramay ikkinchi koʻzning koʻrish qobiliyati birga yetmasligi, koʻrish qobiliyatining kamayib ketishi va koʻrish qobiliyatini bir koʻzda boʻlsa ham 1/2 gacha tiklash imkonsiz boʻlgan hollar
*. Koʻzning boshqa xil shikastlanishlari, masalan, glaukoma, koʻzning rangdor pardasi yalligʻlanishi, koʻzning tomiri poʻstlogʻi yalligʻlanishi, traxoma va boshqalar;
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document element5. Yuqorida 1 raqami ostida qayd etilgan misollar faqat namunaviy holatlar hisoblanadi. Bu qoidalarga mutlaqo mos kelmaydigan holatlar mazkur Konvensiyaning
110-moddasi va ushbu bitim qoidalari ruhida koʻrib chiqilishi shart.
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document elementAsirlikda saqlab turgan Davlat bilan kelishuvga muvofiq Xalqaro Qizil Xoch Qoʻmitasi mazkur nizomning
2 va
4-moddalarida koʻrsatilgan tayinlashlari amalga oshirishda manfaatdor shaxslarning xizmat vazifalarini belgilashi kerak.
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document elementQoʻshma tibbiy komissiyalar Konvensiyaning
113-moddasida qayd etilgan barcha harbiy asirlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazadi va vataniga qaytarish, vataniga qaytarilganlar roʻyxatidan oʻchirish yoki navbatdagi tibbiy koʻrikkacha tegishli qarorni keyinga surish yuzasidan oʻz takliflarini kiritadi. Qarorlar koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document elementAgar muayyan bir mamlakatda qoʻshma tibbiy komissiya faoliyat koʻrsatishi zarur deb topilsa-yu ammo bu mamlakatda betaraf Davlat fuqarosi hisoblangan biron-bir shifokor mavjud boʻlmasa va agar qandaydir sabablarga koʻra komissiyaga boshqa mamlakatda yashovchi betaraf Davlat fuqarolari boʻlgan shifokorlarni tayinlashning imkoni boʻlmasa, u holda asirlikda saqlab turgan Davlat Homiy Davlat roziligi asosida ish tutib, qoʻshma tibbiy komissiya faoliyatini bajaradigan oʻz tibbiy komissiyasini tuzishi mumkin, ammo bunday komissiyaga nisbatan mazkur nizomning
1 — 5 va
8-moddalaridagi qoidalar qoʻllanilmaydi.
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document element
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document element
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document elementB. ASIRGA OLINGANLIK TOʻGʻRISIDA BILDIRGI-KARTOCHKA
(70-moddaga qarang)
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document element
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document element | Sirt tomoni |
Harbiy asirlar pochtasi | Bepul |
Asirga olinganlik toʻgʻrisida bildirgi-kartochka |
Eslatma Bu kartochka har bir harbiy asir tomonidan u asir tushgan paytdayoq va har gal gospitalga joylashtirish yoki boshqa lagerga koʻchirish munosabati bilan uning manzili oʻzgarganda toʻldiriladi. Ushbu kartochkaning harbiy asirga oʻz oilasiga joʻnatish uchun ruxsat etiladigan maxsus kartochkaga aloqasi yoʻq. | Harbiy asirlar ishlari boʻyicha Markaziy Agentlikka Xalqaro Qizil Xoch Qoʻmitasiga (SHVEYSARIYA) |
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document element
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document element | Yuza tomoni |
Harbiy asirlar yozishmasi | Bepul |
POCHTA KARTOCHKASI | Kimga |
Joʻnatuvchi | Belgilangan manzil |
Familiyasi, ismi, otasining ismi |
Tugʻilgan sanasi va joyi |
Harbiy asirning nomeri | Koʻcha |
Joʻnatuvchi mamlakat | Viloyat |
Lagerning belgilanishi | Mamlakat |
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document elementSirt tomoni |
Sana: |
____________________________________________________________________________________________________ |
____________________________________________________________________________________________________ |
Faqat satrlarda va aniq-ravshan yozilsin |
|
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document element
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document elementHarbiy asirlar yozishmasi | Bepul |
Kimga ______________________________________________________________________________________________ |
Belgilangan manzil __________________________________________________________________________________ |
Koʻcha _______________________________________________________________________________________________ |
Mamlakat __________________________________________________________________________________________ |
Viloyat _____________________________________________________________________________________________ |
Joʻnatuvchi: |
Ism-familiyasi ______________________________________________________________________________________ |
