30.03.1995 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Moldova Respublikasi Hukumati oʻrtasida Bitim
Date of entry into force
28.11.1995
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Moldova Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bitim
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Havo qatnovi va havo transporti sohasida hamkorlik qilish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Moldova Respublikasi Hukumati, bundan buyon “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb ataluvchilar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1944-yilning 7-dekabrida Chikago shahrida imzolash uchun ochilgan Xalqaro Fuqaro Aviatsiyasi toʻgʻrisidagi Konvensiyaning qatnashchilari boʻlgani holda,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
havo transporti sohasida oʻzaro hamkorlikni yanada mustahkamlash va rivojlantirish maqsadida,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagilar xususida ahdlashib oldilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Bitimning maqsadlari yoʻlida quyidagi atamalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) “Konvensiya” — 1944-yilning 7-dekabrida Chikagoda imzolash uchun ochilgan Xalqaro Fuqaro Aviatsiyasi toʻgʻrisidagi Konvensiya, shuningdek Ahdlashuvchi Tomonlarga qay darajada eʼtirof etilgani va qay darajada qoʻllanilishiga qarab, unga kiritilgan har qanday ilova va har qanday tuzatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) “aviatsiya maʼmurlari”: Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan — “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi yoki hozirgi vaqtda ushbu aviakompaniya bajarayotgan vazifalarni amalga oshirish vakolati berilgan shaxs yoki tashkilot, Moldova Respublikasiga nisbatan — Fuqaro Aviatsiyasining Davlat Maʼmuriyati yoki hozirgi vaqtda ushbu vazirlik tomonidan bajarilayotgan vazifalarni amalga oshirish vakolati berilgan har qanday shaxs yoki tashkilot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
c) “tayinlangan aviakorxona” — ushbu Bitimning 4-moddasiga binoan tayinlangan va vakolat berilgan aviakorxona;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) “hudud” davlatga nisbatan — ushbu davlatning mutlaq tasarrufidagi yer yuzasi, hududiy va ichki suvlari va ular ustidagi samoviy hududi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) “havo qatnovi”, “xalqaro havo qatnovi”, “aviakorxona” va “notijoriy maqsadlarda toʻxtash” Chikago Konvensiyasining 96-moddasida koʻrsatib oʻtilgan maʼnolarni anglatadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
f) “tarif” — vakillik va yordamchi xizmatlarning toʻlovi hamda shart-sharoitlarini oʻz ichiga olgan holda yoʻlovchilarni, yoʻlovchilarning yuklarini, yuk va pochtani tashish uchun toʻlanadigan va shu toʻlovlar qoʻllaniladigan sharoitlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Bitimga kiritilgan ilovalar uning ajralmas qismini tashkil qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri boshqa Ahdlashuvchi Tomonga ushbu Bitimning ilovasida koʻrsatilgan yoʻnalishlar boʻyicha xalqaro havo qatnovini oʻrnatish maqsadida ushbu Bitimda tavsiflangan huquqlarni beradi (bundan buyon matnda tegishli ravishda “shartlashilgan yoʻllar” va “belgilangan yoʻnalishlar” deb ataladi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Har bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha xalqaro havo yoʻllaridan foydalanish chogʻida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududidan qoʻnmagan holda uchib oʻtish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududidagi manzillarda tijoratga taalluqli boʻlmagan maqsadlarda qoʻnish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
