Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.05.2018 31.03.2015 yildagi 73-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 31.03.2015 yildagi 73-son
Date of entry into force
06.04.2015
Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.05.2018
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlari va davlat muassasalarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-sonli “Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Davlat organlari va davlat muassasalarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu qaror bilan tasdiqlangan Namunaviy nizom asosida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzlarining normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 31-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
73-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 31-martdagi 73-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlari va davlat muassasalarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAMUNAVIY NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga (keyingi oʻrinlarda Qonun deb ataladi) muvofiq davlat organlari va davlat muassasalarida (keyingi oʻrinlarda davlat organlari deb ataladi) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari (keyingi oʻrinlarda murojaat deb ataladi) bilan ishlash tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Qonunga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlarning jismoniy va yuridik shaxslari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar davlat organlariga murojaat qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu Nizomning amal qilishi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻrib chiqish tartibi maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi, fuqarolik protsessual, jinoyat-protsessual, jinoyat-ijroiya, xoʻjalik protsessual qonun hujjatlari va boshqa qonunlar bilan belgilangan murojaatlarga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlarining, shuningdek ular tarkibiy boʻlinmalarining oʻzaro yozishmalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza — huquqlarni, erkinliklarni va qonuniy manfaatlarni amalga oshirishda yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi iltimos bayon etilgan murojaat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taklif — davlat va jamiyat faoliyatini takomillashtirishga doir tavsiyalarni oʻz ichiga olgan murojaat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shikoyat — buzilgan huquqlarni, erkinliklarni tiklash va qonuniy manfaatlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi talab bayon etilgan murojaat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
anonim murojaat — jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yoki yuridik shaxsning toʻliq nomi, uning joylashgan joyi (pochta manzili) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilmagan yoxud ular haqida yolgʻon maʼlumotlar koʻrsatilgan, shuningdek imzo (elektron raqamli imzo) bilan tasdiqlanmagan murojaat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
murojaatning dublikati — aynan bir jismoniy yoki yuridik shaxsning murojaati nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
takroriy murojaat — avvalgi murojaatlar boʻyicha qabul qilingan qaror yuzasidan shikoyat qilingan yoki boshqacha tarzda norozilik bildirilgan, shuningdek, agar takroriy murojaat kelib tushgan paytda koʻrib chiqishning qonun hujjatlarida belgilangan muddati tugagan boʻlsa, avvalgi murojaat oʻz vaqtida koʻrib chiqilmaganligi haqida xabar qilingan, aynan bir jismoniy yoki yuridik shaxsdan kelib tushgan murojaat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron murojaat — elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan boshqa rekvizitlariga ega boʻlgan elektron hujjat shaklidagi murojaat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Murojaatlar ogʻzaki yoki yozma yoxud elektron shaklda berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlarining “ishonch telefoni”ga kelib tushgan murojaatlar ogʻzaki murojaat sifatida mazkur Nizomda belgilangan tartibda qayd etiladi, roʻyxatga olinadi va koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organining rasmiy veb-sayti orqali yoki davlat organining rasmiy elektron pochta manziliga kelib tushgan murojaatlar elektron murojaatlar tarzida qayd etiladi va ushbu Nizomda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (Hukumat portali) orqali kelib tushgan murojaatlar elektron murojaatlar tarzida qayd etiladi va Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-dekabrdagi 378-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali toʻgʻrisidagi nizom talablari hisobga olingan holda ushbu Nizomda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Murojaatlar arizalar, takliflar va shikoyatlar tarzida boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy va yuridik shaxslar yakka tartibda yoki jamoa boʻlib murojaat etishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Murojaatlar davlat tilida va boshqa tillarda berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Jismoniy shaxsning murojaatida uning familiyasi (ismi, otasining ismi), yashash joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va murojaatning mohiyati bayon etilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxsning murojaatida yuridik shaxsning toʻliq nomi, uning joylashgan joyi (pochta manzili) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan va murojaatning mohiyati bayon etilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yozma murojaat murojaat qiluvchi jismoniy shaxsning imzosi yoki murojaat qiluvchi yuridik shaxs rahbarining yoxud vakolatli shaxsining imzosi bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim. Jismoniy shaxsning yozma murojaatini murojaat qiluvchining imzosi bilan tasdiqlash imkoni boʻlmagan taqdirda, bu murojaat uni yozib bergan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanib, uning familiyasi (ismi, otasining ismi) ham qoʻshimcha ravishda yozib qoʻyilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektron murojaat elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlariga ega boʻlgan elektron hujjat shaklida boʻlishi lozim. Elektron murojaat qonunda belgilangan talablarga muvofiq boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlarga ularning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Murojaatlarni berish muddatlari, qoidaga koʻra, belgilanmaydi. Ayrim hollarda, agar bu davlat organining murojaatni koʻrib chiqish boʻyicha imkoniyatlariga, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini oʻz vaqtida amalga oshirish va himoya qilishni taʼminlash zaruratiga bogʻliq boʻlsa, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslarga koʻra, tegishli davlat organlariga murojaatni berish muddati belgilanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boʻysunuv tartibida yuqori organga ariza yoki shikoyat jismoniy yoki yuridik shaxsga uning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini buzuvchi harakat (harakatsizlik) sodir etilganligi yoxud qaror qabul qilinganligi maʼlum boʻlgan paytdan eʼtiboran uzogʻi bilan bir yildan kechiktirmay beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza yoki shikoyat berishning uzrli sabablarga koʻra oʻtkazib yuborilgan muddati arizani yoki shikoyatni koʻrib chiquvchi davlat organi tomonidan tiklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Davlat organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxemaga binoan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
101. Tushgan murojaatlarni qabul qilish, roʻyxatga olish va koʻrib chiqish uchun yuborish, shuningdek murojaatlarning hisobini yuritish va koʻrib chiqilishini nazorat qilish maqsadida davlat organida belgilangan umumiy shtatdagi xodimlar soni doirasida murojaatlar bilan ishlash boʻyicha alohida boʻlinma (keyingi oʻrinlarda murojaatlar bilan ishlash boʻlinmasi deb ataladi) tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Murojaatlar bilan ishlash boʻlinmasi davlat organlariga tushgan murojaatlar hajmidan, xodimlar soni va ish hajmidan kelib chiqqan holda alohida boʻlim, boʻlinma yoki guruh shaklida tashkil etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Murojaatlar bilan ishlash boʻlinmasi murojaatlarning koʻrib chiqilishini nazorat qilish masalalarida bevosita davlat organi rahbariga boʻysunadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Murojaatlar bilan ishlash boʻlinmasi va uning xodimlarining huquqlari va vazifalari ular toʻgʻrisidagi nizomlarda, ushbu Nizomda hamda murojaatlar bilan ishlash toʻgʻrisidagi boshqa hujjatlarda belgilanadi.
(101-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-avgustdagi 659-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2017-y., 34-son, 895-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Davlat organlari ushbu Nizom talablariga muvofiq murojaatlar bilan ishlashda elektron hujjat aylanishi tizimini joriy qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi orqali tushayotgan murojaatlar boʻyicha ish yuritish davlat organlari tomonidan elektron shaklda amalga oshiriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-avgustdagi 659-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 34-son, 895-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Murojaatlarni koʻrib chiqish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Davlat organida tushgan murojaatlarni qabul qilish, roʻyxatga olish va koʻrib chiqish uchun yuborish, murojaatlarning hisobini yuritish va koʻrib chiqilishini nazorat qilish murojaatlar bilan ishlash boʻlinmasi tomonidan amalga oshiriladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-avgustdagi 