Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.09.2019 03.04.2002 yildagi 111-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 03.04.2002 yildagi 111-son
Date of entry into force
03.04.2002
Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.09.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ATROF TABIIY MUHITNING DAVLAT MONITORINGI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-sentabrdagi 737-sonli “O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “1999—2005-yillarda O‘zbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish ishlari dasturi to‘g‘risida” 1999-yil 20-oktabrdagi 469-son qarorini bajarish yuzasidan hamda atrof tabiiy muhit holatini, tabiiy resurslardan foydalanilishini kuzatish, atrof tabiiy muhitni baholash, uning ifloslanish darajasini prognoz qilish va salbiy jarayonlar oqibatlarini bartaraf etish, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish sohasida davlat nazorati yuritilishini axborot bilan ta’minlash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi:
(2-bandning birinchi xatboshsi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 42-son, 446-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq idoraviy nizomlarni ikki oy muddatda ishlab chiqsinlar va kelishsinlar hamda belgilangan tartibda tasdiqlasinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2002-yil oxirigacha O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning monitoringi dasturini ishlab chiqsinlar va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘rsatib o‘tilgan Dasturni amalga oshirish bilan bog‘liq sarf-xarajatlarni kalendar yilga ajratiladigan umumiy budjet mablag‘lari doirasida mablag‘ bilan ta’minlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari T. Xoltoyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. CULTONOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2002-yil 3-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
111-son

Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 3-apreldagi 111-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1. Atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi atrof tabiiy muhitning ifloslanish darajasini aniqlash, uning holatini baholash, salbiy jarayonlarni prognoz qilish va ularning oqibatlarini bartaraf etish maqsadida boshqa antropogen faoliyat ta’siri va tabiiy resurslardan foydalanish tufayli atrof tabiiy muhitning ifloslanishi va boshqa zararli ta’sirlarga (jarayonlarga) uchrashi muntazam kuzatiladigan va tasdiqlangan dastur bo‘yicha bajariladigan tizim hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Atrof tabiiy muhitning biotik va abiotik qismlari hamda tabiiy resurslardan foydalanish, shuningdek tabiiy muhitga ta’sir ko‘rsatishning tabiiy, texnogen va tabiiy-texnogen omillari va manbalari monitoring obyektlari hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atrof tabiiy muhitning ifloslanishi darajasini, shuningdek antropogen ta’sirlar ostida unda yuz berayotgan jarayonlarni kuzatishni tashkil etish va yuritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atrof muhitning ifloslanish darajasini baholash va prognoz qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
unda yuz berayotgan salbiy jarayonlarning oldini olish va bartaraf etishga doir tavsiyalarni ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atrof muhit muhofazasi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, tabiiy resurslarning davlat kadastrlari sohasida davlat nazoratini axborot bilan ta’minlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha o‘tkaziladi va u quyidagilardan iborat bo‘ladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ifloslanish manbalari monitoringi (emissiya);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atmosfera ifloslanishi monitoringi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
er usti va yer osti suvlari ifloslanishi monitoringi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xavfli tabiiy-texnogen jarayonlar monitoringi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
