Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.02.2022 09.12.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2630
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining buyrugʻi, 09.12.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2630
Date of entry into force
15.12.2014
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.02.2022
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYo TRANSPORTI AGENTLIGI BOShLIGʻINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tender boʻyicha takliflarni baholash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 9-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2630]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2022-yil 1-fevraldagi 1-sonli ““Tender boʻyicha takliflarni baholash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2630-3, 11.02.2022-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 29-iyuldagi 368-son “Shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yoʻlovchilar tashish avtomobil transportida ochiq tenderlar tashkil etish va oʻtkazish masalalari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Tender boʻyicha takliflarni baholash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshliq V. ISMAILOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-yil 10-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining 2014-yil 10-noyabrdagi 28-sonli buyrugʻiga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tender boʻyicha takliflarni baholash tartibi toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
YOʻRIQNOMA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 29-iyuldagi 368-son “Shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yoʻlovchilar tashish avtomobil transportida ochiq tenderlar tashkil etish va oʻtkazish masalalari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, tender boʻyicha takliflarni baholash tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Yoʻriqnomada quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saroydan foydalanish koeffitsiyenti — avtotransport vositalaridan foydalanishning samaradorligini belgilovchi koʻrsatkich;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish tartibi — avtotransport vositalarining harakatlanish jadvalidan kelib chiqqan holda aniqlanadigan ish kunining boshlanish va tugash vaqti:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgor — taklif etilgan shartlarda tender tanlovida qatnashish niyatini maʼlum qilgan yuridik shaxs.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Shahar atrofida, shaharlararo va shaharlararo-viloyatlar ichida yoʻnalishlarni, Qoraqalpogʻiston Respublikasi doirasida yoʻnalishlarni, shaharlararo-viloyatlararo yoʻnalishlarni, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri oʻrtasidagi yoʻnalishlarni, shuningdek xalqaro yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlar tashkil etish va oʻtkazish Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 29-iyuldagi 368-sonli qarori bilan tasdiqlangan Shahar atrofida, shaharlararo (viloyatlar ichida, viloyatlararo) va xalqaro yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlar tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining Shahar atrofidagi va shaharlararo-viloyatlar ichidagi yoʻnalishlarda yoʻlovchilar tashishlarni tashkil etish boʻyicha komissiyalari hamda Shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yoʻnalishlarni joylashtirish uchun ochiq tenderlar oʻtkazishni tashkil etish masalalari boʻyicha idoralararo komissiya (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) oʻz faoliyatida mazkur Yoʻriqnoma talablariga amal qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Tender qatnashchilaridan tender boʻyicha tushgan takliflar Komissiya tomonidan baholanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Tender boʻyicha takliflarni baholash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 29-iyuldagi 368-sonli qarori bilan tasdiqlangan Shahar atrofida, shaharlararo (viloyatlar ichida, viloyatlararo) va xalqaro yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlar tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq, tender boʻyicha takliflar Komissiyaning har bir aʼzosi tomonidan mazkur Yoʻriqnomaning 6 — 11-bandlarida nazarda tutilgan tartibda koʻrib chiqiladi va baholanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Yoʻnalishdagi 1 yoʻlovchi — km uchun tarifning tender qatnashchisi tomonidan taklif etilayotgan darajasi uchun — tashish tarifi darajasini Komissiya talab qilayotganga nisbatan pasaytirishning har bir punkti uchun oshib boruvchi koeffitsiyentni qoʻllagan holda besh balli tizim boʻyicha baholanadi (Bunda, misol uchun: tender talablarida yumshoq oʻrindiqli avtobuslarda 1 yoʻlovchi — km uchun tarif darajasi 35 soʻm miqdorida belgilangan. Talabgor tomonidan yumshoq oʻrindiqli avtobuslar uchun 1 yoʻlovchi — km uchun tarif darajasi 34 soʻm miqdorida taklif etilgan. Bunday holatda yoʻnalishdagi 1 yoʻlovchi — km uchun tarif darajasiga tender boʻyicha takliflarning bahosi (35 : 34 x 5) = 5,15 ballga teng boʻladi.).