c) Ahdlashuvchi Tomonlarning hududlari oraligʻida borayotgan yoʻlovchilar, pochta va yukni olish va (yoki) tushirish maqsadida ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning hududida ushbu Bitimning ilovasida keltirilgan manzillarda qoʻnish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) uchinchi mamlakatlarning manzillariga borayotgan (manzillaridan kelayotgan) yoʻlovchilar, yoʻlovchi yuki va yuk yoki pochtani olish va (yoki) tushirish maqsadida boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududida ushbu Bitimning ilovasida koʻrsatilgan manzillarda qoʻnish. Bunday huquq Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari oʻrtasidagi kelishuvga binoan beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu moddaning hech qaysi bir qoidasi bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga haq evaziga yoki yollanish yoʻli bilan havo kemasi ichiga boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududidagi bir manzildan ikkinchi manzilgacha yoʻlovchilar, yuk yoki pochta olish huquqini beradi deb qaralmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon parvozlar yoʻnalishlari va oʻz davlat chegaralari ustidan uchib oʻtish nuqtalarini oʻz hududi doirasida oʻzi belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Kelishilgan yoʻnalishlarda havo kemalari parvozlari va yoʻlovchilar, yuk va pochta tashish, shuningdek, tijoriy hamkorlik qilish masalalari, yaʼni parvozlar takroriyligi, havo kemalari turlari, yoqilgʻi quyish, yerda havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish va moliyaviy hisob- kitoblar tayinlangan aviakorxonalar oʻrtasidagi kelishuvga muvofiq amalga oshiriladi va Ahdlashuvchi Tomonlar aviatsiya maʼmurlariga tasdiq uchun taqdim etiladi. Bunday kelishuv boʻlmagan taqdirda bu masalalar Ahdlashuvchi Tomonlar aviatsiya maʼmurlari tomonidan hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qoʻshimcha va charter parvozlar har bir Ahdlashuvchi Tomonlarning qonunchiligiga muvofiq ravishda tayinlangan aviakorxonalarning oldindan berilgan talabnomalari asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha shartlashilgan yoʻllardan foydalanish maqsadida bu haqda boshqa Ahdlashuvchi Tomonni yozma ravishda xabardor etgan holda bir yoki bir necha aviakorxonani tayinlash huquqiga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon bunday xabarnomani olganidan soʻng ushbu moddaning 3 va 4-bandlari qoidalariga muvofiq tayinlangan har bir aviakorxonaga parvozlar uchun darhol tegishli ruxsatnomalarni beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Bir Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlari parvozlar uchun ruxsatnoma berishdan oldin ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasidan u xalqaro havo yoʻllaridan foydalanish chogʻida odatda qoʻllaniladigan qonunlar va qoidalarda belgilangan hamda oʻz darajasiga koʻra Konvensiya talablari darajasidan chetga chiqmaydigan shartlarni bajarishga qodirligini isbotlovchi dalillarni talab qilishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ahdlashuvchi Tomonlardan har biri parvoz qiladigan aviakorxonaga ustun egalik qilish va uning faoliyati ustidan haqiqiy nazorat qilish huquqi aviakorxonani tayinlagan Ahdlashuvchi Tomonga yoki uning fuqarolariga qarashli ekanligini isbotlovchi dalillarga ega boʻlmagan har qanday holda, boshqa Ahdlashuvchi Tomon ushbu moddaning 2-bandida koʻrsatilgan parvozlarga ruxsat berishni rad etishi yoki tayinlangan aviakorxona ushbu Bitimning 2-moddasida koʻrsatilgan huquqlardan foydalanayotganida bajarishi zarur deb hisoblaydigan shartlar ijro etilishini talab qilish huquqiga egadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Ushbu moddada koʻrsatilgan ruxsatnomani olgan tayinlangan aviakorxona shartlashilgan yoʻllarda ushbu Bitimning 13-moddasiga muvofiq bu yoʻnalishlarda tariflar joriy etilgan, shuningdek ushbu Bitimning 3-moddasi 2-bandiga muvofiq texnik va tijorat masalalari hal qilingan taqdirda istalgan vaqtda shartlashilgan yoʻllardan foydalanishni boshlashi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon, basharti:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) tayinlangan aviakorxonaga ustun darajada egalik qilish yoki uning ustidan amaliy nazorat oʻrnatish bu aviakorxonani tayinlagan Ahdlashuvchi Tomonga yoki uning fuqarolariga tegishli ekanligiga ishonch hosil qilmagan har qanday holda, yoxud
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) mazkur aviakorxona huquqlarni bergan Ahdlashuvchi Tomonning qonunlari va qoidalariga rioya etmayotgan taqdirda, yoxud
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
