Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Misr Arab Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Havo transporti toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Misr Arab Respublikasi Hukumati, bundan keyin “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb ataluvchilar,
Chikago shahrida 1944-yilning 7-dekabrida imzolashga ochilgan Xalqaro fuqaro aviatsiyasi toʻgʻrisidagi Konvensiyani tan olgan holda,
har ikkala davlat hududlari oʻrtasida havo yoʻli bilan bogʻlanishni tashkil etish uchun ushbu Bitimni tuzish maqsadida,
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
1-modda
1. Ushbu Bitim maqsadlari uchun foydalanadigan atamalarning maʼnosi quyidagicha:
a) “aviatsiya maʼmurlari” — Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan Fuqaro aviatsiyasi Bosh direktori yoki hozirgi vaqtda u bajarayotgan ishlarni amalga oshirishga vakil qilingan har qanday shaxs yoki tashkilot va Misr Arab Respublikasiga nisbatan — Fuqaro aviatsiyasi vaziri, Misr fuqaro aviatsiyasi tashkilotining raisi hamda hozirgi vaqtda shu tashkilot tomonidan bajarilayotgan vazifalarni bajarishga tayinlangan shaxs yoki tashkilot;
b) “tayinlangan aviatsiya korxonasi yoki korxonalar” — ushbu Bitimning 4-moddasiga muvofiq tayinlangan va vakil qilingan aviatsiya korxonasi(lar);
c) “hudud” davlatga nisbatan — mazkur davlat tarkibidagi yerlar va ichki suvlar hamda osmon boʻshligʻi;
d) “Konvensiya” — Chikago shahrida 1944-yilning 7-dekabrida imzolashga ochilgan Xalqaro fuqaro aviatsiyasi toʻgʻrisidagi Konvensiya, shuningdek Ahdlashuvchi Tomonlarga tatbiq etish maqsadida ushbu Konvensiyaning 90-moddasiga binoan qabul qilingan har qanday ilova va oʻzgartirishlar, hamda Oʻzbekiston Respublikasi va Misr Arab Respublikasi tomonidan imzolangan ushbu Konvensiyaning 94-moddasiga binoan qabul qilingan Konvensiyaga oʻzgartirishlar;
e) “havo qatnovi”, “xalqaro havo qatnovi”, “aviatsiya korxonasi” va “notijoriy maqsadlarda toʻxtash” — Konvensiyaning 96-moddasida koʻrsatilgandek oʻz maʼnolariga ega;
f) “kelishilgan qatnovlar” — ushbu Bitimning Ilovasida koʻrsatilgan marshrutlar boʻyicha kelishib olingan qatnov hajmiga binoan doimiy ravishda havo orqali yoʻlovchilar va yuk tashuvlari;
g) “barcha turdagi yuklarni havo orqali tashish” — yoʻlovchilarni tashish man etilgan havo kemasida alohida yoki qoʻshma holda yuklar va pochtalarni (kuzatuvchi bilan) xalqaro havo tashuvlari;
h) “tayinlangan aviatsiya korxonasi” — ushbu Bitimning 2-moddasiga (“Tayinlash”) va 4-moddasiga (“Huquqlar berish”) muvofiq tayinlangan va vakolatlangan aviatsiya korxonasi(lari);
i) “kelishib olingan marshrut” — ushbu Bitimning Ilovasida koʻrsatilgan marshrut;
j) “tariflar” — pochtalarni tashish uchun vositachilik haqi va toʻlovidan tashqari tayinlangan aviatsiya korxonalari tomonidan yoʻlovchi va yuklarni tashish uchun belgilanadigan toʻlovlar va shart-sharoitlar.
2. Ushbu Bitimning Ilovasi uning ajralmas qismi deb hisoblanadi.
2-modda
Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonga, ushbu Bitimning Ilovasida koʻrsatilgan marshrutlar boʻyicha xalqaro havo yoʻllarini (bundan keyin “kelishib olingan havo qatnovi” va “kelishib olingan havo yoʻllari” deb ataluvchi) belgilash maqsadida ushbu Bitimda koʻzda tutilgan huquqlarni beradi.
