20.01.2000 yildagi 18-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 20.01.2000 yildagi 18-son
Date of entry into force
20.01.2000
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy fondini davlat yoʻli bilan hisobga olish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 15, 17, 18, va 20-moddalariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida Uy-joy fondini davlat yoʻli bilan hisobga olishning yagona tizimi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uylar va turar joylarni uy-joy fondiga kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uylar va turar joylarni uy-joy fondidan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 5-iyundagi 152-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 24-son, 269-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalari faoliyatiga metodik rahbarlikni, shuningdek uy-joy fondi hisobi yuritilishini taʼminlasin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasida uy-joy fondini davlat yoʻli bilan hisobga olishning yagona tizimi toʻgʻrisidagi nizom amalga kiritilgunga qadar tuzilgan inventar hujjatlar yigʻma jildi, roʻyxatdan oʻtkazish daftarlari va boshqa hujjatlar haqiqiy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Uylar va xonalarning texnik va sanitar ahvolini tekshirish hamda ularning yashash uchun yaroqsizligini tan olish toʻgʻrisida, shuningdek, ularni boshqa maqsadlarda foydalanish uchun qayta sozlashni yoki buzishni amalga oshirish toʻgʻrisida” 1985-yil 6-dekabrdagi 605-son qarori (OʻzSSR QT, 1985-y., 12-son, 58-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2000-yil 20-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-yanvardagi 18-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida uy-joy fondini davlat yoʻli bilan hisobga olishning yagona tizimi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasida uy-joy fondini, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, davlat yoʻli bilan hisobga olishning yagona tizimini belgilaydi va koʻchmas mulk davlat kadastrining tarkibiy elementi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Uy-joy fondi obyektlarining joylashgan oʻrni, son va sifat tarkibi, texnik holati, obodonlashtirish darajasi va ularning qiymati toʻgʻrisida maʼlumot olish hamda ushbu koʻrsatkichlarni oʻzgartirish Oʻzbekiston Respublikasida uy-joy fondini davlat yoʻli bilan hisobga olishning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Insonning yashashi uchun yaroqli boʻlgan turar joylar, shu jumladan, uylar, kvartiralar, xizmat turar joylari, maxsus uylar (yotoqxonalar, vaqtinchalik uy-joy fondi uylari, nogironligi boʻlgan shaxslar, faxriylar, yolgʻiz keksalar internat-uylari, shuningdek, bolalar uylari va boshqa maxsus maqsadlar uchun moʻljallangan uylar) davlat yoʻli bilan hisobga olinadi.
(3-bandning birinchi xatboshidagi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uylar va turar joylarni uy-joy fondiga kiritish, ularni uy-joy fondidan chiqarish, Uylar va turar joylarni uy-joy fondiga kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga, Uylar va turar joylarni uy-joy fondidan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga hamda Oʻzbekiston Respublikasining uy-joy toʻgʻrisidagi boshqa qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasida uy-joy fondini davlat yoʻli bilan hisobga olishning yagona tizimi texnik (tezkor) va idoraviy statistika hisobini oʻz ichiga oladi.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnik inventarizatsiya oʻtkazish va uylar hamda turar joylarga egalik huquqini va boshqa mulkiy huquqlarni roʻyxatdan oʻtkazish yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasi uchun hisobga olishning yagona tizimi boʻyicha uy-joy fondini, uning qaysi idoraga qarashliligi va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, texnik hisobga olish davlat yoʻli bilan hisobga olishning asosini tashkil etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uylar va turar joylarni texnik hisobga olish hamda davlat roʻyxatidan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish toʻgʻrisida” 1997-yil 2-iyundagi 278-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uy-joy fondini texnik hisobga olishni yuritish va davlat roʻyxatidan oʻtkazish Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalarining tegishli tumanlar (shaharlar)dagi filiallariga yuklanadi.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalarining tegishli tumanlar (shaharlar)dagi filiallari uy-joy fondini, uning qaysi idoraga qarashliligi va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, texnik hisobga olishni amalga oshiradilar.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — 2012-y., 44-son, 507-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalarining tegishli tumanlar (shaharlar)dagi filiallari:
