06.05.2002 yildagi 154-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 06.05.2002 yildagi 154-son
Date of entry into force
06.05.2002
Hujjat 27.09.2002 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
JISMONIY SHAXSLAR TOMONIDAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIGA TOVARLAR OLIB KELINISHINI TARTIBGA SOLISH TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Koʻchirma]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlar olib kelinishini tartibga solish va ular yuklarini bojxonada rasmiylashtirish tartibini soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 2002-yil 1-iyundan boshlab tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib keluvchi jismoniy shaxslar uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ularni yuridik shaxs tashkil etmasdan eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish, ulgurji va chakana savdo qilish huquqi bilan yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida belgilangan tartibda majburiy roʻyxatdan oʻtkazish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy shaxslar tomonidan olib kelinadigan tovarlardan qoʻshilgan qiymat soligʻi, bojxona bojlari va yigʻimlar oʻrniga yagona bojxona toʻlovi toʻlashni nazarda tutuvchi bojxona toʻlovlari undirishning soddalashtirilgan tartibi joriy etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, jismoniy shaxslar tomonidan olib kelinadigan aksiz soligʻi solinadigan tovarlarga amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va stavkalar boʻyicha aksiz soligʻi solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-sentabrdagi 335-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 17-18-son, 142-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilab qoʻyilsinki, mazkur qarorning 1-bandiga muvofiq yuridik shaxs tashkil etmasdan eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish, ulgurji va chakana savdo qilish huquqi bilan yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan jismoniy shaxslar tomonidan olib kelingan tovarlarni sotish tovarlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilganligini va bojxona toʻlovlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bilan birgalikda oʻn kun muddatda Yagona bojxona toʻlovini undirish va uning summasini davlat budjetiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda tabaqalashtirilgan stavkalar qoʻllanilishi nazarda tutilsin, ular olib kelinadigan tovarlarning fizik oʻlchov birliklari va bojxona qiymati bilan oʻzaro muvofiqlashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Adliya vazirligi bilan birgalikda tovarlarning xususiyatidan, miqdoridan va ularning Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtilishi darajasidan kelib chiqib tovarlarning olib kelinishi maqsadini aniqlash tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda olib chiqilgan va olib kirilgan tovarlar hajmlarining bojxona organlarida elektron hisobga olinishi tizimini ishlab chiqsin va joriy etsin (maʼlumotlar har chorakda soliq organlariga berilgan holda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Davlat soliq qoʻmitasi Nazorat-taftish bosh boshqarmasining va Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi huzuridagi Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining mansabdor shaxslariga Oʻzbekiston Respublikasi nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi bilan kelishgan holda:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
import qiluvchi jismoniy shaxslarda tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kelinishini tasdiqlovchi hujjatlar mavjudligini rejadan tashqari tekshirish huquqi berilsin. Koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda tovar musodara qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlari sotuvchi ulgurji va chakana savdo subyektlarida, shuningdek umumiy ovqatlanish subyektlarida alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlari belgilangan tartibga muvofiq sotilishini rejadan tashqari tekshirish huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda har chorakda Vazirlar Mahkamasiga mazkur bandning bajarilishi natijalari toʻgʻrisida axborot taqdim etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2002-yil 6-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
154-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 9-son, 68-modda, 17-18-son, 142-modda; 2003-y., 1-2-son, 12-modda, 20-son, 187-modda; 2004-y., 44-son, 462-modda; 2006-y., 27-son, 250-modda, 46-47-son, 458-modda; 2007-y., 52-son, 534-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/886/3941-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)