3-modda
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomonning aviakorxonasi(lari) kelishib olingan yuk tashuvlarini belgilangan marshrutlarda bajarayotgan quyidagi kabi huquqlardan foydalanadi:
a) boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududi ustidan qoʻnmasdan uchib oʻtish;
b) ushbu Bitimning Ilovasida koʻrsatilgan boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududidagi punktlarida tijorat maqsadlarisiz qoʻnishni amalga oshirish;
c) ushbu Bitimning Ilovasida koʻrsatilgan boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududidagi shu marshrut uchun kelishib olingan punktlarda yoʻlovchilarni, yuk va pochtani olish yoki tushirish uchun qoʻnishni amalga oshirish.
2. Ushbu moddaning 1-bandida hech nima Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududidagi bandlar oʻrtasida mukofot (pul) uchun yoki yollanish yoʻli bilan bortga yoʻlovchilar va yuk olishga huquq beradi deb hisoblanmaydi.
3. Tayinlangan marshrutlarning bandlarida Ahdlashuvchi Tomonlar kelishilgan havo yoʻllaridan, aeroportlardan va boshqa uskunalardan foydalanishda har bir tayinlangan aviakorxonalar bir xil huquqlarga ega boʻladilar.
4. Kelishib olingan marshrutlarda havo kemalarining eksplutatsiyasiga, yoʻlovchilar, yuk va pochtani tashish oid barcha texnik va tijorat masalalari, shuningdek tijorat sohasida hamkorlik masalalari, xususan jadvalga binoan havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish, moliyaviy hisoblarni amalga oshirish kabi masalalar Ahdlashuvchi Tomonlarning tayinlangan aviakorxonalari oʻrtasida kelishuv yoʻli bilan hal qilinishi va Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsion maʼmuriyatlariga tasdiqlatish uchun taqdim qilinishi lozim.
4-modda
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonga tayinlangan marshrutlardan foydalanish uchun aviakorxona tayinlanganligi toʻgʻrisida yozma ravishda xabar berish huquqiga ega.
2. Boshqa Ahdlashuvchi Tomon bunday xabarnomani olgandan soʻng ushbu moddaning 3 va 4-bandlariga muvofiq holda darhol har bir tayinlangan aviakorxona(lar)ga parvoz uchun ruxsatni taqdim etishi lozim.
3. Ahdlashuvchi Tomonning aviatsion maʼmuriyati parvozga ruxsatni bergunga qadar boshqa Ahdlashuvchi Tomon tayinlangan aviakorxonadan xalqaro havo yoʻllaridan foydalanish uchun odatda qoʻllaniladigan qonun va instruksiyalar shartlarini bajara olishiga isbot talab qilishi mumkin.
4. Har bir Ahdlashuvchi Tomon ushbu moddaning 2-bandiga binoan parvozni bajarish uchun ruxsatni berishni rad qilishga yoki tayinlangan aviakorxona tomonidan 3-moddada koʻrsatilgan huquqlardan foydalanilgan vaqtda oʻzi lozim deb bilgan shartlarni qachonki eslatib oʻtilgan Ahdlashuvchi Tomon egalikka imtiyozlari va aviakorxona(lar) ustidan haqiqiy nazorat shu aviakorxona(lar)ni tayinlangan Ahdlashuvchi Tomonga, uning organlari yoki fuqarolariga qarashli ekanligini isbotlay olmagan holda talab qilishga haqqi bor.
5. Ruxsatni olgan tayinlangan aviakorxona kelishib olingan yoʻnalishlarni ushbu Bitimning 10-moddasiga muvofiq tariflar amalga oshirilganligi sharti bilan ekspluatsiya qilishni boshlashi mumkin.
5-modda
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon parvozlarni bajarish uchun boshqa Ahdlashuvchi Tomon tayinlagan aviakorxona(lar)ga berilgan ruxsatni bekor qilishi yoki quyidagi Bitimning 3-moddasida koʻrsatilgan huquqlardan foydalanishni vaqtinchalik toʻxtatib qoʻyishi yoki shu huquqlardan foydalanilgan vaqtda oʻzi lozim deb bilgan shartlarni:
a) agar shu aviakorxona(lar) ustidan imtiyozli egalik yoki haqiqiy nazorat shu aviakorxona(lar)ni tayinlagan Ahdlashuvchi Tomonga yoki uning fuqarolariga qarashli ekanligiga inonmasa, yoki
b) agar ushbu aviakorxona(lar) shu huquqlarni beruvchi Ahdlashuvchi Tomonning qonun va qoidalariga rioya qilmasa, yoki
c) agar aviakorxona(lar) boshqa biror tarzda shu Bitimda koʻrsatilgan shartlarga rioya qilmasa, talab qilishga haqqi bor.