erning va yer ustidagi ekotizimning ifloslanishi monitoringi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fon monitoringi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi quyidagi darajalar bo‘yicha amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika monitoringi (O‘zbekiston Respublikasining butun hududini qamrab oladi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mintaqaviy monitoring (fizik-geografik, ma’muriy va boshqa chegaralar bilan cheklangan hududni qamrab oladi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy (impakt) monitoring (muayyan tabiiy-texnogen va landshaft-ekologik komplekslar hududini qamrab oladi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi tabiiy muhitning holati ustidan maxsus tashkil etilgan tizimli kuzatishlarni (punktlarda kuzatish, suratga olish, tekshirish, qidirish va masofadan turib kuzatish), o‘zgarishlarni aniqlash, baholash va prognoz qilishni o‘z ichiga oladi. Ular quyidagilardan iboratdir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atrof tabiiy muhitga ta’sir ko‘rsatish manbalarining holati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atrof tabiiy muhitga ta’sir ko‘rsatishning fizik, kimyoviy va biologik jarayonlari va omillari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atmosfera havosining, yer usti va yer osti suvlarining, tuproqning, yer ustidagi ekologik tizimlar va geologik muhitning ifloslanish darajasi holati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘simlik va hayvonot dunyosining holati hamda texnogenez ta’sir ostida ularning ifloslanishi jarayonlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Atrof tabiiy muhitning holatini baholash izchil kuzatishlarni (davriy va joriy), o‘zgarishlarning yo‘nalishi va intensivligini umumlashtirish va tahlil etish, olingan ko‘rsatkichlarni atrof tabiiy muhitning sifat holati normativlari bilan taqqoslash yo‘li bilan hamda ehtimol tutilgan ekologik zararni hisobga olgan holda bajariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Atrof tabiiy muhitning holatini baholash natijalari bo‘yicha tezkor ma’lumotlar, axborotlar, prognozlar va tavsiyalar tuziladi hamda ularga o‘zgarishlarning, ayniqsa salbiy o‘zgarishlarning dinamikasini, yo‘nalishi va intensivligini tavsiflovchi mavzuli xaritalar, jadvallar va diagrammalar ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi vazirliklar, idoralar va xo‘jalik boshqaruv organlarining monitoring tizimlarini birlashtirish asosida shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Davlat monitoringi bo‘yicha ishlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning monitoringi dasturi bo‘yicha o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Atrof tabiiy muhit obyektlari monitoringi atrof tabiiy muhit monitoringini yurituvchi vazirliklar, idoralar va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan yagona metodika bo‘yicha amalga oshiriladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ifloslanish manbalari monitoringi va yer usti ekotizimlari monitoringi — O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan;
(12-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atmosfera ifloslanishi, yer usti suvlarining (tabiiy suv oqimlarining), tuproqning ifloslanishi va fon monitoringi — Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan;
(12-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asosiy suv oqimlaridagi kollektor-drenaj suvlari sifati (minerallashishi) monitoringi — O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan;
(12-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yerlarning ifloslanishi monitoringi — O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi tomonidan;
(12-bandning beshinchi xatboshsi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 42-son, 446-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer osti suvlari va xavfli geologik jarayonlar monitoringi — O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atrof tabiiy muhit sanitariya-gigiyenik monitoringi — O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Atrof tabiiy muhitning idoraviy monitoringi faoliyati atrof tabiiy muhit holatining yomonlashishiga olib kelayotgan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan vazirliklar, idoralar hamda xo‘jalik boshqaruvchi organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirliklar, idoralar va xo‘jalik boshqaruvi organlarining atrof tabiiy muhit davlat monitoringi sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
(12-bandning to‘qqizinchi xatboshsi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 42-son, 446-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Davlat monitoringi tizimida atrof tabiiy muhitning holati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi vazirliklar, idoralar va xo‘jalik boshqaruvi organlari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining tegishli xizmatiga atrof tabiiy muhitning holati to‘g‘risidagi umumlashtirilgan axborotlarni (hisobotlar, axborotlar, davriy byulletenlarni) bepul berishadi.