659-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 34-son, 895-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Elektron murojaatlar tushgan kunida qogʻozga bosib chiqarilishi, ish vaqti tamom boʻlgandan keyin tushgan taqdirda esa — navbatdagi ish kunida qogʻozga bosib chiqarilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Yozma va elektron (qogʻozga bosib chiqarilgan) murojaatlar murojaatlarni roʻyxatga olish jurnaliga tegishli yozuvlarni kiritish, ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha hisobga olish kartochkasini toʻldirish va murojaatning birinchi sahifasi quyi oʻng qismida roʻyxatga olish shtampini qoʻyish yoʻli bilan murojaatlar bilan ishlash boʻyicha boʻlinmada roʻyxatga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Murojaatlarni roʻyxatga olish jurnalida murojaatning tartib raqami, murojaat qilgan jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, uning yashash joyi, yuridik shaxsning nomi, uning manzili, murojaatning qisqacha mazmuni, murojaat qabul qilingan sana, dublikat yoki murojaatlarning takroriyligi, nazoratga olinganligi toʻgʻrisidagi belgi, ijrochi etib belgilangan davlat organi tarkibiy boʻlinmasi nomi, sana koʻrsatilgan holda ijro etish toʻgʻrisidagi belgi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayd etish shtampida davlat organining rasmiy nomi (agar davlat organining rasmiy nomi uzun boʻlsa umumqabul qilingan qisqartirilgan nom yoki qisqartma koʻrsatilishi mumkin), murojaatning kelib tushgan sanasi va qayd raqami koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Murojaatlarning tartib raqamlari har yil boshidan yangidan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Murojaat pochta orqali konvertda kelib tushganda konvertda murojaat va uning ilovalari borligi tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konvertda murojaatning mavjud emasligi yoki uning yaroqsizlanganligi, shuningdek murojaatda koʻrsatilgan ilovalarning yoʻqligi aniqlanganda ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, ulardan biri murojaatlar bilan ishlash boʻyicha boʻlinmada qoladi, ikkinchisi murojaat qiluvchiga konvertda koʻrsatilgan manzil boʻyicha joʻnatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelib tushgan murojaatlar konvertlari murojaat etuvchining manzilini, murojaatning joʻnatilgan va olingan vaqtini aniqlash uchun saqlab qolinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Ogʻzaki murojaatlar bilan kelgan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari murojaatlar bilan ishlash boʻyicha boʻlinmaning rahbari yoxud boshqa masʼul xodim, shuningdek davlat organi tarkibiy boʻlinmalarining (keyingi oʻrinlarda tarkibiy boʻlinma deb ataladi) rahbarlari yoxud boshqa masʼul xodimlari tomonidan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Murojaat qiluvchining shaxsini tasdiqlaydigan hujjatlar tekshirilgandan keyin ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha hisobga olish kartochkasi toʻldiriladi. Hisobga olish kartochkasi ogʻzaki murojaat sifatida roʻyxatga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari davlat organiga ogʻzaki murojaat etishganda ular tomonidan taqdim qilingan yozma murojaatlar hamda boshqa materiallar qabul qilinishi va ushbu Nizomning 16-bandiga muvofiq toʻldirilgan hisobga olish kartochkasiga ilova qilinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Roʻyxatga olingan murojaatlar kelib tushgan paytidan boshlab bir ish kunidan kechikmay davlat organi rahbariga, uning oʻrinbosariga yoki tarkibiy boʻlinma rahbariga kiritiladi, u masʼul tarkibiy boʻlinmani (xodimni) belgilagan holda murojaatni koʻrib chiqish boʻyicha rezolyutsiyani (topshiriqnomani) qoʻyadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Rezolyutsiya (topshiriqnoma) qoʻyilgan paytdan boshlab bir ish kuni mobaynida murojaatlar bilan ishlash boʻyicha boʻlinma murojaatni ijro etuvchi sifatida belgilangan tarkibiy boʻlinmaga (xodimga) imzo qoʻydirgan holda beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Davlat organiga kelib tushgan murojaatlar davlat organining ish yurituviga qabul qilinishi, boʻysunish tartibida davlat organining quyi boʻlinmasiga (tashkilotga) (keyingi oʻrinlarda quyi organ deb ataladi) yuborilishi yoki tegishliligi boʻyicha boshqa davlat organiga yuborilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Qoʻyilgan masalalarni hal etish oʻzining vakolati doirasiga kirmaydigan davlat organiga kelib tushgan murojaatlar besh kun muddatdan kechiktirmay davlat organining rahbari yoki tarkibiy boʻlinmaning rahbari tomonidan imzolangan xat bilan tegishli organlarga yuboriladi, bu haqda murojaat qiluvchiga yozma yoxud elektron shaklda xabar qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Murojaatni koʻrib chiqishi uchun asossiz ravishda boshqa davlat organlariga oʻtkazish yoxud qarorlari yoki harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilinayotgan organlarga yoki mansabdor shaxslarga yuborish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar murojaatlarda ularni tegishli organlarga yuborish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar mavjud boʻlmasa, u holda ular besh kun muddatdan kechiktirmay asoslantirilgan tushuntirish bilan murojaat qiluvchilarga qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Quyi organ tomonidan koʻrib chiqilishi kerak boʻlgan murojaatlar unga kelib tushgan kunidan boshlab besh kun muddatdan kechiktirmay xat bilan yoki davlat organining rahbari yoki tarkibiy boʻlinmaning rahbari tomonidan imzolangan topshiriq bilan birga yuborilishi, bu haqda murojaat qiluvchiga yozma yoxud elektron shaklda xabar berilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Agar murojaatda bir nechta tarkibiy boʻlinmaga tegishli masalalar mavjud boʻlsa, ularning barchasi murojaatni koʻrib chiqish boʻyicha ijro etuvchilar etib belgilanadi. Ijro etuvchilar orasida birinchi boʻlib koʻrsatilgan tarkibiy boʻlinma boshqa tarkibiy boʻlinmalar bilan birgalikda murojaat koʻrib chiqilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Murojaatni toʻliq, xolis va oʻz vaqtida koʻrib chiqish uchun qoʻshimcha maʼlumotlar, maʼlumotnomalar va materiallarga zaruriyat yuzaga kelgan taqdirda murojaatni koʻrib chiquvchi tarkibiy boʻlinma murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaxsdan, shuningdek ushbu davlat organining vakolatlari doirasida — belgilangan tartibda boshqa davlat organlaridan qoʻshimcha axborotni soʻrab olishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Agar murojaatda joyning oʻzida oʻrganishni talab etuvchi holat bayon qilingan boʻlsa, shuningdek boshqa zarur hollarda murojaatni koʻrib chiquvchi davlat organi murojaatni joyning oʻzida koʻrib chiqishni taʼminlashi mumkin. Murojaatni joyning oʻzida koʻrib chiqish davlat organi rahbarining topshirigʻi yoki uning roziligi bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Murojaatni murojaat qilgan yoki boshqa shaxsning ishtirokisiz koʻrib chiqishning imkoniyati boʻlmaganda, ular davlat organining mansabdor shaxsi tomonidan chaqirilishi mumkin. Chaqirilgan murojaat qiluvchi kelmagan taqdirda davlat organining mansabdor shaxsi murojaatni uning ishtirokisiz koʻrib chiqish mumkin emasligi toʻgʻrisida javob yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Agar murojaatda oʻrtaga qoʻyilgan masalalar xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatiga daxldor boʻlsa, ularning vakillari murojaatni koʻrib chiqishda ishtirok etish uchun davlat organlari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida jalb etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Zarur hollarda murojaatlarni koʻrib chiqish uchun davlat organi tomonidan tegishli mutaxassislar jalb etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha davlat organi tomonidan tegishli qaror qabul qilinadi, bu haqda darhol yozma yoxud elektron shaklda murojaat qiluvchiga xabar beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Murojaatni qoniqtirmasdan qoldirish toʻgʻrisidagi qarorni respublika ahamiyatiga molik davlat organida — rahbar, uning oʻrinbosarlari, tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari; viloyat ahamiyatiga molik davlat organida — rahbar, uning oʻrinbosarlari; tuman va shahar ahamiyatiga molik davlat organida — rahbar qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Murojaatga javob xatida murojaatda koʻrsatilgan har bir masala boʻyicha vajlarni rad etuvchi yoki tasdiqlovchi aniq asoslar (zaruriyatga qarab qonun hujjatlari normalariga havolalar qilingan holda) boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Murojaatga javob xati davlat organi yoki uning tarkibiy boʻlinmasi rahbari tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Murojaatlarga javob xati, mumkin qadar, murojaat etilgan tilda bayon qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Jismoniy yoki yuridik shaxslar jamoa boʻlib murojaat qilgan taqdirda, ularning murojaatlari Qonun talablariga muvofiq koʻrib chiqiladi. Bunda murojaatga javob murojaat qilganlarning roʻyxatida birinchi boʻlib koʻrsatilgan shaxsga yoki, ularning talabiga koʻra, boshqa shaxsga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Murojaat, unda koʻtarilgan barcha masalalar Qonun talablariga muvofiq koʻrib chiqilgan va murojaat qiluvchiga tegishli javob yuborilgan taqdirda koʻrib chiqilgan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Murojaat qiluvchiga javob yuborilgan kun murojaatni koʻrib chiqish tugallangan kun hisoblanadi, bu haqda murojaatlar bilan ishlash boʻyicha boʻlinma murojaatlarni roʻyxatga olish jurnaliga va hisobga olish kartochkasiga belgi qoʻyadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oraliq javoblar berilgan va toʻliq