06.05.2002 yildagi 154-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 06.05.2002 yildagi 154-son
Date of entry into force
06.05.2002
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
JISMONIY SHAXSLAR TOMONIDAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIGA TOVARLAR OLIB KELINISHINI TARTIBGA SOLISH TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Koʻchirma]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlar olib kelinishini tartibga solish va ular yuklarini bojxonada rasmiylashtirish tartibini soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 534-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-sentabrdagi 335-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 17-18-son, 142-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 3-noyabrdagi 518-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 44-son, 462-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 534-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Adliya vazirligi bilan birgalikda tovarlarning xususiyatidan, miqdoridan va ularning Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtilishi darajasidan kelib chiqib tovarlarning olib kelinishi maqsadini aniqlash tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda olib chiqilgan va olib kirilgan tovarlar hajmlarining bojxona organlarida elektron hisobga olinishi tizimini ishlab chiqsin va joriy etsin (maʼlumotlar har chorakda soliq organlariga berilgan holda).
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Davlat soliq qoʻmitasining mansabdor shaxslariga:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshiruvlarni muvofiqlashtirish boʻyicha vakolatli organ bilan kelishgan holda, import qiluvchi jismoniy shaxslarda tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kelinishini hamda bojxona toʻlovlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjudligini tekshirish huquqi berilsin. Koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda, tovar qonunchilikda belgilangan tartibda davlat daromadiga oʻtkaziladi;
(6-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ishonchli maʼlumotlar mavjud boʻlgan taqdirda, tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshiruvlarni muvofiqlashtirish boʻyicha vakolatli organni xabardor qilgan holda:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli ruxsatnomalarsiz, qalbaki aksiz markasi bilan yoki aksiz markasiz ishlab chiqarilgan yoki sotilayotgan alkogol va tamaki mahsulotlarini qonunchilikda belgilangan tartibda olib qoʻyish;
(6-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taqiqlangan tovarlarni (xizmatlarni) ishlab chiqarish va sotish holatlarini bartaraf etish boʻyicha tezkor tadbirlar oʻtkazish huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda mazkur bandning bajarilishi natijalari toʻgʻrisida har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etilsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 886-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/886/3941-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2002-yil 6-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
154-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 9-son, 68-modda, 17-18-son, 142-modda; 2003-y., 1-2-son, 12-modda, 20-son, 187-modda; 2004-y., 44-son, 462-modda; 2006-y., 27-son, 250-modda, 46-47-son, 458-modda; 2007-y., 52-son, 534-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/886/3941-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)