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi va tegishli idoraviy xizmatlar manfaatdor korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga atrof tabiiy muhit holati to‘g‘risidagi maxsus maqsadli axborotni ularning so‘rovlari bo‘yicha shartnomaviy asosda taqdim etishadi, davlat dasturlari doirasida o‘tkaziladigan tadqiqotlarni, shuningdek Hukumat so‘rovlari asosida ta’minlash hollari bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Monitoring bo‘yicha axborotlarni umumlashtirish 2-ilovaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat axborot-tahlil markazi, shuningdek vazirliklar, idoralar va xo‘jalik boshqaruvi organlarining idoraviy axborot-tahlil bo‘linmalari (xizmatlari) tomonidan amalga oshiriladi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Quyidagilar Davlat axborot-tahlil markazi tomonidan amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha idoraviy axborot tizimlari bilan axborot bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atrof tabiiy muhitning ifloslanishi darajasi va tabiiy resurslardan foydalanish to‘g‘risidagi umumlashtirilgan ma’lumotlarni integratsiyalash va tahlil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atrof tabiiy muhitning monitoringi davlat dasturlari bajarilishini nazorat qilish, unga tuzatishlar kiritish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va umumlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika va ma’muriy-hududiy tuzilmalar doirasida ekologik vaziyat o‘zgarishlarini prognoz qilish, antropogen faoliyat tufayli tabiiy muhitga yetkaziladigan zararni baholash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tabiatdan foydalanishni boshqarishni, tabiiy resurslarni muhofaza qilish va ekologik nazoratni axborotlar bilan ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi va jamoatchilikni ekologik vaziyat to‘g‘risida xabardor qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Mazkur Nizomning 12-bandida ko‘rsatilgan vazirliklar, idoralar va xo‘jalik boshqaruvi organlarining idoraviy axborot-tahlil bo‘linmalari (xizmatlari) Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan metodika bo‘yicha quyidagilarni amalga oshiradilar:
(16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tabiiy ekologik tizimlar yoki ma’muriy-hududiy tuzilmalar doirasida barcha kuzatish va nazorat qilish xizmatlari bilan axborot bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ma’muriy-hududiy tuzilmalar va tabiiy ekologik tizimlar doirasida tabiiy muhit, tabiiy resurslarning ahvoli to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash, ishlash, tahlil qilish va axborot tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atrof tabiiy muhitning monitoringi mintaqaviy (hududiy) dasturi bajarilishini nazorat qilish, unga tuzatishlar kiritish va uni rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tabiiy muhit komponentlarining o‘zgarishini prognoz qilish va hududiy tuzilmalar doirasida ekologik halokatlar, favqulodda ekologik vaziyatlar zonalarining, shuningdek tabiiy muhitdagi salbiy o‘zgarishlar vujudga kelishining oldini olish tadbirlarini axborot bilan ta’minlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Kuzatishlarning muddatlari va davriyligiga ko‘ra atrof tabiiy muhitning ahvoli to‘g‘risidagi axborotlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yil davomida muntazam ravishda olinadigan va atrof tabiiy muhit obyektlarida ro‘y beradigan o‘zgarishlarni qayd qiluvchi joriy axborotga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yillar va davrlar bo‘yicha muntazam ravishda olinadigan tabiiy tusdagi davriy axborotga bo‘linadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Tabiiy muhit, texnogen ekologik tizimlarning ahvoli va tabiiy resurslardan foydalanish ustidan kuzatishlar vaqtida olingan joriy axborotlar ma’muriy-hududiy tuzilmalar bo‘yicha hamda alohida tabiiy komplekslar bo‘yicha umumlashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Davriy axborot O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari va xo‘jalik boshqaruvi organlarining tegishli axborot-tahlil bo‘linmalari (xizmatlari) tomonidan monitoring bo‘yicha joriy axborot asosida umumlashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Vazirliklar, idoralar va xo‘jalik boshqaruvi organlarining axborot-tahlil bo‘linmalari (xizmatlari) har yili 1-martdan kechikmay O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga va joylardagi davlat hokimiyati organlariga mintaqalar bo‘yicha tabiiy muhitning ahvoli to‘g‘risida axborotlar (hisobotlar) taqdim etadilar, alohida xavfli va yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan chegaradan tashqari jarayonlar aniqlangan taqdirda tezkor (shoshilinch) ma’lumotlar jo‘natadilar.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Davlat axborot-tahlil markazi vazirliklar, idoralar va xo‘jalik boshqaruvi organlari hisobotlari asosida har yili 15-aprelgacha O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning va tabiiy resurslardan foydalanishning ahvoli to‘g‘risidagi milliy axborotni tuzadi va nashr etadi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Atrof tabiiy muhit davlat monitoringi tizimini yuritish ishlari budjetdan mablag‘ bilan ta’minlanadigan vazirliklar va idoralar tomonidan ularga kalendar yil uchun ajratilgan umumiy budjet mablag‘lari doirasida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Atrof tabiiy muhit monitoringi bo‘yicha davlatlararo va xalqaro dasturlarni mablag‘ bilan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi tomonidan boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan tuziladigan bitimlar va shartnomalarda belgilangan tartibda va shartlarda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi to‘g‘risida nizomga
1-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi tizimining amal qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi to‘g‘risida nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi ma’lumotlarini uzatish va umumlashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 7-son, 49-modda; 2004-y., 15-son, 179-modda; 42-son, 446-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)