29.08.1996 yildagi 254-I-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, 29.08.1996 yildagi 254-I-son
Date of entry into force
10.09.1996
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Buyuk xizmatlari uchun” ordenini ta’sis etish to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni ta’sis etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Buyuk xizmatlari uchun” ordenining tavsifi tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1996-yil 29-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
254-I-son

“Buyuk xizmatlari uchun” ordeni to‘g‘risidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1. “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda xorijiy davlatlarning fuqarolari fan va texnikani, iqtisodiyot va madaniyatni rivojlantirishdagi katta xizmatlari, davlatlararo hamkorlikni rivojlantirishga hamda O‘zbekistonning xalqaro obro‘sini oshirishga qaratilgan ichki va tashqi siyosatni amalga oshirish ishiga sezilarli hissa qo‘shganligi uchun taqdirlanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlashga taqdim etish, mukofotlash va ordenni topshirish “Davlat mukofotlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining oltmish karrasi miqdorida bir marta beriladigan pul mukofoti yoki shu summaga teng esdalik sovg‘asini oladilar.
(3-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan shaxslar qonunchilikda belgilab qo‘yiladigan imtiyozlardan foydalanadilar.
(3-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni muhayyar lentaga birkitilib, ko‘krakka taqib yuriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan vafotidan keyin mukofotlangan taqdirda, mukofotlash to‘g‘risidagi hujjat va bir marta beriladigan pul to‘lovi mukofotlanganning oilasiga topshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Buyuk xizmatlari uchun” ordenining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TAvSIFi

“Buyuk xizmatlari uchun” ordeni 1 mikron qalinlikdagi oltin qoplangan 925 darajali (probali) kumushdan tayyorlanadi va sakkiz qirrali musamman ko‘rinishida bo‘lib, uning qirralari yoqutrangda tayyorlangandir. Musammanning burchaklari orasida moviyrang emal qoplangan taram-taram bo‘lib taralayotgan nurlar joylashgan. Musammanning qarama-qarshi uchlari orasidagi masofa — 57 millimetr. Nurlar jo bo‘lgan aylananing diametri — 52 millimetr.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Orden markazida bitta umumiy markazga ega bo‘lgan, diametrlari 36 va 24 millimetrli ikkita aylana joylashgan. Ichki aylanada ramziy tarzda tasvirlangan moviy rangdagi yer kurrasi fonida O‘zbekiston Respublikasi xaritasi tilla rangda tasvirlangan. Tashqi va ichki aylanalar o‘rtasida, yuqori qismida oq emal fonida kumush rangdagi “BUYUK XIZMATLARI UCHUN” yozuvi joylashgan. Harflarning balandligi — 3 millimetr. Aylananing pastki qismida yashil rangdagi ikkita birlashtirilgan dafna novdalari joylashtirilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Orden oraliq kolodka va halqalar yordamida muhayyar lentaga biriktirilgan. Tillarang oraliq kolodka chiqib kelayotgan quyosh fonidagi Humo qushi tasviri ko‘rinishida. Kolodkaning eni — 45 millimetr, balandligi — 30 millimetr. Muhayyar lenta yo‘l-yo‘l qizil, moviy, oq va yashil ranglardan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ordenning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Pastki qismida ordenning raqami 1 millimetr kattalikdagi botiq shrift bilan yozilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ordenning qalinligi — 8 millimetr.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ordenning og‘irligi — 165 gramm.
(“Buyuk xizmatlari uchun” ordenining tavsifi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-apreldagi 421-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 126-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 119-modda; 1997-y., 4-5-son, 126-modda; 2003-y., 9-10-son, 149-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son )