Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
22.02.2021
06.07.2015
09.12.2014
View
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun hujjatlarining tadbirkorlik faoliyatiga taʼsirini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2014-yil 7-apreldagi PF-4609-son Farmoniga muvofiq, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining Interaktiv davlat xizmatlari yagona portalida qonun hujjatlarini muhokama qilish uchun sharoit yaratish orqali ularning tadbirkorlik faoliyatiga taʼsirini baholash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 2015-yil 1-yanvardan boshlab shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga taʼsir etadigan ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar tegishli loyiha va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiquvchilar — davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Interaktiv davlat xizmatlari yagona portalida muhokama qilish va tadbirkorlik faoliyatiga taʼsirini baholash uchun joylashtiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muhokama ishtirokchilari tomonidan berilgan takliflar tegishli loyiha va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiquvchilar — davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan koʻrib chiqilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tadbirkorlik faoliyatiga taʼsirini Oʻzbekiston Respublikasining Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali baholash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasining Interaktiv davlat xizmatlari yagona portalida ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni muhokama qilish va tadbirkorlik faoliyatiga taʼsirini baholash boʻyicha maxsus boʻlim ishlashini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Interaktiv davlat xizmatlari yagona portalidagi maxsus boʻlimni texnik jihatdan doimiy qoʻllab-quvvatlashni amalga oshirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda tadbirkorlik subyektlari va aholi oʻrtasida mazkur qarorning maqsadlari, mazmuni va amaliy ahamiyatini keng yoritish tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish tavsiya etilsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi mazkur qarorning davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan bajarilishi va sifati boʻyicha muvofiqlashtirishni hamda monitoring olib borishni, shuningdek zaruratga koʻra qonun hujjatlari taʼsirini baholash tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflarning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-yil 2-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
328-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 2-dekabrdagi 328-son qaroriga ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tadbirkorlik faoliyatiga taʼsirini Oʻzbekiston Respublikasining Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali baholash tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tadbirkorlik faoliyatiga taʼsirini Oʻzbekiston Respublikasining Interaktiv davlat xizmatlari yagona portalida (keyingi oʻrinlarda Yagona portal deb ataladi) ularni muhokama qilish yoʻli bilan baholash tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jadval — normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqish, muhokama qilish va kiritish (qabul qilish)ning barcha bosqichlarini amalga oshirishni hamda aniq muddatlarini nazarda tutadigan, ishlab chiquvchi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ-huquqiy hujjat — Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning buyruqlari va qarorlari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ-huquqiy hujjatni muhokama qilish — tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini yoki qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatni va boshqa zarur maʼlumotlarni Yagona portalga joylashtirish, shuningdek muhokama ishtirokchilarining taqdim etilgan takliflarni ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjat loyihalarining va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tadbirkorlik faoliyatiga taʼsirini baholash uchun umumlashtirish va koʻrib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiquvchilar — tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini yoki qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqqan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muhokama ishtirokchilari — Yagona portalda joylashtirilgan ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasi yoki qabul qilingan normativ-huquqiy hujjat yuzasidan takliflar taqdim etgan yuridik va jismoniy shaxslar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjat loyihalarining va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tadbirkorlik faoliyatiga taʼsirini baholashning maqsadlari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muammoni, uni tartibga solishning maqsadi va mavjud yechimini tahlil qilish orqali normativ-huquqiy hujjatni qabul qilishda vujudga kelishi mumkin boʻlgan (vujudga kelgan) ijobiy va salbiy oqibatlarni aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjat loyihasida va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimida korrupsiya, boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishi uchun sharoit yaratadigan, tadbirkorlik subyektlari uchun ortiqcha maʼmuriy hamda boshqa cheklovlarni joriy etadigan