23.12.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2638
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasining qarori, 23.12.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2638
Date of entry into force
29.12.2014
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DAVLAT ZAXIRALARINI BOSHQARISH QOʻMITASINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

Birinchi guruhga goʻsht-oʻsimlik konservalarini yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 23-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2638]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 9-martdagi 113-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 10-son, 118-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Birinchi guruhga goʻsht-oʻsimlik konservalarini yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim hamda u rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rais J. KADIROV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-yil 25-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22-son

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasining 2014-yil 25-noyabrdagi 22-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birinchi guruhga goʻsht-oʻsimlik konservalarini yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
YOʻRIQNOMA

I bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Yoʻriqnoma birinchi guruhga goʻsht-oʻsimlik konservalarini yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Yoʻriqnoma talablari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi (bundan buyon matnda Qoʻmita deb yuritiladi) tizimidagi tashkilotlar va birinchi guruh moddiy boyliklarini masʼul saqlovchi tashkilotlar uchun majburiydir.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Davlat zaxirasiga qoʻyiladigan goʻsht-oʻsimlik konservalari (bundan buyon matnda konservalar deb yuritiladi) normativ hujjatlarga muvofiq ishlab chiqarilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II bob. Idishga qadoqlash, yorliqlash va tashish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Konservalarni qadoqlash konservalarni ishlab chiqarishga asos boʻlgan normativ hujjatlar talablariga toʻgʻri kelishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Konservalar normativ hujjatlarga muvofiq yangi, mustahkam, toza, quruq, standart taxta yashiklarga yoki gofrlangan karton yashiklarga solinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Gofrlangan kartondan tayyorlangan yashiklar gardishlar bilan taʼminlangan va yonlari boʻylab metall lenta bilan tortilgan yoki yopishqoq qatlamli polimer lenta bilan ikki qator qilib yopishtirilgan boʻlishi kerak. Qogʻoz asosdagi yopishqoq lentadan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Taxta yashiklar yon tomonlari boʻylab poʻlat oʻram lentasi bilan oʻralgan, bogʻlab mustahkamlangan yoki diametri 2,0 mm boʻlgan yumshoq poʻlat sim bilan har bir mix qalpoqchasi atrofida oʻralgan boʻlishi hamda uzoq vaqt saqlash uchun yetkazib beriladigan konservalarning idishi va oʻramiga qoʻyiladigan talablarga mos kelishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Konservalar normativ hujjatga muvofiq yorliqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Konserva etiketkasida quyidagilar koʻrsatilishi zarur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Isteʼmol qilishdan oldin isitilsin. Tarkibi: goʻsht, yorma, yogʻ (goʻsht, yorma va yogʻ turlari koʻrsatilishi kerak), tuz, piyoz, qalampir”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulotning ozuqaviylik va energetik qiymati (yogʻ, oqsil, kaloriyasi) haqidagi maʼlumotlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Konservalarni joylash uchun faqat normativ hujjatlarda koʻzda tutilgan yashiklargina qoʻllanishi lozim. Konservalarni yashikka joylash normativ hujjatlar talablariga mos kelishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Konservalarni tashishda ularning deformatsiyalanishiga yoʻl qoʻymaslik uchun konservalarning gorizontal qatorlari orasiga karton yoki qalinligi 1,0 mm boʻlgan qalin qogʻozli qistirmalar qoʻyilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Konservalar paketlangan koʻrinishda yetkazib berilganda quyidagilarga eʼtibor qaratish lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tagliklarning normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi, paketning shakllantirilishi, transport paketlarini mustahkamlash vositalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulotni normativ hujjatlarga muvofiq tavsiflovchi nazorat belgilarining, markirovka yorliqlarining borligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Konservalar toza, texnik jihatdan soz vagonlar yoki boshqa yopiq transport vositalarida tashilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Konservalar ortilgan vagonlar yetib kelganda temir yoʻl transporti tashkilotining vakili ishtirokida quyidagilar tekshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vagonlarning texnik sozligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