c) aviakorxona ushbu Bitimda belgilangan shartlarga qandaydir oʻzgacha tarzda rioya etmayotgan boʻlsa, parvozlarga doir ruxsatnomani bekor qilish yoki ushbu Bitimning 2-moddasida koʻrsatilgan boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga berilgan huquqlardan foydalanishni toʻxtatib qoʻyish, yoxud bu huquqlardan foydalanishda oʻzi zarur deb hisoblagan shartlarning bajarilishini talab qilish huquqiga egadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Basharti, ruxsatnomani darhol bekor qilish, huquqlarni toʻxtatib qoʻyish yoki ushbu moddaning 1-bandida keltirilgan shartlarning bajarilishini talab qilish qonunlar va qoidalarning bundan keyin ham buzilishini bartaraf etish uchun zaruriy ogohlantirish deb hisoblanmasa, ushbu bandda tilga olingan huquqdan Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari oʻrtasidagi maslahatlashuvlardan soʻng foydalaniladi. Aviatsiya maʼmurlari oʻrtasidagi bunday maslahatlashuvlar soʻrov tushgan kundan boshlab (30) kun ichida boʻlib oʻtishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ahdlashuvchi Tomonlar shartlashilgan yoʻllardan xavfsiz va samarali foydalanish uchun barcha zarur choralarni koʻradilar. Ana shu maqsad uchun har bir Ahdlashuvchi Tomon ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon tayinlagan aviakorxonasining havo kemalariga shartlashilgan yoʻllardan foydalanish uchun zarur boʻlgan barcha radionurtexnikaviy, meteorologik va boshqa xizmat koʻrsatish vositalarini beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Bir Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlari ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlariga qoʻshimcha va asosiy tayyoragohlar, havo yoʻllari, aloqa tarmoqlari va aeronavigatsiya vositalari haqidagi, havo kemalari parvozini boshqarish toʻgʻrisidagi va boshqa masalalar boʻyicha maʼlumotlarni shartlashilgan yoʻllarda havo kemalaridan xavfsiz va samarali foydalanishni taʼminlash uchun yetarli hajmlarda berishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Bir Ahdlashuvchi Tomonning xalqaro parvozlarni amalga oshirayotgan havo kemalarining uning hududiga uchib kirishi va uning hududidan uchib chiqishini yoki ushbu havo kemalaridan foydalanishni yoxud ularning qatnovlarini oʻz hududi doirasida tartibga soluvchi qonunlari va qoidalari boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi havo kemalariga nisbatan qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Bir Ahdlashuvchi Tomonning xalqaro tashishlarga taalluqli, uning hududiga yoʻlovchilar, ekipajlar, yuk va pochtaning kirib kelishi, unda boʻlishi va joʻnatilishini tartibga soluvchi qonunlar hamda qoidalar, xususan pasport, bojxona, valyuta va sanitariya qoidalariga oid tartibotlar boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi havo kemalariga, yoʻlovchilar, ekipaj, yuk va pochtaga nisbatan ularning koʻrsatilgan hudud doirasida boʻlishi davrida qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har bir tayyoragohdan, jumladan, uning inshootlari, texnik va boshqa vositalaridan, hamda xizmatlaridan foydalanganlik uchun olinadigan yigʻimlar va oʻzga toʻlovlar, shuningdek aeronavigatsiya vositalaridan, aloqa vositalari hamda xizmatlaridan foydalanganlik uchun olinadigan har qanday toʻlovlar har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻz hududida belgilab qoʻygan stavkalar va tariflarga muvofiq undiriladi va ular boshqa davlatlarning aviakorxonalaridan undiriladigan shunday yigʻimlar va toʻlovlardan oshmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Tayinlangan aviakorxonalarning havo kemalari ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon hududi ustidan parvozlarni amalga oshirish vaqtida oʻz davlatlarining tanitish belgilariga, roʻyxatga olish shahodatnomasiga, parvozlarga yaroqlilik guvohnomasiga va Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari belgilab qoʻygan havo kemalarining oʻzga hujjatlariga ega boʻlishi lozim. Uchuvchilar va ekipajning boshqa aʼzolari belgilangan namunadagi shahodatnomalarga ega boʻlishlari lozim. Bunday shahodatnomalar va guvohnomalarni berishda qoʻyiladigan talablar Konvensiya talablariga muvofiq belgilanadigan minimal standartlarga mutanosib boʻlishi yoki ulardan yuqori boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu moddaning 1-bandida koʻrsatilgan barcha hujjatlar, shuningdek Ahdlashuvchi Tomonlardan biri tomonidan berilgan yoki tasdiqlangan va muddati oʻtkazib yuborilmagan foydalanuvchi shahodatnomasi hamda tegishli tashishlarni amalga oshirish uchun berilgan ruxsatnomalar boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida haqiqiy deb eʼtirof etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ahdlashuvchi Tomonlardan biri tayinlangan aviakorxonasining havo kemasi noilojlikdan qoʻnganda yoki boshqa hodisa sodir boʻlgan taqdirda, hududida hodisa sodir boʻlgan Ahdlashuvchi Tomon bu haqda darhol ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonni xabardor qiladi, hodisa sabablarini tekshirish yuzasidan zarur choralar koʻradi hamda ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning iltimosiga binoan bunday hodisani tekshirishda qatnashish uchun shu Ahdlashuvchi Tomon vakillari oʻz hududiga moneliksiz kirishini taʼminlaydi, shuningdek, basharti, hodisa chogʻida jabrlangan boʻlsalar ekipaj va yoʻlovchilarga yordam koʻrsatish yuzasidan shoshilinch choralar koʻradi hamda ushbu havo kemasidagi pochta, yoʻlovchilar yuklari va yukning asralishini taʼminlaydi. Hodisani tekshirayotgan Ahdlashuvchi Tomon uning natijalari xususida ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonni xabardor qilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududi orqali toʻgʻri tranzit bilan oʻtayotgan va ana shu maqsad uchun tayyoragoh hududidan ajratilgan joyni tark etmaydigan yoʻlovchilar, yoʻlovchilar yuklari va yuk, agar aviatsiya xavfsizligini taʼminlash choralari buni taqozo etmasa, faqat yuzaki tekshiruvdan oʻtkaziladi. Toʻgʻri tranzit bilan oʻtayotgan yoʻlovchilar yuklari va yuk uchun bojxona bojlari va boshqa soliqlar undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ahdlashuvchi Tomonlarning tayinlangan aviakorxonalariga ularning tegishli hududlari oraligʻida belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha shartlashilgan yoʻllardan foydalanishda adolatli va teng shart-sharoitlar yaratib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Shartlashilgan yoʻllardan foydalanishda Ahdlashuvchi Tomonlardan birining tayinlangan aviakorxonasi ana shu yoʻnalish boʻyicha havo yoʻlidan yoki uning bir qismidan foydalanayotgan ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon tayinlangan aviakorxonasining tashish ishlariga noodil ziyon yetkazmaslik uchun uning manfaatlarini eʼtiborga olishi lozim. Ana shu maqsadda Ahdlashuvchi Tomonlarning tayinlangan aviakorxonalari birgalikda foydalanish yoki foydani kelishilgan nisbatda baham koʻrish toʻgʻrisida oʻzaro bitim tuzishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ahdlashuvchi Tomonlarning tayinlangan aviakorxonalari xizmat koʻrsatadigan kelishilgan yoʻllar belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha tashishlarda ijtimoiy ehtiyojlarga muvofiq boʻlishi lozim hamda har bir aviakorxona shunday sigʻim berish yuzasidan birinchi navbatdagi vazifaga ega boʻlishi kerakki, toki u ish bilan taʼminlanishning oqilona koeffitsiyentida ularning tegishli hududlari oʻrtasida yoʻlovchilar, yuk va pochta tashishda mavjud hamda oqilona moʻljallangan ehtiyojlarga javob bersin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Tariflar har qanday shartlashilgan yoʻllarda foydalanishga ketadigan xarajatlarni, foydaning oqilona miqdorini, havo yoʻli tavsifini (masalan, tezlik va qulayliklarni) hamda belgilangan yoʻnalishlarning har qanday qismi uchun boshqa aviakorxonalarning tariflarini qoʻshgan holda, barcha tegishli omillarni hisobga olib oqilona meʼyorlarda belgilanishi lozim. Bu tariflar ushbu moddaning quyida keltirilgan qoidalariga muvofiq belgilanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu moddaning 1-bandida koʻrsatib oʻtilgan tariflar, shuningdek mazkur tariflardan olinadigan vakillikka oid vositachilik haqi miqdori, imkoniyatga qarab, butun yoʻnalishdan yoki uning bir qismidan foydalanadigan boshqa aviakorxonalar bilan fikrlashib olingandan soʻng manfaatdor tayinlangan aviakorxonalar oʻrtasida belgilangan yoʻnalishlarning har biri boʻyicha kelishib olinadi. Shu tarzda kelishib olingan tariflar Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari tomonidan tasdiqlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Basharti, tayinlangan aviakorxonalar (15) kun mobaynida ana shu tariflarning birortasiga rozi boʻlmasalar yoki biron boshqa sabablarga koʻra tarif ushbu moddaning 2-bandi qoidalariga muvofiq kelishib olinishi mumkin boʻlmasa, Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari oʻzaro kelishuvga binoan tarif belgilashga harakat qilishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Basharti, aviatsiya