1-ILOVA
2-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlarning nomlanishi | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddatlari | Masʼul ijrochilar |
I. XALQARO TAJRIBANI CHUQUR OʻRGANISH ASOSIDA KORPORATIV BOSHQARUVNING ZAMONAVIY USLUBLARINI JORIY ETISH | ||||
1. | Aksiyadorlik jamiyatlarida namunaviy tashkiliy tuzilmani ular faoliyatining tarmoq xususiyati va koʻlamini hisobga olgan holda joriy etish. | Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishlari qarorlari | 2015 yil avgust | Davlat raqobat qoʻmitasi, xoʻjalik boshqaruvi organlari, aksiyadorlik jamiyatlari |
2. | Aksiyadorlik jamiyatlarini umum qabul qilingan xalqaro amaliyot standartlari va talablariga muvofiqligi nuqtai nazaridan tanqidiy tahlil qilish, hamda tashkiliy tuzilmani takomillashtirish, chet el sarmoyasi ishtirokidagi korxonalar bundan mustasno. | Komissiya qarori | 2015 yil iyul | Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi |
3. | “Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchi kasblari klassifikatori”ga aksiyadorlik jamiyatlarining maʼqullangan namunaviy tuzilmasidan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar kiritish. | Normativ-huquqiy hujjat | 2015 yil may | Mehnat vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi |
4. | Quyidagilarni nazarda tutuvchi Korporativ boshqaruv Kodeksini ishlab chiqish: korporativ boshqaruvning ilgʻor uslublarini joriy etish boʻyicha tavsiyalar, jumladan, uzoq muddatli istiqboldagi rivojlanish strategiyasi va vazifalari, ichki nazorat tizimlari va ijro organining aksiyadorlar hamda investorlar bilan samarali oʻzaro hamkorlik mexanizmlarini belgilash; aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining koʻlami, tarmoq xususiyatlari va yoʻnalishlarini inobatga olgan holda, namunaviy tashkiliy tuzilmani joriy qilish; aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining ochiqligini oshirish, ular tomonidan xalqaro standartlar asosida audit va moliyaviy hisobot axborotini nashr qilish. | Komissiya qarori | 2015 yil avgust | Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi |
5. | Belgilangan talablarga javob ber?aydigan aksiyadorlik jamiyatlarini tugatish yoki qayta tashkil etish choralarini koʻrish. | Taʼsischilar va roʻyxatdan oʻtkazuvchi davlat organlari qarorlari, sud qarorlari | 2015 yil III chorak | Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi |
6. | Davlat ulushi boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlari faoliyati samaradorligini baholash mezonlari toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish. | Hukumat qarori loyihasi | 2015 yil iyun | Davlat raqobat qoʻmitasi, Moliya vazirligi |
7. | Davlat ulushi boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy-iqtisodiy koʻrsatkichlarini chuqur tahlil qilish va boshqaruv xodimlari faoliyatining samaradorligi natijalari boʻyicha baholash. | Komissiya qarori | 2015 yil iyul | Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi, |
8. | Raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish, ishlab chiqariladigan mahsulotni sotish uchun yangi bozorlarni izlash va olib chiqishning muhim tamoyillariga asoslangan aksiyadorlik jamiyatlarining moliya va iqtisodiy samaradorligini oshirish dasturlarini ishlab chiqish. | Dasturlar ishlab chiqish | 2015 yil oktabr | Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi, |
9. | Davlat ulushi boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni takomillashtirish boʻyicha Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining texnik koʻmaklashish loyihasini amalga oshirish va ularga salohiyatli chet el investorlarini jalb qilish. | Texnik koʻmak loyihasi | 2015-2016 yy. | Davlat raqobat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi |
10. | Aksiyadorlik va boshqa xoʻjalik jamiyatlari tomonidan ular haqidagi axborotni oshkor qilishning belgilangan tartibi buzilgan holda amalga oshirilgan bitimlar va boshqa harakatlarni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida talabni joriy qilish. | Oliy xoʻjalik sudi plenumi qarori | 2015 yil IV chorak | Oliy xoʻjalik sudi, Davlat raqobat qoʻmitasi, Adliya vazirligi |
11. | Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitalini koʻpaytirish faqatgina qoʻshimcha aksiyalarni chiqarish va joylashtirish orqali amalga oshiriladi. | Qonunchilikka oʻzgartirishlar kiritish | 2016 yil I chorak | Davlat raqobat qoʻmitasi, Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi, Moliya vazirligi |
12. | Respublikada korporativ hodisalarni muntazam yoritib boruvchi tele va radiokoʻrsatuvlarni (“Korporativ yangiliklar”), shu jumladan Internet tarmoqlarida tashkil qilish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2015 yil IV chorakdan | OʻMTRK, Davlat raqobat qoʻmitasi, Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi, “Toshkent” RFB |
13. | Har yili tashkil etiladigan “Eng yaxshi korporativ boshqaruv”, “Eng yaxshi investitsiya vositachisi” va “Eng yaxshi investitsiya konsultanti” tanlovini amaliyotga joriy qilish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2016 yildan boshlab | Davlat raqobat qoʻmitasi, Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi, “Toshkent” RFB, |
II. AKSIYADORLIK JAMIYATLARIGA CHET EL INVESTITSIYALARINI JALB QILISH UCHUN QULAY SHART-SHAROITLAR YARATISH, AKSIYADORLIK JAMIYATLARI FAOLIYATINING OCHIQLIGI VA SHAFFOFLIGINI OSHIRISH, HISOBGA OLISH VA HISOBOTNING XALQARO STANDARTLARINI JORIY ETISH | ||||
14. | Quyidagi yoʻllar orqali Aksiyadorlik jamiyatlarida xalqaro tajriba asosida boshqaruvning zamonaviy tizimlarini joriy etish: biznes-jarayonlarni takomillashtirish, asosiy ishlab chiqarish, maʼmuriy va operatsiya jarayonlarini optimallashtirish; xoʻjalik jamiyatlarida sifatni boshqarish tizimini, shu jumladan ISO joriy etishni kengaytirish; zamonaviy moliyaviy menejmentni joriy etish, moddiy, investitsiya va boshqa resurslarni boshqarish; tegishli yoʻnalishlar boʻyicha yuqori malakali xorijiy menejerlarni jalb qilish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2015 yil III chorak | Vazirlar Mahkamasi ATD, vazirlik va idoralar, “Oʻzstandart” agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi |
15. | Aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan yillik moliyaviy hisobotlarni eʼlon qilish va ularni Xalqaro audit standartlari va Xalqaro moliyaviy hisobotlar standartlariga muvofiqligi yuzasidan tashqi auditdan oʻtkazishni joriy etish. | Kompleks chora-tadbirlar | grafik boʻyicha | Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi, |
16. | Ustav kapitallarida davlat ulushi boʻlgan, strategik xorijiy investorlarga sotiladigan aksiyadorlik jamiyatlari roʻyxatini belgilash. Davlat ulushi boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlariga strategik xorijiy investorlarni jalb qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish. | Hukumat qarori Kompleks chora-tadbirlar | 2015 yil aprel 2015-2016 yy. | Davlat raqobat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, TIAISV, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi |
17. | Davlat ulushi boʻlmagan aksiyadorlik jamiyatlariga strategik xorijiy investorlarni jalb qilishga koʻmaklashish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2015-2016 yy. | TIAISV, Davlat raqobat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi |
18. | “Toshkent” RFB valyuta savdo maydonchasi faoliyatini kengaytirish va faollashtirish, bunda xorijiy investorlar ishtirokidagi operatsiyalarga soliq solish tizimini soddalashtirish. | Qonunchilikka oʻzgartirishlar kiritish | 2015 yil III chorak | Davlat raqobat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, DSQ, TIAISV, |
19. | Chet el investorlariga sotiladigan aksiyalar paketi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni xorijiy ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan ixtisoslashtirilgan internet-saytlarda joylashtirish. | Chora-tadbirlar rejasi | 2015-2016 yy. | TIAISV, “Oʻzinfoinvest” agentligi, Moliya vazirligi |
20. | Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq aksiyadorlik jamiyati tomonidan oddiy aksiyalar boʻyicha hisoblangan dividendlarni olishga boʻlgan teng huquqlariga rioya etilgan holda amalga oshiriladi. | Qonunga oʻzgartirish kiritish | 2015 yil III chorak | Davlat raqobat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi |
21. | Respublikada korporativ boshqaruv tizimi va fond bozorini rivojlantirish masalalari boʻyicha Qimmatli qogʻozlar komissiyalari xalqaro tashkiloti (IOSCO)bilan hamkorlikni rivojlantirish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2015 yil IV chorak | Davlat raqobat qoʻmitasi, Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi, TIAISV |
22. | Ustav kapitalida 50 foizdan koʻp davlat ulushi boʻlgan sanoat sohasi va iqtisodiyotning real sektoriboʻlgan boshqa tarmoqlaridagi xoʻjalik jamiyatlariga ularning 10 foizdan kam boʻlmagan sof foydasini istiq?olli tadqiqotlarga, bozor talabidan kelib chiqib yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish va marketingga yoʻnaltirish toʻgʻrisida tavsiyalar ishlab chiqish. | Metodik tavsiyalar | 2015 yil IV chorak | Davlat raqobat qoʻmitasi, Moliya vazirligi |
III. AKSIYADORLIK JAMIYATLARI FAOLIYATIDA DAVLAT ORGANLARI, AKSIYADORLAR VA MENEJMENT OʻRTASIDA VAZIFA VA VAKOLATLARNI ANIQ CHEGARALASH | ||||
23. | Ustav kapitalida davlat ulushi boʻlishidan qatʼiy nazar xoʻjalik birlashmalari, aksiyadorlik va boshqa xoʻjalik jamiyatlari nomlanishidagi “davlat” soʻzlarini chiqarib tashlash. | Taʼsis hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish | 2015 yil sentabr | Adliya vazirligi, xoʻjalik boshqaruvi organlari |
24. | Aksiyadorlik jamiyatlarining ijro organlari rahbarlarini tanlov orqali saralash amaliyotini joriy etish, chet el menejerlarini tayinlash mumkinligini nazarda tutish. | Jamiyatlar ustavlariga oʻzgartirishlar kiritish | 2015 yil 1-iyul | Adliya vazirligi, Davlat raqobat qoʻmitasi, TIAISV |
25. | Soliqqa oid yoki davlat oldidagi boshqa qarzdorlik hisobiga aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitalidagi davlat ulushini shakllantirish yoki oshirishga xususiy aksiyadorlarning kamida uchdan ikki qismining roziligi boʻlmaganda taqiq qoʻyish. | Qonunchilikka oʻzgartirishlar kiritish | 2016 yil I chorak | Davlat raqobat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi |
26. | Davlat ulushi boʻlgan aksiyadorlik yoki boshqa xoʻjalik subyektlariga nisbatan tijorat tashkilotlari tuzish talablarini takomillashtirish. | Hukumat qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish | 2016 yil I chorak | Davlat raqobat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi |
27. | Huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari va davlat hokimiyat organlari hamda ularning mansabdor shaxslariga: bitimlar boʻyicha normativ hujjatlar qabul qilishga, aksiyadorlik jamiyatlariga buyruqlar va boshqa koʻrsatmalar berishga, foydani boʻlishishga, boshqaruvchi xodimlarni yollashga va xoʻjalik jamiyatlarining boshqaruv organlari vakolatiga tegishli boshqa masalalar boʻyicha, qonunchilikda nazarda tutilgan alohida holatlar bundan mustasno; aksiyadorlik jamiyatlarining boshqaruv organlari aʼzolariga moliyaviy yoʻqotishlarga sabab boʻlgan biznes-xatarlarni qabul qilish asosida oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari uchun javobgarlik choralari qoʻllashni taqiqlashni belgilash. | Qonunchilikka oʻzgartirishlar kiritish | doimiy | Adliya vazirligi, Boshprokuratura, Davlat raqobat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi |
28. | Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqarish xizmatlariga haq toʻlashning amaldagi tartibini takomillashtirish, bunda davlat aktivlarini boshqarishga toʻlanadigan haq miqdori biznes-reja parametrlarini bajarganligiga yanada bogʻliqligini nazarda tutish. | Normativ hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish | 2015 yil III chorak | Davlat raqobat qoʻmitasi, Moliya vazirligi |
29. | Jamiyatni boshqarishda aksiyadorlarning ishtirok etish huquqlari buzilganligi uchun davlat hokimiyati organlarining mansabdor shaxslari va aksiyadorlik jamiyatlari rahbarlariga maʼmuriy javobgarlikni joriy etish. | Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksga oʻzgartirishlar kiritish | 2015 yil IV chorak | Adliya vazirligi, Davlat raqobat qoʻmitasi |