yoki joriy etishga sharoit yaratadigan qoidalarni aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik subyektlarida asossiz xarajatlar paydo boʻlishiga olib keluvchi qoidalarni aniqlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilarni:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) tadbirkorlik subyektlariga yangi cheklovlar va yangi turdagi ruxsat berish tartib-taomillari, litsenziyalar joriy qilish yoki mavjud cheklov, ruxsat berish tartib-taomillari va litsenziyalanadigan faoliyat turlarini tadbirkorlik subyektlarining yanada kengroq doirasiga tatbiq qilishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni yoki litsenziyalarni olish uchun qoʻshimcha talablar va shartlarni joriy etishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) tadbirkorlik subyektlari tomonidan ancha xarajatlar qilishga olib kelishi mumkin boʻlgan talablar (shartlar)ni joriy etishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar ustav kapitalining eng kam miqdoriga nisbatan talablarni oshirishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) tegishli sohadagi tadbirkorlik subyektlarining 30 va undan ortiq foizining huquq va qonuniy manfaatlariga taʼsir koʻrsatishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) tadbirkorlik subyektlarining belgilangan huquqlarini qisqartirish (kamaytirish) yoki qoʻshimcha majburiyatlar joriy qilishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) tadbirkorlik subyektlari uchun yangi turdagi javobgarlik choralarini joriy qilishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) tadbirkorlik subyektlariga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar va boshqa turdagi imtiyoz, kafolat va preferensiyalarni belgilashni, shuningdek tadbirkorlik subyektlariga yangi huquqlar berishni nazarda tutuvchi ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjat loyihalari muhokama qilinishi va ularning tadbirkorlik faoliyatiga taʼsiri baholanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni baholash ular tartibga soladigan tegishli yoʻnalish va masalalarni yanada takomillashtirish, tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishiga toʻsqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etish, shuningdek tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish va qisqartirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatning ishlab chiquvchilari tashabbusi bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik subyektlari birlashmalarining takliflariga asosan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va boshqa vakolatli organlarning oʻz vakolati doirasiga kiritilgan tegishli yoʻnalish va masalalar yuzasidan takliflari, shuningdek ular tomonidan tartibga solinadigan masalalar boʻyicha tadbirkorlik subyektlarining asoslantirilgan jamoaviy murojaati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli topshiriqlari asosida amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Quyidagi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni oʻz ichiga olgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda vaziyatlarning oldini olish yoki ularning oqibatlarini bartaraf etish maqsadida qabul qilinadigan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini amalga oshirishga yoʻnaltirilgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amaldagi qonunchilik qoidalarini yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiqlashtirish boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan mezonlarga javob bermaydigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining tadbirkorlik faoliyatiga taʼsiri baholanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjat loyihasining yoki qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatning tadbirkorlik faoliyatiga taʼsirini baholash maqsadida muhokama qilish jarayoni boʻyicha tashabbus bilan chiqish, shuningdek muhokama ishtirokchilarining takliflarini umumlashtirish va koʻrib chiqish tegishli ishlab chiquvchilar tomonidan oʻzlari tasdiqlagan jadval asosida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari boʻyicha — mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar boʻyicha — mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq sxemalar boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Normativ-huquqiy hujjatni muhokama qilish toʻgʻrisida xabarnoma
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjat loyihasining muhokamasi uning manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishish jarayoni boshlanishidan oldin — majburiy tarzda, qabul qilingan normativ-huquqiy hujjat muhokamasi esa — u kuchga kirgandan soʻng kamida bir yildan keyin oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini yoki qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatni muhokama qilish uchun ishlab chiquvchi Yagona portalda muhokama oʻtkazish haqidagi xabarni, jadvalni, taʼsiri baholanayotgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini yoki qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatni, shuningdek muhokama ishtirokchilari uchun soʻrovnomani joylashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muhokama ishtirokchilari uchun soʻrovnoma namunaviy shakllarda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjat loyihasi uchun — mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qabul