maʼmurlari ushbu moddaning 2-bandiga muvofiq ularga taqdim qilingan biron-bir tarifni tasdiqlash masalasi boʻyicha yoki ushbu moddaning 3-bandiga muvofiq biron-bir tarif belgilash boʻyicha kelishuvga erisha olmasalar, bu kelishmovchilik ushbu Bitimning 21-moddasi shartlariga binoan hal qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Ushbu moddaning qoidalariga muvofiq belgilangan tariflar ushbu modda shartlariga koʻra yangi tariflar belgilangunga qadar oʻz kuchini saqlab qolishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ahdlashuvchi Tomonlardan har birining tayinlangan aviakorxonasi parvozlar boshlanishidan kamida (30) kun oldin parvozlar takroriyligini, havo kemasining tipini, oʻrinlar joylashtirilishi va sotish uchun moʻljallangan miqdorini koʻrsatib, taxminiy jadvalni tasdiqlash uchun ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlariga taqdim etishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi tasdiqlangan jadvaliga kiritiladigan har qanday keyingi oʻzgartishlar ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlari tomonidan taʼkid etilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ahdlashuvchi Tomonlardan birining tayinlangan aviakorxonasi tomonidan shartlashilgan yoʻllarda foydalanilayotgan havo kemalari, shuningdek bunday havo kemalari ichidagi ularning roʻyxatdagi mol-mulki, yonilgʻi va moylash materiallari, bort zaxiralari (oziq-ovqat, ichimlik va tamaki mahsulotlarini oʻz ichiga olgan holda) ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning hududiga kelingach, zikr etilgan mol-mulk, materiallar va zaxiralar ularni qaytarib olib ketish paytiga qadar havo kemasi ichida qolish sharti bilan, barcha bojxona bojlari hamda boshqa soliqlar va yigʻimlardan ozod qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Shuningdek, bunday bojlar, soliqlar va yigʻimlardan (koʻrsatiladigan xizmatlar uchun undiriladigan yigʻimlarni istisno etganda) quyidagilar ozod qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududida shu Ahdlashuvchi Tomonning maʼmurlari belgilagan eng kam miqdorlar doirasida olingan va ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi shartlashilgan yoʻllarda foydalanadigan havo kemasi ichida foydalanish uchun moʻljallangan bort zaxiralari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi shartlashilgan yoʻllarda foydalanadigan havo kemasiga texnik xizmat koʻrsatish uchun yoki uni taʼmirlash uchun Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududiga olib kirilgan ehtiyot qismlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
c) Ahdlashuvchi Tomonlardan birining tayinlangan aviakorxonasi shartlashilgan yoʻllarda foydalanadigan havo kemasida ishlatish uchun moʻljallangan yonilgʻi va moylash materiallari, hatto bu zaxiralar yoʻnalishning ularni bortga olingan ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning hududi doirasidagi qismida ishlatilgan taqdirda ham.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ahdlashuvchi Tomonlardan birining tayinlangan aviakorxonasi ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning hududiga oʻzining foydalanish ehtiyojlari uchun olib kelgan yoki olib keltirayotgan yonilgʻi, moylash mahsulotlari, ehtiyot qismlar, roʻyxatdagi mol-mulk, oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar va tamaki buyumlarini oʻz ichiga olgan holda bort zaxiralari, reklama materiallari, avtotransport, bronlash hamda aloqa uchun elektron uskunalar va ularga ehtiyot qismlar, vakolatxonalarni jihozlash hamda ularning faoliyat koʻrsatishi uchun mebel va ashyolar, ularni olib kirishda, olib chiqishda va ana shu ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning hududida turgan vaqtida barcha bojxona bojlaridan hamda boshqa soliqlar va yigʻimlardan ozod qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Tayinlangan aviakorxonalar oʻrtasidagi hisob-kitoblar Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida amal qilayotgan hisob-kitoblar va toʻlovlar toʻgʻrisidagi bitimlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga bu aviakorxona shartlashilgan yoʻllardan foydalanishdan olgan daromadning xarajatlardan ortgan qismini erkin oʻtkazish huquqini beradi. Bu pullarga biron-bir soliq solinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Bunday