2. Agar ruxsatni bekor, huquqlarni toʻxtatib qoʻyish yoki ushbu moddaning 1-bandida koʻrsatilgan shartlarni bajarish darhollikni talab qilmasa, u holda bu bandda aytib oʻtilgan huquq faqat Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida maslahatlar oʻtkazilgandan soʻng qoʻllaniladi. Bunday maslahatlar talab qilingan vaqtdan boshlab oltmish (60) kun mobaynida oʻtkazilishi lozim.
6-modda
1. Ahdlashuvchi Tomonning hududida xalqaro parvozlarni bajarayotgan havo kemalarini uchib kelishini va ketishini, uning ekspluatatsiyasini yoki havo kemalarini shu hudud ichida boʻlgan vaqtdagi navigatsiyasini boshqaruvchi qonun va qoidalar boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi(lari) uchun ham qoʻllaniladi.
2. Ahdlashuvchi Tomonning yoʻlovchilari, ekipajlari, yuk va havo kemalarining uchib kelishi, turishi va joʻnab ketishiga (shu jumladan uchib ketish uchun bojdan ozod qilinishga, aviatsion xavfsizlikka, immigratsion, pasport, bojxona, sanitariya qonun va qoidalariga, shuningdek pochtani tashishga oid qonun va qoidalar) oid qonun va qoidalari boshqa Ahdlashuvchi Tomonni tayinlangan aviakorxonasining yoʻlovchilari, ekipajlari, yuklari va havo kemalariga nisbatan ular birinchi Ahdlashuvchi Tomon hududiga boʻlgan vaqtda qoʻllaniladi. Bunday qonun va qoidalar ikkala Ahdlashuvchi Tomonlar tarafidan hamma mamlakatlarning yoʻlovchilari, ekipajlari, yuk va havo kemalariga nisbatan bir xil darajada qoʻllaniladi.
7-modda
1. Aeroportdan, uning inshootlari, texnik va boshqa vositalari va xizmatlaridan foydalanganligi uchun olinadigan yigʻim shu kabi parvozlarni bajaradigan havo kemalaridan boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxona(lar)dan olinadigan shu singari yigʻimlar boshqa Ahdlashuvchi Tomonning aviakorxonasidan olinadigan yigʻimlaridan yuqori boʻlmasligi kerak.
2. Aeroportdan, uning inshootlari, texnik va boshqa vositalari, va xizmatlaridan foydalanganligi uchun olinadigan yigʻim va boshqa toʻlovlar, shuningdek avianavigatsion vositalaridan, aloqa vositalari va xizmatlari uchun olinadigan har xil toʻlovlar Ahdlashuvchi Tomonlar tayinlangan tariflarga binoan olinishi lozim.
8-modda
Ahdlashuvchi Tomon hududidan toʻgʻri tranzit bilan oʻtuvchi yoʻlovchilar, bagaj va yuk, shu maqsad uchun ajratilgan aeroport mintaqasidan tashqariga chiqmasa, u holda ular soddalashtirilgan nazoratdan oʻtadi. Toʻgʻri tranzit bilan oʻtuvchi yoʻlovchilar, bagaj va yukka bojxona soliqlari va boshqa xil soliqlar solinmaydi.
9-modda
1. Ahdlashuvchi Tomonlarning tayinlangan aviakorxonalariga tegishli hududlar oʻrtasida tayinlangan marshrutlardagi kelishib olingan yoʻnalishlar ekspluatatsiyasi uchun taqdim etilgan shartlar teng va odilona boʻladi.
2. Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxona(lar) kelishib olingan yoʻnalishlarning ekspluatatsiyasi vaqtida boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonalar manfaatlarini unga shu havo yoʻnalishning bir qismi yoki butun marshrutida bajarayotgan tashuvlarga zarar yetkazmaslik uchun inobatga olishi lozim.