qilingan normativ-huquqiy hujjat uchun — mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Muhokama oʻtkazish toʻgʻrisidagi xabarnomada quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihani qabul qilish zaruratining asosi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihaning turi, nomi va rejalashtirilayotgan kuchga kirish muddati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiquvchi toʻgʻrisida maʼlumot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiquvchi tomonidan normativ-huquqiy hujjat loyihasi boʻyicha takliflarni qabul qilish muddati, bunda ushbu muddat xabarnoma Yagona portalda joylashtirilgan kundan boshlab 15 kundan kam boʻlishi mumkin emas;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) qabul qilingan normativ-huquqiy hujjat uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ-huquqiy hujjatni baholash orqali hal qilinishi yoki oʻrganib chiqilishi kerak boʻlgan muammo (masala)ning tavsifi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiquvchi toʻgʻrisida maʼlumot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiquvchi tomonidan normativ-huquqiy hujjat boʻyicha takliflarni qabul qilish muddati, bunda ushbu muddat xabarnoma Yagona portalda joylashtirilgan kundan boshlab 15 kundan kam boʻlishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xabarnomaga, ishlab chiquvchining fikricha, normativ-huquqiy hujjat loyihasiga yoki qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatga oid boshqa maʼlumotlarga tegishli boʻlgan axborot ham kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Muhokamalarni oʻtkazish va takliflarni umumlashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Muhokama qilinayotgan normativ-huquqiy hujjat loyihasi yoki qabul qilingan normativ-huquqiy hujjat boʻyicha takliflar muhokama ishtirokchilari tomonidan Yagona portalda mazkur Nizomning 9-bandiga muvofiq joylashtirilgan soʻrovnomalarni toʻldirish yoʻli bilan taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Muhokama ishtirokchilari soʻrovnomalarda koʻrsatilmagan masalalar boʻyicha ham oʻzlarining asoslantirilgan takliflarini ixtiyoriy shaklda bildirishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Muhokama ishtirokchilari tomonidan muhokama predmetiga oid boʻlmagan, asoslantirilmagan va aniq ifodalanmagan, shuningdek xabarnomada koʻrsatilgan muddatdan soʻng taqdim qilingan takliflar ishlab chiquvchilar tomonidan koʻrib chiqilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Ishlab chiquvchilar muhokama ishtirokchilarining tushgan takliflarini umumlashtiradi va qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi tegishli maʼlumotni, agar rad etilgan boʻlsa — asoslantirilgan sababni Yagona portalda joylashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Tushgan takliflar, ularning qabul qilinganidan yoki rad etilganidan qatʼi nazar, Yagona portalda joylashtirilgan holda qoldirilishi va cheklanmagan doirada, shu jumladan normativ-huquqiy hujjat loyihasining kelishuvini amalga oshirgan vazirliklar va idoralar uchun ham tanishib chiqish uchun ochiq boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Oʻtkazilgan muhokamalar natijalarini inobatga olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi boʻyicha muhokama ishtirokchilarining takliflarini inobatga olish ishlab chiquvchilar tomonidan loyihani qabul qilingan takliflarga muvofiq qayta ishlash orqali va jadvalda belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi. Bunda loyihani qayta ishlash muddati muhokama tugaganidan soʻng 30 kundan oshmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Ishlab chiquvchilar qayta ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini axborot tariqasida Yagona portalga takroran joylashtiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda Yagona portalda takroran joylashtirilgan loyiha muhokama natijasida qayta ishlangan yoki loyihaga kiritilgan bandlarga, shuningdek ularni taqdim qilgan muhokama ishtirokchilari haqida tegishli axborotga havolalar bilan joylashtirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Qayta ishlangan normativ-huquqiy hujjat loyihasi uni Yagona portalda qayta joylashtirish bilan bir vaqtda manfaatdor vazirliklarga va idoralarga belgilangan tartibda kelishish uchun yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar boʻyicha muhokama ishtirokchilarining takliflarini inobatga olish tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasi, shu jumladan muhokama qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha loyiha ishlab chiqish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish qabul qilingan takliflarga muvofiq va tasdiqlangan jadvalda belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi. Bunda loyihani ishlab chiqish muddati muhokama tugaganidan soʻng 30 kundan oshmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Ishlab chiqilgan loyiha muhokama oʻtkazish va ushbu Nizomda nazarda tutilgan boshqa tartibotlarni amalga oshirish uchun Yagona portalda joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Oʻtkazilgan muhokama va uning natijalari majburiy tarzda normativ-huquqiy hujjat loyihasiga tushuntirish xatida (idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar, mahalliy davlat organlari qarorlari tayyorlanganda — yuridik xizmat maʼlumotnomasida) aks ettirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Kiritilishi, qabul qilinishi yoki kuchga kirishining aniq muddati belgilangan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilganda ushbu Nizomning 10, 16 va 19-bandlarida koʻrsatilgan muddatlar oʻzgartirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda tasdiqlangan jadvallarda koʻrsatilgan muddatlar normativ-huquqiy hujjatlarning kiritilishi, qabul qilinishi yoki kuchga kirishining belgilangan aniq muddatiga muvofiq boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjat loyihasi yoki qabul qilingan normativ-huquqiy hujjat boʻyicha oʻtkazilgan muhokama materiallari, shu jumladan ular boʻyicha kelib tushgan takliflar, muhokama tugaganidan soʻng 3 yil mobaynida Yagona portalda saqlanishi va cheklanmagan doirada tanishib chiqish uchun ochiq boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Ishlab chiquvchining rahbari ushbu Nizom talablariga muvofiq ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjat loyihasining yoki qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatning muhokama qilish uchun Yagona portalga joylashtirilishi, muhokama ishtirokchilardan kelib tushgan takliflarning koʻrib chiqilishi va ularning qabul qilingani yoki rad etilgani toʻgʻrisidagi axborotning joylashtirilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tadbirkorlik faoliyatiga taʼsirini Oʻzbekiston Respublikasining Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali baholash tartibi toʻgʻrisida nizomga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjat loyihasining muhokamasini oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI

Izoh: kiritilishi, qabul qilinishi yoki kuchga kirishining aniq muddatlari belgilangan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilganda koʻrsatilgan muddatlar oʻzgartirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tadbirkorlik faoliyatiga taʼsirini Oʻzbekiston Respublikasining Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali baholash tartibi toʻgʻrisida nizomga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatning muhokamasini oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: kiritilishi, qabul qilinishi yoki kuchga kirishining aniq muddatlari belgilangan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilganda koʻrsatilgan muddatlar oʻzgartirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tadbirkorlik faoliyatiga taʼsirini Oʻzbekiston Respublikasining Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali baholash tartibi toʻgʻrisida nizomga 3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjat loyihalari muhokamasi ishtirokchilari uchun SOʻROVNOMA
Bogʻlanish uchun axborot: Tashkilotning nomi
(jismoniy shaxsning F.I.O.):
________________________________
Tashkilotning faoliyat sohasi:
________________________________
Bogʻlaniladigan shaxsning F.I.O.:
________________________________
Bogʻlanish telefoni raqami:
________________________________
Elektron pochta manzili:
________________________________
1. Fikringizcha, taklif qilinayotgan loyiha qanday muammoni hal etishga qaratilgan? Ushbu muammo bugungi kunda ham dolzarbmi? ________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________
2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiquvchi davlat aralashuvi zaruratini talab qiluvchi omillarni qanchalik toʻgʻri aniqlagan? Taklif etilayotgan tartibga solishning maqsadi tartibga solish orqali hal etilishi lozim boʻlgan muammo bilan qanchalik bogʻliq? Sizning fikringizcha, normativ-huquqiy tartibga solish uning oldiga qoʻyilgan maqsadlarga erishadimi? ________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________
3. Muammoni hal etishning tanlangan yoʻli maqbulmi (shu jumladan, tadbirkorlik subyektlari uchun foydasi va zarari nuqtai nazaridan)? Davlat tomonidan tartibga solishdan koʻzlangan maqsadga erishishning boshqacha varianti mavjudmi? Agar mavjud boʻlsa, ulardan, Sizningcha, yanada kam xarajatlisi va (yoki) samaralirogʻi bormi? ________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________
4. Sizningcha, taklif etilayotgan tartibga solish qaysi tadbirkorlik faoliyati subyektlariga daxldor (subyektlar turlari va sohalar boʻyicha, Sizning shahar yoki viloyatingizdagi, tumaningizdagi soni)? ________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________
5. Taklif etilayotgan tartibga solishni joriy qilish sohadagi raqobat muhitiga oʻz taʼsirini koʻrsatadimi, sohada kuchlar taqsimotining asossiz ravishda oʻzgarishiga olib keladimi? Agar oʻzgartirsa, qanday qilib? Imkoniyat darajasida miqdoriy koʻrsatkichlarni keltirib oʻti�g. ________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________
6. Davlat tomonidan tartibga solish subyektlarining majburiyatlari, javobgarligi qanchalik toʻliq va aniq ifodalangan, shuningdek masʼul davlat organlari tomonidan amalga oshiriladigan maʼmuriy tartibotlar qanchalik tushunarli yozilgan, hokimiyat funksiyalari va vakolatlari qanchalik aniq va har xil, tushunilmaydigan tarzda yozilganligiga baho bering. Taklif etilayotgan normalar boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq emas yoki zid deb oʻylaysizmi? Agar shunday boʻlsa, bunday normalar va normativ-huquqiy hujjatlarni koʻrsatib oʻting. ________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________