30. | Energetika, neftgaz, kimyo, temir yoʻl, paxta tozalash, tegirmon, farmatsevtika sanoati, qurilish materiallarini ishlab chiqarish, qattiq metallarni qayta ishlash korxonalari va kommunikatsiya texnologiyalari sohasida davlat ulushini xoʻjalik boshqaruvi organlarining ustav kapitaliga berish. | Vazirlar Mahkamasi qarori | 2015 yil III chorak | Davlat raqobat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi |
IV. AKSIYADORLIK JAMIYATLARINI STRATEGIK BOSHQARISH VA FAOLIYATI USTIDAN NAZORATNI TAʼMINLASHDA AKSIYADORLAR, SHU JUMLADAN MINORITAR AKSIYADORLARNING ROLINI OSHIRISH | ||||
31. | Aksiyadorlarga, shu jumladan minoritar aksiyadorlarga ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisida xoʻjalik sudiga shikoyat kiritish bilan davlat boji toʻlash, shu jumladan keyinchalik uni aybdor tomonidan undirishbilan dividendlarni toʻlash boʻyicha kechiktirishlarni taqdim etish. | Qonunchilikka oʻzgartirishlar kiritish | 2015 yil III chorak | Adliya vazirligi, Oliy xoʻjalik sudi, Davlat raqobat qoʻmitasi |
32. | Paketlarni lotlarga boʻlishni optimallashtirishni nazarda tutgan holda tashkil etilgan savdolarda aksiyalar paketini joylashtirish va muomalaga kiritish tartibini takomillashtirish. | Savdolar tashkilotchilarining qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish | 2015 yil III chorak | Davlat raqobat qoʻmitasi, Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi, “Toshkent” RFB |
33. | Tashkil etilgan savdolarda jismoniy shaxslar oʻrtasida aksiyalarning oldi-sotdi kelishuvlariga toʻgʻridan-toʻgʻri oʻzaro hisob-kitobni nazarda tutgan holda hisob-kitob kliring xizmat koʻrsatishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish. | Savdolar tashkilotchilarining qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish | 2015 yil IV chorak | Davlat raqobat qoʻmitasi, “Toshkent” RFB, Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi |
34. | Aksiyadorlarning biri 50 va undan ortiq foizda jamiyatning aksiyalarini sotib olganda boshqa aksiyadorlar unga bozor narxida oʻzlarining aksiyalarini belgilangan tartibda sotish huquqiga ega boʻlish tartibini joriy etish. | Qonunchilikka oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish | 2016 yil II chorak | Davlat raqobat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi |
V. KORPORATIV BOSHQARUV SOHASIDA ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISH | ||||
35. | Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi veb-sayti negizida Korporativ axborot yagona portalini yaratish, bunda xalqaro normalarni hisobga olgan holda quyidagilarni joylashtirish: moliya hisoboti va auditorlik xulosalari; aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatidagi muhim faktlar toʻgʻrisida maʼlumot; emissiyalar prospekti, joylashtiriladigan aksiyalar, aksiyadorlik kapitali miqdori va salohiyatli investorlar uchun boshqa maʼlumotlar; korporativ boshqaruv va qimmatli qogʻozlar bozori masalalari boʻyicha normativ-huquqiy bazadagi oʻzgarishlar. | Korporativ axborotning yagona portalini yaratish | 2015 yil IV chorak | Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi, Davlat raqobat qoʻmitasi |
36. | Xalqaro tajriba asosida aksiyadorlik jamiyatlarida investitsiya va ishlab chiqarish jarayonlarini, moddiy va moliyaviy resurslarni (ERP va boshqa dasturiy mahsulotlar) boshqarishning zamonaviy axborot tizimlarini joriy etish. | Loyihalarni amalga oshirish | grafiklar boʻyicha | Vazirlar Mahkamasi ATD, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, vazirlik va idoralar |
37. | Quyidagilarni nazarda tutgan holda davlat aktivlarini hisoblash tizimini takomillashtirish: interaktiv oʻzaro hamkorlik qilish imkonini yaratgan holda davlat aktivlarini boshqarishning elektron maʼlumotlar bazasini yaratish; xoʻjalik jamiyatlari va davlat korxonalarida davlat ulushining markazlashtirilgan hisobini yuritish; | Vazirlar Mahkamasi qarori dasturiy mahsulot ishlab chiqish | 2016 yil I chorak