3. Ahdlashuvchi Tomonlarning kelishib olingan yoʻnalishlarda xizmat koʻrsatuvchi tayinlangan aviakorxonasining belgilangan marshrutlarda yuk tashishi ijtimoiy ehtiyojlarga muvofiq boʻlishi lozim, har bir aviakorxona birinchi navbatda shunday hajmni tavsiya qilishi kerakki, unga mantiqqa muvofiq koeffitsiyentga binoan yuk ortilgan vaqtda yoʻlovchilarni, yukni va pochtani ularning tegishli hududlari oʻrtasida mantiqqa muvofiq holda va qoʻllanilayotgan ehtiyojlarga javob bersin.
4. Tayinlangan aviakorxonalari tomonidan ushbu Bitimga muvofiq bajariladigan havo yoʻllari orqali tashuvlar taqdim etiladigan hajmlarda muvofiq boʻlishi lozim:
a) joʻnash va qoʻnish mamlakatlari oʻrtasidagi tashuvlarga boʻlgan ehtiyoj;
b) kelishib olingan yoʻnalishlari oʻtadigan mintaqalarda shu tashuvlarga boʻlgan ehtiyoj;
c) tranzit tashuvlarga boʻlgan ehtiyoj.
5. Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsion maʼmuriyatlari hajmlar takrorlanishi va havo kemalarining turlari borasida oʻzaro kelishib olishlari lozim.
10-modda
1. Aviakorxona(lar)ning har qanday kelishib olingan yoʻnalishlarda tariflar barcha tegishli omillarni, jumladan ekspluatatsiya xarajatlarini, mantiqqa muvofiq foydani, havoyoʻnalishni tavsifnomasini (masalan tezlik va qulaylik) va boshqa aviakorxona belgilangan marshrutning har qanday qismi uchun belgilangan tariflarni inobatga olgan holda mantiqqa muvofiq darajada tayinlanishi mumkin. Ushbu tariflar shu moddaning quyida koʻrsatilgan shartlarga muvofiq tayinlanishi lozim.
2. Ushbu moddaning 1-bandida koʻrsatilgan tariflar, shuningdek tariflardan olinadigan vositachilik haqqi miqdori belgilangan har bir marshrut boʻyicha imkoniyat boricha shu marshrut boʻlgan yoki uning bir qismini ekspluatatsiya qiluvchi manfaatdor boʻlgan tayinlangan aviakorxonalar oʻrtasida oʻzaro maslahat orqali kelishib olinishi lozim. Ushbu tariflar Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsion maʼmurlari roziligi asosida kelishib olinadilar.
3. Agar tayinlangan aviakorxonalar ushbu tariflardan birortasi yuzasidan kelisha olmasalar yoki boshqa biror sababga koʻra tarif shu moddaning 2-bandiga binoan moslashtirib olinmasa Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsion maʼmuriyatlari oʻzaro kelishgan holda tarifni tayinlashga urinib koʻrishlari lozim.
4. Agar aviatsion maʼmuriyatlar ushbu moddaning 2-bandida tavsiya etilgan, yoki ushbu moddaning 3-bandiga binoan birorta tarifni tasdiqlash maqsadida oʻzaro kelisha olmasalar, bu kelishmovchilik ushbu Bitimning 16-moddasiga binoan hal qilinishi lozim.
5. Tariflar Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsion maʼmuriyatlari tomonidan tasdiqlanguncha amalga kiritilmaydi.
6. Ushbu moddaning nizomlariga binoan tayinlangan tariflar, shu moddaning shartlariga binoan yangi tariflar tayinlanmagunga qadar kuchda boʻladi.
11-modda
1. Kelishib olingan yoʻnalishlarda Ahdlashuvchi Tomonning aviakorxonasi tomonidan espluatatsiya qilinadigan havo kemalari, shuningdek shu kemaning borti ichidagi tabelga oid mulki, yoqilgʻi zapaslari (shu jumladan oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar va tamaki mahsulotlari) boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududiga kelgan vaqtda va toki qaytib ketgunga qadar, ushbu mulk, materiallar va zapaslar shu havo kemasi bortida qolishi sharti bilan barcha bojxona yigʻimlari va boshqa soliqlar va yigʻimlardan ozod qilinadi.