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Transport vositasining rusumi (klassi) uchun — mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasida nazarda tutilgan namunaviy hisob-kitoblarga muvofiq, transport vositasining ishlab chiqarilgan yili uchun — mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasida nazarda tutilgan namunaviy hisob-kitoblarga muvofiq tabaqalashtirilgan ballar boʻyicha baholanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda transport vositasi rusumi uchun olingan ballarga 1,15 miqdorda oshiruvchi koeffitsiyent qoʻllaniladi, agar transport vositasi tender qatnashchisining mulki boʻlsa.
(7-band Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining 2017-yil 12-iyuldagi 60-sonli (roʻyxat raqami 2630-2, 03.08.2017-y.) buyrugʻiga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 31-son, 789-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Avtotransport vositasining tashuv uchun taklif qilinayotgan umumiy yoʻlovchi oʻrinlari soni uchun — mazkur Yoʻriqnomaning 3-ilovasida nazarda tutilgan namunaviy hisob-kitoblarga muvofiq tabaqalashtirilgan ballar boʻyicha baholanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya yoʻnalishda ishlash uchun talab qilinadigan avtomobillar rusumini (klassini) va ular boʻyicha tabaqalashtirilgan ballarni mustaqil belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shahar atrofi yoʻnalishlarida avtotransport vositasining tashuv uchun taklif qilinayotgan umumiy yoʻlovchi oʻrinlari soni boʻyicha ballar avtotransport vositalarining umumiy yoʻlovchi oʻrinlari soniga (oʻrindiqlar soniga) yoʻlovchilarning turish oʻrinlari sonini qoʻshish asosida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaharlararo-viloyatlararo hamda shaharlararo-viloyat ichki yoʻnalishlarida avtotransport vositasining tashuv uchun taklif qilinayotgan umumiy yoʻlovchi oʻrinlari soni boʻyicha ballar avtotransport vositalarining oʻrindiqlari soni asosida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Avtobuslar (yoʻnalishli taksi) ish rejimining tavsiya etilayotgan varianti uchun — besh balli tizim boʻyicha baholanadi.
(9-band Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining 2017-yil 12-iyuldagi 60-sonli (roʻyxat raqami 2630-2, 03.08.2017-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 31-son, 789-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Yoʻnalishdagi qatnovlarning taklif etilayotgan soni uchun — besh balli tizim boʻyicha baholanadi.
(10-band Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining 2017-yil 12-iyuldagi 60-sonli (roʻyxat raqami 2630-2, 03.08.2017-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 31-son, 789-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Yoʻnalishlarda ishlayotganda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tadbirlar rejasi — besh balli tizim boʻyicha baholanadi. Bunda tashuvchi besh ballni quyidagi majburiy shartlarni bajargan taqdirda oladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har kuni qatnovga chiqishdan oldin transport vositalarini texnikaviy nazoratdan oʻtkazishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
haydovchilarni har kuni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
haydovchilarga 30 soatlik dastur boʻyicha Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 24-dekabrdagi 370-sonli qarori bilan tasdiqlangan Yoʻl harakati qoidalarini oʻrgatish.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining 2017-yil 12-iyuldagi 60-sonli (roʻyxat raqami 2630-2, 03.08.2017-y.) buyrugʻiga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 31-son, 789-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Komissiya, yoʻnalishga nisbatan aniq talablarni hisobga olgan holda, qatnashchilarning tender boʻyicha takliflarini baholashga qoʻshimcha talablarni taklif etishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Yakuniy qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Mazkur Yoʻriqnoma talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tender boʻyicha takliflarni baholash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Transport vositasining rusumini (klassini) baholashning namunaviy hisob-kitobi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Transport vositasining rusumi (klassi)