plombalar borligi, ulardagi bosma tamgʻaning aniqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vagon eshiklarida buragichlarning borligi va ularning holati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuk nomi va yashiklar (paketlar)dagi plombalarning yuk hujjatlariga muvofiqligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Tekshiruv paytida aniqlangan vagonlarning texnik nosozligi, plombalarning yoʻqligi, bosma tamgʻalarning noaniqligi kabi kamchiliklar tegishli dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Konservalarni qabul qilib olishda quyidagi kamchiliklar aniqlangan taqdirda temir yoʻl transporti tashkilotidan tijorat dalolatnomasini tuzish talab qilinishi zarur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kamomad;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idishlardagi sezilarli shikastlanishlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻramning normativ hujjat talablariga nomuvofiqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulot nomining transport hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlarga nomuvofiqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuk tashish qoidalarida koʻzda tutilgan boshqa holatlarda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III bob. Konservalarni yetkazib berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan yoki import qilingan, sifat va xavfsizlik koʻrsatkichlari, oʻrami va markirovkasi normativ hujjatlar talablariga javob beradigan konservalar uzoq vaqt saqlash uchun qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Saqlashga qoʻyiladigan konserva partiyasi turi, navi va ishlab chiqarish vaqti boʻyicha bir xil boʻlgan konservalardan tashkil topishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konservalar bir oy ichida tayyorlangan boʻlishi, bir turdagi va oʻlchamdagi yashiklarga solinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Ishlab chiqaruvchi (yetkazib beruvchi) saqlashga yetkazib beriladigan konservalarning har bir partiyasiga mahsulot sifati toʻgʻrisida hujjatlarni yoki ularning tasdiqlangan nusxalarini beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Mahsulot sifatini tasdiqlovchi hujjatlar tovar-transport hujjatlari bilan birga yuk oluvchiga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Normativ hujjatlarda koʻzda tutilgan sifat koʻrsatkichlari haqidagi maʼlumotlari boʻlmagan hamda normativ hujjatda koʻrsatilgan muddatga nisbatan saqlash muddati qisqa konservalarni saqlash uchun yetkazib berish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Yuklash-tushirish va ombor ishlarini mexanizatsiyalashtirish darajasini oshirish hamda ogʻir qoʻl mehnatini bartaraf etish maqsadida konservalarni yetkazib berish (qoʻyish) transport paketlarida amalga oshirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Transport paketlari mexanizatsiyalashgan yuklash va tushirish ishlarining imkoniyatlarini, paketlarning tashish va saqlash paytidagi yaxlitligi, yuklarning but boʻlishini hisobga olgan holda shakllantirilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Transport paketlari normativ hujjatlar talablari va yuk tashish qoidalariga muvofiq kelishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Transport paketidagi yashiklar trafaretini tashqi tomonga qaratgan holda taxlanadi. Har bir transport paketi bogʻlab mustahkamlangan metall lenta bilan oʻralgan boʻlishi va belgilangan shakldagi markirovka yorligʻiga ega boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Konservalarni qabul qilish, saqlash va ombordan chiqarishda ularning sifatini tekshirish uchun ishlab chiqaruvchi tashkilotlar tomonidan yuvganda ketmaydigan qizil boʻyoq bilan “N” harfi tushirilgan bitta nazorat paketi shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Paketning (qutining) oʻrami buzilmagan va yorligʻi bor boʻlsa, konservalarning miqdori va sifati saqlanishi, assortimenti toʻgʻriligi uchun mahsulotlarni saqlash muddati davomida shartnomaga muvofiq ishlab chiqaruvchi (yetkazib beruvchi) javobgardir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV bob. Omborlarga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Omborning turi, texnologik uskunalar, yuklash-tushirish mexanizmlari parki mavjudligini hisobga olgan holda tashkilotlarda konservalarning