oʻtkazish Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi moliyaviy munosabatlarni tartibga soluvchi bitim qoidalariga muvofiq amalga oshirilishi lozim. Bunday bitim boʻlmagan yoki bunday bitimda tegishli qoidalar boʻlmagan taqdirda Ahdlashuvchi Tomonlarning vakolatli maʼmurlari ana shunday oʻtkazish tartibini aniqlashlari lozim. Basharti- ki, bu aniqlanmasa, oʻtkazish erkin almashiladigan valyutada rasmiy ayirboshlov kursi boʻyicha Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida qoʻllanilayotgan valyuta ayirboshlovi qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Shartlashilgan yoʻllardan foydalanishni taʼminlash uchun bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning hududida zarur maʼmuriy, tijorat va texnik xodimlar bilan oʻz vakolatxonalarini ochish huquqi beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning hududida aviatashuvlarni oʻz tashuv hujjatlarini ishlatib mustaqil ravishda sotish hamda shu Ahdlashuvchi Tomonning qonunlari va qoidalariga muvofiq ularni sotadigan vakillarni tayinlash huquqiga ega boʻladi. Basharti, bir Ahdlashuvchi Tomon korxonalarining ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon hududidagi aviatashuvlarni sotishni qoʻshgan holdagi tijorat faoliyati Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi maxsus bitim bilan tartibga solinsa oʻsha bitim qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ahdlashuvchi Tomonlar xalqaro huquqlardan kelib chiqadigan oʻz huquqlari va majburiyatlariga muvofiq fuqaro aviatsiyasining gʻayriqonuniy aralashuv xatti-harakatlaridan xavfsizligini taʼminlashga doir zimmaga oladigan oʻzaro majburiyatlari ushbu Bitimning ajralmas qismi ekanligini tasdiqlaydilar. Ahdlashuvchi Tomonlar xalqaro huquqqa doir oʻz huquqlari va majburiyatlarining umumiy yoʻnalishlarini cheklamagan holda, 1963-yil 14-sentabrda Tokioda imzolangan Havo kemalarida sodir etiladigan jinoyatchilik va boshqa harakatlar toʻgʻrisidagi Konvensiya, 1970-yil 16-dekabrda Gaagada imzolangan Havo kemalarini gʻayriqonuniy ravishda egallab olishga qarshi kurash toʻgʻrisidagi Konvensiya, hamda 1971-yil 23-sentabrda Monrealda imzolangan Fuqaro aviatsiyasi xavfsizligiga qarshi kurash haqidagi Konvensiya, xamda 1988-yil 24-fevralda Monrealda imzolangan Xalqaro tayyoragohlarda gʻayriqonuniy kuch ishlatish harakatlariga qarshi kurash toʻgʻrisidagi Bayonnoma qoidalariga, Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi amaldagi ikki tomonlama bitimlar va ular oʻrtasida keyinchalik tuziladigan bitimlarga muvofiq ish olib boradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ahdlashuvchi Tomonlar bir-birlarining iltimosiga koʻra havo kemasini gʻayriqonuniy tutqun qilib olishning hamda havo kemasiga, undagi yoʻlovchilar va ekipaj aʼzolariga, tayyoragohlar va qatnovni taʼminlash vositalariga xavf tugʻdiruvchi boshqa gʻayriqonuniy xatti-harakatlarning, shuningdek, fuqaro aviatsiyasi xavfsizligiga tahdid qilishning har qanday koʻrinishi oldini olishda bir-birlariga barcha zaruriy yordamni koʻrsatadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzaro munosabatlarida oʻzlariga maqbul keladigan darajada Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti tomonidan belgilangan va Xalqaro fuqaro aviatsiyasi boʻyicha Konvensiyaga Ilovalarda tavsiflangan aviatsiya xavfsizligi va texnik talablar qoidalariga, shuningdek Fuqaro aviatsiyasi va samoviy hududdan foydalanishga doir Bitimga muvofiq ish koʻradilar. Ular roʻyxatga olish boʻyicha havo kemalarining foydalanuvchilaridan, asosiy faoliyat joyi yoki doimiy turar joyi oʻz hududlarida joylashgan havo kemalarining foydalanuvchilaridan va oʻz hududlarida joylashgan xalqaro tayyoragohlarning foydalanuvchilaridan aviatsiya xavfsizligining yuqoridagi qoidalariga muvofiq ish koʻrishlarini talab qiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon havo kemalarining bunday foydalanuvchilaridan ushbu moddaning 3-bandida zikr etilgan qoidalarga va ana shu ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon havo kemasi oʻz hududi chegaralariga kirib kelayotganida, undan chiqib ketayotganida yoki unda boʻlib turgan vaqtida nazarda tutilgan qoidalarga rioya etishini talab qilishi mumkinligiga rozi boʻladi. Har bir Ahdlashuvchi Tomon havo kemalarini himoya qilish va yoʻlovchilarni, ekipaj aʼzolarini, yoʻlovchi yuki, yuklar va roʻyxatdagi mulkni yuk ortish va tushirish vaqtida tekshirish uchun oʻz hududi doirasida samarali chora- tadbirlar koʻrilishini taʼminlaydi. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonning, basharti, aniq tahdid mavjud boʻlsa, oqilona doiralarda xavfsizlikni taʼminlash yuzasidan maxsus chora-tadbirlar koʻrishga doir iltimoslarini ham xayrixohlik bilan qarab chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Basharti, fuqaro havo kemasi tutqun qilib olinsa yoki uni tutqun qilish tahdidi mavjud boʻlsa yoki havo kemasi, undagi yoʻlovchilar va ekipaj aʼzolariga tayyoragohlar va qatnovni taʼminlash vositalariga boshqa gʻayriqonuniy xatti-harakatlar bilan tahdid qilinsa, Ahdlashuvchi Tomonlar aloqani yengillatish va bunday koʻngilsizlik yoki tahdidga jadal, hamda beshikast barham berishning barcha zarur chora-tadbirlarini koʻrish orqali bir-birlariga koʻmak beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Basharti, Ahdlashuvchi Tomonlardan biron-biri ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon ushbu moddaning aviatsiya xavfsizligiga oid qoidalaridan chekinyapti deb hisoblash uchun yetarli asosga ega boʻlsa, ushbu Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlari ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlari bilan shoshilinch maslahatlashuvlar oʻtkazilishini talab qilishlari mumkin. Maslahatlashuvlar oʻtkazish toʻgʻrisidagi soʻrov bilan murojaat etilgan kundan eʼtiboran (15) kun mobaynida maqbul kelishuvga erishilmagan yoki fuqaro aviatsiyasining xavfsizligiga bevosita xavf paydo boʻlgan taqdirda ushbu Bitimning 5-moddasini qoʻllash uchun asos yuzaga keladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18a-modda
Parvozlar xavfsizligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon istagan vaqtda havo kemasidan foydalanish va aeronavigatsiya vositalari, uchuvchi ekipaji va havo kemasiga taalluqli sohalarda boshqa Ahdlashuvchi Tomon bajaradigan parvoz xavfsizligi boʻyicha meʼyorlarga tegishli maslahatlashuvlar oʻtkazishni talab qilishi mumkin. Bunday maslahatlashuvlar talab qilingandan keyin oʻttiz kun davomida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Agar banday maslahatlashuvlardan keyin Ahdlashuvchi Tomonlardan biri, boshqa Ahdlashuvchi Tomon 1-bandda koʻrsatilgan Xalqaro fuqaro aviatsiyasi haqidagi Konvensiyaga (Doc 7300) muvofiq amal qiladigan standartlarga mos parvoz xavfsizligi meʼyorlariga samarali rioya qilish nazoratini taʼminlamasa, boshqa Ahdlashuvchi Tomon IKAO standartlarini bajarishga kerakli hisoblangan bunday xulosa va tadbirlar haqida axborot oladi. Bundan soʻng kerakli chora-tadbirlarni koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Konvensiyaning 16-moddasiga muvofiq, aviakompaniya tomonidan, yoki bir Ahdlashuvchi Tomonning aviakompaniyasi tomonidan bir Ahdlashuvchi Tomon hududidan ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon hududiga parvoz qilayotgan havo kemasi, boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida boʻla turib, havo kemasidan foydalanishni sababsiz kechiktirishga yoʻl qoʻymaslik sharti bilan, boshqa Ahdlashuvchi Tomon vakolat berilgan vakillari koʻrigidan oʻtiladi. Chikago Konvensiyasining 33-moddasida koʻrsatilgan majburiyatlarga qaramay, ushbu nazorat maqsadi, havo kemasi hujjatlari va uni ekipaj guvohnomalarini amaldagiga mos kelishi va Konvensiyaga muvofiq amal qiluvchi standartlarga havo kemasi jihozlanishi va holatini mos kelishi tekshirish hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Agar aviakompaniya parvozlari xavfsizligini taʼminlash uchun kechiktirmaydigan choralar koʻrilishi kerak boʻlsa, har bir Ahdlashuvchi Tomon amaliyoti toʻxtatishi, aviakompaniya yoki boshqa Ahdlashuvchi Tomon aviakompaniyasi taqdim etgan ekspluatatsiya ruxsatnomasini oʻzgartirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Bir Ahdlashuvchi Tomonning yuqoridagi 4-bandiga muvofiq koʻriladigan choralari, ularni qabul qilishga asos yoʻqolganida tugatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Yuqoridagi 2-bandiga nisbatan qoʻllanadigan bir Ahdlashuvchi Tomon kelishilgan vaqt muddati tutagandan keyin IKAO standartlariga rioya etmaslikni davom ettirsa, bu haqida IKAO Bosh kotibi xabardor boʻlishi kerak. Shuningdek, keyinchalik Bosh kotib muammoni qoniqarli hal etilishi haqida xabardor boʻlishi kerak.