Transport vositasining birligi uchun namunaviy

tabaqalashtirilgan ballar

Avtobuslar uchun:

1.

Mersedes-Bens (yumshoq oʻrindiqli, modifikatsiyalari)

10,0

2.

Daymler-Bens, Setra, Kassboxrer va boshqalar (yumshoq oʻrindiqli, modifikatsiyalari)

9,0

3.

Ikarus (yumshoq oʻrindiqli, modifikatsiyalari)

8,0

4.

LAZ-699 (yumshoq oʻrindiqli, modifikatsiyalari)

7,0

5.

LAZ-695 (oddiy oʻrindiqli, modifikatsiyalari)

6,0

6

Otoyoʻl, Isuzu (yumshoq oʻrindiqli, modifikatsiyalari)

10,0

7.

Otoyoʻl, Isuzu (oddiy oʻrindiqli, modifikatsiyalari)

9,0

8.

PAZ (oddiy oʻrindiqli, modifikatsiyalari)

5,0

Yoʻnalishli taksilar uchun:

1.

Mersedes-Bens (modifikatsiyalari)

6,0

2.

FOTON, ISTANA (modifikatsiyalari)

5,5

3.

GAZEL, Ford, Xunday va boshqalar (modifikatsiyalari)

5,0

4.

Malibu

8,0

5.

Epika

7,0

6.

Lasetti (modifikatsiyalari)

6,0

7.

Kobalt

5,5

8.

NEKSIYA (modifikatsiyalari)

5,0

9.

DAMAS (modifikatsiyalari)

4,0

10.

Spark, Matiz (modifikatsiyalari)

4,0

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, talabgor tomonidan taklif etilgan avtobuslar rusumlari boʻyicha aniqlangan ballar jamlanadi va yoʻnalish boʻyicha talab qilinayotgan jadvallar soniga boʻlinadi. Misol uchun: tender talablarida yoʻnalishda Isuzu rusumli oddiy oʻrindiqli avtobuslar ishlashi uchun tuzilgan 5 ta jadvalni avtobuslar bilan taʼminlash uchun, saroydan foydalanish koeffitsiyentini 0,8 ga teng deb hisobga olganda, avtobuslar soni (5 x 0,8) = 6 ta boʻlishi belgilangan. Talabgor tomonidan 4 ta Isuzu rusumli va 2 ta PAZ rusumli avtobuslar taklif etilgan taqdirda, ballarning soni 4 ta Isuzu rusumli oddiy oʻrindiqli avtobuslar uchun 9 balldan (4 x 9) = 36 ballga va 2 ta PAZ rusumli oddiy oʻrindiqli avtobuslar uchun 5 balldan (2 x 5) = 10 ballga teng boʻladi. Avtobuslarning rusumi boʻyicha ballar miqdori qoʻshiladi va talab qilingan jadvallar soniga boʻlinadi [(36 + 10) : 5] = 9,2 ball. Bunday holatda transport vositalarining rusumi uchun tender boʻyicha takliflarning bahosi 9,2 ballga teng boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda transport vositasi rusumi uchun olingan ballarga 1,15 miqdorda oshiruvchi koeffitsiyent qoʻllaniladi, agar transport vositasi tender qatnashchisining mulki boʻlsa.
(1-ilova Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining 2017-yil 12-iyuldagi 60-sonli (roʻyxat raqami 2630-2, 03.08.2017-y.) buyrugʻiga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 31-son, 789-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tender boʻyicha takliflarni baholash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Transport vositasining ishlab chiqarilgan yilini baholashning namunaviy hisob-kitobi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Transport vositasining ishlab chiqarilgan yiliga koʻra ishlatilish yillari