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uy-joy fondini texnik inventarizatsiyalashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uylar va turar joylarning texnik holatini nazorat qilishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uylar va turar joylarni baholashga va qayta baholashga, shu jumladan, soliq olish maqsadida baholashga va qayta baholashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot va konsultativ xizmat koʻrsatish va uy-joy fondini davlat yoʻli bilan hisobga olish bilan bogʻliq boshqa faoliyatni amalga oshirishga majburdirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Uy va turar joyning inventar yigʻma jildi uy yoki turar joy foydalanish uchun qabul qilib olinayotganda yoxud turar joy uy-joy fondiga kiritilayotganda tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi texnik hisobga olish uylar va turar joylarni vaqti-vaqti bilan rejali xatlashlar oʻtkazish yoʻli bilan besh yilda kamida bir marta, shuningdek rejadan tashqari tekshirishlar jarayonida hisobga olish koʻrsatkichlari oʻzgarishlari aniqlanishiga qarab amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Inventarizatsiya maʼlumotlari va uy-joy fondini texnik hisobga olishning boshqa maʼlumotlari, agar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, quyidagi hollarda qoʻllanish uchun majburiydir:
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — 2012-y., 44-son, 507-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni hamda koʻchmas mulkka oid bitishuvlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
turar joy sohasida koʻchmas mulkka solinadigan soliqni hisoblash va uning bazasini nazorat qilishda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uylar va turar joylarni foydalanishga topshirishda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uylar va turar joylarning texnik holatini hamda fizik eskirganligini aniqlashda;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatini roʻyxatdan oʻtkazishda;
(9-bandning yettinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 1-martdagi 43-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 9-10-son, 85-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uy-joy fondi obyektlariga kadastr tartib raqamlari berishda.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Uylar va turar joylarni rejali texnik inventarizatsiyalash Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalarining tegishli tumanlar (shaharlar)dagi filiallari tomonidan ular mulkdorlarining mablagʻlari hisobiga, joylardagi davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadigan stavkalar boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rejadan tashqari tekshirishlar uylar va turar joylar mulkdorlarining buyurtmanomalariga koʻra, shartnoma narxlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalarining tegishli tumanlar (shaharlar)dagi filiallari tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Qurilishi tugallangan uy va turar joyga kadastr ishi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filiali tomonidan tayyorlanadi va buyurtmachi (quruvchi) tomonidan qabul qilish komissiyasiga taqdim etilgan hujjatlar tarkibiga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Turar joy imoratlariga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilmasdan ularning kadastr ishi berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Uy va turar joyning inventar yigʻma jildidan olingan maʼlumotlar ayrim turlaridan koʻchirmalar va nusxalar mustaqil hujjatlarni tashkil etadi, ularni berish tartibi joylardagi davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Uylar, turar joylarni hisobga olish davlat kadastri yagona tizimining boshqa kadastrlar bilan texnologik aloqalarini taʼminlovchi avtomatik boshqarish tizimi vositalarini qoʻllagan holda uy-joy fondi reyestrini yuritish yoʻli bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalarining tegishli tumanlar (shaharlar)dagi filiallari tomonidan amalga oshiriladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Uy-joy fondining hisobga olish — texnik, hujjatlar yigʻma jildi, roʻyxatdan oʻtkazish daftarlari, inventar hujjatlar yigʻma jildida shakllangan roʻyxatdan oʻtkazilgan hujjatlarning nusxalari, boshqa inventarizatsiya hujjatlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalarining tegishli tumanlar (shaharlar)dagi filiallari arxivida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxivlarida saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalarining tegishli tumanlar (shaharlar)dagi filiallari arxivlari Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxiv fondiga kiradi va joylardagi davlat hokimiyati organlari foydalanishida boʻlgan respublika mulki hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalarining tegishli tumanlar (shaharlar)dagi filiallari arxivlarining begonalashtirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalarining tegishli tumanlar (shaharlar)dagi filiallari va boshqa organlar mansabdor shaxslarining mazkur Nizom talablarining zarur darajada bajarilishi uchun javobgarligi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq belgilanadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-yanvardagi 18-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uylar va turar joylarni uy-joy fondiga kiritish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom uylar va turar joylarni uy-joy fondiga kiritish asoslari va shartlarini tartibga soladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Uy-joy fondi — inson yashashi uchun yaroqli boʻlgan turar joydan, shu jumladan, uylar, kvartiralar, xizmat turar joylari, maxsus uylar (yotoqxonalar, vaqtinchalik uy-joy fondi uylari, nogironligi boʻlgan shaxslar, faxriylar, yolgʻiz qariyalar, internat-uylar, shuningdek, bolalar uylari va boshqa maxsus maqsadli uylar)dan iborat boʻlgan fond.