2. Shuningdek, koʻrsatilgan xizmat uchun olinadigan yigʻimlardan tashqari quyidagi soliq va yigʻimlardan ozod qilinadilar:
a) Ahdlashuvchi Tomonning hududida, eslatib oʻtilgan Ahdlashuvchi Tomonning maʼmuriyati bilan belgilangan limitlar chegarasida va boshqa Ahdlashuvchi Tomon tayinlangan aviakorxonasi kelishib olingan yoʻnalishlarda ekspluatatsiya qilinadigan havo kemasi bortida foydalanish uchun olingan bort zapaslari;
b) Ahdlashuvchi Tomon hududiga boshqa Ahdlashuvchi Tomon ekspluatatsiya qiladigan kelishilgan yoʻnalishlarda havo kemasiga texnik xizmat koʻrsatish yoki remonti uchun keltirilgan ehtiyot qismlar;
c) Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi kelishilgan yoʻnalishlarda ekspluatatsiya qiladigan havo kemasida ishlatish uchun moʻljallangan yoqilgʻi va moylash materiallari, hatto shu zapaslar boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududi chegarasi ichidagi marshrut qismida, bortga olingan joyda ishlatilgan taqdirda ham.
3. 2-bandida qayd qilib oʻtilgan materiallar bojxona tekshiruvi yoki nazoratidan oʻtishdan talab qilinishi mumkin.
4. Havo kemalarining jihozlari, shu jumladan havo kemasining uchish faoliyatini taʼminlaydigan materiallar Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududiga faqat Ahdlashuvchi Tomonlarning bojxona maʼmuriyatlarining ruxsati bilan keltirilishi mumkin. Shunday holatlarida ular eslab oʻtilgan maʼmurlar nazoratida bojxona qoidalarga muvofiq reeksport yoki boshqa harakat qilinishi mumkin.
12-modda
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxona(lar)ga xarajatlardan ortgan daromad mablagʻini monesiz amalda boʻlgan bitimlar asosida oʻtkazishga huquq beradi.
2. Bunday mablagʻ oʻtkazish Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi moliyaviy munosabatlarni tartibga soluvchi oʻzaro kelishuv nizomlariga binoan amalga oshirilishi lozim. Agarda bunday tartib Bitimda koʻrsatilmagan boʻlsa, mablagʻ oʻtkazish Ahdlashuvchi Tomonlarning valyuta almashtirish qoidalariga binoan rasmiy kurs boʻyicha erkin almashtiradigan valyutada amalga oshiriladi.
13-modda
1. Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi(lar)ga kelishib olingan yoʻnalishni ekspluatatsiya qilishni taʼminlashi uchun boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududiga, Ahdlashuvchi Tomonlarning immigratsiya qonunlar, qoidalar va tajriba asosida zarur boʻlgan maʼmuriy, tijoriy va texnik xizmat ishlariga ega boʻlgan vakolatxonalar ochish huquqi beriladi.
2. Maʼmuriy va texnik xizmatlar uchun tayinlangan aviakorxona oʻz istagiga binoan oʻzining idora xodimlaridan yoki boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida ish olib borayotgan va shu hududda xizmat koʻrsatishga vakolati boʻlgan boshqa har qanday tashkilot, kompaniya, yoki aviakorxona(lar) xizmatlaridan foydalanishi mumkin.
3. Maʼmuriy va texnik xizmatchilar boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida amalda qoʻllanilayotgan qonun va qoidalariga boʻysunishi lozim va shu qonun va qoidalariga muvofiq holda ushbu moddaning 1-bandiga binoan idora xodimlarini ishga olishga ruxsatni, viza berishni va shu kabi ishlarni darhol amalga oshirishlari lozim.
4. Tayinlangan aviakorxona(lari) oʻz mamlakati fuqarolarining vakolatxonadagi soni Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsion maʼmuriyatlari oʻrtasida kelishib olinishi kerak.