har bir turi uchun yagona texnologik xarita ishlab chiqiladi. Ushbu texnologik xarita omborlarni mahsulotni qabul qilishga tayyorlash, qabul qilish, saqlash va chiqarish boʻyicha ishlarni tashkillashtirish, laboratoriya nazoratini yuritish, yuklash-tushirish ishlarini amalga oshirish, sanitariya-gigiyena va yongʻinga qarshi tadbirlarni tashkillashtirish, texnika xavfsizligini taʼminlash tartibini belgilovchi asosiy hujjat hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Konservalarni saqlash uchun texnik jihatdan soz, quruq, yaxshi shamollatiladigan, yuklash-tushirish va ombor ichidagi ishlarni amalga oshirishda mexanizmlardan foydalanish imkoniyatini taʼminlovchi mustahkam polga ega omborxonalardan foydalanish kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Konservalar birinchi navbatda muzxonalarning quruq yertoʻlalarida, shuningdek yopiq qorongʻi omborxonalarda 20o S gacha haroratda va 75 foiz havo namligida saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Omborlar quyidagilar bilan taʼminlanishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur jihozlar va uskunalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harorat-namlik rejimini nazorat qiluvchi asboblar (termometrlar, gigrometrlar, psixrometrlar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur miqdordagi tagliklar (1200 ×1000 × 150 mm yoki 1200 × 800 × 150 mm oʻlchamli), reykalar, narvonlar, traplar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birlamchi oʻt oʻchirish vositalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomat qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Tashkilotlarda elektr qurilmalardan foydalanish Isteʼmolchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari (roʻyxat raqami 1383, 2004-yil 9-iyul), Isteʼmolchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari (roʻyxat raqami 1400, 2004-yil 20-avgust) talablariga muvofiq bajariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektr yoritish uskunalari yopiq yoki himoyalangan tarzda (shisha qalpoqli va temir toʻrli) boʻlishi talab etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Omborlar atrofidagi hudud toʻgʻri rejalashtirilgan boʻlishi lozim. Yuza va oqova suvlarning omborlardan chekkada joylashishi, suv oqadigan quvurlar suv oqimiga toʻsqinlik qiluvchi choʻkindilar va qatlamlardan muntazam ravishda tozalanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Yuklarni joylashdan oldin omborxonalari yoki ularning boʻsh qismi konservalarni qabul qilish va saqlash uchun tayyorlanishi, zarurat tugʻilganda taʼmirlanishi zarur. Tom va pollar soz holatda boʻlishi, yoriqlar va teshiklar bekitilishi, eshiklar esa zich yopiladigan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Omborlarning mahsulotni qabul qilib olishga tayyorligi bosh muhandis, bosh energetik, laboratoriya mudiri, saqlash uchastkasining boshligʻi va yongʻin xavfsizligi uchun masʼul boʻlgan shaxslar tarkibidagi komissiya tomonidan tekshiriladi va tegishli dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V bob. Konservalarni qabul qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Konservalarni miqdor va sifati boʻyicha qabul qilish shartnomaga asosan qonunchilik hujjatlari va mazkur Yoʻriqnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Yaroqli idishlar (butun paketlar)dagi konservalar trafaret boʻyicha joylar soni va bankalar miqdori boʻyicha qabul qilinadi. Shikastlangan idishdagi konservalarni qabul qilish ishlari har bir bankani qayta hisoblash yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Quyidagi holatlarda konservalar qabul qilinmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konserva partiyasida qutilarning 5 foizidan ortigʻi zarar koʻrganligi aniqlansa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konserva partiyasi namlik darajasi normativ hujjatlarda belgilangan koʻrsatkichlarga zid ravishda yuqori boʻlgan taxta qutilarga taxlanib keltirilsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gofrirovka qilingan kartondan tayyorlangan qutilar namiqqan boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelgan partiyada zarar koʻrgan qutilar 5 foizdan oshmasa, konservalar qabul qilib olinishi kerak, bunda ishlab chiqaruvchi (yetkazib beruvchi) shartnomaga muvofiq konservalarni qaytadan taxlash uchun yangi qutilar yuborishi va mazkur jarayonlarga ketgan xarajatlarni qoplashi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Mahsulot sifatini aniqlash uchun yashiklarning kamida 3 foizi ochiladi va normativ hujjatlarga muvofiq namuna olinadi va mahsulotning sifat koʻrsatkichlari aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Ochilgan qutilarda