koʻrib chiqilmagan murojaatlar ijrodan yoki nazoratdan olinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Agar murojaatni koʻrib chiqish jarayonida murojaatning dublikati kelib tushsa, ushbu murojaat avval tushgan murojaat bilan birgalikda koʻrib chiqiladi hamda natijasi boʻyicha yagona javob beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar murojaatning dublikati murojaat koʻrib chiqilgan va javob yuborilgandan keyin kelib tushsa, u holda davlat organi murojaat qiluvchini bu haqda yozma ravishda xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Nazoratga olingan murojaat ushbu murojaatni nazoratga olgan rahbar yoki mansabdor shaxs tomonidan nazoratdan va ijrodan olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Yuqori davlat organining nazoratida turgan murojaatlar boʻyicha murojaatni koʻrib chiqqan davlat organi murojaat qiluvchiga yuborilgan javob xatining nusxasini ilova qilgan holda murojaatni koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisida yuqori davlat organiga yozma shaklda xabar beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Jismoniy va yuridik shaxslar oʻz murojaatlarini ular koʻrib chiqilgunga qadar va koʻrib chiqilayotgan vaqtda murojaat yuzasidan qaror qabul qilingunga qadar yozma yoxud elektron shaklda ariza berish yoʻli bilan qaytarib olish huquqiga ega. Bunday ariza tushgan taqdirda murojaatni koʻrib chiqish toʻxtatiladi va uch kun mobaynida murojaat davlat organining xati bilan murojaat qiluvchiga qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Murojaatni qaytarib olish toʻgʻrisidagi ariza davlat organlari tomonidan qonun buzilishlarini aniqlash va bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrilishini istisno etmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Koʻrib chiqilgan murojaatlarni va ular bilan bogʻliq materiallarni saqlash murojaatlar bilan ishlash boʻyicha boʻlinmada belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Murojaatlarni koʻrib chiqish muddatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Ariza yoki shikoyat masalani mazmuni boʻyicha hal etishi shart boʻlgan davlat organiga kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn besh kun mobaynida, qoʻshimcha oʻrganish va (yoki) tekshirish, qoʻshimcha hujjatlarni soʻrab olish talab etilganda esa bir oygacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza va shikoyatlarni koʻrib chiqish uchun tekshirish oʻtkazish, qoʻshimcha materiallarni soʻrab olish yoxud boshqa chora-tadbirlar koʻrish zarur boʻlgan hollarda, ularni koʻrib chiqish muddatlari tegishli davlat organi rahbari tomonidan, istisno tariqasida, koʻpi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin, bu haqda murojaat etuvchiga xabar qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Taklif davlat organiga kelib tushgan kundan eʼtiboran bir oygacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqiladi, qoʻshimcha oʻrganishni talab etadigan takliflar bundan mustasno, bu haqda taklifni kiritgan jismoniy yoki yuridik shaxsga oʻn kun muddatda yozma shaklda xabar qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Ayrim hollarda davlat organining rahbari yoki uning oʻrinbosarlari murojaatlarni koʻrib chiqish muddatlarini qisqartirishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Murojaatlar bilan ishlash muddatlari ular davlat organiga kelib tushgan kundan boshlab hisoblanadi. Agar tegishli muddatning oxirgi kuni dam olish va bayram kunlariga toʻgʻri kelsa, navbatdagi ish kuni muddat tugaydigan kun hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Murojaatlarni koʻrmay qoldirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Quyidagi murojaatlar koʻrib chiqilmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
anonim murojaatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar, ularning vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunda belgilangan boshqa talablarga muvofiq boʻlmagan murojaatlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Murojaatni anonim deb eʼtirof etish murojaatlar bilan ishlash boʻyicha boʻlinma yoki murojaatni koʻrib chiquvchi tarkibiy boʻlinma tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Murojaat anonim deb eʼtirof etilganda bu haqda xulosa tuziladi. Xulosada murojaatni anonim deb eʼtirof etish uchun asoslar koʻrsatiladi. Murojaatni anonim deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi xulosa murojaatlar bilan ishlovchi boʻlinma rahbari yoki tarkibiy boʻlinma rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlarining “ishonch telefonlari”ga tushgan murojaatlar Qonunda va ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda anonim deb eʼtirof etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Anonim deb eʼtirof etilgan murojaatlar xulosa tasdiqlangan paytdan boshlab nazoratdan yoki ijrodan olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar kelib tushganda, murojaatlar bilan ishlash boʻyicha boʻlinma yoki tarkibiy boʻlinma ularning vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjudligini tekshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar murojaatda jismoniy va yuridik shaxs vakilining vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjud boʻlmasa, bu haqda murojaatlar bilan ishlash boʻyicha boʻlinmaning rahbari yoki tarkibiy boʻlinma rahbari tomonidan tasdiqlanadigan xulosa tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy va yuridik shaxs vakilining vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjud emasligi toʻgʻrisidagi xulosa tasdiqlangan paytdan boshlab ushbu murojaat koʻrib chiqilmaydi, bu haqda murojaat qiluvchi yozma ravishda xabardor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilishni tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Davlat organlarida va ularning tarkibiy boʻlinmalarida belgilangan kunlar va soatlarda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning yuridik vakillarini qabul qilish davlat organi rahbari yoxud boshqa vakolatli shaxs tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Davlat organida jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ushbu davlat organi rahbari tomonidan tasdiqlangan jadvalga asosan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlarida, zaruriyat boʻlganda, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish uchun alohida xona ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Qabul qilish jadvallari va uni oʻtkazish vaqti, joyi hamda qabulga oldindan yozilish tartibi toʻgʻrisidagi axborot, shuningdek qabul qilish tartibi davlat organlarining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilish, shuningdek ularning maʼmuriy binosida hamma kirishi mumkin boʻlgan joylardagi stendlarga yoki boshqa texnik vositalarga joylashtirish orqali manfaatdor shaxslar eʼtiboriga yetkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy shaxs ogʻzaki murojaat etayotganda oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjatni, yuridik shaxsning vakili esa — oʻz vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatni, shuningdek oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjatni koʻrsatishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Murojaatlar bilan ishlash boʻyicha boʻlinma qabulga kelgan jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilishni, shuningdek jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish bilan bogʻliq ishlarni tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Davlat organida jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish murojaatlar bilan ishlash boʻyicha boʻlinma yoki tegishli tarkibiy boʻlinma xodimlari ishtirokida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiluvchi rahbar yoki vakolatli shaxsning koʻrsatmasi boʻyicha davlat organining boshqa xodimlari ham qabul qilish jarayoniga jalb etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Agar jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qilish paytida murojaatda bayon qilingan masalalarni hal etish davlat organining vakolatiga kirmasligi aniqlangan taqdirda, ularga murojaatda bayon qilingan masalalarni hal etish uchun qaysi organga yoki tashkilotga murojaat qilish kerakligi tushuntiriladi. Bunda jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining talabi bilan bu haqda yozma shaklda javob beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Davlat organining rahbari yoki boshqa vakolatli shaxslari tomonidan sayyor shaxsiy qabullar tashkil etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Sayyor shaxsiy qabullar vaqtida murojaatlar bilan ishlash boʻyicha boʻlinmaning rahbari va davlat organining boshqa masʼul xodimlari ishtirok etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Sayyor shaxsiy qabullar davlat organi rahbari tomonidan tasdiqlanadigan jadvalga muvofiq oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zarur hollarda jadvalda nazarda tutilmagan sayyor shaxsiy qabullar oʻtkazilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Sayyor shaxsiy qabullarni oʻtkazish vaqti, joyi hamda qabulga oldindan yozilish tartibi toʻgʻrisidagi axborot ushbu Nizomning 47-bandida belgilangan tartibda manfaatdor shaxslar eʼtiboriga yetkaziladi, shuningdek mahalliy ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarining sayyor shaxsiy qabullar vaqtida berilgan ogʻzaki murojaatlari ushbu Nizomning 16-bandiga muvofiq rasmiylashtiriladi va roʻyxatga olinadi hamda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Murojaatlarni koʻrib chiqishda jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va davlat organlarining majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Murojaat davlat organlari tomonidan koʻrib chiqilayotganda jismoniy va yuridik shaxs