05.02.1999 yildagi 52-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 05.02.1999 yildagi 52-son
Date of entry into force
05.02.1999
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MAʼLUMOTLAR UZATISH MILLIY TARMOGʻINI TASHKIL ETISH VA JAHON AXBOROT TARMOQLARIDAN FOYDALANISHNI TARTIBGA SOLISH TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Radiochastota spektri toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini bajarish yuzasidan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida radiochastota spektrini muhofaza qilish, axborotni tezkorlik bilan ayirboshlash, jahon axborot tarmoqlaridan foydalanishni kengaytirish va tartibga solish, axborot xavfsizligini taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasida maʼlumotlar uzatish tarmoqlarini jadal modernizatsiya qilish va rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi “UzPAK” maʼlumotlarni uzatish davlat tarmogʻini rivojlantirish va undan foydalanish korxonasining maʼlumotlarni uzatish respublika tarmogʻi bazasida Oʻzbekiston Respublikasi Maʼlumotlar uzatish milliy tarmogʻi tashkil etilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 10-oktabrdagi 352-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 19-son, 149-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilab qoʻyilsinki, Maʼlumotlarni uzatish milliy tarmogʻidan, shu jumladan, Internetdan foydalanish va uni rivojlantirish milliy operatori (provayder) funksiyalari “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasiga yuklanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2005-y., 40-son, 306-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar milliy operator (provayder) sifatida “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
(3-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2005-y., 40-son, 306-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va jamoat organlari, fuqarolar, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning axborotlarga boʻlgan ehtiyojlarini har tomonlama qondirish maqsadida Maʼlumotlarni uzatish milliy tarmogʻining faoliyat koʻrsatishini va uni rivojlantirishni taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi maʼlumotlarni uzatish tarmogʻida axborot resurslarini muhofaza qilishni taʼminlash, konstitutsiyaviy tuzumni zoʻrlik bilan oʻzgartirishga davʼat qiluvchi axborotlar tarqatilishiga, urush, zulm va pornografiyani targʻib qilishga, diniy va milliy nizolarni qoʻzgʻashga, insonning shaʼni va qadr-qimmatini poymol qilishga hamda amaldagi qonunchilik bilan tarqatilishi taqiqlangan boshqa axborotlarning tarqatilishiga yoʻl qoʻymaslik;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnika vositalarini joriy etish, respublikaning yagona axborot makoni kommunikatsiya asoslarini takomillashtirish va uning jahon axboroti hamjamiyatiga kirishi imkoniyatlarini kengaytirish;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 10-oktabrdagi 352-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2002-y., 19-son, 149-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 10-oktabrdagi 352-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2002-y., 19-son, 149-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi “UzPAK” maʼlumotlarni uzatish davlat tarmogʻini rivojlantirish va undan foydalanish korxonasi toʻgʻrisidagi Nizomni, mazkur qaror bilan unga yuklanayotgan yangi funksiyalarni hisobga olgan holda, bir oy muddatda tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekistonning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayoti toʻgʻrisidagi axborotlarni Internet tarmogʻiga tarqatishni muvofiqlashtirish funksiyasi Oʻzbekiston Milliy axborot agentligiga, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga, Tashqi ishlar vazirligiga yuklansin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasi, Davlat matbuot qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi axborot resurslarini tayyorlash va ularni maʼlumotlarni uzatish tarmoqlarida, shu jumladan Internetda tarqatish tartibini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Provayderlar va abonentlar tomonidan Maʼlumotlarni uzatish milliy tarmogʻidan axborot olish va undan foydalanish qoidalarini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi maʼlumotlarni uzatish davlat tarmogʻini rivojlantirish va undan foydalanish korxonasiga idoraviy tarmoqlar, shu jumladan, yoʻldosh aloqasi tarmoqlarining maʼlumotlar uzatish kanallarini foydalanish uchun shartnoma asosida bersinlar.