konservalarning tashqi holati, ularning navi, turlari va ishlab chiqarilgan sanasi boʻyicha ilova qilingan hujjatlarga va tamgʻadagi maʼlumotlarga mosligi tekshiriladi. Bunda shishgan, teshilgan va oqqan, juda kuchli qiyshaygan, tunukada oʻtkir bukilishlar paydo boʻlgan, choklari ezilgan, osti va qopqogʻi shishib qolgan, zanglagan, lakli qoplamasi zararlangan va qalay qatlamining butunligi buzilgan, sifatsiz sanitar ishlov berilgan (ustida mahsulot qoldiqlari va kir boʻlgan) konservalar ajratib olinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Yetkazib berilgan konservalarning 3 foizi tekshirilgan vaqtda mazkur Yoʻriqnomaning 40-bandida koʻrsatilgan nuqsonlar topilgan konservalar mahsulot umumiy hajmining 0,4 foizidan kam boʻlsa va namunalar laboratoriya tahlilidan oʻtkazilganda normativ hujjatlar talablaridan ogʻishish topilmasa, konservalarni qabul qilish mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar nuqson topilgan konservalar mahsulot umumiy hajmining 0,4 foizi va undan koʻp boʻlsa va namunalar laboratoriya tahlilidan oʻtkazilganda normativ koʻrsatkichlardan ogʻishish aniqlansa, oʻrinlarning yana 3 foizi tekshiriladi va tahlil qilish uchun yana bir bor namuna olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Takroriy tekshiruvda ham nuqsonli konservalar 0,4 foiz va undan koʻpni tashkil qilsa yoki tahlil natijalariga koʻra mahsulot yana normativ koʻrsatkich talablariga javob bermasa, bunday konserva partiyasi yaroqsiz deb topilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Qabul qilish va yaroqsizga chiqarish natijalari boʻyicha olingan mahsulotning haqiqiy sifati toʻgʻrisida yukni qabul qilib oluvchi va yetkazib beruvchining vakillari ishtirokida dalolatnoma rasmiylashtiriladi. Dalolatnomada yoʻq qilinishi kerak boʻlgan nuqsonli konservalar soni va davlat zaxirasiga topshirishga yaroqli boʻlmagan, shuningdek yetkazib beruvchiga qaytarilishi lozim boʻlgan mahsulotlar miqdori koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Shishgan, ichidagi mahsuloti sizib oqayotgan va teshilgan konservalar komissiya tomonidan belgilangan tartibda yoʻq qilinishi kerak. Komissiya tarkibiga moddiy javobgar shaxslar, laboratoriya va tashkilot buxgalteriyasi vakillari kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoʻq qilinayotganda konservalar ochilishi, xlorli ohak yoki karbol kislotasi bilan ishlov berilishi va maxsus ajratilgan yerga koʻmilishi lozim. Komissiya tomonidan konservalarning yoʻq qilinganligi toʻgʻrisida dalolatnoma tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Shartnomaga muvofiq ishlab chiqaruvchi (yetkazib beruvchi) yaroqsiz deb topish dalolatnomasini olgach, yaroqsiz deb topilgan mahsulot oʻrniga xuddi shu miqdorda sifatli mahsulot yetkazib berishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Yaroqsiz deb topilgan va yoʻq qilingan konservalarni qabul qilish, saqlash va joʻnatish bilan bogʻliq boʻlgan barcha xarajatlar shartnomaga muvofiq ishlab chiqaruvchi (yetkazib beruvchi) tashkilot tomonidan toʻliq qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Isitiladigan omborlarda saqlash uchun moʻljallangan konservalar muzlatilgan yoki sovutilgan (0º S gacha) holatda kelganda, ularni doimiy saqlanadigan joyga joylashtirish imkoniyatini aniqlash uchun konservalar tarkibining harorati oʻlchanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bir vaqtning oʻzida nisbiy namlikni pasaytirish orqali ombor havosining shudring nuqtasi pasaytiriladi, buning uchun ombordagi isitish tizimi ishga tushirilib, xona shamollatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Agar konserva ustidagi harorat ombor havosining shudring nuqtasidan yuqori boʻlsa, konservalar vaqtinchalik saqlash shtabellariga taxlanib, paketlar orasida boʻshliq qoldiriladi. Zarur hollarda konservalar tagidagi namlik qurishi uchun qutilar agʻdarilib qoʻyiladi. Konservalar harorati ombor haroratiga teng boʻlib, kondensat yoʻqligi tekshirilgandan soʻng, ular doimiy saqlashga taxlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI bob. Konservalarni omborga joylash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Konservalar tasdiqlangan yuk normalari va ular asosida ishlab chiqilgan joylashtirish chizmasiga muvofiq omborga joylashtiriladi. Bunda shtabellardagi oʻrinlar sonini toʻliq hisoblash imkoniyati, konserva va idishlarning butunligi, shtabellar turgʻunligi, ombor maydonidan imkon qadar samarali foydalanish, mahsulot sifatini nazorat qilish va vagonga ortish ishlarini mexanizatsiyalashtirishni taʼminlash inobatga olinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Konservalar paketlanmagan holda keltirilsa, transportdan