Har bir transport vositasi uchun namunaviy tabaqalashtirilgan ballar soni

1 yildan 3 yilgacha

5,0

3 yildan 5 yilgacha

4,5

5 yildan 8 yilgacha

4,0

8 yildan 10 yilgacha

3,0

10 yildan ortiqlari

2,0

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, talabgor tomonidan taklif etilgan har bir transport vositasi uchun, uning ishlab chiqarilgan yiliga koʻra ishlatilish yillari uchun belgilangan ballar jamlanadi hamda saroydan foydalanish koeffitsiyentini hisobga olgan holda, texnik ishlatish tavsifiga muvofiq talab qilinadigan transport vositalari soniga boʻlinadi. Misol uchun: tender talablarida yoʻnalishda saroydan foydalanish koeffitsiyentini 0,8 ga teng deb hisobga olgan holda 6 ta transport vositasi boʻlishi belgilangan. Talabgor tomonidan 4 ta Isuzu rusumli 2013-yilda ishlab chiqarilgan va 2 ta PAZ rusumli 2009-yilda ishlab chiqarilgan avtobuslar taklif etilgan. Isuzu rusumli 4 ta avtobuslar uchun (ishlatilish yili 3 yilgacha) ballarning soni 5 balldan (4 x 5) = 20 ballga va PAZ rusumli 2 ta avtobuslar uchun (ishlatilish yili 5 yildan 8 yilgacha) ballarning soni 4 balldan (2 x 4) = 8 ballga teng boʻladi. Bunday holatda transport vositasining ishlab chiqarilgan yili uchun tender boʻyicha takliflarning bahosi [(20 + 8) : 6] = 4,67 ballni tashkil etadi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tender boʻyicha takliflarni baholash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtotransport vositasining tashuv uchun taklif qilinayotgan umumiy yoʻlovchi oʻrinlari sonini baholashning namunaviy hisob-kitobi
(shahar atrofi va shaharlararo-viloyat ichidagi yoʻnalishlar uchun)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Tender talabi boʻyicha

Talabgorning tender

boʻyicha taklifi

T/r

Avtotransport vositasining rusumi

Avtotransport vositasining tashuv uchun taklif qilinayotgan umumiy yoʻlovchi oʻrinlari soni

Avtotransport vositasining rusumi

Avtotransport vositasining tashuv uchun taklif qilinayotgan umumiy yoʻlovchi oʻrinlari soni

1.

Isuzu

37

Isuzu

37

2.

Isuzu

37

Isuzu

37

3.

Isuzu

37

Isuzu

37

4.

Isuzu

37

Isuzu

37

5.

Isuzu

37

PAZ

42

6.

Isuzu

37

PAZ

42

Jami:

222

Jami:

232

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, talabgor tomonidan taklif etilgan barcha avtotransport vositalari umumiy yoʻlovchi oʻrinlari sonining yigʻindisi texnik ishlatish tavsifida talab qilinadigan barcha avtotransport vositalarining umumiy yoʻlovchi oʻrinlari sonining yigʻindisiga boʻlinadi va hosil boʻlgan natija 5 ga koʻpaytiriladi. Misol uchun, tender talablarida yoʻnalishda saroydan foydalanish koeffitsiyentini 0,8 ga teng deb hisobga olgan holda, umumiy yoʻlovchi oʻrinlari soni 222 ta yoʻlovchi boʻlgan 6 ta avtotransport vositasi boʻlishi belgilangan. Talabgor tomonidan 4 ta Isuzu rusumli umumiy yoʻlovchi oʻrinlari soni 37 tadan yoʻlovchi boʻlgan va 2 ta PAZ rusumli, umumiy yoʻlovchi oʻrinlari soni 42 tadan yoʻlovchi boʻlgan avtobuslar taklif etilgan. Isuzu rusumli 4 ta avtobus uchun umumiy yoʻlovchi oʻrinlari soni (4 x 37) = 148 ta yoʻlovchiga va PAZ rusumli 2 ta avtobuslar uchun umumiy yoʻlovchi oʻrinlari soni (2 x 42) = 84 ta yoʻlovchiga teng boʻladi va yoʻnalish boʻyicha jami umumiy yoʻlovchi oʻrinlari soni (148 + 84) = 232 ta yoʻlovchini tashkil etadi. Bunday holatda avtotransport vositalarining umumiy yoʻlovchi oʻrinlari soni uchun tender boʻyicha takliflar bahosi [(232 : 222) x 5] = 5,23 ballni tashkil etadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 50-son, 596-modda; 2016-y., 51-son, 595-modda; 2017-y., 31-son, 789-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)