| Davlat raqobat qoʻmitasi,Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi |
davlat aktivlarining yagona roʻyxatini investorlarga sotish uchun taklif qilinadigan obyektlar (ulushlar, aksiyalar, DUK) koʻrsatilgan holda shakllantirish va Internet tarmogʻida eʼlon qilish. | ||||
VI. QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORINI, AYNIQSA IKKILAMCHI BOZORNI YANADA RIVOJLANTIRISH, UNING AXBOROT-TEXNIKA BAZASINI MUSTAHKAMLASH | ||||
38. | Qimmatli qogʻozlar bozorini modernizatsiya qilish boʻyicha Koreya fond birjasi bilan hamkorlikni kengaytirish, bunda fond bozori uchun zamonaviy Yagona dasturiy-texnik kompleksini joriy etishni nazarda tutish. | Kompleksni joriy qilish | 2016 yil IV chorak | Davlat raqobat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Markaziy bank |
39. | Koreya fond birjasi tomonidan joriy etiladigan Yagona dasturiy-texnik kompleksi negizidagi qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi qoshida axborot-resurs markazini tashkil etish. | Axborot-resurs markazini tashkil etish | 2016 yil I chorak | Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi |
40. | Fond bozorida investitsiya xatarlarida tegishli cheklovlarni koʻrib chiqqan holda qimmatli qogʻozlar bozori likvidligini taʼminlash boʻyicha majburiyatlarni oʻziga oladigan market-meyker investitsion vositachilarni yaratish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2016 yil II chorak | Tijorat banklari va sugʻurta kompaniyalari, Davlat raqobat qoʻmitasi, Markaziy bank, Moliya vazirligi |
41. | Qimmatli qogʻozlar savdolari tashkilotchilari maʼlumotlar bazalari va zaxira savdolarni axborot tahliliy kuzatib borishning texnologik jihatdan yangilab boriladigan axborot tizimini yaratish hamda respublika birja markazini modernizatsiya qilish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2016 yil III chorak | Davlat raqobat qoʻmitasi, “Toshkent” RFB, Toshkent shahar hokimligi, Moliya vazirligi |
42. | Qimmatli qogʻozlar boʻyicha komissiyalar xalqaro tashkiloti, xorijiy davlatlarning qimmatli qogʻozlar bozori va fond birjalarini tartibga soluvchi vakillari, korporativ boshqaruv va moliya bozori sohasidagi tadqiqot markazlari bilan birgalikda xalqaro konferensiyalar, davra suhbatlari va seminarlar oʻtkazish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2016 yildan boshlab har yili | Davlat raqobat qoʻmitasi, Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi, Banklar Assotsiatsiyasi, Moliya vazirligi |
VII. KORPORATIV BOSHQARUV SOHASIDA KADRLAR TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH | ||||
43. | Davlatulushiga ega aksiyadorlik jamiyatlari, xoʻjalik birlashmalari rahbarlari tarkibini bozor iqtisodiyoti va korporativ boshqaruvning asoslari, menejment va marketing, zamonaviy ishlab chiqarish prinsiplari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, shuningdek, ular boshqarayotgan korxonalarning amaldagi holatini attestatsiyadan oʻtkazish. | Komissiya qarori | grafik boʻyicha | Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi |
44. | Attestatsiyayakunlari boʻyicha vakant lavozimlarga yangicha fikrlaydigan, belgilangan talablarga javob beradigan yuqori malakali rahbarlar, shuningdek, xo?ijiy menejerlarni jalb etish choralarini koʻrish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2015 yil IV chorak | Vazirlar Mahkamasi ATD, vazirlik va idoralar, aksiyadorlik jamiyatlari |
45. | Germaniya hamda boshqa iqtisodiy rivojlangan davlatlarning yetakchi taʼlim muassasalarini jalb etgan holda, tugatiladigan Oliy biznes maktabi negizida Korporativ boshqaruv ilmiy-taʼlim markazini tashkil etish. | Vazirlar Mahkamasi qarori | 2015 yil 1-iyunga qadar | Davlat raqobat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi |
46. | Korporativ boshqaruvchi malakasiga ega attestati mavjud shaxslardan davlatning ishonchli va davlat ulushi boʻyicha xoʻjalik jamiyatlarining kuzatuv kengashi aʼzolarini tayinlashni amaliyotga joriy etish. | Normativ-huquqiy hujjat | 2016 yil 1 yanvardan | Davlat raqobat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi |