O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 9-fevralda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1948-9]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 4-yanvardagi 30/18-sonli “Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3420, 08.02.2023-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi va “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 16-martdagi 7/2-son qarori (ro‘yxat raqami 1948, 2009-yil 27-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 18-son, 229-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi v. v. b. U. MUSTAFOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 30-dekabr,
47/10-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 30-dekabrdagi 47/10-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha
1. 2-bandning sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar yuridik shaxsning asosiy hisobvarag‘idan amalga oshiriladi, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.”.
2. 13-bandda:
“b” kichik band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin;
“v” kichik banddan “xamda notarial tasdiqlangan” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
3. 14-bandning “v” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“v) mazkur Yo‘riqnomaning 3-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan ikki dona varaqcha;”.
4. 16-bandning “v” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“v) mazkur Yo‘riqnomaning 4-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan ikki dona varaqcha;”.
5. 32-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“32. Imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqcha ikki nusxada taqdim qilinadi. Varaqchaning bir nusxasi buxgalterda, ikkinchisi esa, pul cheklarini rasmiylashtiruvchi nazoratchida turadi. Banklarda mijozlarning bir nechta hisobvaraqlariga xizmat ko‘rsatiladigan bo‘lsa, ulardan imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqchalar qo‘shimcha ravishda talab qilinishi mumkin. Imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqchalarda hisobvaraqlarning raqamlari ko‘rsatiladi.”.
6. 38-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“38. Yuridik shaxsning muhri o‘zgarganda, varaqchada ko‘rsatilgan imzolardan birortasi almashtirilganda yoki qo‘shilganda hisobvaraq egasi yangi imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqchani taqdim qiladi. Bekor qilingan imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqchalar yuridik shaxsning yuridik yig‘majildiga tikiladi.”.
7. 41-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“41. Yuridik shaxs tugatilayotganda, uning barcha bank hisobvaraqlari tugatish komissiyasining tasarrufiga o‘tadi. Bunday holda, asosiy hisobvaraqqa xizmat ko‘rsatuvchi bankka tugatish komissiyasining amal qilish muddati ko‘rsatilgan yuridik shaxsni tugatish to‘g‘risidagi qarori hamda tugatish komissiyasi rahbari va bosh buxgalterining imzolari namunalari qo‘yilgan varaqcha taqdim qilinadi (yuridik shaxs bo‘lgan nodavlat notijorat tashkilot tugatilayotganda bosh buxgalterning imzosi talab qilinmaydi). Shundan so‘ng, yuridik shaxsning asosiy hisobvarag‘iga uni tugatishga doir yagona hisobvaraq maqomi beriladi.”.
8. 46-bandda:
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Banklardagi hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalar faqat chiqim qismida to‘xtatiladi.”;
uchinchi xatboshi to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin.
9. 49-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yuridik shaxslar olti oy mobaynida (savdo va savdo-vositachilik korxonalari — uch oy mobaynida) bank hisobvaraqlari bo‘yicha pul operatsiyalarini o‘tkazish bilan moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmagan hollarda (dehqon va fermer xo‘jaliklari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari bundan mustasno), banklar uch kunlik muddat ichida bunday korxonalar haqida ular hisobga qo‘yilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga tegishli choralar ko‘rish uchun axborot berishlari shart.”.
O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchaga
ILOVA
ILOVA
“O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga
3-ILOVA
3-ILOVA
| Old tomoni | |||||||||||
| | | | | | | | | | | | |
|
Imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan |
BANK BELGISI | ||||||||||
|
VARAQChA |
|||||||||||
| Hisobvaraq egasi ____________________ |
Imzolar namunalarini qabul qilishga | ||||||||||
| | |
(to‘liq nomi) |
ruxsat berildi | | | ||||||
| __________________________________ |
Buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs | ||||||||||
| _____________________________ . | |||||||||||
| Manzili: | | | | |
(imzo) | ||||||
| _________________________________ _________________________________ . |
Sana: 20__ yil “___” _______________. | ||||||||||
| | | | | | | | | | | | |
| | | | | | |
BOShQA BELGILAR | |||||
| | | | | | | | | | | | |
| Orqa tomoni | | | | | | | | | | ||
| _______________________________ Hisobvaraq raqami _________________________ | |||||||||||
| (xo‘jalik yurituvchi subyektning nomi) | | | | | | | |||||
|
Lavozimi |
Familiyasi, ismi, otasining ismi |
Imzo namunalari |
Birinchi yoki ikkinchi imzo huquqidan vaqtincha foydalanuvchi mansabdor shaxslarning vakolat muddati | ||||||||
|
Birinchi imzo |
|
| |||||||||
|
|
|
| |||||||||
|
Ikkinchi imzo |
|
| |||||||||
|
|
|
| |||||||||
| | | | | | | | | | | | |
| Vakolat va imzolarni tasdiqlagan xo‘jalik yurituvchi subyekt muhrining o‘rni |
| | | | | ||||||
| | | | | | | | | | | | |
|
Tasdiqlayman _____________________________ |
| | | | | ||||||
| (Yuridik shaxs rahbari) | (F.I.O. va imzo) | | | | | | |||||
| | | | | | | | | | | | |
| | |
Berilgan chek daftarchalari |
| | | | |||||
| | |
Sana |
№ dan |
| | | | | |||
| | | | | | | | | | |||
| | | | | | ”. | | | | |||
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 6-son, 73-modda)