murojaat koʻrib chiqilishining borishi haqida axborot olish, shaxsan vajlarini bayon etish va tushuntirishlar berish, murojaatni tekshirish materiallari hamda uni koʻrib chiqish natijalari bilan tanishish, qoʻshimcha materiallar taqdim etish yoki ularni boshqa organlardan soʻrab olish toʻgʻrisida iltimos qilish, advokat yordamidan foydalanish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy va yuridik shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq murojaatlarni koʻrib chiqishda boshqa huquqlardan ham foydalanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58. Davlat organlarining murojaatni koʻrib chiquvchi mansabdor shaxslari yoki boshqa vakolatli shaxslari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxsga ularning huquqlariga, erkinliklariga hamda qonuniy manfaatlariga daxldor hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan, agar ularda davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirlarni tashkil etuvchi maʼlumotlar mavjud boʻlmasa, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlariga, erkinliklariga hamda qonuniy manfaatlariga, jamiyat va davlat manfaatlariga zarar yetkazmasa, tanishib chiqish imkoniyatini taʼminlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
murojaatni koʻrib chiqish natijalari yuzasidan qabul qilingan qarorning ijrosini nazorat qilishi, shuningdek agar jismoniy yoki yuridik shaxsga uning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari buzilishi natijasida moddiy zarar yoki maʼnaviy ziyon yetkazilgan boʻlsa, qonunda belgilangan tartibda moddiy zararning oʻrnini qoplash yoki maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qilish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
murojaat etuvchiga koʻrib chiqish natijalari hamda qabul qilingan qaror haqida murojaat koʻrib chiqilganidan soʻng zudlik bilan yozma yoxud elektron shaklda xabar qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Murojaat yuzasidan qaror qabul qilgan davlat organining mansabdor yoki boshqa vakolatli shaxsi, agar jismoniy yoki yuridik shaxs qarorga rozi boʻlmasa, uning yuzasidan shikoyat berish tartibini tushuntirishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Murojaatlar koʻrib chiqilishini nazorat qilish.
Murojaatlarni umumlashtirish va tahlil qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59. Murojaatlar bilan ishlash boʻyicha boʻlinma tarkibiy boʻlinmalar tomonidan murojaatlar koʻrib chiqilishini doimiy nazorat qiladi va uning monitoringini olib boradi, ularning oʻz vaqtida va zarur tarzda koʻrib chiqilishini taʼminlash chora-tadbirlarini koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Murojaatlar bilan ishlash boʻyicha boʻlinma murojaatlarni koʻrib chiqish muddatlari va tartibi tarkibiy boʻlinmalar tomonidan buzilishi toʻgʻrisida davlat organi rahbarini darhol xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Murojaatlar bilan ishlash boʻyicha boʻlinma monitoring natijalari boʻyicha har oyda davlat organi rahbariga murojaatlar koʻrib chiqilishining holati toʻgʻrisidagi axborotni, zaruriyat boʻlganda, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, murojaatlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishiga yoʻl qoʻygan davlat organi xodimlariga nisbatan javobgarlik choralarini koʻrish yuzasidan tegishli takliflar bilan birgalikda taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60. Davlat organi jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari, shuningdek jamiyat va davlatning manfaatlari buzilishini keltirib chiqaruvchi sabablarni aniqlash va bartaraf etish maqsadida har chorakda murojaatlarni umumlashtirish va tahlil qilishni taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tahlil natijalari boʻyicha murojaatlar bilan ishlash boʻyicha boʻlinma yoki tarkibiy boʻlinma davlat organi rahbariga davlat organida murojaatlarni koʻrib chiqishning qonuniyligini taʼminlash va samaradorligini oshirish, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari, shuningdek jamiyat va davlatning manfaatlari buzilishini keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etish, qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
601. Davlat organlari har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga murojaatlar bilan ishlash toʻgʻrisida hisobot taqdim etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
602. Murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari Oʻzbekiston Respublikasi Interaktiv davlat xizmatlari yagona portalida, davlat organining rasmiy veb-saytida, bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida har oyda eʼlon qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
603. Murojaatlar bilan ishlash boʻlinmasi tushgan murojaatlarni tahlil qilish yakunlari boʻyicha davlat organining rasmiy veb-saytida tegishli statistika hisobotlarini har oy eʼlon qiladi.