14-modda
1. Xalqaro huquqlaridan kelib chiquvchi huquqlari va majburiyatlariga binoan Ahdlashuvchi Tomonlar bir-birlariga nisbatan fuqaro aviatsiyasi xavfsizligini gʻayriqonuniy mudoxala aktlaridan himoya qilish, ushbu Bitimning ajralmas qismi ekanligini tasdiqlaydilar. Xalqaro huquq borasidagi oʻz huquqlarini qoʻllanishini cheklamagan holda, Ahdlashuvchi Tomonlar havo kemalari bortida qilinadigan jinoyatlar va boshqa baʼzi bir aktlarga oid 1963-yil 14-sentabrda Tokioda imzolangan Konvensiya nizomlariga, 1970-yil 16-dekabrda Gaagada imzolangan havo kemalarini gʻayriqonuniy bosib olish bilan kurashish Konvensiyasiga, 1971-yil 23-sentabrda Monrealda imzolangan fuqaro aviatsiyasi xavfsizligiga qarshi qaratilgan gʻayriqonuniy aktlar bilan kurashish Konvensiyasiga, va 1988-yil 28-fevralda Monrealda imzolangan xalqaro aeroportlardagi gʻayriqonuniy zoʻravonlik aktlari bilan kurashish Protokoliga muvofiq holda va amalda qoʻllanilayotgan Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida bitimlarning nizomlariga, shuningdek kelgusida ular oʻrtasida tuziladigan bitimlarga binoan ish tutiladi.
2. Ahdlashuvchi Tomonlar havo kemalari, ularning yoʻlovchilari va ekipajlari, aeroportlari va aeronavigatsion vositalari xavfsizligiga qarshi qaratilgan, shuningdek fuqaro aviatsiyasiga qarshi har qanday boshqa tahdidning oldini olish uchun qilingan murojaatga zarur boʻlgan barcha yordamni koʻrsatadilar.
3. Ahdlashuvchi Tomonlar Xalqaro Fuqaro Aviatsiyasi Tashkiloti tayinlangan va Xalqaro Fuqaro Aviatsiyasi Konvensiyasining ilovalari bilan koʻzda tutilgan aviatsion xavfsizlik va texnik talablarga oid, Ahdlashuvchi Tomonlarga nisbatan ushbu nizom va talablar qoʻllanilishi mumkin boʻlgan darajada ish tutadi, ular havo kemalari registratsiyasi ekspluatantlari hududlarida faoliyat koʻrsatuvchi, yoki u yerda doimiy ravishda joylashgan havo kemalari ekspluatantlari va xalqaro aeroportlar ekspluatantlari hududidagi shu aviatsion xavfsizlik nizomlari va talablariga muvofiq ish olib borishlarini talab qiladilar.
4. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomon havo kemasining shunday ekspluatantlaridan ushbu moddaning 3-bandida eslatib oʻtilgan, boshqa Ahdlashuvchi Tomon oʻz hududi chegaralarida kirish, chiqish va turish uchun nazarda tutgan aviatsion xavfsizlikka oid nizom va talablarga rioya qilishni talab qilishning mumkinligiga rozilik beradilar.
Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻz chegarasida havo kemalarni yoʻlovchilarni chiqarishga qadar yoki chiqarish vaqtida va yuk ortish vaqtida yoʻlovchilarni, ekipajni, qoʻl yukini, bagajni, yukni va bort zapaslarining himoyasi uchun kerakli boʻlgan choralarni taʼminlab beradi. Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri boshqa Ahdlashuvchi Tomonning muayyan tahdidga oid boʻlgan maxsus xavfsizlik choralari koʻrish toʻgʻrisidagi har qanday murojaatni xayrixohlik bilan koʻrib chiqadi.
5. Fuqaro havo kemasini bosib olish xavfi tugʻilgan holda yoki havo kemasiga, uning yoʻlovchilari va ekipajiga, aeroportlarga va navigatsiya bilan taʼminlash vositalariga xavf tugʻdirishi mumkin boʻlgan har qanday boshqa gʻayriqonuniy ish boʻlganda, uning xavfini tezlikda va xavfsizlikni taʼminlagan holda bartaraf etish uchun Ahdlashuvchi Tomonlar bir-birlariga aloqa bogʻlashni yengillashtirish va tegishli choralarini koʻrish orqali yordam koʻrsatadilar.