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Uylar va turar joylar uy-joy fondiga belgilangan tartibda kiritilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qurilish tugallangandan keyin uylar va turar joylarni, mulkchilik shakllari va idoraviy boʻysunishlaridan qatʼi nazar, foydalanishga qabul qilib olish tuman, shahar hokimi tomonidan tayinlanadigan qabul qilish komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Bogʻdorchilik va boshqa yer uchastkalarida joylashgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 9-moddasida nazarda tutilgan talablarga javob beradigan imoratlarga ega boʻlgan shaxslar shu imoratlarni uylar sifatida rasmiylashtirishni va ularni uy-joy fondiga kiritishni talab qilishga haqlidirlar. Ushbu talablar ular tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialiga joylardagi davlat hokimiyati organlarining bogʻdorchilik shirkatlari va boshqa shirkatlar (kooperativlar) uchun yer uchastkasi ajratish toʻgʻrisidagi qarori hamda tuman, shahar hokimining koʻrsatib oʻtilgan imoratlarni uylar sifatida rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi qarori taqdim etilgan taqdirda qondirilishi mumkin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Uy-joy fondiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uy-joylardagi savdo, maishiy va nosanoat tusidagi boshqa ehtiyojlar uchun moʻljallangan, yashash uchun moʻljallanmagan joylar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uy-joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkalarida tiklangan, ularda fuqarolarning qancha vaqt yashashidan qatʼi nazar, mavsumiy va vaqtincha yashash uchun moʻljallangan imoratlar va joylar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzboshimchalik bilan qurilgan uylar va turar joylar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
turar joylarga qoʻyiladigan talablarga javob bermaydigan imoratlar va joylar kiritilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mulkdor tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filiali turar joyga yoki kvartiraga mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazadi hamda bino va inshootga mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomani beradi, u turar joy yoki kvartiraning uy- joy fondiga kiritilganligining tasdigʻi hisoblanadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Turar joylarga va kvartiralarga huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 7-yanvardagi 1-son qarori bilan tasdiqlangan Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni va u haqda tuzilgan bitimlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — 2012-y., 44-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — 2012-y., 44-son, 507-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-yanvardagi 18-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uylarni va turar joylarni uy-joy fondidan chiqarish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom uylarni va turar joylarni uy-joy fondidan chiqarish asoslarini va shartlarini tartibga soladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Uylar va turar joylar mulkdorlari, uy-joylarga xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlash boʻyicha boshqaruvchi tashkilotlar muntazam ravishda rejali — ogohlantiruvchi va rejadan tashqari koʻriklar oʻtkazish yoʻli bilan uylar va turar joylarning texnik holati ustidan nazoratni amalga oshiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Rejadan tashqari koʻriklar zilzilalar, sel toshqinlari, jalalar, dovulli shamollar, kuchli qor yogʻishlari, suv toshqinlari va stixiyali tusdagi boshqa hodisalar, uylar joylashgan hududdagi uylarning alohida elementlarini va ularni butunlay shikastlashi mumkin boʻlgan harbiy harakatlardan keyin, issiqlik, suv, elektr taʼminoti tizimlaridagi avariyalardan keyin va poydevorlar va elementlarning deformatsiyalanishi aniqlanganda majburiy tartibda oʻtkazilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Barcha texnik koʻriklar natijalari dalolatnomalar bilan rasmiylashtiriladi va uylar yoki turar joylar mulkdori (uy-joylarga xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlash boʻyicha boshqaruvchi tashkilot)da turishi kerak boʻlgan uy yoki turar joyning texnik holatini hisobga olish hujjatlarida yoki inventar hujjatlar yigʻma jildida aks ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Uy yoki turar joy mulkdori arizasiga koʻra yoki uy-joylarga xizmat koʻrsatish boʻyicha boshqaruvchi tashkilotning yozma xabariga koʻra, shuningdek, mazkur Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan hollarda, uyning yoki turar joyning, kimga qarashliligidan qatʼi nazar, texnik holatini aniqlash uchun tuman, shahar hokimi tomonidan komissiya tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Uy yoki turar joyning texnik holatini aniqlash komissiyasi tarkibiga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman, shahar hokimi oʻrinbosari — komissiya raisi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