7. Taklif etilayotgan normativ-huquqiy hujjat loyihasida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimida korrupsiya, boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishi uchun sharoit yaratadigan, shuningdek tadbirkorlik subyektlari uchun ortiqcha maʼmuriy hamda boshqa cheklovlarni joriy etadigan yoki joriy etishga sharoit yaratadigan, shuningdek tadbirkorlik subyektlarining asossiz xarajatlari yuzaga kelishiga olib keluvchi qoidalar bormi? Har bir koʻrsatilgan qoida boʻyicha asoslab bering. ________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________
8. Sizningcha, mazkur normativ-huquqiy hujjat loyihasida belgilanayotgan talab va normalar ijrosini nazorat qilish bilan bogʻliq qanday muammo va qiyinchiliklar vujudga kelishi mumkin? Unda tadbirkorlik subyektlarini himoya qilish mexanizmi nazarda tutilganmi? ________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________
9. Taklif etilayotgan tartibga solish kuchga kirishi uchun oʻtish davri talab qilinadimi (agar talab qilinsa, uning muddati qancha), yangi tartibga solish kiritilishida muddat boʻyicha qanday cheklovlarni inobatga olish lozim? ________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________
10. Sizningcha, ayrim guruh shaxslariga nisbatan tartibga solishni joriy etishda qanday istisnolarni qoʻllash maqsadga muvofiq? Tegishli asoslarni keltirib oʻting. ________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________
11. Vakolatli organ tomonidan aniqlashtirilishi zarur boʻlgan koʻrib chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjat loyihasining aniq qoida va normalariga oid maxsus savollar. ________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________
12. Tartibga solish taʼsirini baholash doirasida, Sizning fikringizcha, inobatga olinishi maqsadga muvofiq boʻlgan boshqa taklif va eʼtirozlar. ________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tadbirkorlik faoliyatiga taʼsirini Oʻzbekiston Respublikasining Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali baholash tartibi toʻgʻrisida nizomga 4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning muhokamasi ishtirokchilarining SOʻROVNOMASI
Bogʻlanish uchun axborot: Tashkilotning nomi
(jismoniy shaxsning F.I.O.):
________________________________
Tashkilotning faoliyat sohasi:
________________________________
Bogʻlaniladigan shaxsning F.I.O.:
________________________________
Bogʻlanish telefoni raqami:
________________________________
Elektron pochta manzili:
________________________________
1. Normativ-huquqiy hujjatning tartibga solish maqsadi ushbu normativ-huquqiy hujjat bilan hal etilishi lozim boʻlgan muammo bilan qanchalik bogʻliq? Sizning fikringizcha, normativ-huquqiy tartibga solish uning oldiga qoʻyilgan maqsadlarga erishdimi? ________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________
2. Muammoni hal etishning tanlangan yoʻli maqbulmi (shu jumladan, umuman, jamiyat uchun foydasi va zarari nuqtai nazaridan)? Davlat tomonidan tartibga solishdan koʻzlangan maqsadga erishishning boshqacha varianti mavjudmi? Agar mavjud boʻlsa, ulardan, Sizningcha, yanada kam xarajatlisi va (yoki) samaralirogʻini belgilang? ________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________
3. Tartibga solishni joriy etish sohadagi raqobat muhitiga oʻz taʼsirini koʻrsatdimi, sohada kuchlar taqsimotining asossiz ravishda oʻzgarishiga olib keldimi? Agar shunday boʻlsa, qanday qilib? Imkoniyat darajasida miqdoriy koʻrsatkichlarni keltirib oʻting. ________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________
4. Davlat tomonidan tartibga solish subyektlarining majburiyatlari, javobgarligi qanchalik toʻliq va aniq ifodalangan, shuningdek masʼul davlat organlari tomonidan amalga oshiriladigan maʼmuriy tartibotlar qanchalik tushunarli yozilgan, hokimiyat funksiyalari va vakolatlari qanchalik aniq va har xil, tushunilmaydigan tarzda yozilganligiga baho bering. ________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________
5. Normativ-huquqiy hujjatda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimida korrupsiya, boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishi uchun sharoit yaratadigan, shuningdek tadbirkorlik subyektlari uchun ortiqcha maʼmuriy hamda boshqa cheklovlarni joriy etadigan yoki joriy etishga sharoit yaratadigan, shuningdek tadbirkorlik subyektlarining asossiz xarajatlari yuzaga kelishiga olib keluvchi qoidalar bormi? Har bir koʻrsatilgan qoida boʻyicha asoslab bering. ________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________
6. Sizningcha, mazkur normativ-huquqiy hujjatda nazarda tutilgan talab va normalar ijrosini nazorat qilish bilan bogʻliq qanday muammo va qiyinchiliklar vujudga kelmoqda? ________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________
7. Sizningcha, ayrim guruh shaxslariga nisbatan tartibga solishni joriy etishda qanday istisnolarni qoʻllash maqsadga muvofiq? Tegishli asosni keltiring. ________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________
8. Tartibga solish taʼsirini baholashda, Sizning fikringizcha, inobatga olinishi maqsadga muvofiq boʻlgan boshqa taklif va eʼtirozlar. ________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 49-son, 581-modda; 2015-y., 26-son, 338-modda)