Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.03.2018 04.01.2000 yildagi 1-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 04.01.2000 yildagi 1-son
Date of entry into force
04.01.2000
Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.03.2018
Hujjat 28.02.2003 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI INVESTITSIYa DASTURIGA KIRITILGAN LOYIHALARNING AMALGA OShIRILIShI USTIDAN DAVLAT MONITORINGI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-martdagi 197-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirishning yangi tartibini joriy etish toʻgʻrisida” 2017-yil 18-dekabrdagi PQ-3437-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika investitsiya dasturini samarali bajarish, yirik va strategik jihatdan muhim investitsiya loyihalari oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash, vazirliklar va idoralarning investitsiya loyihalarini, eng avvalo xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirishga doir faoliyatini muvofiqlashtirishni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishi ustidan davlat monitoringi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yirik va strategik jihatdan muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash 2-ilovaga* muvofiq tarkibda tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 2-ilova berilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishi ustidan davlat monitoringi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar va idoralarning tashabbusi boʻlgan investitsiya loyihalari va takliflar yuzasidan Iqtisodiyot vazirligi, Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslari kotibiyatlari bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti tomonidan, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning tashabbusi boʻlgan investitsiya loyihalari va takliflar yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasining Investitsiya dasturlari departamenti tomonidan;
Keyingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yirik va strategik jihatdan muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan — doimiy ishlovchi Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan taʼminlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bazaviy tuzilmani belgilovchi korxonalarning va iqtisodiyotning boshqa aloqador tarmoqlari va sohalaridagi korxonalarning rivojlanishiga koʻmaklashuvchi ishlab chiqarishlar qurilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika Hukumati kafolati ostida xorijiy sarmoya jalb qilingan obyektlar qurilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksport salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan yuqori texnologiyali va ilm-fanni koʻplab talab qiladigan ishlab chiqarishlarning joriy etilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mineral-xomashyo resurslari va qishloq xoʻjaligi xomashyosini chuqur qayta ishlashni, raqobatga bardoshli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni taʼminlaydigan texnologiya jihatidan oʻzaro bogʻliq ishlab chiqarishlarning barpo etilishi (shu jumladan, mahalliylashtirish dasturlari doirasida);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish infratuzilmasiga va ijtimoiy infratuzilmaga investitsiyalar qoʻyilishi amalga oshirilishi ustidan monitoring Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan amalga oshiriladigan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yirik va strategik jihatdan muhim investitsiya loyihalarini tanlashning asosiy mezonlari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiya dasturlari departamenti, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy banki 2000-yilgi respublika investitsiya dasturini roʻyobga chiqarishda 3-ilovaga* muvofiq xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yirik va strategik jihatdan muhim loyihalar amalga oshirilishi ustidan monitoring olib borsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 3-ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Muvofiqlashtiruvchi kengashga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar, idoralar, uyushmalar, korporatsiyalar, konsernlar, kompaniyalar, agentliklar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining, investitsiya jarayoni boshqa qatnashchilarining strategik jihatdan muhim va yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilishi masalalari boʻyicha hisobotlarini eshitish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yirik va strategik jihatdan muhim investitsiya loyihalari roʻyxatiga, ularning amalga oshirilishi ustidan keyinchalik monitoring olib borish uchun, Vazirlar Mahkamasi komplekslari taqdimnomalari asosida oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muvofiqlashtiruvchi kengash majlislari zaruriyatga koʻra, biroq ikki oyda kamida bir marta, manfaatdor vazirliklar va idoralarning rahbarlarini taklif etgan holda oʻtkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muvofiqlashtiruvchi kengashning kengash roʻyxatidagi tarkibining uchdan ikki qismidan iborat ovozi bilan qabul qilinadigan va uning rahbari tomonidan tasdiqlanadigan qarorlari yirik va strategik jihatdan muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Investitsiya loyihalarining buyurtmachilari boʻlgan vazirliklar va idoralarning, shuningdek, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralarning rahbarlariga davlat monitoringini tashkil etish uchun zarur boʻlgan axborot toʻliq va oʻz vaqtida taqdim etilishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2000-yil 4-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 4-yanvardagi 1-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishi ustidan davlat monitoringi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. UMUMIY QOIDALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishi ustidan davlat monitoringi toʻgʻrisidagi nizom “Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida”, “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 9-fevraldagi Farmoniga, Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturini shakllantirish va amalga oshirish boʻyicha meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1999-yil 13-sentabrdagi 420-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishi ustidan davlat monitoringi (keyingi oʻrinlarda Monitoring deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturiga kiritilgan investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini boshqarish va nazorat qilishning asosiy mexanizmi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika investitsiya dasturiga kiritilgan va, birinchi navbatda, xorijiy investitsiyalarni jalb etish hisobiga amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining oʻz vaqtida va samarali roʻyobga chiqarilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruvi organlarining, investitsiya jarayoni boshqa qatnashchilarining faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning investitsiya loyihalarini amalga oshirish bilan bogʻliq masalalarni oʻz vaqtida hal etish yuzasidan javobgarligini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya loyihalari harakatiga ularni amalga oshirishning barcha bosqichlarida toʻsqinlik qilayotgan omillarni aniqlash va oʻrganish, ularni, shu jumladan, investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi bilan bogʻliq boʻlgan turli xil masalalarni koʻrib chiqish muddatlarini oʻzgartirish yoʻli bilan bartaraf etish boʻyicha tezkor chora-tadbirlar koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya loyihalarini tasdiqlangan hajmlar va muddatlarga qatʼiy rioya qilgan holda mablagʻlar bilan uzluksiz taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya loyihasi boʻyicha xorijiy sheriklar oldida qabul qilingan majburiyatlarning soʻzsiz bajarilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya iqlimini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalar va takliflar boʻyicha maʼlumotlar bankini shakllantirish monitoringning asosiy vazifalari hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Aniq dasturga va Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturining tarkibiy qismi boʻlgan investitsiya takliflarining yigʻma roʻyxatiga kiritilgan investitsiya loyihalari monitoring obyekti hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. INVESTITSIYa LOYIHALARI BOʻYIChA MAʼLUMOTLAR BANKINI YaRATISh
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining investitsiya dasturini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori chiqqan vaqtdan boshlab bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti (keyingi oʻrinlarda Departament deb ataladi) vazirliklar va idoralar, korxonalar va buyurtmachi tashkilotlar bilan birgalikda investitsiya loyihalarining aniq dasturiga, shuningdek, investitsiya dasturining tarkibiy qismi boʻlgan ustuvor investitsiya takliflarining yigʻma roʻyxatiga kiritilgan loyihalar boʻyicha maʼlumotlar bankini shakllantiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Maʼlumotlar banki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya loyihalarining aniq dasturiga kiritilgan investitsiya loyihasi pasporti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir investitsiya loyihasini amalga oshirishning investitsiya loyihalari buyurtmachilari tomonidan Departament bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan reja-jadvallari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ustuvor investitsiya takliflarining yigʻma roʻyxatiga kiritilgan investitsiya takliflari boʻyicha ishlab chiqiladigan yangidan boshlanayotgan ustuvor investitsiya loyihalarini olgʻa surish chora-tadbirlari dasturi asosida shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Loyiha pasportida loyiha buyurtmachisi, xorijiy sherik, loyihaning umumiy qiymati va barpo etilayotgan ishlab chiqarishning loyihadagi quvvati, mahsulotni eksport qilish, mablagʻ bilan taʼminlash manbalari va sxemasi boʻyicha prognoz koʻrsatkichlar, loyihaning qoplanish va qarz mablagʻlarni qaytarish muddatlari toʻgʻrisidagi axborotlar, shuningdek, zarurat boʻlganda, xorijiy investitsiyalar ishtirokida tashkil etilayotgan korxona boʻyicha maʼlumotlar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Reja-jadvalda yangi tashkil etilayotgan korxonaning texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash, roʻyxatdan