Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.02.2005 20.01.1999 yildagi 33-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 20.01.1999 yildagi 33-son
Date of entry into force
20.01.1999
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.02.2005
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI KIMYoLAShTIRISh VA OʻSIMLIKLARNI HIMOYA QILISh VOSITALARI DAVLAT KOMISSIYASI (DAVLAT KIMYo KOMISSIYASI)NI TAShKIL ETISh VA UNING FAOLIYATI MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-fevraldagi 65-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kimyoviy va biologik preparatlarni ishlab chiqarish va qoʻllash sohasida yagona siyosatni shakllantirish va amalga oshirishda Davlat kimyo komissiyasining rolini kuchaytirish, kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini ishlab chiqarish, saqlash va foydalanishning texnologik rejimlariga rioya qilish, ularni sinash, ekspertiza qilish va roʻyxatdan oʻtkazish yuzasidan respublika vazirliklari va idoralarining masʼuliyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat kimyo komissiyasi tarkibi 1-ilovaga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 1-ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat kimyo komissiyasi toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar Davlat kimyo komissiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi ekinlarining hosildorligini oshirishga hamda yuqori samarali, ekologiya jihatidan xavfsiz va kam zaharli kimyoviy va biologik preparatlarni qoʻllash hisobiga hosilni saqlab qolishga qaratilgan kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalaridan foydalanishning yagona strategik siyosatni shakllantirish va uni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini qoʻllash tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash, ularni roʻyxatdan oʻtkazish va qayta roʻyxatdan oʻtkazish, respublika qishloq xoʻjaligida qoʻllash uchun ruxsat etilgan preparatlar roʻyxatiga kiritish va roʻyxatdan chiqarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika vazirliklari va idoralarining kimyoviy va biologik preparatlarni ishlab chiqarish va ulardan foydalanish, ularni qoʻllash tartibini ishlab chiqish va unga rioya qilish, preparatlarning atrof-muhitga taʼsirini aniqlash bilan bogʻliq faoliyatini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi yuqori samarali, xavfsiz va kam zaharli kimyoviy va biologik preparatlarni mamlakatimizda ishlab chiqarishni tashkil etishga har tomonlama koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligida foydalanish uchun tavsiya etilayotgan mamlakatimizda va chet ellarda ishlab chiqarilgan kimyoviy hamda biologik preparatlar ilmiy-texnika hujjatlarini ekspertiza qilish, ularning biologik samaradorligini, toksikologik-gigiyenik va ekologik xossalarini aniqlash uchun sinovlar oʻtkazish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika korxonalarida ishlab chiqarilayotgan hamda import boʻyicha keltiriladigan kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalari va biopreparatlar sifatini nazorat qilish, ularni qoʻllash haqida xulosalar berish va inson salomatligiga va atrof-muhitga salbiy taʼsir qilishi aniqlanganda ulardan foydalanishni toʻxtatish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 3-fevraldagi 56-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan Davlat kimyo komissiyasi agentligi tugatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Davlat kimyo komissiyasining materiallarni komissiya majlisiga tayyorlash, uning tomonidan qabul qilingan qarorlarning manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlarga yetkazilishini, ularning bajarilishini nazorat qilishni taʼminlash boʻyicha 5 kishidan iborat Ekspert guruhi tuzilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, Davlat kimyo komissiyasining Ekspert guruhi majburiyatlar boʻyicha Davlat kimyo komissiyasining tugatilgan agentligining huquqiy vorisi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekspert guruhi tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat kimyo komissiyasi bir hafta muddatda Ekspert guruhi toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Davlat kimyo komissiyasining funksiyalari kengayishi va uning ishchi apparati tuzilmasi va tarkibi oʻzgarishi munosabati bilan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga — oʻsimliklar zararkunandalari va kasalliklari kuzatilishi, oʻrganilishi va prognozlanishi, yangi agrokimyobiopreparatlar va mineral oʻgʻitlar samaradorligini oʻrganish yuzasidan ilmiy-tadqiqot ishlari oʻtkazilishi, agrokimyobiopreparatlar va mineral oʻgʻitlar turlari va ularga boʻlgan ehtiyoj aniqlanishi, oʻsimliklarni kimyoviy va biologik himoya qilish vositalari, oʻstirish regulyatorlari, defoliantlar, mineral oʻgʻitlardan samarali foydalanish tashkil etilishi, shuningdek ularni tashish, saqlash qoidalariga va qoʻllash tartiblariga rioya qilinishi uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzkimyosanoat” uyushmasiga — mineral oʻgʻitlar, oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari, defoliantlar hamda xarid qilinadigan va respublikamizdagi taʼsirchan moddalar negizida boshqa kimyoviy preparatlar ishlab chiqarish boʻyicha yangi korxonalar tashkil etilishi va ishlab turganlari takomillashtirilishi, preparatlar ishlab chiqarish, saqlash, tashish va berishning texnologik rejimlariga qatʼiy rioya qilinishi, ularning sifat va miqdor koʻrsatkichlari taʼminlanishi uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga — pestitsidlarni ishlab chiqarish, saqlash, tashish, qoʻllash, zararsizlantirish, foydali suratda ishlatish, koʻmishda normalar, qoidalar va normativlarga rioya qilinishi uchun sanitariya-gigiyena nazorati amalga oshirilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqat mahsulotlarida va insonni oʻrab olgan muhit obyektlarida (suv, havo, tuproq) pestitsidlar mavjud boʻlishining gigiyenik normativlarini ishlab chiqish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazilishi va pestitsidlar toksikologik-gigiyenik baholanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pestitsidlar bilan ishlovchi shaxslarning dastlabki va vaqti-vaqti bilan tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishi hamda pestitsidlar bilan qattiq va surunkali zaharlangan bemorlar diagnostikasi va davolanishi uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasiga — roʻyxatdan oʻtkazish tavsiya qilinayotgan preparatlarning atrof-muhit (suv, havo, tuproq, hayvonot va oʻsimlik dunyosi)ga taʼsiri xolisona baholanishi, preparatlarning taʼsirchan moddasini identifikatsiyalash, shuningdek kimyoviy moddalar va preparatlarni tashish, saqlash va qoʻllashda atrof-muhit muhofazasi talablariga rioya qilinishi ustidan davlat nazorati amalga oshirilishi uchun javobgarlik yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi va “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi qishloq xoʻjaligi korxonalariga agrokimyo xizmati koʻrsatish yuzasidan shartnomaviy ishlarni kengaytirish maqsadida “Oʻzagrokimyotaʼminot” davlat–aksiyadorlik birlashmasining mineral oʻgʻitlar bilan taʼminlash bazalariga ega boʻlmagan tuman boʻlinmalarini Oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyoviy tadqiqotlar markazi balansiga oʻtkazish masalalarini bir oy muddatda birgalikda ishlab chiqsinlar va Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Belgilansinki, Davlat kimyo komissiyasi tomonidan belgilanadigan preparatlarni qoʻllash tartibi va shartlari, mulkchilik shakllari va idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi barcha foydalanuvchilar uchun majburiydir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan pestitsidlar, gerbitsidlar, defoliantlar va boshqa preparatlardan respublika hududida foydalanish va ularni reklama qilish taqiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini ekspertiza qilish va ularni roʻyxatdan oʻtkazishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 3-fevraldagi 56-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. Sultonov zimmasiga yuklansin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-sentabrdagi 359-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1999-yil 20-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
20-yanvardagi 33-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat kimyo komissiyasi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. UMUMIY QOIDALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat kimyo komissiyasi respublika qishloq xoʻjaligida qoʻllanadigan mineral oʻgʻitlarning yangi turlarini, oʻsimliklar zararkunandalariga, kasalliklariga, begona oʻtlarga qarshi kurashning kimyoviy va biologik vositalarini, oʻsimliklarni oʻstirish regulyatorlarini, defoliantlarni va boshqa agrokimyobiopreparatlarni ekspertiza qiluvchi, sinovchi va roʻyxatdan oʻtkazuvchi davlat organi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat kimyo komissiyasi tomonidan belgilanadigan kimyoviy vositalarni va agrokimyobio preparatlarni qoʻllash tartiblari, mulkchilik shakllaridan va idoraviy boʻysunishlaridan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi barcha foydalanuvchilar uchun majburiy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Davlat kimyo komissiyasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oliy Majlis qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga va boshqa meʼyoriy hujjatlarga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat kimyo komissiyasining ekspert guruhi uning ishchi organi hisoblanadi. U komissiya faoliyatini taʼminlaydi va mazkur Nizomda belgilangan funksiyalarni bajaradi, yuridik shaxs hisoblanadi, banklarda joriy va valyuta schyotlariga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Davlat kimyo komissiyasi oʻz majlislarini zaruriyatga qarab, biroq bir yilda kamida ikki marta oʻtkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. DAVLAT KIMYo KOMISSIYASINING ASOSIY VAZIFALARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar Davlat kimyo komissiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi ekinlari hosildorligini oshirishga hamda yuqori samarali, ekologiya jihatidan xavfsiz va kam zaharli kimyoviy va biologik preparatlarni qoʻllash hisobiga hosilni saqlab qolishga yoʻnaltirilgan kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalaridan foydalanishning yagona strategik siyosatini shakllantirish va uni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini qoʻllash tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash, ularni roʻyxatdan oʻtkazish va qayta roʻyxatdan oʻtkazish, respublika qishloq xoʻjaligida qoʻllash uchun ruxsat etilgan preparatlar roʻyxatiga kiritish hamda roʻyxatdan chiqarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika vazirliklari va idoralarining kimyoviy va biologik preparatlarni ishlab chiqarish va ulardan foydalanish, ularni qoʻllash tartiblarini ishlab chiqish va ularga rioya qilish, preparatlarning atrof-muhitga taʼsirini aniqlash bilan bogʻliq faoliyatini muvofiqlashtirib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatimizda yangi yuqori samarali, xavfsiz va kam zaharli kimyoviy va biologik preparatlarni ishlab chiqarishni tashkil qilishga har tomonlama koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligida foydalanish uchun tavsiya etilgan mamlakatimizda va chet elda ishlab chiqarilgan kimyoviy va biologik preparatlarga doir ilmiy-texnikaviy hujjatlar ekspertizasini amalga oshirish, ularning biologik samaradorligini, toksik-gigiyenik va ekologik xossalarini aniqlash yuzasidan sinovlarini oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika korxonalarida ishlab chiqariladigan va import boʻyicha keltiriladigan kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalari, biopreparatlar sifati ustidan nazoratni amalga oshirish, ularni qoʻllash hamda insonga va atrof-muhitga salbiy taʼsiri aniqlangan taqdirda foydalanishni toʻxtatish yuzasidan xulosalar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatimizda va chet ellarda ishlab chiqarilgan, oʻsimliklar va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari zaxiralari zararkunandalari, kasalliklari, begona oʻtlarga qarshi kurashning yangi kimyoviy va biologik vositalari (insektoakaritsidlar, fungitsidlar, urugʻ dorilari, zootsidlar, feromonlar, gerbitsidlar va boshqalar)ning, bundan keyin agrokimyobiopreparatlar deb ataluvchi oʻsimliklarni oʻstirish regulyatorlari, defoliantlar va desikantlarning davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun idoralararo sinovdan oʻtkazilishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi agrokimyobiopreparatlarni roʻyxatdan oʻtkazish, mavjudlarini qayta roʻyxatdan oʻtkazish, ilmiy tadqiqotlar va ekspertiza natijalariga koʻra samarali va kam xavfli agrokimyobiopreparatlarni qoʻllash sohasini kengaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
inson salomatligiga va atrof-muhitga salbiy taʼsiri aniqlangan taqdirda agrokimyobiopreparatlarni qoʻllashni taqiqlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. DAVLAT KIMYo KOMISSIYASINING FUNKSIYALARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat kimyo komissiyasi quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda kimyoviy va biologik vositalarni yaratish, sinash sohasidagi ustuvor yoʻnalishlarni belgilaydi, ushbu ishlarni amalga oshirish uchun tegishli ilmiy-tadqiqot va boshqa tashkilotlarga buyurtmanoma-topshiriqlar beradi, tugallangan ishlarni nazorat qilishni va qabul qilib olishni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
preparatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun sinov ishlarini muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligida qoʻllash uchun ruxsat etilgan oʻsimliklar zararkunandalari, kasalliklari va begona oʻtlarga qarshi kurashning kimyoviy va biologik vositalari, defoliantlar va oʻsimliklarni oʻstirish regulyatorlari roʻyxati”ni va ruxsat etilgan agrokimyobiopreparatlarni qoʻllash tartibini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kimyoviy va biologik preparatlarni ishlab chiqarish, saqlash va qoʻllash boʻyicha tavsiyanomalarni ishlab chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. DAVLAT KIMYo KOMISSIYASINING HUQUQLARI VA VAZIFALARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat kimyo komissiyasi quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqori samarali agrokimyobiopreparatlarni qoʻllashga ruxsat berish, salbiy toksikologik-gigiyenik xossalarga ega boʻlgan, ekologiya uchun xavfli preparatlardan, shuningdek eskirgan va samarasi kam pestitsidlardan foydalanishni taqiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