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2005-y., 40-son, 306-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi (Abdullayev), Fan va texnika davlat qoʻmitasi (Habibullayev), Davlat matbuot qoʻmitasi (Shogʻulomov), Oʻzbekiston kosmik tadqiqotlar davlat agentligi (Moʻminov):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼlumotlarni uzatish milliy tarmogʻini modernizatsiya qilish va rivojlantirish dasturini mablagʻlar bilan taʼminlash bosqichlari va manbalari boʻyicha zarur investitsiyalar miqdorlarini belgilagan holda bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsinlar, bunda Maʼlumotlarni uzatish milliy tarmogʻini kengaytirish va modernizatsiya qilish Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyat markazlarida — 1999 — 2001-yillarda, tuman markazlarida — 2000 — 2003-yillarda amalga oshirilishini nazarda tutsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼlumotlarni uzatish milliy tarmogʻini rivojlantirish konsepsiyasini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoʻldosh aloqa tarmogʻini rivojlantirish konsepsiyasini uch oy muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlash uchun Axborot faoliyati va maʼlumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasiga taqdim etsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi Maʼlumotlarni uzatish milliy tarmogʻini kengaytirish va modernizatsiya qilish loyihasini 2000-yil va keyingi yillar investitsiya dasturlariga kiritsinlar va markazlashtirilgan manbalardan mablagʻlar ajratishni nazarda tutsinlar.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda; )
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. “UzPAK” maʼlumotlarni uzatish davlat tarmogʻini rivojlantirish va undan foydalanish korxonasi boj toʻlovlari toʻlashdan besh yil muddatga ozod qilinsin, Maʼlumotlarni uzatish milliy tarmogʻini kengaytirish va modernizatsiya qilish uchun keltirilgan apparat va dastur vositalari va asbob-uskunalari bojxonada rasmiylashtirilganligi uchun yigʻimlar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin va ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonunchilikka mazkur qarordan kelib chiqib kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari L.A. Axmetov va H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1999-yil 5-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
5-fevraldagi 52-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Idoralararo axborot-kompyuter tarmogʻini tashkil etish toʻgʻrisida” 1998-yil 10-apreldagi 150-son qarorining 2, 4 va 6-bandlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Xoʻjalik hisobidagi “UzNet” axborot xizmati toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1998-yil 14-maydagi 206-son qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi 215-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 19-son, 220-modda; )
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-noyabrdagi 458-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2000-y., 9-10-son, 146-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 10-iyuldagi 293-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 7-son, 26-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasi toʻgʻrisidagi Nizomning:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bandidagi “Xalqaro elektr aloqasi uyushmasida” soʻzlari “xalqaro tashkilotlarda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2 va 11-bandlari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“2. Radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasi radiochastota spektrini taqsimlash va undan foydalanish sohasida davlat siyosatini taʼminlovchi radiochastotalarni davlat tomonidan boshqarish organi hisoblanadi, radiochastota spektridan foydalanish masalalari boʻyicha xalqaro tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalaydi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“11. Quyidagilar Radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radiochastotalar spektrini taqsimlash va ulardan foydalanish va uni istiqbolda rejalashtirish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radiochastotalarni taqsimlash milliy jadvalini va radio aloqa milliy reglamentini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radiochastotalarni rejalashtirish, ularni belgilash va ulardan foydalanish masalalarida xalqaro tashkilotlarda vakillik qilish va Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini xalqaro huquqiy himoya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radiochastotalar spektridan foydalanish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radiochastotalar spektri toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radiochastotalar spektridan foydalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-bandi quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“radiochastotalar organlari oʻrtasida radiochastotalar polosalarini taqsimlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radiochastotalar spektridan foydalanish sohasida radiochastotalar organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-bandining sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda radiochastotalar spektridan vaqt va (yoki) hudud boʻyicha foydalanish huquqini toʻxtatib qoʻyish yoki cheklash”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 10-iyuldagi 293-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 7-son, 26-modda) bilan tasdiqlangan Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotib olish (berish), loyihalash, qurish (oʻrnatish), ishlatish hamda chet eldan keltirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 2-bandining “b” kichik bandi “Ichki ishlar vazirligi” soʻzlaridan soʻng “Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi” soʻzlari bilan toʻldirilsin.