tushirib olishda paketlanadi. Bunda qutilar konservalarni vertikal holda saqlagan holda trafareti tepaga qilib taxlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Paketlar 1200 x 1000 x 150 mm yoki 1200 x 800 x 150 mm hajmdagi toza va quruq tagliklar ustida yigʻiladi, paketlangan konservalar berib yuborilayotganda ularni transportga mexanizatsiyalashtirilgan usulda ortish zarurligi inobatga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Konservalar shtabellari bir yoki bir nechta partiyalardan shakllantirilishi mumkin. Bunda ularning sifati, turi va navi hamda ishlab chiqarilish vaqti boʻyicha bir xilligi hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Konservalarni shikastlangan yashiklarga joylashga yoʻl qoʻyilmaydi. Nuqsonli konservalar yoki tahlil uchun namunalar olib qoʻyilganda yashiklar tahlil yoʻli bilan tekshirilgan bir turdagi konservalar bilan toʻldirilishi, shundan soʻng saranjomlik bilan yopilishi (qoqib qoʻyilishi) va shtabellarning yuqori qatorlariga joylashtirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Har bir shakllantirilgan shtabelga belgilangan shaklda shtabel yorligʻi rasmiylashtiriladi, unga yashiklarni paketga joylashtirish va paketlarni shtabelga taxlash sxemasi ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hujjatlarda albatta konservalar joylangan ombor, seksiya va shtabel raqami koʻrsatilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Konservalarning saqlanish sifatini nazorat qilish, havoning yaxshiroq aylanishini va konservalar shtabellarini taxlashda mexanizmlarni qoʻllash qulayligini taʼminlash uchun ombor (seksiya) perimetri boʻylab devorlar yoki chiqib turgan konstruksiyalar yonidan kengligi 0,5 m boʻlgan oʻtish joylari qoldiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻtish joylarining kengligi yongʻin xavfsizligi qoidalariga muvofiq aniq osma moslamaga ega elektr yuklagichning minimal burilish radiusiga qarab belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Ombor maydonidan samarali va oqilona foydalanish uchun asosiy shtabellar taxlangandan keyin asosiy oʻtish joyi boʻylab, kamida 2 m oʻtish joyini qoldirgan holda kengligi bir paket keladigan shtabellarni qoʻshimcha taxlash tavsiya etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Mahsulot shtabellari va tagliklar omborlarning koʻtarib turuvchi konstruksiyalariga tayanmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar shtabellar yoki alohida taxlamlar xavfli egilishlarga ega boʻlsa, ularni qaytadan taxlash zarur. Bunda texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilinishiga alohida eʼtibor qaratish zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Yuklash-tushirish va ombor ichi ishlari yagona texnologik xarita boʻyicha bajarilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Yuklash-tushirish ishlari, shuningdek konservalarni qaytadan taxlash ishlari bajarilayotganda, yashiklar urilishi, silkinishi va tashlanishiga yoʻl qoʻymasdan, idishlarni ehtiyot qilish kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII bob. Konservalarni saqlash muddati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58. Konservalarni isitilmaydigan omborlarda saqlaganda, bahorgi-yozgi davrda tegishli harorat-namlik rejimi omborlarni shamollatish bilan taʼminlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59. Isitilmaydigan omborlarda harorat keskin koʻtarilib yoki tushib ketishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kuzgi-qishki davrda omborlarni issiq qilish, eshiklar, tuynuklar va deflektorlarni yaxshilab germetizatsiya qilish zarur. Eshiklar brezent pardalar bilan zich yopilishi, omborga kirish faqat bir eshik orqali boʻlishi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bahorgi davrda konservalarni tashqi havo bilan shamollatish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60. Qishki davrdan bahorgi-yozgi davrga oʻtganda, konservalar harorati va ombordagi havo harorati oʻrtasida keskin farqqa yoʻl qoʻymagan holda, konservalarning asta-sekin isishini taʼminlash zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Haroratni tenglashtirish va ortiqcha namlikni yoʻq qilish uchun isitilmaydigan omborlarni shamollatish eshiklar, tuynuklarni ochish hamda maxsus shamollatish qurilmalarini yoqish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61. Konservalarni saqlashda ularga uzoq vaqt davomida baland harorat (20 °S dan yuqori, namlik 75 foizdan koʻp emas) taʼsir qilishi tavsiya etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yozgi paytda konservalar saqlanayotgan xonalarni shamollatish ishlari sutkaning qorongʻi paytida amalga oshirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