Tugʻilgan sanasi va joyi ______________________________________________________________________________ |
Harbiy asirning nomeri ______________________________________________________________________________ |
Lagerning belgilanishi _______________________________________________________________________________ |
Joʻnatuvchi mamlakat ________________________________________________________________________________ |
____________________________________________________________________________________________________ |
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document elementD. OʻLIM TOʻGʻRISIDAGI DALOLATNOMA
(120-moddaga qarang)
(Tegishli maʼmurlar belgisi)
OʻLIM TOʻGʻRISIDAGI DALOLATNOMA
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document elementAsir mansub boʻlgan davlat ____________________________________________________________________________ |
Familiyasi va ismi ___________________________________________________________________________________ |
Otasining ismi _____________________________________________________________________________________ |
Tugʻilgan joyi va sanasi ______________________________________________________________________________ |
Vafot etgan joyi va sanasi __________________________________________________________________________ |
Unvoni va shaxsiy raqami (tanitish medalonida yozilgani) _________________________________________________ |
Oilasining manzili __________________________________________________________________________________ |
Qayerda va qachon asir olingan __________________________________________________________________________ |
Vafotining sababi va tafsiloti _____________________________________________________________________ |
Dafn etilgan joyi __________________________________________________________________________________ |
Qabr belgilanganmi va kelgusida oila aʼzolari topa oladimi? _____________________________________________ |
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document elementAsirlikda saqlab turgan davlat marhumning merosiga kiruvchi buyumlarni oʻzida saqlab qoladimi yoki ular mazkur dalolatnoma bilan birga joʻnatiladimi? ________________________________________________________ |
Agar ular joʻnatilsa, qaysi vositachi yordamida yuboriladi? _______________________________________________ |
U kasal boʻlganida yoki jon berayotganida yonida turgan shaxs (shifokor, sanitar, diniy xizmatchi, asirlikdagi doʻsti) bu yerda yoxud ilovada marhumning soʻnggi daqiqalari va dafn marosimi haqida qandaydir tafsilotlarni maʼlum qilishi mumkinmi? ____________________________________________________________________________ |
(Sana, tegishli maʼmurlar | Ikkita guvohning |
imzosi va muhri) | imzosi va manzili |
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document elementE. VATANIGA QAYTARISH TOʻGʻRISIDA GUVOHNOMA
(II Ilovaning 11-moddasiga qarang)
Vataniga qaytarish toʻgʻrisida guvohnoma
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document elementSana _______________________________________________________________________________________________ |
Lager ______________________________________________________________________________________________ |
Gospital ___________________________________________________________________________________________ |
Familiyasi__________________________________________________________________________________________ |
Ismi va otasining ismi ______________________________________________________________________________ |
Tugʻilgan sanasi______________________________________________________________________________________ |
Unvoni _____________________________________________________________________________________________ |
Shaxsiy raqami______________________________________________________________________________________ |
Harbiy asir raqami__________________________________________________________________________________ |
Yaradorlik, bemorlik _________________________________________________________________________________ |
Komissiya qarori_____________________________________________________________________________________ |
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document elementHARBIY ASIRLAR OʻZ MAMLAKATIGA JOʻNATADIGAN PUL OʻTKAZMALARIGA DOIR NAMUNAVIY NIZOM
(63-moddaga qarang)
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document element
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document elementa)
17-moddada koʻrsatilgan raqam. toʻlovlarni amalga oshiruvchi harbiy asirning unvoni. familiyasi, ismi. ota ismi;