roʻyxatdan oʻtkazish uchun sinovlarni amalga oshirish, agrokimyobiopreparatlarni qoʻllash boʻyicha uslubiyotlarni va tavsiyanomalarni ishlab chiqish uchun ilmiy-tadqiqot va boshqa tashkilotlar roʻyxatini belgilash va tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligida qoʻllash uchun ruxsat etilgan oʻsimliklar zararkunandalari, kasalliklari va begona oʻtlarga qarshi kurashning kimyoviy va biologik vositalari, defoliantlar va oʻsimliklarni oʻstirish regulyatorlari roʻyxati”ga kiritilmagan agrokimyobiopreparatlarning respublikaga olib kelinishini va ulardan foydalanishni taqiqlash, sinovdan oʻtkazilayotgan preparatlar namunalari bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikaning kimyoviy preparatlar ishlab chiqaradigan korxonalarida texnologik rejimlarga rioya qilish ustidan nazoratni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika oʻsimliklarni himoya qilish xizmatlari organlaridan va ilmiy-tadqiqot institutlaridan ishlab chiqarishda qoʻllanayotgan agrokimyobiopreparatlarning biologik samaradorligi boʻyicha materiallarni soʻrab olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agrokimyobiopreparatlarni qoʻllash va saqlashning amaldagi qoidalari va tartiblariga rioya qilinishini tekshirish uchun qishloq xoʻjaligi dalalarini va boshqa joylarni, zaharli kimyoviy dorilar omborlarini borib koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Nizomdan kelib chiquvchi barcha vazifalarni bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat kimyo komissiyasi belgilangan muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. RAHBARIYAT
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat kimyo komissiyasini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri — rais boshqaradi, ekspert guruhini esa ayni bir vaqtda raisning oʻrinbosari hisoblanadigan mudir boshqaradi.
(V-boʻlimning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-sentabrdagi 359-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat kimyo komissiyasi raisi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlarni tashkil etadi va Davlat kimyo komissiyasiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini sinash dasturlarini shakllantirish va roʻyobga chiqarish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat kimyo komissiyasi mavzuli ish rejalarini tasdiqlaydi, uning soni va shaxsiy tarkibi boʻyicha takliflar kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekspert guruhi mudiri:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekspert guruhi faoliyatini tashkil etish va taʼminlash masalalarini hal qiladi, barcha pul va bank hujjatlarida birinchi imzo qoʻyish huquqiga ega, ekspert guruhiga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi, ekspertlar vazifalarini belgilaydi, Davlat kimyo komissiyasi vakolatiga kiruvchi masalalar koʻrib chiqilayotganda tegishli vazirliklar va idoralar tadbirlarida qatnashadi, raisning topshirigʻiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi davlat va boshqa organlarida hamda muassasalarida, shuningdek xalqaro tashkilotlarda komissiya nomidan vakillik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomalarini imzolaydi, kontraktlar va shartnomalar tuzadi, oʻz vakolatlari doirasida buyruqlar chiqaradi, ishonchnomalar beradi, bank schyotlarini ochadi, shtatlarni va xarajatlar smetasini tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekspert guruhi mudiri Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishi bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. DAVLAT KIMYo KOMISSIYASINING EKSPERT GURUHI MABLAGʻLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat kimyo komissiyasi ekspert guruhi xarajatlari respublika budjeti mablagʻlari, shuningdek, oʻz xoʻjalik faoliyatidan olingan mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilmiy tadqiqotlar, agrokimyobiopreparatlarni ekspertizadan, roʻyxatdan oʻtkazish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish va reklama qilish xarajatlari ishlanma egasi tomonidan toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat kimyo komissiyasi ekspert guruhi schyotiga tushgan mablagʻlardan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. DAVLAT KIMYo KOMISSIYASINING EKSPERT GURUHI ATRIBUTLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat kimyo komissiyasining ekspert guruhi Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan, oʻz nomi yozilgan muhrga, burchakli shtampga va firma blankalariga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VIII. DAVLAT KIMYo KOMISSIYASI VA UNING EKSPERT GURUHI FAOLIYATINI TOʻXTATISh TARTIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat kimyo komissiyasi va uning ekspert guruhi faoliyati belgilangan tartibda toʻxtatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
20-yanvardagi 33-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat kimyo komissiyasining Ekspert guruhi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TUZILMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 1-son, 6-modda)