62. Belgilangan saqlash rejimi buzilgan taqdirda konservalarning tashqi holati tanlab tekshiriladi va ularda namlik kondensatsiyasi borligi aniqlanganda, darhol xonani shamollatishni kuchaytirish boʻyicha choralar koʻrilishi zarur, zarurat tugʻilganda konservalar turgan yashiklarni shamollatish uchun shtabellar buziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
63. Ombordagi havo harorati va namlikni oʻlchovchi asboblarning koʻrsatkichlari har kuni maxsus kuzatuvlar jurnalida qayd etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
64. Konservalarni saqlash davomida ularning sifatini muntazam kuzatib borish zarur. Konservalarning tashqi holatini tekshirish, sifatiga organoleptik baho berish va laboratoriya tahlillari belgilangan muddatlarda oʻtkaziladi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
65. Konservalarning tashqi yuzasida oʻzgarish belgilari (zang, shishib koʻtarilish) paydo boʻlgan taqdirda bunday konservalar saralanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
66. Agar saqlash jarayonida konservalarda ishlab chiqarish xarakteridagi yashirin nuqsonlar aniqlansa, ushbu mahsulot yaroqsizga chiqariladi va tegishli dalolatnoma tuziladi. Bu haqda konserva ishlab chiqaruvchiga (yetkazib beruvchiga) va Qoʻmitaga maʼlum qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
67. Qayta saralash ishlari yoki tanlama sifat tekshiruvi paytida olingan nuqsonli konservalar shartnomaga muvofiq ishlab chiqaruvchiga (yetkazib beruvchiga) qaytariladi yoki mazkur Yoʻriqnomada koʻrsatilgan tegishli tartibda yoʻq qilinadi. Konserva solingan yashiklarni tekshirish va ishlov berish uchun ochish ehtiyotlik bilan qopqoq tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
68. Konservalarni saqlash muddati ishlab chiqarilgan kundan boshlab ikki yil.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konservalarni saqlash muddatlarini hisoblash ular ishlab chiqarilgan kundan boshlab yuritiladi. Saqlash muddatlari konservalarning markirovkasida koʻrsatilgan yaroqlilik muddatlariga mos kelishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VIII bob. Konservalarni ombordan chiqarish (yuklash va joʻnatish)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
69. Konservalarni ombordan chiqarish Qoʻmita tomonidan berilgan naryadlar boʻyicha, birinchi navbatda, sifatining holatiga qarab, ishlab chiqarilish sanasini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
70. Ombordan chiqariladigan konservalarga ularning sifatini tasdiqlovchi hujjatlar beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
71. Konservalarni chiqarishni boshlashdan oldin moddiy javobgar shaxslar yuklab joʻnatish uchun moʻljallangan shtabellardagi joylar sonini hisoblashi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
72. Konservalarni yuklab joʻnatish texnik jihatdan soz transport vositalarida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konservalarning yuklanishga tayyorligi laboratoriya, saqlash uchastkalari xodimlari va texnik-muhandis xodimlari tarkibidagi komissiya aʼzolari tomonidan belgilanadi hamda tegishli dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
73. Konservalarni yuklash joylar sonini toʻliq hisoblash imkoniyatini inobatga olgan holda, paketlashtirilgan koʻrinishda, normativ hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
74. Yetkazib beruvchilarning mahsulot sifatini tasdiqlovchi hujjatlari mazkur mahsulotning butun partiyasi isteʼmolchiga chiqarilgandan keyin tashkilotda kamida bir yil saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IX bob. Yakuniy qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
75. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlash agentligi, Oziq-ovqat sanoati tashkilotlari uyushmasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATK, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-yil 24-noyabr

Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori A. KURBANOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-yil 24-noyabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oziq-ovqat sanoati tashkilotlari uyushmasining raisi A. SALIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-yil 24-noyabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat aksiyadorlik temir yoʻl kompaniyasi boshqaruvi raisi A. RAMATOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-yil 24-noyabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻi V. ISMOILOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-yil 24-noyabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 52-son, 627-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)