(601 — 603-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-avgustdagi 659-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2017-y., 34-son, 895-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VIII. Murojaatlarni koʻrib chiqish muddatlari va tartibi buzilganligi uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish va koʻrib chiqishni qonunga xilof ravishda rad etish, ularni koʻrib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish, yozma yoxud elektron shaklda javob yubormaslik, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga zid qaror qabul qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklanishini, murojaat munosabati bilan qabul qilingan qarorning bajarilishini taʼminlamaganlik, jismoniy shaxslarning shaxsiy hayoti toʻgʻrisidagi yoxud yuridik shaxslarning faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ularning roziligisiz oshkor etish, jismoniy va yuridik shaxsni murojaat qilganligi munosabati bilan yoxud bildirilgan fikri va murojaatidagi tanqid uchun taʼqib qilish, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini boshqacha tarzda buzish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
62. Qonun va ushbu Nizom talablariga rioya etishni taʼminlash uchun javobgarlik davlat organlari rahbarlariga va ularning oʻrinbosarlariga, murojaatlar bilan ishlash boʻyicha boʻlinmalar va tegishli tarkibiy boʻlinmalar rahbarlariga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlari va davlat muassasalarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlari va davlat muassasalarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI

* Murojaatlar davlat organlariga yuqori davlat organlari yoki tegishliligi boʻyicha boshqa davlat organlari orqali ham tushishi mumkin. Zarur hollarda fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqish yuqori davlat organi tomonidan nazoratga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlari va davlat muassasalarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

‎‎(Old tomoni)
‎JISMONIY VA YuRIDIK ShAXSLARNING
‎MUROJAATLARINI QAYD ETISh KARTOChKASI

‎‎Tartib raqami: ‎‎Savol:
‎‎Murojaat qiluvchi:
‎‎Manzili:
‎‎Murojaat kelib tushgan sana: ‎‎Murojaat qiluvchilar soni:
‎‎Murojaatning shakli: ‎‎Varaqlar soni:
‎‎Qabul shakli: ‎‎Dublikat/ takroriy
‎‎Murojaatning turi: ‎Oldingi murojaatning sanasi va raqami:
‎‎Nazorat turi: ‎‎
‎‎Murojaatning qisqacha mazmuni:
Rezolyutsiyani (topshiriqni) imzolagan rahbar:
‎‎Rahbarning rezolyutsiyasi (topshirigʻi): Bajarish muddati:
‎‎Tarkibiy boʻlinma:‎ ‎‎Ijrochi:

‎‎‎(Orqa tomoni)

‎‎Murojaatlarni koʻrib chiqishning holati

‎‎Yuborilgan sana ‎‎Qayerga yuborilgan ‎‎Javob xatining raqami va sanasi
‎‎ ‎‎ ‎‎
Muddati uzaytirilgan:‎‎‎ ‎‎Kim tomonidan: ‎‎‎(imzo)
‎‎Javob xati kelgan sana:
Koʻrib chiqish natijalarining qisqacha mazmuni:

‎‎Nazoratdan olindi
‎(kim tomonidan):
‎‎‎
‎Sana:
‎‎Bajaruvchining
‎imzosi:

‎‎‎‎Bajarilgan sana:‎‎
‎‎Murojaatni koʻrib chiqish muddati buzilganligi haqidagi belgi:
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 13-son, 154-modda; 2017-y., 34-son, 895-modda)