oʻtkazish, asosiy kontraktni tuzish va roʻyxatdan oʻtkazish (zarurat boʻlganda), loyiha boʻyicha Vazirlar Mahkamasi qarorini kelishish va qabul qilish, kredit bitimlarini imzolash, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash, milliy va xorijiy valyutada mablagʻ bilan taʼminlashni boshlash, ishlab chiqarish maydonlarini va infratuzilma obyektlarini qurish, texnologiya asbob-uskunalarini oʻrnatish, korxonaning loyihadagi quvvatga chiqishi boʻyicha aniq muddatlar toʻgʻrisidagi axborotlar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Chora-tadbirlar dasturi investitsiyalashdan oldin loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishini tasdiqlash va mablagʻ bilan taʼminlashning aniq manbalarini belgilashgacha boʻlgan ishlar kompleksini (ularni bajarishning prognoz muddatlarini koʻrsatgan holda) oʻz ichiga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Maʼlumotlar banki yilning har choragida chorak tugagandan keyingi oyning 15-kunidan kechikmay Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kapital qoʻyilmalarning oʻzlashtirilishiga doir har chorakdagi majburiy statistika hisoboti boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
markazlashtirilgan investitsiyalardan, shu jumladan, Hukumat kafolati ostida jalb etiladigan xorijiy investitsiyalar va kreditlardan foydalanish boʻyicha — Moliya vazirligi, Markaziy bank va tijorat banklari tomonidan (kelishuv boʻyicha);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha — Adliya vazirligi tomonidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiylashtirilayotgan korxonalar aksiyalari paketini xorijiy investorlarga sotish, mulkida davlat mulki ulushi boʻlgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyati, shuningdek, kichik va oʻrta biznes sohasidagi, shu jumladan, jalb etilayotgan xorijiy kredit liniyalari ishtirokidagi, investitsiya loyihalari boʻyicha — Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan taqdim etiladigan axborotlar hisobiga toʻldirib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Maʼlumotlar bankiga investitsiya dasturida nazarda tutilgan kapital qoʻyilmalar hajmlari prognozini belgilangan tartibda aniqlashtirish natijalari boʻyicha tuzatishlar kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. MONITORINGNI AMALGA OShIRISh
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Departament Iqtisodiyot vazirligi, Vazirlar Mahkamasi komplekslari kotibiyatlari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda muntazam ravishda, shu jumladan, joylarga borib, Hukumat qarorlariga, shuningdek, tasdiqlangan reja-jadvallarga muvofiq investitsiya loyihalarini amalga oshirish ishlarining ahvolini oʻrganadi.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departament mazkur ishni tashkil etish uchun turli vazirliklar va idoralar yoxud xalqaro tashkilotlar va konsultatsiya kompaniyalari mutaxassislarini jalb etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Departament tomonidan monitoring:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya loyihalari buyurtmachilari bilan kelishib olingan shakl boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga har oyda taqdim etiladigan tasdiqlangan reja-jadvallarning bajarilishi toʻgʻrisidagi axborotlarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihalarning amalga oshirilishi Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan olib boriladigan monitoring natijalarini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikaning eng muhim obyektlarini foydalanishga topshirish boʻyicha Respublika shtabining har oygi axborotlarini;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha xorijiy investitsiyalar va kreditlar ishtirokidagi investitsiya loyihalarining roʻyobga chiqarilishi toʻgʻrisida har oyda taqdim etiladigan statistika axborotlari (byulleten)ni;
(13-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amaldagi va potensial xorijiy investorlarning ular faoliyatining meʼyoriy-huquqiy bazasini takomillashtirish boʻyicha takliflarini oʻrganish asosida Xorijiy investitsiyalar boʻyicha agentlik tomonidan vaqti-vaqti bilan tayyorlanadigan investitsiya iqlimi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor vazirliklar va idoralar tomonidan Departamentga taqdim etiladigan tezkor axborotlarni tahlil qilish va umumlashtirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi monitoringi Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) tasdiqlangan reja-jadvallar bajarilishini, loyihalarni amalga oshirish yuzasidan zarur ishlar kompleksini olib borishning texnologik izchilligiga rioya etilishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) texnik-iqtisodiy asoslashlarning asosiy qoidalarini koʻrib chiqish, loyihalarni amalga oshirish mumkinligi yuzasidan umumiy qarorlar qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) alohida yirik loyihalar, shu jumladan, texnik-iqtisodiy asoslashlar koʻrsatkichlariga nisbatan loyihalarning qimmatlashishi yoki arzonlashishi mumkinligini hisobga olgan holda bazaviy loyihalashtirishni tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) markazlashtirilgan manbalar