(18a-modda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Moldova Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2002-yil 10-dekabrdagi bayonnomaga asosan kiritilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ahdlashuvchi Tomonlar quyidagi sohalarda, chunonchi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
havo transporti sohasidagi ilmiy-texnika siyosati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aviakorxonalarni moddiy-texnik taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aviatsiya mutaxassislarini oʻqitish va ularni tayyorlash darajasiga qoʻyiladigan yagona talablarni ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aviatsiya texnikasidan texnik jihatda foydalanish, ularni taʼmirlash va oʻzaro tegishli ashyo-anjomlar yetkazib berish sohasida yaqin hamkorlikda va birgalikda ish olib boradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hamkorlikning ana shu sohalariga daxldor masalalar Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari oʻrtasidagi maxsus bitimlarning mavzui boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Bitimni bajarishga taalluqli boʻlgan barcha masalalar boʻyicha yaqindan hamkorlikni taʼminlash uchun Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari oʻrtasida vaqt-vaqti bilan maslahatlashuvlar oʻtkazilib turiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Bitimni yoki uning ilovasini sharhlash yoki qoʻllash munosabati bilan yuzaga keladigan har qanday nizo ikkala Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlari oʻrtasida bevosita muzokaralar orqali hal etiladi. Basharti, zikr etilgan maʼmurlar murosaga kelmasalar, nizo bevosita Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Basharti, Ahdlashuvchi Tomonlardan biri ushbu Bitim yoki uning ilovasi shartlarini oʻzgartirishni taklif qilsa, Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari oʻrtasida moʻljallanayotgan oʻzgartishlar xususida maslahatlashuvlar oʻtkaziladi. Agar Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari bu muddatni choʻzish toʻgʻrisida murosaga kelmasalar, masla- hatlashuvlar ularni oʻtkazish toʻgʻrisidagi soʻrov tushgan kundan eʼtiboran (60) kun ichida boshlanishi lozim. Ushbu Bitimga kiritilgan har qanday oʻzgartish diplomatik vositalar orqali notalar ayirboshlash yoʻli bilan tasdiqlanganidan keyin kuchga kiradi. Ilovalarga oʻzgartishlar Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari oʻrtasidagi kelishuvga binoan kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23-modda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Bitim cheklanmagan muddatga tuzilmoqda va har bir Ahdlashuvchi Tomon mazkur Bitimning kuchga kirishi uchun lozim boʻlgan davlat ichki qonunchilik zaruriy tartibotini toʻla-toʻkis bajarganligi toʻgʻrisida diplomatik vositalar orqali yozma ravishda xabar bergan kundan boshlab kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri istalgan vaqtda boshqa Ahdlashuvchi Tomonni ushbu Bitimning amal qilishini toʻxtatish istagida ekanligidan diplomatik aloqa yoʻllari orqali yozma ravishda xabardor qilishi mumkin. Bu holda, Bitimning amal qilishi boshqa Ahdlashuvchi Tomon bunday xabarnomani olgan kundan eʼtiboran oʻn ikki oy oʻtgandan soʻng, basharti, Bitimning amal qilishini toʻxtatish haqidagi zikr etilgan xabarnoma bu muddat tugagunga qadar Ahdlashuvchi Tomonlarning oʻzaro kelishuviga binoan orqaga qaytarib olinmasa, toʻxtaydi. Basharti, boshqa Ahdlashuvchi Tomon xabarnoma olgani toʻgʻrisida maʼlumot boʻlmasa, Fuqaro Aviatsiyasi Xalqaro Tashkiloti xabarnoma olganidan keyin (14) kun oʻtgach boshqa Ahdlashuvchi Tomon ushbu xabarnomani qoʻlga kiritgan deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbuni tasdiqlab, oʻz hukumatlari tomonidan tegishli vakolatga ega boʻlgan muxtor vakillar mazkur Bitimni imzoladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1995-yilning 30-martida Kishinev shahrida oʻzbek, moldovan va rus tillarida ikki asl nusxada tuzildi, har ikki matn bir xil kuchga egadir. Ushbu Bitimni talqin qilishda hamfikrlik boʻlmagan taqdirda rus tilidagi matn asos sifatida qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(imzolar)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bitimga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasining tayinlangan aviakorxonasi har ikki tomonga parvozlarni amalga oshirishda foydalanadigan yoʻnalishlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekistondagi manzillar — oraliq manzillar — Moldovadagi manzillar — tashqaridagi manzillar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Moldova Respublikasining tayinlangan aviakorxonasi har ikki tomonga parvozlarni amalga oshirishda foydalanadigan yoʻnalishlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moldovadagi manzillar — oraliq manzillar — Oʻzbekistondagi manzillar — tashqaridagi manzillar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Eslatma: har bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi tijoriy huquqlardan foydalanmagan holda oraliq va tashqaridagi xohlagan manzilidan foydalanishi mumkin.