komissiya aʼzolari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uy yoki turar joy mulkdori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uy-joylarga xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlash boʻyicha boshqaruvchi tashkilot vakili;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining tegishli hududiy organi vakili;
(6-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat yongʻin nazorati vakili;
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining joylardagi organlari vakili;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi (texnologiya asbob-uskunalari mavjud obyektlardagi uylar va turar joylar boʻyicha) vakili;
(6-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi vakili — harbiy shaharchalardagi uylar va turar joylar boʻyicha;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filiallarining vakili;
(6-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
issiqlik, suv, gaz va elektr bilan taʼminlovchi tashkilotlar vakillari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Komissiya uyni yoki turar joyni koʻzdan kechirgandan va asboblar bilan tekshirgandan keyin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fizik eskirishi (uy yoki turar joyning koʻrik oʻtkazilgan paytdagi texnik va u bilan bogʻliq boʻlgan boshqa foydalanish koʻrsatkichlarining yomonlashganlik darajasini mufassal koʻrsatgan holda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Nizomning 3-bandida koʻrsatib oʻtilgan sabablar tufayli avariya holatiga tushishi oqibatida yashash uchun yaroqsiz holga kelgan uyni yoki turar joyni uy-joy fondidan chiqarish toʻgʻrisida yozma xulosa beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Komissiya xulosasiga muvofiq tuman, shahar hokimi yashash uchun yaroqsiz boʻlgan uylar yoki turar joylarni boshqa maqsadlarda foydalanish uchun qayta jihozlash yoxud ushbu uylar yoki turar joylarni buzish toʻgʻrisidagi tavsiyanoma bilan tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyat, Toshkent shahar hokimiga murojaat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Tuman, shahar hokimi tavsiyanomasi asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, Toshkent shahar hokimi tomonidan yashash uchun yaroqsiz boʻlgan uylar yoki turar joylarni boshqa maqsadlarda foydalanish uchun qayta jihozlash yoxud buzish toʻgʻrisida qaror chiqariladi. Bunda turar joylari avariya holatida yoki tabiiy ofatlardan jabrlangan deb eʼtirof etilgan fuqarolarga davlat tomonidan tekin uy-joy berish masalasi albatta hal qilingan boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari tomonidan boshqa maqsadlarda turar joylar va kvartiralarni boshqa maqsadlarda foydalanish yoki buzib tashlash uchun qayta uskunalash tufayli uy-joy fondidan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi munosabati bilan turar joylar va kvartiralarning maqsadi va parametrlariga oʻzgartirishlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalarining tegishli tumanlar (shaharlar)dagi filiallari tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Uylar va turar joylar:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, tegishli xalq deputatlari viloyat yoki Toshkent shahar Kengashining qarori asosida jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan fuqarolar yoki yuridik shaxslar mulki boʻlgan uylar (kvartiralar) buzilganda;
(11-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 76-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) turar joy Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimlari qaroriga koʻra yashash uchun moʻljallanmagan joylarga oʻtkazilgan hollarda ham uy-joy fondidan chiqariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — 2012-y., 44-son, 507-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Uylar yoki turar joylarga boʻlgan mulkchilik shakllarining oʻzgarishi uyni, turar joyni uy-joy fondidan chiqarish uchun asos hisoblanmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 5-iyundagi 152-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 24-son, 269-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 2000-y., 1-son, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 3-4-son, 13-modda; 2005-y., 19-20-son, 143-modda; 2007-y., 9-10-son, 85-modda; 2009-y., 24-son, 269-modda; 2010-y., 51-son, 486-modda; 2012-y., 44-son, 507-modda; 2014-y., 23-son, 269-modda; 2017-y., 35-son, 931-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son; 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son; 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)