hisobiga ajratiladigan mablagʻlarning oʻz vaqtida moliyalashtirilishini va ulardan samarali foydalanilishini taʼminlash, Hukumat kafolati ostida jalb etiladigan qarz mablagʻlarning oʻz vaqtida qaytarilishi taʼminlanishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) manfaatdor vazirliklar va buyurtmachi idoralar tomonidan ishlab chiqilgan ehtiyot qismlar va komponentlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturlarini, shuningdek, ishlab chiqarilgan mahsulotlarning tashqi bozorlarga kirib borishi boʻyicha marketing dasturlarini ekspertizadan oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) ayrim strategik muhim va yirik loyihalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari, qurilishi amaldagi qonun hujjatlari buzilgan holda amalga oshirilayotgan loyihalarni mablagʻ bilan taʼminlashni toʻxtatib qoʻyish, shuningdek, investitsiya dasturi bajarilishi barbod boʻlishiga yoʻl qoʻyuvchi vazirliklar va idoralar, korxonalar va buyurtmachi tashkilotlarning rahbarlarini javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini oʻz vaqtida roʻyobga chiqarishga koʻmaklashuvchi boshqa zarur masalalarni koʻrib chiqish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. MONITORING NATIJALARINI KOʻRIB ChIQISh
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Departament Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda oʻtkazilgan tahlil asosida investitsiya dasturining amalga oshirilishi toʻgʻrisida yigʻma axborot tayyorlaydi va uni Vazirlar Mahkamasining navbatdagi majlisida koʻrib chiqish uchun taqdim etadi.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yigʻma axborot mablagʻ bilan taʼminlash manbalari boʻyicha kapital mablagʻlarning oʻzlashtirilishi yuzasidan umumlashtirilgan maʼlumotlar bilan bir qatorda loyihalar buyurtmachilari boʻlgan vazirliklar va idoralar tomonidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari va takliflarni amalga oshirishning quyidagi asosiy bosqichlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiyalashdan oldingi tadqiqotlarning oʻtkazilishi, texnik-iqtisodiy asoslashlar va loyiha-smeta hujjatlarining ishlab chiqilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekspertiza qilish vakolati berilgan organlar tomonidan texnik-iqtisodiy asoslashlar va loyiha-smeta hujjatlarining ekspertiza qilinishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mablagʻ bilan taʼminlashning tasdiqlangan sxemalariga muvofiq investitsiya loyihalarining oʻz vaqtida mablagʻ bilan taʼminlanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish-montaj ishlarini bajarish va obyektlarni ishga tushirish muddatlariga va texnologik izchilligiga rioya qilinishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hukumat kafolati ostidagi loyihalarni amalga oshirish uchun jalb qilinadigan kredit mablagʻlaridan foydalanish va ularni qaytarish muddatlari va shartlariga rioya qilinishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihalar buyurtmachilari tomonidan loyihalarni investitsiya loyihalarining aniq dasturiga kiritish uchun asos hisoblanadigan loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslashlarida ifodalangan investitsiyalash shartlariga rioya qilinishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya dasturiga kiritilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishni taʼminlash boʻyicha aniq chora-tadbirlarni asoslagan holda takliflar boʻyicha maʼlumotlardan iborat boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Investitsiya dasturini amalga oshirishning yigʻma tahlili, shuningdek, qoʻshimcha tahliliy axborot asosida, Departament:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shakllanayotgan yoʻnalishlarni oʻrganib chiqadi, investitsiya loyihalarini amalga oshirishdagi byurokratik toʻsiqlarni aniqlaydi, xorijiy investorlar uchun mavjud imtiyozlar va afzalliklar tizimining samaradorligini tahlil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya faoliyatining meʼyoriy-huquqiy bazasini takomillashtirish yuzasidan takliflar va tavsiyalar ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya jarayoni samaradorligini oshirish uchun zarur boʻlgan hukumat qarorlarini tayyorlash ishlarini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya dasturini shakllantirish va amalga oshirishning muammoli masalalari boʻyicha vazirliklar, idoralar, tashkilotlar, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining hisobotlarini tinglaydi va oʻz vakolatlari doirasida ularga topshiriqlar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya dasturini shakllantirish va uning bajarilishini taʼminlash uchun zarur boʻlgan boshqa ishlarni tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Zarur qarorlar qabul qilish uchun har chorakda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishi Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslari majlislarida koʻrib chiqiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
monitoring natijalari Vazirlar Mahkamasining iqtisodiy islohotlarning borishi va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlariga bagʻishlangan majlislarida tinglanadi.
Keyingi tahrirga qarang.