15-modda
Ushbu Bitim taalluqli boʻlgan yaqin hamkorlikni taʼminlashga aloqali barcha masalalar yuzasidan Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsion maʼmuriyatlari oʻrtasida vaqti-vaqti bilan maslahatlar oʻtkazilib turiladi.
16-modda
Quyidagi Bitimni yoki uning Ilovasini qoʻllash yoki talqin qilishga oid har qanday kelishmovchiliklar toʻgʻridan toʻgʻri aviatsiya maʼmuriy organlari oʻrtasida muzokaralar oʻtkazish bilan hal qilinadi. Agar mazkur maʼmuriyatlar kelishuvga yetisha olmasalar, kelishmovchiliklar diplomatik yoʻllar orqali hal qilinadi.
17-modda
Agar Ahdlashuvchi Tomonlardan biri ushbu Bitimga yoki uning Ilovalariga oʻzgartirish kiritishni taklif etsa, Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsion maʼmuriyatlari oʻrtasida shu moʻljallangan oʻzgarish yuzasidan maslahatlar olib boriladi. Maslahatlar murojaat qilingan kundan boshlab oltmish (60) kun davomida boshlanishi lozim, agarda Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsion maʼmuriyatlari shu muddatni choʻzishga kelishib olingan taqdirda. Ushbu Bitimga oid har qanday oʻzgartirish diplomatik yoʻllar orqali notalar bilan almashinuvdan soʻng kuchga kiradi. Ilovalardagi oʻzgarishlar Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsion maʼmuriyatlari oʻrtasidagi kelishuvga muvofiq kiritilishi mumkin.
18-modda
Ushbu Bitim va unga tegishli toʻldirishlar Xalqaro Fuqaro Aviatsiyasi Tashkiloti tomonidan roʻyxatga olinishi zarur.
19-modda
Har qaysi Ahdlashuvchi Tomon ushbu bitimning kuchga kirgan kundan xohlagan vaqtda boshqa Ahdlashuvchi Tomonga uning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida oʻz niyatini diplomatik yoʻllar orqali yozma ravishda bildirishi mumkin. Xuddi shunday yozma bildirish shu vaqtning oʻzida Xalqaro Fuqaro Aviatsiya Tashkiloti (XFAT)ga ham berilishi kerak. Bunday yozma bildirish yuborilgandan va boshqa Ahdlashuvchi Tomon uni olgandan soʻng, agarda yozma bildirish koʻrsatilgan muddat tugagunga qadar Ahdlashuvchi Tomonlar xohishi bilan qaytarilmagan boʻlsa, quyidagi Bitim bir yil muddat oʻtgach oʻz kuchini yoʻqotadi.
20-modda
Ushbu Bitim imzolangan kundan boshlab va har ikkala Ahdlashuvchi Tomon bir-biriga oʻz davlatlarining qonuniy talablari bajarilganligini bildirgandan soʻng toʻliq kuchga kiradi.
Shuni tasdiqlash uchun Hukumatlar tomonidan berilgan vakolat asosida ushbu Bitim imzolandi.
1992-yil 16-dekabrda Qohira shahrida ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, arab va ingliz tillarida tuzildi va bunda barcha matn bir xil kuchga ega.
(imzolar)
ILOVA
1-Seksiya
Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan tayinlagan aviakorxona yoki aviakorxonalar ikkala taraflama ekspluatatsiya qiladigan marshrutlar.
1-marshrut
Oʻzbekiston Respublikasidagi bandlar, oraliqdagi bandlar, Misr Arab Respublikasida bandlar, hududdan tashqari bandlar.
2-Seksiya
Misr Arab Respublikasi tomonidan tayinlagan aviakorxona yoki aviakorxonalar ikkala taraflama eksplutatsiya qiladigan marshrutlar.
1-marshrut
Misr Arab Respublikasidagi bandlar, oraliqdagi bandlar, Oʻzbekistondagi bandlar, hududdan tashqari bandlar.
1. Oraliqdagi bandlar yoki hududdan tashqari bandlar ekspluatatsiya Oʻzbekiston Respublikasida yoki Misr Arab Respublikasida boshlangan yoki tugatilgan holda parvoz vaqtida tushirib qoldirilishi mumkin.
2. Oraliqdagi bandlar va hududdan tashqari bandlar ikkala Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsion maʼmuriyatlari bilan belgilanadi.